Telegram Web Link
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuzatuvchilarimiz yaxshi biladi, ko‘p yillar davlat xizmatini rivojlantirish sohasida ishladik. Doim bir narsa —davlat xizmatchisining ish va oila o‘rtasidagi mas’uliyati teng bo‘lishi haqida ko‘p gapirardik, loyihalar qildik.

Boisi, qadriyatlar oilada shakllanadi, kelajaklarimiz oilada kamol topmoqda.

Vaqt o‘taveradi, lekin oiladagi har bir lahza qadrli, erta uchun muhim!

Mazkur ijtimoiy rolik orqali ham yo‘qotilgan har lahza farzandlar bilan sizni qalban uzoqlashtirishi haqida eslatmoqchimiz.

Aytgancha, erta yakshanba, har dam olish kunini oilaviy kun sifatida belgilab, birga vaqt o‘tkazish, sayohat qilish, teatr, konsertlarga borish mumkin.

@otabek_khasanov
👍3919👏6👎1😢1🤝1
LIDERLAR pinned a video
Forwarded from Otabek Hasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yoshlar! Barchangizga Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

Aziz yoshlar, ota-onangiz sizlarni belimizning quvvati, Vatan ko’zqorachiqlarim, Prezident ishonchim, millat davomchim, xalq ertamiz, deydi!

Bu ulkan mas’uliyat, bu katta baxt!

Ochig’i, har safar ko’zi yoniq, qalbi uyg’oq yoshlar bilan gaplashsam, ruhim tetik, jismim shijoatga to’ladi!

Yoshlik - shunday sehrli, shunday go’zal fasl!

Bu faslning har daqiqasini oltinga, har g’alabasini davomga, mag’lubiyatini shijoatga, ilmini taraqqiyotga, mehrini ota-ona, Vatan, oilaga aylantiring!

Unutmang, qoningizda g’alaba, ma’rifat, buyuk millat, donishmad ajdodlar bor!

Ularni uyg’oting va dunyoga o’z so’zingizni ayting!

Biz esa sizlarga elka tutib, parvozingizga qanot, g’oyalaringiz ishonch berishga doim tayyormiz!

BAYRAM MUBORAK!

https://www.tg-me.com/otabek_khasanov
9👍6👎1🔥1🎉1
Сўнгги етти йилда бошқарув кадрлари таркиби анча ёшариб, 40 ёшгача бўлган раҳбарлар улуши 37 фоиздан 65 фоизга ошди.

Биз Янги Ўзбекистонда “халқ хизматидаги давлат” тамойилини рўёбга чиқаришда сиз каби иқтидорли, жонкуяр ва етакчилик қобилиятига эга ўғил-қизларимизга таянамиз.

Шу боис, ўтган ойда истиқболли кадрлар тайёрлаш ва уларни давлат бошқарувига жалб этиш бўйича муҳим фармонни имзоладим.

Энди, Давлат бошқаруви академиясида “Келажак лидерлари” дастури бўйича ҳар йили 100 нафар салоҳиятли ёшлар ўқитилади
”,

- деди Президент.

Бу ёшлар вазир ва ҳокимларга бириктирилади, икки ой уларнинг ёнида юриб, тажриба орттиради. Бир ойга хорижий стажировкага юборилади.

Дастурни тамомлаган ёшлар раҳбарлик лавозимларига асосий номзод бўлади.

Facebook|Instagram|X
👍16🥱73👏3
Forwarded from Otabek Hasanov
Prezident va yoshlar uchrashuvidan 20 ENG MUHIM YANGILIK VA TASHABBUS

1. O‘zbekiston yoshlari top-500 oliygohlarga kirishda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

2. 30 nafar yosh dunyoning top-10, 500 nafar top-100, 1 500 nafar top-300 universitetlarda o‘qiyapti.

3. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi.

4. 261 ta yoshlar tashkil qilgan korxonaning yillik aylanmasi 100 mlrd so‘mdan oshdi.

5. Surxondaryo yoshlar oliygohga kirish ko‘rsatkichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa chiqdi.

6. 2024-yil 6 oyida xalqaro fan olimpiadalarida 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

7. "Bir million dasturchi" loyihasida 325 ming yosh IT sohasiga o‘qitildi.

8. 150 mingdan ortiq yoshlar xalqaro til sertifikatlarini oldi (ikki barobar o‘sish).

9. "Garvardchilar" maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshladi.

10. Har yili 3 000 salohiyatli o‘quvchi dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlanadi.

11. STEM sohalari uchun "El-yurt umidi" kvotalari bir necha barobar oshiriladi.

12. Top-300 oliygohga kirgan yoshlarga banklar tomonidan 20 000 dollar imtiyozli kredit beriladi.

13. "Bir million sun’iy intellekt yetakchilari" dasturi joriy etildi (AI study – 100 000 yosh).

14. 5-yilda barcha maktab bitiruvchilari sun’iy intellekt sohasida bilimli bo‘ladi.

15. "Raqamli avlod qizlari" dasturi orqali 50 000 qiz qamrab olinadi.

16. Yoshlar startaplariga 145 mln dollar venchur sarmoya ajratildi (1 mlrd dollargacha yetadi).

17. "Mening kasbim" tanlovi va "mohirlik va biznes soati" orqali kasb tanlashga ko‘mak.

18. "Kelajak liderlari" dasturiga har yili 100 nafar yosh jalb etiladi va xorijiy stajirovkadan o‘tadi.

19. 300 million dollarlik "Yoshlar biznesi" va "Kelajakka qadam" dasturlari orqali 240 ming yosh band etiladi.

20. O‘zbekiston BMTning "Yoshlar – 2030" strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

@otabek_khasanov
👍2911👏4🥱2🎉1
Олтинга тенг сўзлар

- Дунё катта бир мактабдир. Унда ҳар қанча чўққига эришмагин, ўлим шаҳодатини олишинг муқаррар. Шундай экан кибрланмасдан одобли ва ахлоқли инсон бўлиб яша.

- Ёстиқ бой ва фақирнинг, катта ва кичикнинг, шаҳзода ва қўриқчиларнинг бошини кўтаради. Лекин унда фақатгина виждони хотиржамлар сокин уйқуга кета оладилар...

- Ҳар бир кунингизни  гўзал ўтказишингиз, сиз учун одатий хол бўлиб қолсин. Самимий, одобли, меҳрибон, саҳий, очиқ кўнгил бўлинг. Чунки соҳиби кетганда, ундан муҳр - хотира қолади...

- Сенга биров "Сени ҳурмат қиламан" деса ишонма. Сухандонлар ҳам ҳеч кимни танимай, кўрмай туриб "ҳурматли томошабинлар" деб айтишади.

- Ҳозирги замонда "қаҳрамон" деб қиличи бор инсонни эмас, балки виждони бор инсонни ҳақиқий "қаҳрамон" деса ярашади.

- Баъзи инсонлар ҳаётимизда ҳудди сониялардек, баъзилари эса ҳудди дақиқалардек, яна бошқалари эса ҳудди бир умрдек гап. Уларни фақат ўлимгина  хотираларимиздан ўчира олади...

- Кўринишинг билан фахрланма. Чунки уни сен яратмагансан. Насабинг билан ҳам фахрланма. Чунки уни сен танламагансан. Лекин ахлоқинг билан фахрлан. Чунки унга зийнатни "СЕН" бергансан...

- Биров сенга ахлоқсиз гаплари билан қўполлик қилса, ғазабланма. Балки жилмай. Чунки у ўзининг феъл атворини сенга намоён этибди. 

- Бахт бу - биз эга бўлмаган нарсага эришишимиз эмас, балки биз эга бўлган нарсамизнинг қийматини билишимиз, тушуниб етишимиз БАХТдир.

(с) «Ҳикматлар саодатга етаклар» китобидан
👍3627
Forwarded from Otabek Hasanov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak liderlari” dasturi ishga tushadi…

@otabek_khasanov
👍337🔥2👏2😱2😢1🥱1👨‍💻1
#Kunlik_1_foiz_bilim

🧬 Biometrika nima?
📌 Biometrika - odam tanasining yuz, barmoq, ovoz, ko‘z kabi xususiyatlari orqali tanib olish usuli.

🔍 Misollar:

• Telefon kodini barmoq izi bilan ochish 📱
• Pasport nazoratidagi yuz skaneri 📸
• Ko‘z yaqinidagi tomirlar ham bu “parol” 👁

👤 Har bir inson - yuz foiz unikal. Shuning uchun biometrika juda kam xato qiladi.

@Liderlar1
👍159🔥1
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida

🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida:

📘 “Chol va dengiz”
Muallif: Ernest Heminguey
Yil: 1952, Janr: Qissa (povest), realism

🧩Asar haqida qisqacha:
Bu – keksa Kubalik baliqchi Santyago haqidagi qissa. U 84 kundirki, birorta ham baliq tuta olmaydi. Hamma uni omadsiz deb hisoblaydi. Lekin u taslim bo‘lmaydi. 85-kuni u dengizga chiqadi va naxang baliq bilan 3 kunlik epik jangga kirishadi.

🎯Bu asar - baliq haqida emas. U inson matonati va mag‘lubiyatni qabul qilishi haqida. Santyagoning kurashi – har bir odamning hayotidagi kurashi.

💬 "Odam yengilishi mumkin, lekin mag‘lub bo‘lishi shart emas." - Heminguey

Liderlar safida bo’l.

@Liderlar1
👍31🔥95👨‍💻1
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha "Buyuklar haqida 100 ta dalil" kitob taqdimotini o‘tkazdik. Kitob "100 ta dalil" loyihasi doirasida "Hamma bilishi shart" shiori ostida nashr qilingan. Kitobda maxsus QR kodlar orqali sun’iy intellektda yaratilgan roliklarni ham tomosha qilish mumkin.

Kitob taqdimotida olimlar, ziyolilar, san’at vakillari va yoshlar faol ishtirok etdi. Iloji boricha taqdimotda tarix va bugun, zamonaviylik va milliylik ruhining uyg‘unligiga ahamiyat qaratildi.

Shu bois kitob taqdimoti yangi formatda, kitob g‘oyasiga mos tarzda musiqiy chiqishlar, qiziqarli viktorinalar bilan boyitildi.

Meni xursand qilgani, odatda yoshlar tik turib bo‘lsa ham barcha so‘zlarni eshitdi, sahna ko‘rinishlarini ko‘rdi, musiqalarga jo‘r bo‘lardi.

Kitoblar maktab kutubxonalariga yetkaziladi, shu bois barcha ta’lim tillariga o‘girilgan ham.

Shu bilan albatta, loyiha to‘xtab qolmaydi. Hali davomli tarzda buyuklarimiz haqidagi ma’lumotlarga boy kitobchalarni nashr qilishda davom etamiz.

@otabek_khasanov
👍169👎1🔥1
Forwarded from Tribuna.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 “Ким қаршимизда туришидан қатъий назар, бугун ҳал қилишимиз керак! Ғурур билан майдонга чиқиб курашамиз. Тарихни бугун яратамиз!”

ЎФА матбуот хизмати ЖЧ йўлланмаси учун БАА — Ўзбекистон ўйинида майдонга чиқиш олдидан миллий жамоамизнинг кийим алмаштириш хонасидан видеони эълон қилди.

Tribuna.uz расмий канали
👍5411🔥5
Har bir tashkilot raxbari o'z jamoasiga shu kabi motivatsiya berib tursa, o’ylaymanki har bir sohada shunday islohotlar bo’ladi!!! Nima dedingiz!?
👍69🔥8🫡53
#кун_ҳикмати

Орзу қилсангиз – интилинг, интилсангиз – эришасиз. Ҳар бир қадам сизни мақсадингизга яқинлаштиради, фақат ишонч ва меҳнатдан воз кечманг!
👍6813🔥9🥰4🫡3
#Liderlik_Sari

KЕLAJAGING TANLOVINGA BOG‘LIQ

📚 Bilim tanlovi - yo‘nalishni belgilaydi
Instagramda tasodifiy videolarmi? Yoki seni rivojlantiradigan ma’rifatmi? Sen nimani ko‘rayotganing - kimga aylanib borayotganingni ko‘rsatadi.

🔄 Odatlar tanlovi - hayotni avtopilotga qo‘yadi
Kichkina, ammo doimiy odatlar - eng katta o‘zgarishlarga olib keladi. Har kuni 15 daqiqa o‘qiysanmi? Yoki vaqtni skrollda yutqazasanmi?

🧠 Ish tanlovi - faqat maosh emas
Bu sening obro‘ing, rivojlanishing va kelajakda qanday inson bo‘lishing haqida.

❤️ Sevgidagi tanlov - xotirjamlik yoki xaos
Sevgi - bu hissiyotgina emas, mas’uliyat hamdir. Ruhingni sokinlashtiradiganimi yoki doimiy iztirobga yetaklaydiganmi?

🧠 Atrofingdagi odamlar tanlovi - o‘sish yoki inqiroz
Yaxshi muhit seni ko‘taradi. Yomon muhit - sendan foydalanadi.

🛑 Eslatma!
"Agar tanloving xato bo‘lsa - badali umring bo‘ladi.”

📌 To‘g‘ri yo‘l - har doim ham eng osoni emas, lekin u har doim eng to‘g‘ri tanlovdir.

Liderlar safida bo’l!

@Liderlar1
👏2610🔥7👍51
#Kunlik_1_foiz_bilim

🧠 Neyroset nima?
📌 Neyroset - odam miyasiga o‘xshab ishlaydigan lekin soddalashtirilgan shakldagi sun’iy intellekt tizimi.

🔍 Misollar:
• So‘zingni to‘g‘ri tushunib, javob qaytaradi (ChatGPT 😉)
• Rasmni tanib, kim ekaningni aytadi
• Muzika yoki video tavsiya qiladi 🎧📹

🤖 U odam kabi o‘rganadi, xato qiladi, to‘g‘rilaydi va "tajriba" to‘playdi.

@Liderlar1
👍216🔥3
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_23_son

📚
“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️
Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/-mQ7xpEArp4 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov
👍73🥰1
Қўчқор НОРҚОБИЛ
ОДАМЛАР,  СЕВИНГЛАР...
Кавказ тоғларининг бирида  Лермонтов ҳайкалиги олиб чиқадиган сўқмоқдан  баландикка чиқсангиз  юксак чўққида ўрнатилган темир устунга кўзингиз тушади. Устундаги  лавҳда  "БИР-БИРИНГИЗНИ СЕВИНГЛАР!"  деган ёзув бор.
Бу ердан ҳар куни турли миллатга мансуб минглаб сайёҳ ва дам олувчилар ўтишади. Рус,  ўзбек,  қозоқ,  тожик, қирғиз,  туркман,  татар, белорусь, европалик,  украин, кавказлик... ва ҳакоза... Чўққи гўё Ер шарининг илтижосини кўтариб турганга ўхшайди.

Тонг ухлар. Сукунат. Шамол ҳам жимдир.
Кавказ тоғи сари чоғладим ўзни...
Тош қотдим. Чўққига лавҳ қадаб кимдир
Ёзибди: "Севинглар, бир-бирингизни..."
Худо суйган қай бир бандаси ёзди?
Тўхтанг, олиб қочманг кўз қирингизни.
Бизнинг телбаликлар дунёни бузди,
Одамлар, севинглар бир-бирингизни!
Гоҳо дўст, гоҳ иблис, гоҳо кўрнамак---
Оламга сочамиз дил киримизни...
Бунчалар ёвузмиз--- титрайди фалак,
Одамлар, севинглар бир-бирингизни!
Бу не адоватдир---чор тарафда чоҳ,
Интернет "чайнайди" жон сиримизни....
Соямиз елкадан тиғ уради гоҳ
Одамлар, севинглар бир-бирингизни
Меҳр - муз. Қалб - қаҳр. Қабоҳат - очун...
Зарра қум қадридан арзондир кўз ёш...
Юракда қатра нур уйғотиш учун,
Узилиб тушсинми, фалакдан қуёш?
Энам дер: "Нафс - фитна. Гилам остидан
Чиқса вайрон этар уй тўрингизни...
Омон қолмоқ учун унинг дастидан,
Болаларим, севинг бир-бирингизни..."
Кўз тўймас. Осмону ер талашамиз.
Шу ер ютмаганми Доро, Чингизни?
Ҳатто ўлмай туриб гўр талашамиз,
Одамлар, севинглар бир-бирингизни!
...Жонимни топшириб тошу хасларга,
Чўққига тирмашдим чирт юмиб кўзни.
Чиқдим. Пастда ҳайрон боққан касларга,
Қичқирдим: "Севинглар бир-бирингизни!"
Қичқирдим! Майсалар дод солди ростдан,
Тўфонлар чинқириб отди денгизни...
Тоғлар ҳайқирдилар — ёрилди осмон:
"Одамлар, севинглар бир-бирингизни!
Одамлар севинглар бир-бирингизни!!"
Кисловодск.  Июль.
👍2918👏6🔥3
#Yaxshi_bir_kitob_xaqida

🔰Seni kuchaytiradigan bir durdona asar haqida
:

📘 “Alkimyogar”
Muallif: Paulo Koelyo
Yil: 1988, Janr: Falsafiy roman

🧩 Asar haqida qisqacha:
Santiago - yosh cho‘pon. U tush ko‘radi: Misr piramidalari yonida xazina bor. Va u bu tushga ishonib, Ispaniyadan Misrgacha bo‘lgan safarga chiqadi. Yo‘lda u ko‘plab odamlar bilan uchrashadi.

🎯 Asarning asosiy g‘oyasi:
▫️Har insonning o‘z “afsonasi” - maqsadi bor.
▫️Qalbing nima deydi - uni eshitishga o‘rgan.
▫️Hayotda hech bir belgi bekorga yuborilmaydi.
▫️Agar sen biror narsani butun qalbing bilan istasang, butun olam senga yordam beradi.

Bu asar - safar haqida emas, o‘zini topish haqida. Ko‘p o‘qiladi, lekin kam tushuniladi.

💬 “Biror narsani chin dildan xohlasang, butun koinot uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.” – Koelyo

⚡️O‘zingni o‘zgartirmoqchimisan? Kitob o‘qi.

Liderlar safida bo’l.

@Liderlar1
👍359🔥8🥰3
"U biror narsa bilmasdi…"

Darsda hech qachon ko‘zga ko‘rinmasdi. Savollarga javob bermasdi. Hatto bir kuni ustozlar uni shunday deb ta’riflashdi:
— Bu bola ilmga yaramaydi.

Ammo u ichida bir qaror qabul qildi:
“Men har kuni bittagina yangi narsa o‘rganaman. Kimdir meni past ko‘rsa ham, men o‘zimni yuqoriga ko‘taraman.”

O‘sha “ilmga yaramaydi” degan bola keyinchalik dunyo fizikasi tamoyillarini o‘zgartirgan Alfred Eynshteyn edi.

P.S. Hech kim siz haqingizda nima deyishini o‘zgartira olmaysiz.
Ammo siz o‘zingiz haqida nima qilishingizni tanlashingiz mumkin.

O‘qing. Izlaning. O‘zingizni isbotlang.
👍6620👏8🤔5🔥4👎3😱2😢1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Katta odamlar
👏35👍145🔥3👎1
2025/10/27 06:58:17
Back to Top
HTML Embed Code: