❄️Qish keldi. Internet uzildi. Qurquv, yetishmovchilik boshlandi, AI ko‘p ishlarni egallay boshladi.
🐞Qo‘ng‘izda – remote (masofaviy) ish, sertifikatlar, passiv daromad va stabil hayot tarzi.
🦗Chigirtkada esa – layk yo‘q, trenddan qolgan, ko‘nikmalar yo‘q, profilda “shaxsiy brend” boru, lekin ish yo‘q, cho‘ntak bo‘sh, qorin och.
🦗Chigirtka Qo‘ng‘izdan so‘radi:
- Sening hayoting nega yaxshi, bir maromda, daromadli ishing bor?
🐞Qo‘ng‘iz javob berdi:
- Menda har kuni ikkita tanlov bor edi, o‘z ustimda ishlab, kuchayish yoki o‘zimni qiynamay yashash. Men birinchisini tanladim.
💥 Saboq:
Hozirgi kuningni yengil-yelpi ko‘ngilxushlikka sovurib, kelajakni o‘ylamasang, ertaga kech bo‘lishi mumkin.
@Liderlar1

👍49❤8🔥6⚡5🥰1
Intizom – ongli ravishda qaror qabul qilish orqali boshlanadi. Odam o‘zini majburlaydi.
Odat – takror-takror bajarilgan harakatdan so‘ng avtomatik holga keladi.
Intizom – doimiy nazorat va iroda talab qiladi.
Odat – iroda talab qilmaydi, avtomatik bajariladi.
Intizom – vaqt o‘tishi bilan kuchayishi yoki zaiflashishi mumkin.
Odat – vaqt o‘tishi bilan mustahkamlanadi, buzuqlik qiyin bo‘ladi.
Intizom – maqsad sari yo‘naltirilgan ichki kuchdir, ongli yondashuv bilan bog‘liq.
Odat – yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin, ko‘pincha tanqidiy o‘ylamasdan bajariladi.
Intizom – yangi intizomiy qaror bilan darhol o‘zgartiriladi.
Odat – o‘zgartirish uchun vaqt, qat’iyat va ko‘p kuch talab etiladi.
#yangiruhiyat #intizom
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤15🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus video Liderlar kanali uchun Islom Sivilizatsiya markzazidan
👍22❤18🔥3👏1🥱1
Forwarded from VAQT QADRI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ақлсиз бошнинг азобини вужуд тортади"
Тил вужуддан сўрар экан, "аҳволинг қалай?" дер экан. "Сан ноўрин гапириб қўймасанг, биз тинчмиз..." дер экан.
👉 @VAQTQADRI

👍42❤24🔥6👏2🤔2
#кун_ҳикмати
Киши учун энг катта фахр, бу — илм ва одобдир. Бу иккисидан-да юксак фазилат бўлиши мумкин эмас.
✍️ Алишер Навоий

👍68🔥15❤6👏2
#Liderlik_Sari
🎯 Tug‘ilish - bu mukofot degani emas. Bu - imkoniyat.
Hech kim qayerda, qaysi oilada yoki qaysi jinsda tug‘ilishini tanlamaydi.
Bu sening aybing ham emas. Ammo har kuni - odam o‘zini "qayta qurishi", o‘z tanlovini qayta belgilashi mumkin.
🧠“Har kim bir xil startga ega emas”.
Lekin hayotdagi tanlov esa seniki:
— Boy oilada tug‘ildingmi? 🎁 Bu imkoniyat, lekin baxt kafolatlanmagan.
— Qiyin ahvoldamisan? 🔥 Qarab turma u yerda ham kichik lekin aniq qadamlar muhim.
— Sog‘lommisan? 💪 Bu katta resurs. Foydalanmasang, asramasang - tezda yo‘qotishing mumkin.
— Kasalmisan? 🩺 Bu to‘siq degani emas. Ko‘p narsa hali ham sening qo‘lingda.
⚡️ “Sen tanlov qilmasang - hayot sen uchun tanlov qiladi.
👊 Ertalab uyg‘ondingmi?
Buning o‘zi yetarli emas. Harakating kerak.
Odamni ajratib turadigan narsa - tashqi sharoit emas, ichki qarorlaridir.
🚀 Hayot seni qaysi muxitda tug‘ilganing bilan emas, kimga aylanishing bilan baholaydi.
Liderlar safida bo’l.

❤45👍26🔥6⚡3🤝1
Forwarded from "LIDERLAR KITOBI” fan
Qadrli kuzatuvchilar, mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.
📝 Bu masalada keng jamoatchilikning fikr va munosabatlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma tayyorlandi.
🔊 Siz ham tadqiqotda faol ishtirok eting!
⚡️Zero, har bir fikr biz uchun MUHIM
So‘rovnoma anketasi bu yerda👇
https://forms.gle/Xx6iS9yzLVPYgM2W7

❤10👍5
#Kunlik_1_foiz_bilim
📚 Cognitive Load (Axborot yuki) - bu sizning miyangiz bir paytda qayta ishlay oladigan axborot miqdori.
🎯 Sodda qilib:
Miyangiz kompyuter kabi. Unga juda ko‘p fayl ochib yuborsangiz, “qotib” qoladi. Shu kabi, agar bir vaqtda juda ko‘p ma’lumotni qabul qilishga harakat qilsangiz, konsentratsiya yo‘qoladi, eslab qolish qiyinlashadi.
🔍 Misol:
Agar siz ingliz tilidan yangi mavzu o‘rganayotgan paytda:
• Kulguli YouTube shortslari,
• badiy kitob,
• Va ustozning 100 ta maslahatini bir vaqtda qabul qilsangiz – miyangiz “axborot yuki”ni boshdan kechiradi va samara pasayadi.
🧠 Hayot uchun saboq:
1. Bir paytda bitta narsaga e’tibor bering.
2. Kichik qismlarga bo'lib o‘rganing (10-15 daqiqa).
3. Miyani ortiqcha ma’lumotdan tozalang.
“Ortiqcha axborot - bilim emas, xalaqitdir.”

👍27❤6👏3😱1👌1
УСМОН АЗИМ ижодидан: ✅️
ОДАМЛАРГА УМРИНИ БОШЛАШДАН
ОЛДИН ТОПШИРИЛАДИГАН
ЭСЛАТМА
Нима қилишингни ўзингдан сўра.
Дунёга бекорга келмагансан.
Аммо ўзинг қайда?
Бу чексиз дунёга
сочилиб кетгансан.
Ўзингни йиғиштир заррама-зарра.
Заррама-зарра ўзингни қур.
Унутма, сендан бошқа ҳам одамлар бор.
Ўзингни аяма бошқалардан.
Ўзингдан оламга қара.
Тангри изн берса,
уни сен ҳам
озгина яратасан.
Иложи бўлса,
ўлганингдан сўнг,
дунёга
ўзингни қолдир.
Иложи бўлмаса,
ачинма -
худонинг бир корига ярагансан барибир.
Масалан,
бу одамдай яшаш ҳаммага насиб этсин
дегандир Тангри;
ёки бу одамдай яшаманг дегандир...
ОДАМЛАРГА УМРИНИ БОШЛАШДАН
ОЛДИН ТОПШИРИЛАДИГАН
ЭСЛАТМА
Нима қилишингни ўзингдан сўра.
Дунёга бекорга келмагансан.
Аммо ўзинг қайда?
Бу чексиз дунёга
сочилиб кетгансан.
Ўзингни йиғиштир заррама-зарра.
Заррама-зарра ўзингни қур.
Унутма, сендан бошқа ҳам одамлар бор.
Ўзингни аяма бошқалардан.
Ўзингдан оламга қара.
Тангри изн берса,
уни сен ҳам
озгина яратасан.
Иложи бўлса,
ўлганингдан сўнг,
дунёга
ўзингни қолдир.
Иложи бўлмаса,
ачинма -
худонинг бир корига ярагансан барибир.
Масалан,
бу одамдай яшаш ҳаммага насиб этсин
дегандир Тангри;
ёки бу одамдай яшаманг дегандир...
👍26❤15🔥3
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_27_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!
Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!
O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/IDH3dRDX5co sahifamizda tomosha qiling.
@otabek_khasanov

❤6👍4🥰2
Forwarded from Тезкор хабарлар | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Мана нимага Хитой барча соҳада олдинга ўтиб кетмоқда!
6 қаватли кутубхонада таътил бўлишига қарамасдан ўқишга жой йўқ, талабалар ерга ўтириб китоб ўқишмоқда.
Ёшларга юбориб қўямиз, ўқиш шунақа бўлади.
👉 @Tezkor24official

👍63❤9🔥7👏2
#XXI_asr_masali
🪶 “Qarg‘a va suv”
Qattiq qurg‘oqchilik payti edi. Qarg‘a chanqagan, ammo suv topish mushkul edi. U bir eski sopol idishni ko‘rib qoldi. Ichini ko‘zdan kechirsa, juda ozgina suv bor, lekin idish ichi chuqur bo‘lgani uchun ungacha tumshug‘i yetmasdi.
Qarg‘a atrofga qaradi. Jimjit sahro. Atrofda hech qanday "layfxak" yoki “AI yordami” yo‘q - faqat odamlar e’tibor bermaydigan mayda toshlar. Ammo uning umidi so‘nmadi. U shu toshlarni tumshug‘i bilan bitta-bitta idishga tashlay boshladi. Sabr va aql bilan mehnat qildi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, suv idish yuqorisiga ko‘tarila boshladi. Qarg‘a suvdan ichdi. Tinchlandi. Yo‘lini davom ettirdi.
🧠 Saboq:
▫️ Ba’zan texnologik "gadjetlar" emas, sodda tafakkur va iroda muvaffaqiyat kaliti bo‘ladi.
▫️ Hayotda "resurs yo‘q" deb emas, e’tibor va intizom yo‘q deb o‘yla.
▫️ Ba’zan eng kuchli vosita — sening charchaganingda ham to‘xtamay harakat qilishing.

🔥37👍27❤19🥱2👨💻2👏1
"All of man’s problems arise because he cannot sit by himself in a room for 30 minutes alone"
Blaise Pascal
“Insonning barcha muammolari u 30 daqiqa davomida o‘zi bilan yolg‘iz, bir xonada tinch o‘tira olmasligidan kelib chiqadi.”
Blez Paskal
💡Bu fikr – bugungi davr uchun psixologik ogohlantirish: agar sen 30 daqiqa davomida ekransiz, yolg‘iz o‘zing bilan tinch o‘tirib, fikrlaringni kuzatolmasang - demak, ichki shovqin ortida hal qilinmagan muammolar yashiringan bo‘lishi mumkin.

👍20❤9🔥2✍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️Otabek Xasanov
Hayot senga hech narsa va’da qilmagan. Afsuslanmaslikni istasang — harakat qil. Aybdor izlama, hayotingni o‘zing quryapsan.
#tafakkur_qiling

🔥44👍38❤4👏4🤔2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤10🔥3👏1
#кун_ҳикмати
Яхши тарбия кўрган одамнинг ҳислатларидан бири шуки, бундай одам ўз фаолиятида бошқалардан бир қадам олдинга ўтса - дарров орқага қарайди, шерикларига ёрдам қўлини узатади, сафини кенгайтириб, янги ғалабани кўзлайди.
✍ Абдулла Қаҳҳор

👍85🔥16❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️Shuhrat
Uddalasang, davrni o‘zinga qarata olasan; uddalamasang, davrga boqasan.

👍38❤7👏3
Бир аёл 20 динор пулини йўқотиб қўйиб, кўчага қуйидагича эълон илиб қўйди:
“Мен 20 динор пулимни йўқотиб қўйдим. Ким уни топиб олса, фалон манзилдаги фалон хонадонга қайтарсин, чунки маошим оз бўлгани учун пулга жуда муҳтожман. Ҳозир ейишга ноним ҳам йўқ”.
Бир киши “Мен ўша пулни топиб олдим” деб, ҳамёнидан 20 динор пулни чиқариб, ўша хотин яшайдиган манзилга борди. Пулни олган хотин йиғлаб юбориб, “Ўғлим, сен ўша пулни топиб олдим деб келган ўн иккинчи кишисан”, деди.
Пулни олиб келган одам бир табассум қилди-да, лифт томон юрди. Шу пайт ҳалиги хотин йиғидан тўхтаб, шундай деди: “Болам! Сен бориб ўша эълонни йиртиб ташла. Уни мен ёзмаганман, ўзи ёзишни билмайман ҳам. Шунча одамнинг менга қилган ғамхўрлигидан ҳаётга яна умидим уйғонди, дунё кўзимга гўзал кўриниб кетяпти”

👍113👏11❤10🔥8