Telegram Web Link
O‘sishning kaliti — kimlar bilan do‘st bo‘lishingda.❤️

Bugun an’anaviy nonushta qilish an’anamizni davom ettirdik… Ehhe, bu qizlarni eshitsangiz — ilhomlanmay ilojingiz yo‘q! 👀

🔹 Risolat — Instagram bo‘yicha haqiqiy ekspert. Shu yoshida o‘z maktabi, uyi va hatto BMW mashinasi bor. Eng zo‘ri — barchasiga o‘zi erishgan.
🔹 Gulruxoyim — prodyuser. So‘nggi loyihalarini 275.000$ ga yopgan. Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. 😳🔥
🔹 Yasmin — xina chizish studiyasi egasi. Uning biznesi oyiga taxminan 15.000$ daromad keltiradi.

Shunaqa qizlar dugonam bo‘lsa, qanday qilib shunchaki tinchgina o‘tirishim mumkin, a? 😁
O‘sishga majbur bo‘lasan! 💪
Bugun Upgrade English dasturimdagi o’quvchilarga yana bir jonli dars o’taman 😍 🔥

Xalqaro o’qituvchilik kurslarimdan olgan eng katta insaytim: Har doim darsga tayyorlanib borish kerak

Chunki aynan ma’lumotlarga bo’lingan, aniq aniq tayyorlangan prezentatsialar, eslab qolishni osonlashtiradi

Albatta bu vaqt oladi, ammo o’quvchijonlarimga hammasi tushunarli bo’lishi eng muhim💕
Azizlarim, Hayit ayyomingiz muborak bo’lsin❤️

Oilangizga, qalbingizga va ishlaringizga omad va tinchlik xotirjamlik tilayman🥰
Hammaga xayrli tong🤗 Bayramlarni yaxshi o’tkazib oldingizmi?

Shu desangiz, shakar iste’molini butunlay to’xtatganimga ham 21 kun bo’libti. Bu ‘askezani’ ichiga, bulochkalar, qahvadagi shakar, ichimliklar hatto saqich ham
kirdi. 😎😎

Shunday qilib, ‘willpower’ irodamni kuchini mustahkamlayabman👀

Eksperiment natijasi bilan, yoz so’ngida bo’lishaman😍

Sizning willpower kuchlimi yoki yo’q?
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
A’lochi Barno😆 12 chida endi tadbir🥰
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bugun men “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusining taqdimotida qatnashdim.

Bugun oddiy tadbir emas, yorqin kelajak yaqinda ekanligi va bu uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochilayotganini ko’rsatkichi bo’ldi.

💡 Yangi loyiha yoshlardagi intellektual va ijobiy salohiyatni ochish, har bir iqtidorli farzandga eng yuqori darajadagi ta’lim imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan. Eng yaxshi universitetlarda o‘qish endi faqatgina “tanlanganlar” emas, balki mehnatkash va orzusi katta bo‘lgan har bir yigit-qiz uchun ochiq bo‘ladi.

Tashabbus 3 yo‘nalishni qamrab oladi:
1. Milliy Dastur — bu haqida Jamshid Yusupov taqdimot qildilar. Bu yo’nalish, 1500 nafar eng qobiliyatli 9-sinf bitiruvchilarini, dunyo bo’ylab TOP - 100 universitetlarga tayyorlashga mo’ljallangan.

2. Hamjamiyat — bu yo‘nalishni Bahodir Ahmedov yoritdilar va taqdimot oxirida, yurtimizga qaytib kelgan mutaxassislar haqida ta’sirli video namoyish etildi. Bu hamjamiyat, mamlakat bo’ylab eng iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularni o’zaro tajriba almashishga va davlat ravnaqiga hissa qo’shishga qaratilgan bo’ladi.

3. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab — bu bo‘yicha Javoxir Axmedov fikrlarini bildirdilar. Bu maktab O’zbekistonning eng iqtidorli 8-sinf bitiruvchilaridan 60 nafarini qabul qiladi va portfoliodan tortib, bitiruv diplomigacha, bitiruvchilarga TOP-10 universitetlar uchun to’g’ridan to’g’ri yo’llanma yaratishga harakat qilishadi.

Men bu tadbirdan ilhomlandim. Endi bilaman: katta orzular orzu emas, rejaga aylanayotgan zamonda yashayapmiz. Endi dunyoni zabt etib, eng ilg’or mutaxassislardan bo’lishingiz uchun, davlatimiz va Prezidentimiz barcha sharoitlarni yaratib beradilar. Sizdan faqat ta’lim olish va chin dildan harakat qilish talab qilinadi! Bu loyihada qatnashishni, va yangiliklarni o’tkazib yubormaslikni istasangiz, quyidagi telegram kanalga obuna bo’ling👇

https://www.tg-me.com/piftuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning darjangiz qanday?

P.s videodagi B1 aslida B2😁 Buncha qiyin deb qo’rqib ketmang

@linguabarno obuna bo’ling😍
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jonidanlar nomerini berishi uchun layfxak😁😍
2025/07/05 09:13:50
Back to Top
HTML Embed Code: