Roʻzani buzmaydigan amallar nimalar?

1. Roʻzadorligini unutgan holda yemoq, ichmoq va jimoʼ qilmoq. Ramazon roʻzasi boʻladimi, boshqa roʻza boʻladimi farqi–yoʻq.
2. Nazar solish yoki fikr qilish sababli maniy chiqishi.
3. Koʻzga dori tomizish yoki surma qoʻyish.
4. Qon oldirish.
5. Misvok qilish, garchi misvok suv bilan hoʻllangan boʻlsa ham (suvi halqumdan oʻtib ketmaslik sharti bilan).
6. Ogʻiz va burunni chaymoq (mubolagʻa qilmaslik sharti bilan).
7. Gʻusl qilmoq.
8. Gʻiybat qilmoq, yolgʻon soʻzlamoq, chaqimchilik qilmoq, taomlanishni niyat qilmoq.
9. Tutun, chang va chivin kabilar roʻzadorning ixtiyorisiz ogʻziga kirishi roʻzani ochmaydi. Agar roʻzadorning oʻzi xushboʻy tutatqichni yoki tutunni oʻz ixtiyori bilan, roʻzadorligini yodda tutgan holda ogʻiz yoki burun orqali ichiga tortsa, roʻzasi ochiladi.
10. Qon yoki dorini yutmagan holda tishini sugʻursa. Agar qon yoki dorini yutsa, roʻzasi ochiladi.
11. Siydik yoʻliga suv yoki yogʻ tomizish. Anhorga shoʻngʻishlik sababli quloqqa suv kirmogʻi. Quloqqa choʻp tiqmoq. Quloq kirini chiqarish. Lekin bu ishlarni barchasini tark qilish afzaldir.
12. Balgʻamni yutish, burunning suvini ichiga tortib, dimogʻdan tushganligi uchun uni yutish. Lekin balgʻam va burun suvi chiqindi boʻlgani uchun, u ikkisini tashlash afzaldir.
13. Oʻz kuchi bilan, qistab kelgan qusuq. Oʻz kuchi bilan qaytgan qusuq, ogʻiz toʻla boʻlsa ham. Sahih qavlga koʻra: ogʻiz toʻladigan miqdordan oz qusuqni oʻzini majburlab qusish roʻzani ochmaydi. Agar qusgan qusugʻini qaytarsa, garchi noʻxat miqdoricha boʻlsa ham roʻzani buzadi. Aslida qusuq masalasida ogʻiz toʻlishi eʼtiborga olingan. Ogʻizni toʻldirsa, roʻzani ochadi. Kafforat yoʻqdir. Agar qusuq oʻz kuchi bilan qaytsa, oz boʻlsa ham koʻp boʻlsa ham roʻzani boʻzmaydi.
14. Tish orasidagi noʻxatdan kichikroq narsani yemoq. Chunki usoʻlak hukmida boʻladi.
15. Junub boʻlish.
16. Ehtilom boʻlish. Agarchi kunduz kuni uyquning orasida boʻlsa ham roʻzani buzmaydi.
17. Behushlik va tutqanoq: agar roʻzador biror sabab bilan behush boʻlsa yoki bemor boʻlib, biror daqiqa tutqanoq boʻlsa, roʻzadorligicha qoladi. Garchi behushligi quyosh botishidan keyingacha choʻzilsa ham.
18. Ayollarga xos tibbiy koʻrikdan oʻtish roʻzani buzmaydi. Garchi u koʻrikda ayol bachadoniga tekshiruv uskunasi ishlatilsa ham. Ammo bachadon ichiga yoki farjning ichiga huqna orqali dori (joʻnatish) roʻzani buzadi.
19. Tibbiy igna (shpris) mushak yoki teri ostiga urilsa. Agar dori moddasi muolaja uchun boʻlsa, quvvatlantirish yoki ozuqa uchun boʻlmasa roʻzani boʻzmaydi. Ogʻiz ochgandan keyin olish afzal.


@Personal_blog
Negadir yuragim bugun qattiq oģridi..😢
😁1
F+S🫶❤️
🥰1
😍😍
11:11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuragimiz oģriydi😢
Бу хаётда куп нарсани юқотамиз. Биз учун азиз булган нарсалар, хис-туйғулар, одамлар, орзулар ва бир нуқтада биз озимизни юқотишимиз мумкин. Оғрийди, азобланамиз, хеч қачон осон келмайди. Лекин у албатта утади. Хаёт хеч қачон осон булмаган ва булмайди хам. Хаёт ёрқин ва қоронғу воқеалар сериясидир. Кайғу билан бахт аралашган жойда хардоим хам бахтли була олмайсиз. Лекин соғинч абадий қолмайди. Куникамиз, кейин унутамиз, кейин ҳеч нарса булмагандек яхши буламиз.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥰
11:11
Bitta xatoni ming marta takrorlaydigan bu-Men
2025/10/27 08:15:58
Back to Top
HTML Embed Code: