Telegram Web Link
#1_ishtirokchi

#taqriz #jannatgataklifnoma
Asar hajmi jihatdan ancha kichik, ammo ko’pchilikka saboq bersa ajab emas.

Asarga toʻxtaladigan boʻlsak: hikoyalar qahramonlari boshqa muhit, boshqa din vakillari boʻlib, keyinchalik Allohning hidoyati ila Islom dinini qabul qilishganlar hayoti yoritilgan. Asar boshqa asarlardan farqli oʻlaroq badiiy toʻqima emasligi hamda hayotiy voqealarga asoslanganligi aytilib oʻtilgan. Dunyoning turli xil joylarida yashayotganlarning ilohiy din bilan yuzlashuvi kitobxonlarni taʼsirlantirmat qoʻymaydi, albatta.

P/s: Asar bir o’tirishda o’qib tugallanadi, ammo uni qunt, zehn hamda ihlos bilan o’qish lozim. Nima deganda, asar qahramonlarining haqiqatlari sizning va bizning qalbimizni, albatta uyg’otishga ishonchim komil.

@m1racle_books📚
34👍15🔥2
#2_ishtirokchi

“To seni topgunimcha”…

- Menga bular yetarli emas. Bu dunyo… garchi unda sen mavjud bolsang ham…
Jojo Moyes asarni yaxshi yozibdi. Menga asar tili va hissiyotlar konflikti yoqdi. Asar va voqealar rivoji haqida gapirmoqchi emasman. Ammo ishoning, sizning asov felingizni o
zgartira oladigan darajadagi ishq mavjud.
Olim muhabbat oldidagi tosiq emas.
Nimadir o‘xshab ketadi-ya.

To seni topgunimcha…

@m1racle_books
👍3119🤩2🔥1
#3_ishtirokchi

#taqrizcha

“Hayot yutqazgan joyingdan boshlanur”
Mirach Chag’ri Oqtosh

Hayot bizga ortida ajoyib manzarasi bor deraza mumkin. Ammo go’zal aql va xayrli kuchi bergan. Insonlarni qanchalik xursand qilsang, o’zing ham shuncha baxtli yashaysan. Faqat o’z baxting uchun harakat qilsang, qayg’u ichida yashay boshlaysan. Agar baxtli bo’lishni xohlasang, pul bilan sotib olinmaydigan narsalarga oshno bo’l. Tabassum qil! Eng muhimi, senga berilgan eng katta hadya yashashdir, qadrini bil, his qil va shu onni qo’lingdan chiqarma.

@m1racle_books📚
63👍19🤩2🔥1
#4_ishtirokchi

📌Urush - nafaqat onani boladan, yorni baxtdan, farzandni otadan, orzularni amaldan ayiradi, bahorini kuz qiladi, umrni “tush” kabi o’tishiga o’tishiga sababchi bo’ladi. Tush ham goh shirin goh achchiq sahnalari bilan kishi holatini qo’g’irchoqdek boshqaradi, hayot yo’llarini keskin o’zgartirib yuborishga sababchi bo’ladi. Yozuvchining “Tushda kechgan umrlar” asari ham asosiy ma’nosi umrni nimaga satflaganligi, or-nomus qadri, qonli urushning ta’siri inson hayotiga zavol keltirganligi haqida bayon qiladi…

©️Soliboyeva Nigora

@m1racle_books📚
25👍5😢3🔥1
#5_ishtirokchi

"Iskanja" kitobi uchun taqriz

Bu kitob turk adibasi Amina Shenliko'gluning qalamiga mansub bo'lib bu kitob kammunizmning qanchalik dinlarga qatshiligi ayniqsa Islom diniga qarshiligi yoritib berilgan
Ularga qanchalik ayovsiz va beshavqat azoblar berilgan va musilmonlar oz dinlarida qanchalar sobit tura olganlarini bilib olasiz degan umiddaman
Kitobning asosiy qahramonlari aku akalar va shu yordamida asar kitobxonlarning qalbiga yetib bordi bu kotobni oqigandan song yoglashingiz aniq deb ayta olaman🌷

@m1racle_books📚
👍2310🔥1
#6_ishtirokchi

Turk tilidan tarjima qilingan, go'zal hikoyalar jamlangan "Seni jannatda kutaman" kitobini o'qib inson o'ziga bir dunyo ma'naviy ozuqa olishi mumkin. Yurakdan chiqib yurakka yetib boradigan, unga ta'sir o'tkaza oladigan, qalblarimizda mudrab yotgan insoniylik tuyg'ularimizni zulmatdan yorug'likka olib chiqa oladigan kitob. Bundagi bir hikoyani o'qib, keyingisiga shunchaki o'tib keta olmaysiz. Bir oz to'xtab mulohaza qilib keyin davom ettirasiz. Mohir ovchi otgan o'qlar singari yuragingizni aniq nishonga oladi. Hajmi kichik - kichik bu hikoyalarning ma'nosi bir olam ...
Ba'zi katta hajmli kitoblardan topa olmagan fazilatlarni, albatta, mana shu mo'jazgina to'plamdan topasiz.

@m1racle_books
78👍24🤩5🔥4🎉1
#7_ishtirokchi

Xalqa. Akrom Malik
Bu asar turli zamon va makonlardagi ba'zilari hozirgacha davom etib kelayotgan Islom olamiga nisbatan bo'layotgan nohaq zulmlar, adolatsizliklar va hunrezliklarni aks ettirgan. Kitobni mutoala qilar ekansiz asar qahramonlarining boshidan kechirgan qiyinchiliklari, ularning shu qiyinchiliklar qarshisida yuksak matonat, kuchli iroda, jasorat topib ularni yengib o'tganlariga guvoh bo'lasiz. Yozuvchi qahramonlarni shu qiyinchiliklar qarshisidagi ruhiy holatlarini shunday tasvirlaydiki bu kitobxonni nafaqat o'ziga jalb qilib qolmasdan balki ularning naqadar buyuk qalb va iymon egalari ekanliklarini namoyon qiladi.

@m1racle_books
26👍4🔥1
#8_ishtirokchi

Xonadan o'ziga ishonchi komil, oilasiga biror marta yolg'on gapirmagan qiz o'laroq chiqdim. Qaytganimda mendan nimalar kamaygan bo'lishi mumkinligi umuman hayolimga kelmagandi.
Kitob shunday so'zlar bilan boshlanadi va o'zining olamiga tortadi. Asar bosh qahramon Zaynab tilidan so'zlab beriladi. Birgina Zaynab qiyofasida ba'zi yoshlar yo'l qo'yadigan xatolar va uning salbiy oqibatlari tasvirlangan. Uning hayoti universitetdagi kunlari, qorong'ulik tomon yo'l qo'ygan qadami va uni bu yo'lga boshlagan insonlar taqdiri shunday mahorat bilan tasvirlanganki, bevosita Zaynabning olamiga tushib qolasiz. Asar Onur Qoplon ijodidagi yetakchi asarlaridan biri hisoblanadi.

@m1racle_books
23👍5🔥1
#9_ishtirokchi

#taqriz
"Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar"
Yutqazganingda emas voz kechganingda yengilasan - bu sõzlar naqadar tõgriligini birinchi eshitayotgan inson ehtimol tushunmasligi mumkin lekin bu kitobni oqigan inson , hayotda hammada muammolar, tashvishlar,yutqazishlar bõlishini asosiysi shu mağlubiyatlarda taslim bõlmasdan ,odamlar gapiga parvo qilmasdan faqat oldinga borishni örgatadi.Hamma xato qiladi, maglubiyatga uchraydi lekin aqlli inson bu maglubiyatidan xafa bõlmaydi aksincha xatosidan xulosa olib tajriba orttiradi.Atrofingga qara odam qilgan narsalarni odam qila oladi. U qilibdimi ,sen ham qila olasan .Agar hech kim qila olmagan bõlsa sen birinchisi bõlasan.

@m1racle_books
31👍5🔥4
#10_ishtirokchi

🌅🌅 Ufq 🌅🌅
Ikromjon asardagi bosh qahraman hisoblanadi, har xil muammolar orasida qolgan hayotda anchagina qiynalgan obraz. Bittayu bitta o'g'lini erka, tantiq qilib ulg'aytiradi shu sababli og'li urushdan qochadi hattoki onasining dafn marosimini uzoqdan turib kuzatadi u doim '' bugunni emas, ertani emas onasining olib keladigan ovqatini o'ylardi'' deb yozadi S. Ahmad. Noqobil og'il Tursunboy onasi vafot etganini eshitib faqatgina bir narsani o'ylaydi u ham bo'lsa endi menga kim ovqat beradi degan o'y edi. Tursunboy vafot etganda otasi unga o'z hassasi bilan qabr qaziydi va yaktagidan kafan vazifasida foydalanadi. Tursunboyning qabri chaqirsa ovoz bormaydigan kimsasiz bir to'qayda edi. Ikromjonning sabr bardoshiga tahsinlar aytish kerak.

@m1racle_books
29👍3🔥3
#11_ishtirokchi

#Olam_va odam
#Din\va_ilm
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
Ushbu asar insonni har taraflama tarbiyalovchi asar.Siz bu asarni oqish orqali diniy,dunyoviy,tarxiy bilimlaringizni kengaytirishingiz mumkin.Islom dinidagi yirik mutaffakir olimlar ularning dunyoga qoshgan xissalari batafsil yortilgan.Shuningdek dunyo dinlari tarixi ham joy olgan.Asosan Islom dining qanday kelib chiqgan qayerlarga yoyilgani va shu kabi foydali ma'lumotlarni òzida jo qilgan hazratimizning ajoyib asarlaridan biri hisoblanadi.
Har bir kitobxon òqishi kerak bo'lgan asarlarning biri deb bilaman.

@m1racle_books
44🔥3👍1
#12_ishtirokchi

"Hanna" Bahodir Yangishaharliko'g'li

Bahodir Yangishaharliko'g'li men bu nomni "Hanna" asari orqali kashf etdim. Muallif tomonidan "Abdulhamidxon. So'nggi hukmdor" teleserialida Tahsin Posho obrazi gavdalantirilgan ekan. Yozuvchi tomonidan bir qator asarlar dunyoga kelgan. Lekin "Hanna" qissasi yozuvchi ijodida alohida o'rin tutadi. Endi asarga to'xtalamiz. Qahramonimiz Hanna kelib chiqish millati turk bo'lgan, lekin nemis oilasida voyaga yetgan ortiqcha mayda- chuydalarga toqat qilolmaydigan qiz. O'z ko'rgan tushi ta'sirida ko'plab savollarga javob izlaydi va suvda otasining qo'lida qonli pichoqni ko'radi. Va "Dada" degan chinqiriq bilan uyg'onib ketadi. Hanna "Ona", deb emas, "Dada", deb baqirib uyg'onganining o'zi butun boshli bir muammoligini aytadi. Nega? Nima uchun? Bu kabi savollarga javobni asarni o'qib bilib olasiz.

@m1racle_books
22🔥4👍1
#13_ishtirokchi

"Ammo mening qalbim pokiza"
Òz qalbining pokiza yoki pokiza emasligi haqida hech kim fikr bildira olmaydi.Qilinishi kerak bòlgan ishlarni qilmay : "Mening qalbim pokiza"degan jumlaning ortiga berkinish,insonning òziga qilgan eng katta yomonligidir.Eng oddiy misol bilan aytganda:"Namoz òqimayman,ammo qalbim toza"deb òylayotgan inson bòlsa,shuni aslo unutmasinki: payģambarimiz sallollohu allayhi vasallam oyoqlari shishib ketgunicha namoz òqir ekanlar:nima ularning qalblari pokiza emasmidi?Aslo.Pokiza edi, barchamiznikidan ham pokiza edi.

@m1racle_books
28🔥2
#14_ishtirokchi

Kitob nomi: Seni jannatda kutaman
To‘g‘risi kitobning nomining o‘zi kitobsevarlarni e'tiborini tortadi. Satrlarida insonga xos nozik tuyg‘ular bitilgan. O'rni kelganda yig‘laging keladi, o'rni kelganda yuzingda tabassum paydo bo'lganini bilmay qolasan. Ba'zi satrlari esa hayotning achchiq haqiqatini so‘zlaydi go'yo. Asardan: Shu qadar tez yurdikki, ruhimiz ortda qoldi......Vaqt tez o‘tmayapti, biz juda tez ketyapmiz. Juda shoshilyapmiz " . Ushbu misralar orqali yozuvchi bizga hayotda qanchalar shoshqaloq bo‘lib borayotganimizni, ruhimizni e'tiborsiz qoldirayotganimizni uqtirmoqchi bo‘lgan. Ushbu kitob har bir sahifasida bizni Allohga yuzlantiradi, qiyinchiliklarni sabr bilan yengishimizni, har doim Allohimga iltijo qilishimizni, unga suyanishimiz kerakligini ta'kidlaydi. Zero "Alloh buyuk Hakim, har bir ishni maqsad va hikmat bilan bajaradi"

Obida Khudaykulova✍🏻

@m1racle_books
47👍5🔥3
#15_ishtirokchi

Mening eng yaxshi ko'rgan kitoblarimdan biri "Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar" .
Bu kitobni har bir kitobxon o'qishi kerak? Shu qadar oddiy va tushunarli qilib yozilganki har bir kitobxonning yuragidan chuqur joy egallaydi.
Kitobda nimalar yoritilgan? Bu kitobda saxobalar hayotidan namunalar va omadli inson bo'lish sirlari, shaxsiy rivojlanish, mehr-muhabbat, kechirimlilik, sabrli bo'lish, o'zini anglashni o'rgatadigan kitob.
Bu kitobni o'qiganingizdan so'ng o'zingizdagi kamchliklarni, xatolaringiz ko'rasiz va taxlil qila olasiz. Bu kitobni o'qigan inson o'zi qaytadan kashf etadi.

@m1racle_books
54🔥4👍1
#16_ishtirokchi

#Taqriz
📚Til ofatlari.
Asarni mutola qilib bo'lgandan so'ng agardaа mohiyatini anglagan bo'lsangiz so'z qotishga ikkilanib qolasiz. Taqriz yozishniku aytmasa ham bo'ladi... Juda mushkul to'grimi? Aqlan yozmoqchi bo'lsak, bamisoli quyosh yonida turgan xira shamga, hissiyotlarga berilib yozsak saviya jihatdan anchayin past va mavzuni bachkana хolatga olib boruvchi taqriz рaydo bo'laveradi. Shuning uchun qаlbimizda paydo bolgan va o'zimizga manzur bir taklifni berishga ahd qildim: "Kitobni qunt bilan o'qing, toqatingiz ko'targuncha amal giling!..

Dilnoza🌼

@m1racle_books
32👍7🔥2
#17_ishtirokchi

O'rxon Kamol

📚📚 Dengizga otilgan ayol📚📚
Kitobni òqib chiqqanimda shu hayollar meni tinch qòymadi. Biz erkaklar tarafidan qizlarga qarshi qaratilgan nohaq gaplar yoki òz hirsiy tarafidan aytilgan gaplar uning kelajagiga albatta ta'sir qiladi. Men kitobni òqirkanman qizlar haqida òylab gapirishga ont ichdim. Chunki bir yomonning nohaq sòziga uchib uning go'zal kechadigan umrini xazon qilmoqchi emasman.
Bu kitobni oģzi shalloqilarga tavsiya qilaman.

📚📚Roshidoniy.

@m1racle_books
50👍5😁3🔥2
#18_ishtirokchi

📝 Said Chamlija 📕
📍Iymon va huzun 📍
Bu kitobni oʻqirkan ekanman hech qachon yengilish kerak emasligini yani hayot tashvishlari oʻtkinchi ekanligini hamda kelayotgan sinovlar albatta yaxshi yakuni borligini anglashga undaydi. Tushkunlikka tushib qolgan insonlar uchun ayni muddao boʻlar edi bu kitob negaki hayotga muhabbatni, yaqinlar taftini va borlikni qadrini anglatadi. 📚

@m1racle_books
31👍6🔥1
#19_ishtirokchi

Imomning maneken qizi!

Mazkur asar aslida dinsiz bo'lishni istamaydigan, biroq o'zini dinsiz hayotga otgan, Islomiy bilim va hayot tarzidan to'ygan, ota-onasidan jirkanib yashagan, islomiy chegaradagi erkinlikdan yiroqda bo'lishni istagan, lekin qalbida Allohga ham, Qur'onga ham ishonadigan bir qarashda axloqsiz boshqa tomondan qarasa mehribon va dardkash qiz haqida. Keyinchalik Fotima o'zi istagan hayotda yashashiga qaramasdan, zulmatda erkin yasholmaydi, ya'ni anglaydiki, haqiqiy erkinlik-Islomda! Mendan dinimni ol deb avval yolvorgan kezlarda ham ortidan istig'for aytishdan to'xtamaydi. Otasining "Allohni unutsang u ham seni unutadi" degan nasihatlariga beixtiyor amal qiladi. Oxir-oqibat, Islom haqiqatan ham go'zal tarbiya va ilm, iymon dini ekanligini tushunib yetadi.

#Amonova_Vazira

@m1racle_books
163👍54😢6🔥3😱3
#20_ishtirokchi

#taqriz_challenge

Aslida ishq deganlari õzingni qõyarga joy topolmay qolishing,sochlaringga moviy chechaklar taqilishi yoki yõllaringda gullar sochilishi emas ekan...
Aslida ishq deganlari Robbimning san'at asarini Robbim uchun istash ekan.Robbim istaganidek bõlmasa,men uchun ham bõlmasin deya olish ekan...
Aslida ishq foniylik ichra hayajon izlash emas,balki Robbim tomon safar choģida hamrohlik qiladigan insonni qidirish ekan.Qõllarini mahkam ushlagancha unga Robbimning hadyasi õlaroq nazar tashlash,hovuchingda Robbimning sevgisini ushlab turishing ekan...

Bu yo'lda faqatgina "Allohim..." desangiz kifoya.

📖"Alfido"
Onur Qoplon
#madina

@m1racle_books
25👍11🔥1
2025/07/14 02:42:02
Back to Top
HTML Embed Code: