Telegram Web Link
#121_ishtirokchi

#bismillah
Men tavsiya qilgan kitob🥰
Mo'minning onalari (Xazrati Xadicha va Xazrati Oisha)
Ushbu kitob Shayx Abdulaziz Mansurning sharxi orqali yozilgan bo'lib, kitobxonni o'ziga mahliyo etmay qo'ymaydi. Ushbu kitobda Payg'ambarimiz Muhammad Sallollohi Alayhi Vassallamning siyratlar va ularning zavjalari bo'lgan Hadicha bintu Huvayli va Oisha bintu Abu Bakr haqida yetarlicha ma'lumot berilgan. Ularning barchamizga ibrat maktabi bo'la oladigan hayot yo'llari qisman bo'lsada tasvirlangan. Asarni o'qir ekanman o'zimni huddi Saodat asriga tushib qolgandek his qildim. Va Alloxga hamdlar bo'lsinki menga mana shu kitobni o'qish va mo'minlarning onalari haqida ko'proq bilib olish baxtiga muyassar etdi:)

@m1racle_books
49👍4🤩4🔥1
#122_ishtirokchi

#Oisharoziyallohuanhu - Payg'ambarimiz s.a.v. ning suyukli ayoli
#taqriz

Bu dunyoda Rasul alayhissalomdan yaxshiroq va suyukliroq kim ham bo'lishi mumkin?
shu savol juda ham meni ta'sirlantirgan...
Islom olamidagi muhtarama zotlarning eng avvalida, shubxasiz, Oisha roziyallohu anhu onamizning nomi zikr etiladi.
Oisha roziyallohu anhu onamizning otalari Abu Bakr roziyallohu anho ham payg'ambarimizning yaqin kishilari bolganlar, Payg'ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun sevimli bo'lgan zotlar uning ummatlari uchun ham sevimlidir yani biz uchun va Islom dinining tarqalishida hech bir musulmon oila Abu Bakr Siddiq r.a. oilasidek katta yordam bermagan
bu asarda payg'ambarimizning Oisha roziyallohu anhu onamiz bilan o'tkazgan kunlari hikoya qilinadi...

@m1racle_books
48👍6🔥1
#123_ishtirokchi

Assalomu alaykum
Mirach Chagʻri OqtoshningBu kitobda insonning hayotida boʻlib oʻtadigan his kechinmalari aks etgan "Toʻsiqlarga qaramay sevdik"kitobi haqida Men uni ilk bor ochganimda moychechak guliga sevgim yanada ortdi Kitobda menga eng yoqqan joyi "Men hamma narsaddan haddan ziyod charchadim.Kimdir menga Bir ogʻiz ham gapirma ,shusiz ham seni juda yaxshi tushunaman! degancha mahkam quchish ehtimoli yoʻqligini bilib yashashdan charchadim.Men charchashdan ham charchadim.Menga ozgina boʻlsa-da, mehnati singgan hammadan minnatdorman

@m1racle_books
24👍5🔥1
#124_ishtirokchi

Assalomu alaykum rohmatullohi va barakatuh "Sohilsiz dengiz " Ahmad Muhammad Tursun Yo‘l olis va mashaqqatli lekin nihoyasida ajib bir saodat mo‘ralab turibdi " Bu dunyoni ostin ustin qilib yuborsa ham Buxoriy kabi hadis biluvchi va uni yodlovchi odam topilmaydi" Abu Abdulloh Xokim .Kitobni o‘qir ekanman vaqt qanday o‘tganini va kitob tugab qolganini bilmay qoldim.Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoyil ibn Ibrohim al Buxoriydek sofdil xadis ilmida dunyo tan olgan olim .Umrining oxirigacha ilm bilan shug‘ullangan xasad tuxmatlar xoinliklar qurboni bo‘lgan.Qanchalik yomonliklar qilishmasin barini sabr bilan yengan insonning tariflab bo‘lmas hayot yo‘lidan hikoya qiladi kitob.Kitob haqida so‘zlashga ojisman. Kitobni o‘qigan har bir kitobxon o‘ziga kerakli xulosani chiqarib oladi.

@m1racle_books
15👍2🔥1
#125_ishtirokchi

"Muvozanat"
Ulug'bek Hamdam

Yusuf universitetni tarix yo'nalishida o'qidi, yaqin do'stlari Sodiq va Mirazim esa tarixchi bo'lishiga qaramay, iqtisod sohasi bo'yicha faoliyat olib boradi va Yusufdan moliyaviy tomondan o'zib ketadi. Uch xil oila ham parokandalikka yuz tutadi. Birida pul, farzand, maishat yetarli, mehr- muhabbat yo'q, ikkinchisida ham moddiy taraflama muommo yo'q, shu bilan birga o'ziga bo'lgan erki ham yo'q, uchinchisida esa sevgan kasbi, oilasi bor, ammo moddiy qiyinchiliklar tufayli farzandidan ayrildi, o'zining "dunyo"siga aloqador bo'lmagan kasb bilan shug'ullanishga majbur bo'ladi. Asar oxirida qahramonlar hayotini o'zgartirishga qanday yo'l tutishi haqida bilasiz...
Inson har taraflama, ham moddiy, ham ma'naviy taraflama yetuk bo'lib, muvozanatni saqlashi lozim...

@m1racle_books
15👍3🔥1
#126_ishtirokchi

Taniqli adib ijodining salmoqli qismini urush hamda ona mavzusi tashkil etadi. Shunday mavzularni ko’tarib chiqqan asarlaridan biri bu “Ikki eshik orasi” asaridir.
Asar voqealariga qaraydigan bo’lsak, urush maydonlaridan urushdan necha kilometrlar uzoqdagi insonlar taqdiri tasvirlangan. Inson hayotga bir marotoba keladi. Shu hayotini qanday o’tkazishi o’z qo’lida deymiz. Biroq asar qahramonlaridan biri Kimsan yoki shunga o’xshash mard, jasur o’zbek o’g’lonlari taqdiri bundan mustasno edi. Ular taqdirida “urush” deb ataklmish qora kunlar yozilgan edi.

…Bilaman, Siz-tiriklar o’limdan qo’rqasizlar. Tirikligimda men ham qo’rqar edim. Yo’q o’lim unchalik dahshatli emas. Tiriklik- hayot mazmuni shu kulminatsiyada yaqqol ko’rinadi. Asarning g’oyasi ochiladi. Urush mavzusidagi asarlarda qo’rqinch his yurakni bezovta qiladi. Darhaqiqat, asarda insoniy tuyg'ular va qayg'ular aks etgan.

@m1racle_books
4👍4🔥2
#127_ishtirokchi

Men ko'p kitob o'qib tugatdim, ammo ularning orasida eng yoqqan kitob Alisher Navoiyning "Muhokamat ul-lug'atayn" idir.
...Ko'ngil barcha ma'nolarni jamlagan ummondir, so'z - ko'ngil dengizidagi bir inju.Dengizdan injuni g'avvos olib chiqqani va uning qiymatini tayin etganidek, ko'ngildagi so'z injusi so'zlovchi tarafidan bezaladi, qiymati ham anglash darajasining nisbatiga ko'ra belgilanadi. Injuning qiymati haqida :"darajalari ko'p", hatto "qiymati 1dirhamdan 100000 dirhamgacha bo'lgan injular bor" deyish mumkin...
So'z injusining qiymati bundan-da ulug', darajasi bundan-da yuksakdir. Uning ulug'ligi shuki, o'lik tanga ruh bag'ishlaydi.

@m1racle_books
5👍3🔥1
#128_ishtirokchi

" Iymon va Huzun "

Har qanday kelgan baxtga ham, dardga inson bir xil munosabatda qarasagina va albatta ikkalasi kelganda ham Allohga shukronalik keltirolsagina bu insonning iymoni mustahkam, yashashdan maqsadini bilgan va shu maqsadda iymoniy umrda yashagan insonning iymoni esa butun. Iymonli inson doim hayotda huzur bilan yashaydi. Huzur qayerda yuragi butkul Allohga oshiq bo'lgan qalblarda...

@m1racle_books
👍3620🔥3
#129_ishtirokchi

B.R.R.

1.Jimjitlik.

🍒Assalomu alaykum. Ranjigan bir inson shunday sukut saqlaydiki, sukutini tinglaging keladi deb eshitgan edim. Jimjitlik asari esa yuragimiz tub tubida yotgan gaplarimizni po'rtanadek daxshatga soladi. Tabiat. Qishloq hayoti. Shahardagi bir xil qolipga solingan hayotdan charchab, o'zligingni anglash uchun qishloqqa qaytasan. Ammo....
Hayot charxpalagi seni qay tomonga irg'itishini bilmaysan, qay joyga irg'itilsang ham o'zingni o'zligingni, ilk bor dunyoni anglaganingdagi qalbingni unutmasang bas.

🍒Asar urush, inson hayoti, taqdir, insoniy fazilatlar, rishtalar kabi tushunchalarni yorqin bo'yoqlar yordamida ifodalangan.

🍒Hurmat bilan: Samoyinur.

@m1racle_books
19👍4🔥1🎉1
#130_ishtirokchi

Lo'li

-Islom diniga, payg'ambarimizga qarshi chiqqanlar lo'limidi?
-Qur'oni Karim ni olovga otganlar lo'limi?
-Qaysi fohishaxona da lo'lini ko'rgansiz, qaysi lo'li bolasini ko'chaga tashlab ketib, yetim qilgan?
-Ko'chada lo'lilarning bir-biri bilan urishganini ko'rganmisiz.
-yo'q

Ushbu kitobni o'qib lo'lilar hayotiga qiziqib qoldim.
Faqat muammo bo'lgan narsa, yozuvchi turk bo'lgani uchun u faqat turk lo'lilarining hayoti bilan tanish, O'zbekistondagi lo'lilar ulardan farq qiladi fikrimcha.

" lo'li" asari irqi tufayli sevgan insoni bilan birga bo'lolmagan, kamsitishlar va haqoratlar ostida ulg'aygan lo'li qizlar taqdiri va ularni kurashishga majbur qilgan jamiyat haqida hikoya qiladi.

Malika Kasimova

@m1racle_books
12👍3🔥1
#131_ishtirokchi

Ёш бўлишига қарамай, миллионлаб турк китобхонлари меҳрини қозониб улгурган Мирач Чағри Оқтошнинг ушбу китоби илк бор ўзбек тилига ўгирилиб, ўқувчилар ҳукмига тақдим этилмоқда.

Мазкур асарида муаллиф муқаддас Қуръони Каримдаги суралар, пайғамбарлар ҳаётидан ибратли воқеалардан мисоллар, жаҳонга танилган кўплаб мутафаккирлар, донишманд алломаларнинг пурмаъно фикрларидан иқтибослар келтириб, фалсафий мушоҳада юритади. У инсонларни эзгуликка, хайру саховат кўрсатишга, доимо яхшилик қилиш ва кек сақламасликка чорлаб, сабр-қаноатли бўлишга ундайди; ҳаётдаги қийинчиликлар Аллоҳнинг бир синови экани, улар олдида эсанкирамай, муаммоларга ечим излаш, доимо олға интилиш зарурлигини уқтиради, ўқувчида шукроналик туйғуларини уйғотади. Китоб кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

@m1racle_books
12👍10🔥2😢1
#132_ishtirokchi

# Tanlov uchun taqriz
Azizim Zeze ( Azizim Po'rtaxol)
Asar besh yarim yashar bolakayning akasi bilan sarguzashtlaridan boshlanadi. Oila- katta, kambag'allashyotgan jarayonni qamrab olgan. Kitobni ilk qo'lga olganimda oddiy jo'n voqelar obrazlar bo'lib tuyildi. Lekin yakunda Zezening kir qo'lchalarini o'pip, quchog'imga olib ovutgim, bir talay o'yinchoqlar oberib, bag'rimga qattiq bosgim keldi. U bilan birga yashadim, yegan kaltaklarini ta'mini totdim, u bilan birga yugurdim , yaralarini siladim..Kitob tòliģicha samimiyat bilan yòģrilgan. Asarni òqigach albatta achinasiz qahramonlarga taqdirlariga, ertaroq ushbu asarni vaqaraqlab Zezeni qòlidan ushlamaganingizga.

@m1racle_books
👍1911🔥2🤩2
#133_ishtirokchi

#Taqriz

Feodar Dostoyevskiy qalamiga mansub "Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar" asari 1861-yilda yozilgan bo'lib, bugungi kunga qadar o'z qadrini yo'qotmagan klassik asarlardan biri.
Qaysidir ma'noda ota-onaning o'z qizi tomonidan xo'rlanilishi, ota tomonidan o'z bolasini haqoratlanishi. O'zining chirkin istaklari uchun begunoh otaning va norasida go'dakning haqoratlanishi va xo'rlanishi.
Asarda xudbinlik, o'z manfaati uchun har narsaga tayyor turadigan obrazlar gavdalantiriladi. Asar jamiyatdagi manfur kimsalarning qilmishlari oqibatida jabr ko'rganlarni ko'rishni istaganlar uchun tavsiya qilinadi.

@m1racle_books
10🔥1🤩1
#134_ishtirokchi

Harry Potter by J.K. Rouling🔮


I am really fan of this novel! On the ground that, while reading this book, I live with its heros, events seems to heppen in my real life. It is about wizards and some of humans' feeling also can be showed♡ Especially, I appreciate Hermione Granger, Ron Weasley and Harry Potter's friendship. There are majority of difficulties and barriers, but they never give up. So, I try to immitiate their some of characteristics.I recommend you reading this book:)

@m1racle_books
👍22🔥31🤩1
#135_ishtirokchi

Ahmad Lutfiy Qozonchi.
Bir vijdon uyg'onur.📚

Vijdon qalb bilan bevosita aloqador. Vijdon uyg'onar ekan, qalb tiriladi. Inson g'aflat uyqusidan uyg'onib hidoyat sari qadam qo'ya boshlaydi.

Asarni o'qib yana va yana shu narsaga amin bo'ldim.

🍃 Asarda bir oila misolida butun bir jamiyatdagi muammolar, qaltisliklar aks etgan. Bir oila misolida Allohga muhabbati cheksiz, iymoni, taqvosi butun qalbini egallab olgan ayol va g'aflat botqog'iga botgan, zalolat butun qalbini egallab olgan er, ayni shu g'ofillligi oz boshiga yetgan ota, zulmatdan yorug'likka chiqqan farzand tasvirlangan.

🍃 Asar tarbiyaviy, o'quvchini mulohazaga chaqiradi. Kitobxon xaqiqiy matonat, sabr, zalolat va hidoyat qarama-qarshiliklariga asarni o'qish jarayonida duch keladi

@m1racle_books
24👍6🔥1🤩1
#136_ishtirokchi

Yer chekkasidagi qahvaxona.

Mendek bir qahvani sevuvchi qiz uchun bu kitob meni nomidan o'zgacha ta'sir qilishni boshlagandi. "Siz nechun bundasiz" degan savol bilan boshlanuvchi bu qahvaxonada siz shunchaki qahva ichish bilan cheklanibgina qolmay yashashdan maqsadingiz, hayotning har lahzasida yashashni, qilayotgan ishlaringizdan zavq olishni o'rgatadi. Siz hayotda o'zingizga bera olmayotgan savollarga shu yerda javob topasiz. Hayotda har qanday sodir bo'layotgan hodisalar ortida nimadir yotadi, siz ularga shunchaki qarab o'tmang, ulardan zavq olishga, nimadir yaxshilik izlashga harakat qiling. Siz anglang, o'zingizga savol berib ko'ring "Siz nechun bundasiz". Menga ishoning, javobini topgan kuningiz yashashni boshlaysiz:)

@m1racle_books
73👍14🔥4🤩1
#137_ishtirokchi

Kecha va kunduz

#taqrizim

Asarninig bosh qahramoni Zebi 15 yoshli qiz bõlib, Zebni otasi uni majburan 4 ta kundoshli insonga turmushga beradi va Zebni kundoshlari kõp õtmi unga erni õldirgan deb tuxmat qilishadi va Zebni 7 yilga Sibirga surgum qilinadi.
Zebni otasi tamagir, ishlamidigon va tekinxorlik orqasidan kun kõruvchi inson bõladi shu tufayli Zebni yosh bõlishiga qarami uni pul uchun õz qizni uzatadi. Kecha va kunduz asarida Akbarali Sultonposhsha Eshon kabi razil va tuban adolatsiz qahramonlar juda yaxwi tasvirlangan. Asarda 15 yoshli qizning hayoti va uni boshidan kechirgan qiyinchiliklari tasvirlangan. Sibirda kõrgan kechirgan qiyinchiliklari uni qul sifatida horlanganligi insoni kõziga yosh keltiradi. Kundoshlaridan qilingan har xil tuxmatlar Zebni yomon otliq qilib gap tarqatganlari va Zebni õz sevgisiga yetsholmagani otasi ulani ayrgani asarda juda keng yortilgan. Kecha va kunduz asarini õqigan inson yana qayta õqigisi keladi.

@m1racle_books
👍75🔥2😢2🤩1
#138_ishtirokchi

"Хайот йуткизган жойиндан бошланар" такриз😊

Ёш бўлишига қарамай, миллионлаб турк китобхонлари меҳрини қозониб улгурган Мирач Чағри Оқтошнинг ушбу китоби илк бор ўзбек тилига ўгирилиб, ўқувчилар ҳукмига тақдим этилмоқда.Мазкур асарида муаллиф муқаддас Қуръони Каримдаги суралар, пайғамбарлар ҳаётидан ибратли воқеалардан мисоллар, жаҳонга танилган кўплаб мутафаккирлар, донишманд алломаларнинг пурмаъно фикрларидан иқтибослар келтириб, фалсафий мушоҳада юритади. У инсонларни эзгуликка, хайру саховат кўрсатишга, доимо яхшилик қилиш ва кек сақламасликка чорлаб, сабр-қаноатли бўлишга ундайди; ҳаётдаги қийинчиликлар Аллоҳнинг бир синови экани, улар олдида эсанкирамай, муаммоларга ечим излаш, доимо олға интилиш зарурлигини уқтиради, ўқувчида шукроналик туйғуларини уйғотади. Китоб кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

@m1racle_books
👍9🎉1🤩1
#139_ishtirokchi

O'tkir Hoshimov- "Ikki eshik orasi"


Har kimning o'z haqiqati bor. Bu O'.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asaridan yaqqol misol qilib berilgan- har bir qahramon o'z hissiyotlarini, tashqi tarafdan qaralsa vijdonsiz, adolatdan yiroq ko'rinsada, o'z tilidan bayon qilayotganda esa u haq. Asar hech qachon "urfdan" qolmaydi, turfa qahramonlar orqali turli mavzular ochib berilgan, sevgi, xiyonat, urush qurbonlari, "qora xat" olib kelganligi uchn hammaning ko'ziga "balo" dek ko'ringan va o'zini o'ldirib bu lan'ato nomdan o'zini giriftor pochtachi, pahlavondek o'g'lini tobutgan qo'ygan ona nidolari. Romanni hammaga o'qishni tavsiya qilaman, tasvirlangan hayot va muhitni ko'z oldiga keltirgan inson bugungi tinch-osoyishta hayotida, ammo o'zini boshqalarga nisbatan baxtsizdek xis qilayotgan odamlar o'qisa, ozroq bo'lsada boriga shukur, boshqacha qilib aytganda: " to'qlikka sho'xlik" qilishni bas qilarmidi...

@m1racle_books
23👍8😢3🎉2🔥1
#140_ishtirokchi

Bir vijdon uyg'onur

"Bir vijdon uyg'onur" muallifi Ahmad Lutfiy Qozonchi

Bu romanni o'qir ekansiz haqiqatdan ham o'lik bir qalbning vijdonning Allahning rahmati ila uyg'onganining guvohi bo'lasiz!!
Bu romanda, bir pokiza qalbida iymoni bo'lgan ayol va tubanlik botqog'iga botgan noshud ota Sururi beylarning farzandi bo'lmish Tumayning qanday qilib tuban bir insondan qalbida iymoni bo'lgan Allahning momin bir bandasiga - Murod beyga aylanganini ko'rasiz.

In shaa Allah bu kitobni o'qib yuzingizga nur qalbingizga iymon va sokinlik baxshida bo'ladi.

@m1racle_books
23👍5🔥1😢1
2025/07/09 12:56:48
Back to Top
HTML Embed Code: