Telegram Web Link
Men “Kichkina Shahzoda” asarini cheksiz yaxshi ko’raman. Bolaligim yoshligim bor bu asarda. Kindle’ga “chexol” qidirib shunisiga ko’zim tushdi. Hech qanday o’ylanishlarsiz shuni oldim.

Hozir esa shu kichkina narsa bilan dunyolarcha baxtiyorman.🥳 Xo’sh siz qanday tuyasiz baxt tuyg’usini(Diniy demadim. Savolda mutloq moddiyatga ega bo’lgan narsalar nazarda tutildi. E’tiqodimiz orqali tuyadigan rohat va baxtni ommaga oshkor qilish shart emas nazarimda) Oddiy kichik narsalar sizni xursand qiladimi?

@m1racle_books
106👍27🤩4🔥3🎉3🥰1
​​Uy

^ Yakshanba kuni mazza qilib uxlash uchun budilnikni o’chirib qo’yasan. Ammo o’sha kuni hamma ertalabdan uyg’onib uxlashga yo’l qo’ymaydi.

^ Eshikni taqillatib “Men” desang senga eshik ochiladi.

^ Hamma magazinga ketadi ammo hech kim senga sut olib kelmaydi.

^ Oldin qorningni to’ydirib, keyin ishlaring qandayligini so’raydigan va muzlatkichda hech nima bo’lmasa ham, nimadir pishirish mumkin bo’lgan yer.

^ Qachonki hamma uyda bo’lsa, senga tinmasdan halaqt beradigan va ular uyda bo’lmaganda juda zerikadigan joying.

^ 8 ta “zaryadka” bo’ladi va hech qaysi biri sening telefoningga to’g’ri kelmaydi.

^ Eshikni ochish uchun kalitni burashingdan, sening qanday kayfiyatda ekaningni bilib olishadi.

^ Agar choy ichking kelsa, albatta hamma kompyuter bor xonalardan stakan qidirasan. Chunki odatda hamma stakanlarni kompyuter yoniga olib borishadi.

^ Ertalab uyg’onganingda hamma qayergadir ketishi va sen ularning qayerga ketganini bilishing.

^ “Ovqat tayyor” deb chaqirishlari va agar 10 minut kech qolsang senga ovqat qolmasligi.

^ Albatta sening paypog’ingni adashtirib ukang kiyib ketishi.

^ Idishlarni yuvish uchun ukang bilan “Dom-dom ziki” o’ynashing va har doim g’olib bo’lganingdagi quvonch.

^ Kechasi oyna ochiq qolganida usting ochiq qolishidan qo’rqmasliging. Chunki albatta kimdir ustingni yopib ketadi. Chunki sen - UYDASAN)

Siz qanday davom ettirgan bo’lardingiz?

@m1racle_books
103👍31😢13🔥5😁3
Forwarded from M1racle live 🧠
Hayollar…

Hozir oldimda hamma kim bilandir dars qilib, do’stlari bilan gaplashib o’tirishibdi. Men esa telefonda va qulog’imda har doimgidek AirPod… Ularga havas bilan qarab o’tiribman.

Inson ba’zan yolg’izlikdan charchaydi. Odatda boshqalarning ish grafiklariga halaqit bermaslik uchun do’stlarimdan men bilan qayergadir borishini so’ramayman. So’ragan taqdirimda ham albatta “vaqtim yo’q” javobini olganman. Bu yomonmas. Do’stlarim juda ko’p. Ammo hammamizning yashash tashvishlarimiz bor… Vaqt esa bizga qarab o’tirmaydi)

Ulg’ayganing sari bari beshavqatlashib borayotganini sezasan. Ulg’ayganing sari “Vaqting yo’q” bo’ladi. O’z qobig’ingizga kirib, faqat naushniklarda, o’zing bilan o’zing bo’lishing ham charchatarkan. Shunchaki jonli suhbatlarni, mavzularni xohlarkansan.

Nega bunday fikrlayotganimni bilmadim. Balki bu “Farengeyt bo’yicha 451 daraja” kitobi ta’siridir… Ammo ayni damda o’zimni juda yolg’iz his qilyapman. Va bu kitobni sevib o’qiyapman…

@m1racle_F3
62👍31😢16🔥5
Forwarded from Book Talks
📕 Bookbloger Asalxon Otaxonova 22-may kuni "Bookbloging va uning kelajagi" mavzusida taqdimot qiladi.

M1racle Books kanali muallifi o'z chiqishi davomida bookbloging sohasiga kirib kelishi haqida va bu sohani kelajakda qanday tasavvur qilishi, uning ahamiyati haqida so'zlaydi.

Tadbir uchun ro'yxatdan o'tish

M1racle Books Instagram'da

Book Talks
64👍16🤩3🔥2
Shunchaki o’qing va his qiling)
Ko’proq muzeylarga boring. Ko’ring aslida tarix va san’at qanday ajoyib narsa ekanligini.

Men tarix ishqibozi emasman, ammo bugun bu rasmlarning qanday o’tmishi borligiga qiziqdim. Ular aslida nimani gapirishni xohlayotganliklar meni o’ylantirdi…

Barcha narsaning ham aslida bizga aytishni xohlagan bir hikoyasi bo’ladi) Siz qachon bordingiz oxirgi marta muzeyga?

@m1racle_books
44👍19🔥6🤩1🐳1
​​^Yakshanba…

Book talks uchun tayyorgarlik avjida. Ikki kundan beri jarayon tezlashdi. Juda foydali ma’lumotlar topdim va xatto o’zim foydalanib ko’rmoqchiman.

“Farengeyt bo’yicha 451” kitobi tugagan va review’ yozilishini kutyapti) Vaqtim bo’lishi bilan shu kitob haqida yozaman. Umuman hamma o’qishini xohlardim)

Bundan tashqari yana bir kitob hozir o’qilyapti. Siz nimalar bilan bandsiz?

@m1racle_books📚
👍24🤩85
Forwarded from M1racle live 🧠
Insonlarning juda ko’p orzulari bo’ladi)
Juda ko’p maqsadlar sizni olg’a borishga va yengilmaslikka undaydi. To’xtashni xohlagan qaysidir oningiz, o’zi shu yerga kelguncha qancha mehnat qilganingizni eslatadigan kuch bo’ladi ichingizda…

U yo’l qo’ymaydi to’xtashingizda…
U yo’l qo’ymaydi yiqilishingizga…
U yo’l qo’ymaydi yig’lab o’tiraverishingizga…

U shunchaki shu yerda barini tugatishingizga imkon bermaydi. Eslataveradi barining imkoni borligini… Eslataveradi har doim chiqish bo’lishini va eslatadiki, hayotingizda eng og’ir deb o’ylagan vaqtlaringizda ham siz yengib chiqqaningizni!

Nima bo’lishidan qat’iy nazar, boshingizda nima tushgani, kimnidir yo’qotishdan qo’rqish va sinab ko’rishni xohlamagan oningizda ham unutmang!!! Boshingizni tik ko’taring!

Siz ajoyibsiz!
Siz barini ajoyib bajaryapsiz!
Siz mening qalbi ulkan mittigina mo’jizamsiz❤️

@m1racle_F3
53👍10🎉7🔥4😢3😁1
Assalomu Alaykum Azizlar!

Ertaga Book talk’s bo’ladigan kun. Juda yaxshi kayfiyat va tayyorgarlik ko’rilgan tadbir. Barchangizni ushbu tadbirda kutib qolamiz😊

Ro’yxatdan o’tish yakunlangan. Bunga ulgurmagan bo’lsangiz ham kelavering. Sizga raqam beriladi. Uzoq kutilgan tadbir, yangi taassurotlar va kitobli sovg’alar sizni kutmoqda)

@m1racle_books📚
31🎉8👍2😁1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
32👍12🎉1
2025/07/08 20:31:51
Back to Top
HTML Embed Code: