Instagram vibes😂🫠
Forwarded from M1racle live 🧠
Shunchaki atrofga qarang! Balki siz aslida o’zini hurmat qilish tuyg’usini egoizmingiz bilan almashtirib yuborgandirsiz. Shunchaki atrofda hamma o’zini sevish haqida bong urayotgan bu dunyoda, siz ularni aslida nimani nazarda tutayotganini bilmayotgandirsiz.
O’zini sevish bu boshqalarga xohlagancha yomon hislarni berish emas. Masalan siz o’zingizni sevasiz, Metroda katta sumkangizni orqangizga osib turish yoqadi. Lekin u yerdagi boshqa bechora o’sha sumkangiz unga tegishidan ozor chekyapti. Yana siz birovga yomon his tuyg’ularni yashatishni o’zingizga ravo ko’ryapsiz.
Mana shu joyida hamma tugun yechiladi. Demak, o’zini sevish faqat o’zingga nimanidir ravo ko’rish emas, balki ayni paytda ravo ko’rmaslik ham aslida…
Boshqalarni yomon tuyg’ularni yashatishni o’zingizga ravo ko’rmang❤️ Siz atrofga yaxshiliklar ulashibgina cheksiz baxtga erisha olasiz🥰
@m1racle_live

#mantiqsizlik
- O‘g‘lim buzuq ayolga ilakishib qolibdi. Yashshamagurga yaxshi bir qiz topib uylantirsam, zora quyulib qolsa...
- Shu o‘g‘lim akalariga o‘xshamadi, o‘ta tanbal. Biror ishning boshini tutay demaydi. Uylantirsam, ro‘zg‘orni qanday eplaydi, hayronman!
Ha-ya, epchil-chaqqongina, qo‘lida hunari bor qizlardan taniganingiz bo‘lsa, tavsiya etvoring...
- Katta o‘g‘limning fe'li xunuk, sal narsaga lovullab, jahllanib, urishib ketadi. Bunga og‘ir-vazmin, sermulohaza, yaxshi tarbiya ko‘rgan qizni oberishim kerak...
- Shu desangiz, kichik o‘g‘lim bizdan yashirincha ichib-chekadigan odat chiqargan. Kechqurunlari allamahalgacha ko‘cha kezadi, shu paytgacha qaerda eding degan odam naq baloga qoladi! Halol-haromni farqlaydigan, ibodatli, muslima qiz bo‘lsa, shunga obersam. Xotini aqlli bo‘lsa, yomon yo‘ldan qaytarib oladi-da...
O‘z tuqqanini tarbiya etolmagan onalarning bedavo o‘g‘il uchun «davo vositasi» bu.
Bir onaning o‘z bolasi rohatini o‘ylab boshqa onaning bolasini azobga duchor etishi mana shunday «tadbir»lardan boshlanadi;
ayolning ayolga zulmi mana shunday fikrlardan boshlanadi;
oilalarning parokandaligi mana shunday «yaxshi niyat»lardan boshlanadi.
«Bunaqa o‘g‘illaringiz xotin emas, psixolog yo psixiatrda seans olsin;
ichuvchi-chekuvchi o‘g‘lingizni yetaklab sovchilikka emas, narkologga boring;
bu o‘g‘illaringizga avvalo odam bo‘lish ilmini o‘qiting, keyin nikohlarini o‘qitasiz, muhtaramalar», - deydigan kimsa yo‘q.
Kelin ertaklardagi sehrgar parimi ediki, tayoqchasini bir silkitib, maxluqni shahzodaga aylantirib qo‘ysa!
Va umuman, o‘z o‘g‘liga tarbiya bera olmagan, demakki onalik burchini, vazifasini bajara bilmagan ayol boshqa bir oilaning oqila qiziga qayn onalik qilishga qanchalik haqli?
©Dilfuza KOMIL
@m1racle_books

Yolg’izlik ajoyib tuyg’u…🎈
O’zingni tinglashga, o’zing nimani xohlashingni bilishga imkon bu.
Shunchaki oyoqlaringga qaraysan… Bu sen bir paytlar xatto yurishni ham bilmagan o’sha odamcha… Shoshilib qayergadir yugurasan… Bunchalik tez yurishni qayerdan o’rganding, bolajon? Yoki to’xta! Nima rostdan 22 yoshdamisan? Ulg’ayish deyiladimi bu? Seni eslayman… Yiqilganing uchun yig’lab, yig’lab, yana o’rnidan turib ketgan o’sha qizaloqsan…
Ammo endi nega yiqilgan joyingda uzoq qolyapsan? Juda ko’p orzularing bormasmidi? Bor ovozing bilan yig’la! Bo’ldi keyin turib yana davom etishimiz kerak Mittivoy❤️ Bizni, bu kichkintoyni hali qancha buyuk Ishlar kutyapti…
Bilasanmi, bolaligingda qanday eding? Yig’lashdan uyalmasding… Boshqalar oldida osmonga qarab kulishdan, kir bo’lgan kiyimingdan, oqoyotgan burningdan, hech biridan uyalmasding! Nima bo’ldi? Odamlar nima deyishini o’ylamaydigan o’sha bolajonga nima qilding? Men bilgan jasur bolajon❤️ Odamlar nima deyishaga axamiyat berma! Ular ham aslida uyala boshlagan yosh bolalar hali! Sen kuchlisan! Men seni juda yaxshi ko’raman🥰
Hozir unchalik ham oson emas, ishon men senga ishonaman va bir kun bu kunlarning rohatini ko’ramiz🤲🏻🫶🏻
@m1racle_live 🧸

#Andijon
Bu rasm Andijonda olingan. Bilasizmi, men bu rasmni qanday tushunaman? Inson o’lmagunicha ilm olishdan to’xtolmaydi. Xoh qari bo’ling, xoh yosh siz har qanday holingizda ham ilmga muhtojlik sezaverasiz…
Ammo hammada ham o’sha ehtiyojni qondirish uchun Iroda yetarli emas. Hozir ingliz tili o’rganyapman. Ba’zan irodam nafsimga taslim bo’ladi. Hech narsa qilgim kelmay qoladi. O’sha payt mana shu rasmni eslayman. Tirikmanmi, demak nimadir qilishim kerak.
Tiriklarning o’liklardan farqi ham, ularning o’sishidadir. Yashashdan maqsad ham harakat asli. Hozir va shu yerda eng qulay fursat)

Eski postlar va muhitni sog’inganlar bormi?
Anonymous Poll
87%
Haaa qayting😍
13%
Negativga o’rin yo’q 🥲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hammamizning hayotimiz shunday!
Dahshatli, ajoyib, rasvo, chiroyli, dabdala, quvonchga to’la, takrorlanmas va betakror bir hayot yashaymiz. Boshimizga kelganlarning bari eng xayrli bo’lganlari)
https://www.instagram.com/reel/CjGDSFuM6mj/?igshid=YmMyMTA2M2Y=.
Bu videoga ancha mehnat sarfladim😍 Sizdan esa aktiv kutaman azizlar🥰 Bu sizning menga beradigan motivatsiyangiz bo’ladi❤️ Postni ko’ring, like, comment va repost kutaman(Instagramda)
O’zingizni asrang Baxtlarim🥰

Birinchi qadam har doim og’ir bo’ladi…
Boshlanishlarga yakun ham birinchi qadamdan boshlanadi. Tashlolmaganimiz, tashlab esa qiynalganimiz birinchi qadam…
Barchasi aslida juda oddiydek tuyiladi. Biz boshlolmaydigan narsalar yo’q, barchasini qila olishimizga ko’zimiz yetadi… Va o’sha birinchi qadamdan sinamiz ko’pchiligimiz…
Bizningcha birinchi qadam: go’zal, yengil, chiroyli, baxtli va omadli bo’lishi kerak. Ammo kechirasiz) Hayotga xush kelibsiz azizam..) Bu yerda sizni yanchishadi, ezishadi, aldashadi, qiynashadi… Busiz bo’lmaydi ham)
Bularsiz hozirgidek, oyoqda mustahkam turolmaysiz… Bularsiz bunchalik go’zal kulolmasdingiz. Bularsiz, bu ko’z yoshlarsiz, ko’zlaringiz chiroyli bo’lmagan bo’lar edi. Bularsiz siz hozirdek boshingizni tik tutolmasdingiz.
O’sha birinchi qadamsiz, bu yerga kelolmagan bo’lardingiz. Ammo masala boshqa narsa… Asli bu qadamni tashlay olganmisiz?

Yashab qolish ajoyib narsa..)
Shunchaki o’rganingdan to’xtamaslik. O’zing uchun harakat qilish va kuchli xohish… Yashash uchun, kelajak uchun bo’ladigan tashnalik…

Ba’zan yaxshi odamlar sizga kerak bo’lmasligi mumkin… To’g’ri odamni topa bo’lish ham san’at)
@m1racle_books
@m1racle_books
M1racle books📚
O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang! @m1racle_books
Tizimli biznes.
Yuqorida keltirilgan gaplar mana shu kitobdan edi. Bu kitob o’tgan yili qo’limga kelgan va hozir o’qiyapman. Kitob haqiqatda rahbarlar boshqaruvchilar uchun juda ajoyib qo’llanma. Bundan tashqari shaxsiy rivojlanish uchun ham)
@m1racle_books🫶🏻
Yuqorida keltirilgan gaplar mana shu kitobdan edi. Bu kitob o’tgan yili qo’limga kelgan va hozir o’qiyapman. Kitob haqiqatda rahbarlar boshqaruvchilar uchun juda ajoyib qo’llanma. Bundan tashqari shaxsiy rivojlanish uchun ham)
@m1racle_books🫶🏻
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#autumn_vibes🍁
Baxt - qo'lingda issiq kofe, sovg'a va croissant' bilan kuzda miriqib jilmayib sayr qilishmikin?) Umring baribir tugashini eslatuvchi - kuz. Ibtidoning intihosi borligini o'z ko'zlaring bilan ko'rasan. Croissant - dunyoning eng lazzatli narsasi(eng sevganim). Bir paytning o'zida hammasini tugashini bilib, shirin croissant' tishlaysan. Kofesiz esa hammasi silliq ketmagan bo'lardi.
Bir onlik barchasini unitish, qanchalik rohat baxsh etadi insonga. Kulasan, yuzing qizaradi. Aslida hech biri arzimas narsalar ekanligini ko'rsatib qo'yadi tabiat)
Yashang! Siz yaxshi inson bo'ling! Chunki dunyo shundoq ham yomon insonlarga to'lib yotibdi va albatta o'zingizni asrang Baxtlarim 🥰
@m1racle_books 🍂

Men yomonman… Uddalay olmayman…
Bilasizmi, yaqinda bir kitobda o’qidim, o’zingizga yaxshi baxo bermasligingiz aslida sizning fikrlaringiz emas. Biz qachonki ishlarimiz o’xshamaganda, yoki muammolar tug’ilganda o’zimizga “yomon”, “qo’lidan hech narsa kelmaydi” tamg’asini bosamiz. Aslidachi?
Aslida bir paytlar juda yaqin bo’lganlaringiz sizga qaysidir o’rinda qo’lingizdan hech narsa kelmasligini aytishgan va bu miyyangizning bir burchagida o’rnashib qolgan. Qachonki, o’sha paytdagidek yoqimsiz vaziyatga tushganingizda miyyangiz sizga siz aslida hech narsani uddalolmasligingizni ta’kidlagan yaqinlaringizning fikrlarini takrorlaydi…
To’xtang!
O’zingiz nima deb o’ylaysiz? Aslida sizning siz haqingizdagi fikringiz qanday? Kitobda taxminan shunday yoziladi: o’zingizga, o’zingizning yaxshi taraflaringizni eslatib turing. Qo’lingizga qog’oz ruchka olib, o’zingizda bor 10 ta yaxshi hislat haqida yozing. Menda unday narsa yo’q demang, mana shu nuqtaga yetib kelganingiz o’zi bir yutug’ingiz aslida…
Xatolardan qo’rqmang! Ular siz to’g’ri yo’lni o’rganishingiz mumkin bo’lgan eng qimmatbaxo darsliklar. Chunki bu xatolarni siz, o’zingiz qilgansiz. Siz tomoningizdan yozilgan eng yaxshi muvaffaqiyat qo’llanmasi ular aslida. Shaxsingizni nimanidir uddalolmaydigan individga chiqarishdan oldin o’ylab ko’ringchi, bu aslida bir vaqtlar atrofdagilar sizga uqtirishni xohlagan fikrlar emasmikin)
Asosiysi o’zingiz qanday o’ylaysiz?
@m1racle_books🍂

Forwarded from MuzaNigi 🇺🇿🇺🇸 (Nigina)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Next Destination is an American College! 🏛🇺🇸
Free College Application Course 📚
The course that was created by the collaboration of freshmen, Daler (USF ‘26) and Nigina (UMN ’26) are here to assist you with
-Filling the Common App
-Extracurricular Activities, Honors List, etc.
-Writing Personal Statement
-Picking the best approach for college writing
-Supplemental essays
-Devising a college list for maximum scholarship or financial aid
-Winning El-yurt Umidi Scholarship
⚠️Requirements:
▫️Write a 50-word statement that defines “Why Do You Want To Study in the US”
▫️Send this post to 5 groups
▫️joining two channels: @withdaler and @muzanigi
(you’d have to send the screenshots to @muzanigi_admin )
💰Fee: 0$
💻Platform: Telegram
🕰Starting Date: 14.11.2022

📌Next Destination is an American College! 🏛🇺🇸 Free College Application Course 📚 The course that was created by the collaboration of freshmen, Daler (USF ‘26) and Nigina (UMN ’26) are here to assist you with -Filling the Common App -Extracurricular Activities…
Barchangiz uchun juda yaxshi imkoniyat
#tavsiya
“Yaxshi odamlarni emas, balki to’g’ri odamlarni qidiring”.
©️ Jek Ma
KITOB: “Tizimli biznes: rahbar va jamoa” Yevgeniy Frolov
“Tizimli biznes” o’tgan yili kitob yarmarkasida qo’limga tushgan. O’sha paytda men biznes haqidagi kitoblarning ishqibozi bo’lganman. Kitob qaysidir sabab bilan o’qilishi orqaga surildi va kecha tugadi.
Bir qarashda boshqa biznes kitoblar kabi shunchaki gaplardan iborat, deb o’ylashingiz mumkin… Ammo men tizimli biznes haqidagi o’qigan kitoblarim, qatorida tavsiya qila oladigan bu kitob. Uni o’qish davomida o’z biznesingiz yoki kelajak biznesingiz uchun fikrlaringizni, har bir bobdan keyin yozib borishingiz mumkin bo’ladi. Bu sizga qanday xatolarga yo’l qo’yganingizni tahlil qilishingizga yordam beradi. Bilasizmi bugungi kunda dunyo bo’ylab 137 mingdan ortiq biznes ochiladi va bularning ko’pchiligi aynan haftasiga 80 soatdan ko’proq ishlashiga qaramasdan yopiladi. Yaxshi jamoa tuza olmasdan, intizomga rioya qilmaslikdan yoki yaxshi hamkorlar, marketing strategiyasining to’g’ri tuzilmaganligi bunga asosiy sabab qilib ko’rsatiladi.
Yevgeniy Frolov tizimli biznesga asos sola olgan va kitobda o’z xatolari orqali sizga qanday tizimli biznesni yo’lga qo’yish haqida bilimlarini yoritadi. Kitob kimlar uchun? O’z biznesini ochmoqchi bo’lganlar, yoki biznes egalar, hodimlar,o’zini rahbar deb hisoblovchilar, biznesga qiziqishi bo’lgan barcha uchun yaxshi qo’llanma) O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu o’zingiz chiqargan xulosadir!
Kitobning elektron varianti mavjud emas!
@m1racle_books📚