Telegram Web Link
Kitobdan ba’zi highlight’lar🫠

@m1racle_books
“Yig’layotganlar baxtlidir…”

@m1racle_books
​​#tavsiya
10/10

“Balti choyini birinchi marta ichganda, sen begonasan. Ikkinchi marta choy ichsang, sharafli mehmonsan. Uchinchi marta qarindoshga aylanasan va qarindosh uchun biz hamma narsaga, xatto o’lishga ham tayyormiz”.

©️Asardan

KITOB: “Uch finjon choy” Greg Martenson va Devid Oliver Relin

Dastlab bu kitobni o’qishimga sabab bo’lgan bir jumladan so’zni boshlasam: “Aslida, men dunyoni o’zgartirishni o’ylamagan edim…” Amerikalik bo’lgan va K2 tog’ini zabt eta olmay, o’lim bilan yuzlashgan, Pokistonning bir qishlog’ida najot topgan Greg Martenson. Amerikalik uchun bu qishloqning qashshoqligi shu darajada xayratlanarli ediki, u qishloq ahliga maktab qurish va’dasi bilan ortga qaytadi. Qo’lida puli bo’lmagan, omadsiz alpinist va’dasi edi bu. Ammo qayerdan ham bilardikki bizni oldinda nimalar kutishini. Meni ta’sirlantirgan narsa Greg Martensonning oliyjanobligi va yaxshiliklari haqida to’lib-toshib gapirmasligi, qizlar ta’limiga alohida katta e’tibor qaratishi bo’ldi. Vahobiylarga qarshi maktablar bilan kurashgan odam. Amerikada uni haqiqiy qahramon sifatida qabul qilishadi. Pokistonda esa u qurgan maktablarda o’n minglab o’quvchilar ta’lim olishdi. Xatto o’qishni ham bilmaydigan, oddiy kasalliklardan ham o’lib ketadigan, farzandlari toza kiyim kiyolmagan xalq uchun ta’limni bergan, musulmon farzandlari uchun kurashgan Amerikalik g’ayridin. Greg Tolibonlar madrasalariga qarshi o’z maktablarida beriladigan ta’lim bilan kurashdi. U qiz bola qat’iyan o’qishini taqiqlagan vahobiylar tazyiqidan qutilgani uchun ko’z yosh to’kkan qizaloqlarga ilm o’rgatish uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qildi va bilasizmi, menimcha uning boshqlardan farqi ham, faqat gapirmasdan buni bajara olganligida. Farzandlari va ayolidan uzoqda, bolalari tengi bolalarga bilim berish uchun harakat qilgan inson. Bir safar ayoli Tara Gregni shunday eslaydi :Butun qishloq ahli xursand edi. Greg esa qo’lida bu qishlodagi eng kir bolani ushlab turar va shu qadar samimiy ediki, mana bu asl Greg edi. Men o’sha holida asl Gregni ko’raman.

Avtobiografik asarlardan yiroqlashgan edim, biroq bu kitob menga o’zgacha zavq berdi. Kitobni o’qish jarayonida men cheksiz shukurni his qildim. O’sha umrida birinchi marta qo’liga toza kiyim olgan qizchani tasavvur qilganimda shukur qildim. Ochiq havoda dars qilish uchun, karra jadvalini yog’ochga o’yib yozayotgan bolajonni o’qiganimda yig’ladim. Birinchi marta maktab qurilganda ular bilan birga quvondim. O’sha kir kiyimlari bilan odamlar orasiga chiqishga uyaladigan Jahonning, erkaklar majlisiga kirib 16 ta qoidani buzib, Gregni o’qishi uchun bergan va’dasini bajarishga majburlaganda ular bilan birga g’urur tuydim. Men birga yig’ladim birga kuldim, echki terisidan birga jirkandim. Musulmonlarning bir-birini o’ldirishidan uyaldim. “Hamma narsani portlat-Alloh o’zi hal qiladi” yozuvini ko’rib begunoh o’lganlarga achindim… Bombalar ostida qolayotgan bolalarni quchdim hayolan. Bu kitob menga juda katta emotsiyalar berdi.

Avtobiografik asarlarga qiziqadiganlar, Islom tarixi, musulmonlar va tolibonlar traklari, Amerika va musulmonlar munosabati qiziq bo’lganlar, alpinizm mavzusi yoqadiganlar uchun ayni muddao asar) Kitob atiga 3000 nusxada chiqarilgan, imlo xatolar bilan…
O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir.

Kitobning elektron varianti mavjud menda emas!
@m1racle_books
Islamic banking in Uzbekistan:

At present, officials should also keep in mind that the introduction of Islamic financial services in Uzbekistan will be carried out by parallelly solving a number of problems related to the lack of human resources, and the need on increasing literacy among prominent consumers.

Moreover, the Islamic financial services sector will be an important factor, foundation and development prospects for the bright future of Uzbekistan, which will increase the interest of foreign investors in the country, which reflects the deep roots of Islam in its culture. and will be able to make full use of it in the sustainable development of the country. Based on the above information, we believe that the comprehensive introduction of the Islamic financial services industry in Uzbekistan will open the following opportunities for the country:
➢increase and diversify foreign investment;
➢creating an environment of fair and transparent competition in the banking sector and the ability to diversify the assets of the banking system;
➢ensuring maximum participation of free funds available to the population and businesses in economic development;
➢development and diversification of the capital market in the country;
➢create many new jobs;
➢increase the activity of the financial market by increasing the financial literacy of the population;
➢coordination and modernization of infrastructure in the country through the development of the Islamic financial services industry;
➢establishment of new financial institutions;
➢contribute to the implementation of the state program to combat poverty;
➢development of a training program in a new direction.

@m1racle_books 📚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
M1racle books📚
Islamic banking in Uzbekistan: At present, officials should also keep in mind that the introduction of Islamic financial services in Uzbekistan will be carried out by parallelly solving a number of problems related to the lack of human resources, and the…
Islom bank ishi haqida yozilgan kurs ishidan ozgina)

Islom bank ishi O’zbekistonda qanday imkoniyatlarni ochishi mumkin? Yoki bu tizim rivojlansa nima bera olishi haqida..)
Bu kurs ishini yozish fikri paydo bo’lganda men Islom bank ishiga juda qiziqardim va tadqiqotlarimni katta jurnallarda chop etish fikri bor edi menda. Yozish davomida esa ancha qiyinchiliklarga duch keldim. Bir tarafdan yaxshi va bir tarafdan ishtiyoq masalasi)

Umuman hozir bu sektor juda rivojlanayotgani va ko’pchilikning diqqatini tortayotgani uchun ham menga qiziq edi boshida. Keyinchalik o’zim o’rganib, aslida juda chuqur mavzu ekanligini tushunib yetdim. Iqtisodiyotda Islom moliyasining o’rni sezilarli darajada yuqori va biz bu bilan riskni kamaytira olamiz)

Bu tizim bizda qachon ishlashini esa bilmadim…)
Forwarded from M1racle live 🧠
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Иногда разум играет с тобой злые шутки,
Внушает что надежда нет и ты никуда не годишься,
Но, что я осознал тебя любить…💗

@m1racle_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
M1racle books📚
Promise me: One day you will take me to my dreams🛫 Va'da ber: Bir kun orzularimga olib ketasan🛫 @m1racle_books
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir paytlar bu qizaloq yerdan turib samalyotlarga qarar, shularni birida albatta orzularimga ketaman, derdi. Bugun o’zi aytgan samalyotlarning birida orzulariga ketyapti🥹 Men o’sha katta orzular qilgan qizga Behisob Rahmatlar aytaman. Rahmat baxtli bo’lganing, Rahmat orzu qilganing, Rahmat o’zingni tanlaganing va bari uchun Rahmat Rahmat Rahmat🥹

Endi navbat senga orzulari ulkan qizaloq❤️ Ishon butun koinot faqat sening orzularingni amalga oshirish uchun shay turibdi. Faqat birgina qadam, o’sha birinchi qadamni tashlashing kerak
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Irkit o'rdakcha...

Menimcha bu multfilmni juda ko'pchiligimiz juda yaxshi bilamiz) Ko'pchiligimizning hayotimizda aynan shu "irkit o'rdakcha"ni go'zal oqqushga aylantirgan "uzlat” kerak bo'ladi. Bu blogda ham aynan shunday "uzlat" bo'ldi, deb o'ylashingiz mumkin. Bir yilcha vaqt davomida hech qanday kontent yoki alohida bu blog uchun vaqt ajratishni xohlamadim(Buni resurssizlik desa ham bo'ladi) Bu vaqt davomida sizlardan blog haqida iliq fikrlarni va uning qaytishini kutayotganingiz haqidagi xabarlarni oldim. Va hozir ishonch bilan ayta olamanki, bu blog yana o'z faoliyatini yuritadi...) Hozir O'zbekistonda emasman va bu menimcha rivojlanish va o'z ustida ishlashning eng yuqori bosqichi men uchun.

Bu sayohat, bu safar yanada yorqin, yanada go'zal va har doimgidek mo'jizaviy bo'ladi) Sizdan esa xuddi ilk boshlanishdagi kabi qo'llab-quvvatlashingiz va ishonchingizni so'ragan bo'lardim❣️

Your @m1racle_books
Qayerdaman va nima qilayotganim haqida alohida post yozish, yozmaslikni o’ylab ko’rmadim) Hozircha bilishingiz kerak bo’lgan narsa meni sizdan uzoqdaligim😁

Comment’ ochdim) Va hali kanal ahvoli qanaqaligini bilmayman) Shuni uchun ishni gaplashishdan boshlashimiz mumkin
​​​​#kitob
8,5/10


Uyqu bilan ba'zi muammolarim borligi uchun ishni aynan shuni to'g'irlashdan boshlashni xohladim va shu sababdan bu kitob qo'limga kelib qoldi.

O'zbek tilida kitobni tushinishim, o'qish tezligim yaxshi bo'lgani uchun kitobni bir kunda, aniqrog'i 8 soatda tugatdim. Umuman hikoya uslubida yozilgani, ilmiylashtirib, misollar berilgani menga ko'proq yoqqan jihat. Chunki o'qish jarayonida ilmiy asar bo'lmaganligi uchun charchamaysiz, ammo bir vaqtning o'zida oson asar ham emas.

Kitob qo'limga kelib tushgan vaqtdan boshlab o'z vazifasini kerakli darajada yaxshi bajara oldi(shuning ucun 8,5). Aynan tushunganlarim ba'zi jihatlardan kelib chiqib, o'zim uchun kerakli jadval yaratdim va bugunchalik o'qiganlarim natijasidan keyin o'zimni yaxshi his qildim. Gap uyqu haqida ketsa, menda muammo kam uxlashlik emas. Tamoman aksi ko'p uxlash(8 soat). Aslida ba'zi tadqiqotlarni ko'rganimda 8 soat uxlash mukammal ekanligiga ko'zim tushgan. Biroq ba'zida 8 soat uyqu menda aybdorlik tuyg'usini uyg'otadi. Balki kamroq uxlashdanam ko'ra menga singdirilgan aybdorlik tuyg'usidan qutilishni xohlaganim uchun ham uyqum bilan turli eksperementlar o'tkazishni xohlagandirman. Kitobda keltirilgan faktlarni ba'zilarini tekshirdim va ba'zilarini o'zimda sinab xulosalar yozib boraman. Demak, kitob nomi "Faqat axmoqlargina sakkiz soat uxlaydi" To'g'ri nomi menga ham g'alati tuyildi va axmoq emasligimga ishonch hosil qilish uchun ham tezroq o'qib tugatdim menimcha😅

O'sha gap) Yakuniy xulosa uchun yaxshisi o'zingiz bir o'qib chiqing! Baribir hech qaysi xulosa o'zingiz o'qib o'rganganingizchalik bo'lmaydi. Menga yoqdi va "Ha" o'qishingizni tavsiya qilgan bo'lardim(qilib ham bo'ldim).

@m1racle_books
2024/05/29 07:25:03
Back to Top
HTML Embed Code: