Telegram Web Link
#XALQARO HAMKORLIK

Akademiyaga Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega oliy va ilmiy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Bu borada xalqaro aloqalarning o‘rni alohida ahamiyatga ega.

Ta’kidlash joiz, Akademiyada xorijiy oliy ta’lim muassasalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan. Bugun ana shunday uchrashuvlardan biri Indoneziya Ulamolar kengashi vakillari bilan o‘tkazildi.

Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi Amirshox Tambunan boshchiligidagi delegatsiyani Akademiya rahbariyati kutib oldi.

👉🏻https://www.tg-me.com/m_m_komilov
#XALQARO HAMKORLIK

Hamkorlikdagi tadbirlar mazmunli o‘tkazildi

Xabar berganimizdek, bugun Indoneziya Ulamolar kengashi Bosh kotibi Amirshox Tambunan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘ldi.

Rasmiy uchrashuvlar bilan bir qatorda Akademiya majlislar zalida Ulamolar kengashi vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

👉🏻https://www.tg-me.com/m_m_komilov
#XUSHXABAR

Akademiya pedagoglari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i asosida 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ahamiyatlisi, mazkur ko‘krak nishonga “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Mirmuxsin Akramov hamda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Baxtiyor Ibragimov ham loyiq deb topildi.

👉🏻https://www.tg-me.com/m_m_komilov
#XALQARO HAMKORLIK

Akademiya talabasi XVI – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasida g‘olib bo‘ldi

Tatariston Respublikasining Qozon shahrida Rossiya islom instituti hamda BAAning Islom madaniyati fan va ta‘limni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan hamkorlikda islom taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida XVI – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi.

Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan talabalar “Islom huquqi (Hanafiy fiqhi)”, “Islom huquqi (Shofi’iy mazhabi)”, “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)”, “Arab tili” yo‘nalishlarida ishtirok etishdi.

👉🏻https://www.tg-me.com/m_m_komilov
#YANGILIKLAR

Akademik litsey o‘quvchilari “Zakovat” intellektual turnirining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi.

Unda akademik litsey, texnikum va ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari bahs olib bordi. Murosasiz kechgan aql bahsida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi faxrli 3-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

👉🏻https://www.tg-me.com/m_m_komilov
2025/06/29 23:44:05
Back to Top
HTML Embed Code: