Telegram Web Link
Hozirgi startaplarda nima muhim? Tezlik.

Frontendda Vite bilan proyektni "uchirib" yig'ib tashlayapsiz. Chiroyli qilib TypeScript interface'laringizni yozgansiz, hamma narsa joyida.

Endi... backend...

Ko'pincha sekinlashish shu joydan boshlanadi. Frontenddagi type'laringizni endi Node.js, Python yoki Goga "tarjima" qilib chiqishingiz kerak. Ular bir-biriga mos kelishi shart.

Keyin DB schemasi haqida alohida bosh qotirasiz. Migration yozasiz.

Eng "og'riqli" joyi - tasavvur qiling, userga yangi bitta field qo'shish kerak. Nima qilasiz?
- DB migration yozasiz.
- Backenddagi DTO yoki Serializerni o'zgartirasiz.
- API endpointni logikasini to'g'irlaysiz.
- Va nihoyat frontenddagi interfaceni yangilaysiz.

Bitta maydon uchun shuncha ovoragarchilik. Ayniqsa, komandada backenddan unchalik xabari yo'q dasturchilar bo'lsa, bu narsa startapni juda sekinlashtiradi.

convex.dev aynan shu muammoni hal qilishga harakat qilyapti.

G'oya juda oddiy: "Nega hammasini bitta tilda, bitta joyda qilmaymiz?"

Baza sxemasiniyam, API funksiyalaringizniyam, auth logikangizniyam - hammasini pure TypeScript'da yozasiz. Kodingiz frontendni yonida turadi.

Eng zo'r tomoni: Bitta joyda schemani o'zgartirsangiz, butun proyekt bo'ylab autocomplete va type-checking ishlaydi. "Backenddagi type frontendga to'g'ri kelmay qoldi" degan muammo bo'lmaydi. AI yordamida generate qilsangiz bo'ladi. Har-xil cron joblar, real-time yoki file storagelariyam bor.

Bunga alternativ trigger.dev niyam ishlatib ko'rsangiz bo'ladi.

Shunaqa, do'stlar, dangasalashib tezlashib ketyapmiz

@mabrur_dev
πŸ”₯20
Sun'iy Intellekt o'smirlarni aqlliroq qilyapti... lekin bu aql ancha "yuzakiroq"😐

Oxford University Press'ning yangi tadqiqoti qiziq holatni ko'rsatdi: Britaniyadagi 10 ta maktab o'quvchisidan 8 tasi dars qilishda allaqachon AI'dan foydalanar ekan.

Ular masalalarni tezroq yechyapti, referatlarni bir zumda tayyorlayapti va "mashinalar bilan birga fikrlayapti". Bu xuddi "superkuch"ga o'xshaydi.

Lekin bitta "lekin"i bor: ChatGPT'ga kirishni o'chirsangiz, bu "superkuch" ham o'chib qoladi.

60% o'quvchi AI ularning ko'nikmalariga zarar yetkazayotganini tan olgan.

25% uchun o'qish "haddan tashqari oson" bo'lib qolgan.

Har o'ninchisi esa deyarli critical thinkingni to'xtatganini aytgan.
πŸ‘8
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
Sun'iy Intellekt o'smirlarni aqlliroq qilyapti... lekin bu aql ancha "yuzakiroq"😐 Oxford University Press'ning yangi tadqiqoti qiziq holatni ko'rsatdi: Britaniyadagi 10 ta maktab o'quvchisidan 8 tasi dars qilishda allaqachon AI'dan foydalanar ekan. Ular…
Bu holatni qanday o'zgartirish mumkin? Ta'lim endi qanday bo'lishi kerak?

Mening gipotezam: Muammo AI'da emas. Muammo biz unga berayotgan vazifalarda.

Dasturchi Stack Overflow'dan shunchaki kodni copy-paste qilsa, u hech qachon o'rganmaydi. Bu ham xuddi shu holat. AI - bu shunchaki juda kuchli "kalkulyator". Biz kalkulyatorlarni ta'qiqlamadik, biz ulardan foydalanishni o'rgatdik.

Ta'lim tizimini o'zgartirish uchun nima qilish kerak deb o'ylayman:

Vazifalarni o'zgartirish kerak. "Referat yozib kel" degan vazifaning o'zi eskirgan. Odamlar baribir buni AI bilan qiladi. Endi vazifa boshqacha bo'lishi kerak: "AI yordamida referat yoz, lekin undagi 3 ta xatoni topib, faktlar bilan isbotlab ber" yoki "AI taklif qilgan 2 ta yechimdan qaysi biri optimal ekanligini tushuntir".

O'quvchi mavzu bo'yicha AI bilan to'liq tayyorlanib keladi, lekin baholash referat yoki yozma ish uchun emas, o'quvchi o'z faktlarini va javoblarini qanchalik oqlay oladi va og'zaki himoyalay oladi, shunga qarab berilishi kerak.

AI'ni "savol-javob" uchun emas, "simulyator" sifatida ishlatish. AI'dan "javob nima?" deb so'rashni to'xtatib, undan "aqlli sparring-hamkor" sifatida foydalanish kerak. O'quvchi AI'ga o'z yechimini aytib, AI'dan uni tanqid qilishni yoki"zaif tomonlarini ko'rsatishni so'rashi kerak.

Fokus generatsiyadan validatsiyaga o'tishi kerak. Ma'lumotni yaratish endi qimmat emas. Ma'lumotni tekshirish va tasdiqlash eng qimmat ko'nikmaga aylanadi. Biz o'quvchilarga bo'sh varaqdan yozishni emas, tayyor ma'lumotning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlashni o'rgatishimiz kerak.

Xullas, ta'lim tizimi AI'ga qarshi kurashishdan ko'ra, AI bilan samarali ishlashni o'rgatishi kerak. Menimcha ta'lim endi informatsiya emas, ko'proq interpretatsiyaga bog'lanadigan davrdamiz.

Siz nima deysiz, kelajakda "tanqidiy fikrlash"ni qanday saqlab qolamiz, fikrlar bormi?

@mabrur_dev
πŸ‘18πŸ”₯1
AWS US regionlarida down bop qoldi )
Dockerdayam shu ahvol.

Shu sabab ko'p sitelar o'tirib qolyapti

@mabrur_dev
πŸ‘¨β€πŸ’»12❀2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ”₯3😁3
❀2πŸ”₯1
Hullas, anchadan beri podyezdimizga kelib qogan, qoshnilar korm bilan boqib yurishibdi. Bizi uyga kirmoqchi bo’lib eshigimizni tagida yotibti, olib kirib ketolmaymizπŸ₯²

Yaxshi boqa oladiganlar, olib ketmoqchi bo’lganlar yozinglar. Zotdor, uy mushugili ko’rinib turipti. Jinsi Mujik. Tozalab, yuvintirib bervoramiz )
πŸ‘5😁2
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
Ana xolosπŸ˜•
Hullas, bu narsalar fix bo'lipti, browser ancha stabillashgan va yaxshilangan )

Bu browserni hech bo'lmasa onboardingini ko'rib maza qivolish kerak, boshqacha atmosferani his qilasiz

Cometni ishlatib ko'rmoqchi bo'lganlar uchun referal linkim.
Bu orqali kirganlarga 1 oy Pro ishlatib ko'rishga beradi, menga $5 referalka:

https://pplx.ai/mabrurdev
Mabrur - IT Blog πŸ‡΅πŸ‡Έ
Hullas, bu narsalar fix bo'lipti, browser ancha stabillashgan va yaxshilangan ) Bu browserni hech bo'lmasa onboardingini ko'rib maza qivolish kerak, boshqacha atmosferani his qilasiz Cometni ishlatib ko'rmoqchi bo'lganlar uchun referal linkim. Bu orqali…
Ishlatish uchun misollar: Instagram profilni ochib, mana shu profilni analiz qilib ber, men ham shunga o'xshash blog qilmoqchiman. Qaysi videolari eng ko'p prosmotr bo'lgan va nimaga desangiz, o'zi search qilib, har bitta videoni ko'rib chiqadi, kommentlariga qaraydi va mazmunini tushunib analiz qilib bera oladi.

Shunga o'xshash use caselari juda ko'p. Kvartira qidirayotgan bo'lsangiz Olxga kiribam bu avtor moshenikka o'xshayaptimi deb savol berib, analiz qildirib olsangiz bo'ladi.

https://pplx.ai/mabrurdev
Ramziddin β€” Dasturlash haqida
warm_texture_wallpaper.jpg
O'zim qidirib yurgan wallpaperπŸ”₯
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❀3
2025/10/22 11:15:11
Back to Top
HTML Embed Code: