Intervyuda ko'p uchraydigan savollardan biri: Cookies vs Sessions, Asosiy farqlari nimada?

Javoblarni kutaman.
👍8
Sonnet 4.5 chiqdi. Kutilmalar katta, ko'ramiz qanchalik kuchaydi, token usage qanchalik optimize qilingan, yoki yanayam qimmatlashdimi
7
Prompt engineering, prompt yozdirish va promptni debug qilish bo'yicha gemini 2.5 pro ga teng keladigan model yo'q. Codingda Claudega. Umumiy kundalik ishlarda esa GPTga.

Har kuni 3-4 xil model ishlatib yuradigan inson sifatida, tajribamdan kelib chiqib aytayotgan fikrlarim, noto'g'ri aytayotgan bo'lsam to'g'irlang )
🔥24👍7
Efirda reklama, lekin bu safargisi foydali )

Kimdir shaxsiy proyektini "tuzukroq" joyga, ortiqcha bosh og'riqsiz deploy qilmoqchi bo'lsa, sizga juda zo'r maslahatim bor.

O'zim doim ishlatib yurgan servisni sizgayam ilindim.

O'zimiziklarga maxsus "jigarlik" havolasi:
👉 https://railway.com?referralCode=NajBle

Shu referal havoladan o'tib ro'yxatdan o'tsangiz, sizga $20 depozit sovg'a qilinadi. Menam quruq qolmayman (akkountimga 15% daromad)
🔥91
Bularni ko'rib, nima deyishniyam bilmaysan😅

OpenAI keylari tursin, Databaseini parollarigacha push qivorgan. Menimcha bularning katta qismi oxirgi paytdagi dasturlashdan xabari yo'q vibecoderlar bo'lsa kerak
😁343🔥2
Atmos payment integration bilan ishlab ko'rganlar bormi? Dokumentatsiyasini o'qigandim paymentlar uchun yaxshi solutionlari bor ekan. Stabillik, support va foizlari qanaqa, xabarilar bormi, maslahat berasilarmi?
3
💥 Hayotimdagi eng qimmatga tushgan 𝐧𝐩𝐦 𝐬𝐭𝐚𝐫𝐭.

Taxminan bir oy oldin LinkedIn'dan bir HR yozib qoldi. Profiliga qaraganda hamma narsa joyida edi: rasmi bor, o‘zi haqida aniq yozgan, 500 ga yaqin "connection"lari bor, hatto orasida men shaxsan taniydigan odamlar ham bor ekan.

U Web3 bo‘yicha ish taklif qildi: to‘liq masofaviy, talablari uncha ko‘p emas, "stack"imga ham rosa mos tushardi. Xuddi osmondan tushgandek, orzuyingdagidek takliflardan biri edi-da.

CV'mni jo‘natdim. Deyarli darhol javob keldi: “Zo‘r! Test topshirig‘ini hoziroq boshlayvering.”

Biroz g‘alati tuyuldi: na intervyu bor, na suhbat. Shunchaki "testni qiling". Lekin topshiriq oddiy edi: kichkina proyektni bir ko‘rib chiqish. Xullas, reponi "clone" qildim, o‘zimda ishga tushirdim... va ortiqcha o‘ylab ham o‘tirmadim.

Bir necha soatdan keyin kripto hamyonimni ochsam... dong qotib qoldim. Balansda deyarli pul qolmagandi.

Hech qanaqa fishing ssilka bosmadim. Soxta saytlarga kirmadim. Shubxali "approve" (tasdiqlash) bermadim. Shunchaki... hammasi yo‘q bo‘lib qoldi.

Tun bo‘yi kodni titkilab chiqib, axiyri sababini topdim. Gap shundaki, proyekt ichida zararli "dependency" (bog‘liqlik) bor ekan. U ishga tushishi bilan yashirin skript ham avtomatik ishlab ketgan. U "environment variables", hamyon ma’lumotlari, sessiya tokenlarini bildirmasdan yig‘ib, begona serverga jo‘natib yuborgan.

O‘sha soniya menga $25,000 ga tushdi va ishlash uslubimni butunlay o‘zgartirib yubordi.

🧠 O‘shandan beri: • Notanish proyektlarni faqat Docker yoki virtual mashinada (VM) ishga tushiradigan bo‘ldim. • npm install qilishdan oldin har bir "dependency"ni obdon tekshiraman. • Asosiy pulimning hammasi Ledger'da (sovuq hamyonda) turadi.

Chunki dasturchi xavfsizligi bu shunchaki kuchli parol yoki VPN ishlatish degani emas. Ba’zan hammasi bitta kichkina qarorga — npm start tugmasini bosish yoki bosmaslikka bog‘liq bo‘lib qolar ekan.

💬 $25 ming yo‘qotish alamli. Lekin har doim ishimning oddiy bir qismi deb hisoblagan narsamga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish undan ham og‘irroq ekan.

Agar siz ham Web3 sohasida ishlasangiz yoki hamyonlar bilan integratsiya qilsangiz, iltimos, mening xatoimni takrorlamang.

(c) Daria Kazantceva

@mabrur_dev
👍316🔥2
Hozirgi startaplarda nima muhim? Tezlik.

Frontendda Vite bilan proyektni "uchirib" yig'ib tashlayapsiz. Chiroyli qilib TypeScript interface'laringizni yozgansiz, hamma narsa joyida.

Endi... backend...

Ko'pincha sekinlashish shu joydan boshlanadi. Frontenddagi type'laringizni endi Node.js, Python yoki Goga "tarjima" qilib chiqishingiz kerak. Ular bir-biriga mos kelishi shart.

Keyin DB schemasi haqida alohida bosh qotirasiz. Migration yozasiz.

Eng "og'riqli" joyi - tasavvur qiling, userga yangi bitta field qo'shish kerak. Nima qilasiz?
- DB migration yozasiz.
- Backenddagi DTO yoki Serializerni o'zgartirasiz.
- API endpointni logikasini to'g'irlaysiz.
- Va nihoyat frontenddagi interfaceni yangilaysiz.

Bitta maydon uchun shuncha ovoragarchilik. Ayniqsa, komandada backenddan unchalik xabari yo'q dasturchilar bo'lsa, bu narsa startapni juda sekinlashtiradi.

convex.dev aynan shu muammoni hal qilishga harakat qilyapti.

G'oya juda oddiy: "Nega hammasini bitta tilda, bitta joyda qilmaymiz?"

Baza sxemasiniyam, API funksiyalaringizniyam, auth logikangizniyam - hammasini pure TypeScript'da yozasiz. Kodingiz frontendni yonida turadi.

Eng zo'r tomoni: Bitta joyda schemani o'zgartirsangiz, butun proyekt bo'ylab autocomplete va type-checking ishlaydi. "Backenddagi type frontendga to'g'ri kelmay qoldi" degan muammo bo'lmaydi. AI yordamida generate qilsangiz bo'ladi. Har-xil cron joblar, real-time yoki file storagelariyam bor.

Bunga alternativ trigger.dev niyam ishlatib ko'rsangiz bo'ladi.

Shunaqa, do'stlar, dangasalashib tezlashib ketyapmiz

@mabrur_dev
🔥20
Sun'iy Intellekt o'smirlarni aqlliroq qilyapti... lekin bu aql ancha "yuzakiroq"😐

Oxford University Press'ning yangi tadqiqoti qiziq holatni ko'rsatdi: Britaniyadagi 10 ta maktab o'quvchisidan 8 tasi dars qilishda allaqachon AI'dan foydalanar ekan.

Ular masalalarni tezroq yechyapti, referatlarni bir zumda tayyorlayapti va "mashinalar bilan birga fikrlayapti". Bu xuddi "superkuch"ga o'xshaydi.

Lekin bitta "lekin"i bor: ChatGPT'ga kirishni o'chirsangiz, bu "superkuch" ham o'chib qoladi.

60% o'quvchi AI ularning ko'nikmalariga zarar yetkazayotganini tan olgan.

25% uchun o'qish "haddan tashqari oson" bo'lib qolgan.

Har o'ninchisi esa deyarli critical thinkingni to'xtatganini aytgan.
👍7
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Sun'iy Intellekt o'smirlarni aqlliroq qilyapti... lekin bu aql ancha "yuzakiroq"😐 Oxford University Press'ning yangi tadqiqoti qiziq holatni ko'rsatdi: Britaniyadagi 10 ta maktab o'quvchisidan 8 tasi dars qilishda allaqachon AI'dan foydalanar ekan. Ular…
Bu holatni qanday o'zgartirish mumkin? Ta'lim endi qanday bo'lishi kerak?

Mening gipotezam: Muammo AI'da emas. Muammo biz unga berayotgan vazifalarda.

Dasturchi Stack Overflow'dan shunchaki kodni copy-paste qilsa, u hech qachon o'rganmaydi. Bu ham xuddi shu holat. AI - bu shunchaki juda kuchli "kalkulyator". Biz kalkulyatorlarni ta'qiqlamadik, biz ulardan foydalanishni o'rgatdik.

Ta'lim tizimini o'zgartirish uchun nima qilish kerak deb o'ylayman:

Vazifalarni o'zgartirish kerak. "Referat yozib kel" degan vazifaning o'zi eskirgan. Odamlar baribir buni AI bilan qiladi. Endi vazifa boshqacha bo'lishi kerak: "AI yordamida referat yoz, lekin undagi 3 ta xatoni topib, faktlar bilan isbotlab ber" yoki "AI taklif qilgan 2 ta yechimdan qaysi biri optimal ekanligini tushuntir".

O'quvchi mavzu bo'yicha AI bilan to'liq tayyorlanib keladi, lekin baholash referat yoki yozma ish uchun emas, o'quvchi o'z faktlarini va javoblarini qanchalik oqlay oladi va og'zaki himoyalay oladi, shunga qarab berilishi kerak.

AI'ni "savol-javob" uchun emas, "simulyator" sifatida ishlatish. AI'dan "javob nima?" deb so'rashni to'xtatib, undan "aqlli sparring-hamkor" sifatida foydalanish kerak. O'quvchi AI'ga o'z yechimini aytib, AI'dan uni tanqid qilishni yoki"zaif tomonlarini ko'rsatishni so'rashi kerak.

Fokus generatsiyadan validatsiyaga o'tishi kerak. Ma'lumotni yaratish endi qimmat emas. Ma'lumotni tekshirish va tasdiqlash eng qimmat ko'nikmaga aylanadi. Biz o'quvchilarga bo'sh varaqdan yozishni emas, tayyor ma'lumotning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlashni o'rgatishimiz kerak.

Xullas, ta'lim tizimi AI'ga qarshi kurashishdan ko'ra, AI bilan samarali ishlashni o'rgatishi kerak. Menimcha ta'lim endi informatsiya emas, ko'proq interpretatsiyaga bog'lanadigan davrdamiz.

Siz nima deysiz, kelajakda "tanqidiy fikrlash"ni qanday saqlab qolamiz, fikrlar bormi?

@mabrur_dev
👍17🔥1
AWS US regionlarida down bop qoldi )
Dockerdayam shu ahvol.

Shu sabab ko'p sitelar o'tirib qolyapti

@mabrur_dev
👨‍💻122😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3😁1
Hullas, anchadan beri podyezdimizga kelib qogan, qoshnilar korm bilan boqib yurishibdi. Bizi uyga kirmoqchi bo’lib eshigimizni tagida yotibti, olib kirib ketolmaymiz🥲

Yaxshi boqa oladiganlar, olib ketmoqchi bo’lganlar yozinglar. Zotdor, uy mushugili ko’rinib turipti. Jinsi Mujik. Tozalab, yuvintirib bervoramiz )
👍4😁2
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Ana xolos😕
Hullas, bu narsalar fix bo'lipti, browser ancha stabillashgan va yaxshilangan )

Bu browserni hech bo'lmasa onboardingini ko'rib maza qivolish kerak, boshqacha atmosferani his qilasiz

Cometni ishlatib ko'rmoqchi bo'lganlar uchun referal linkim.
Bu orqali kirganlarga 1 oy Pro ishlatib ko'rishga beradi, menga $5 referalka:

https://pplx.ai/mabrurdev
Mabrur - IT Blog 🇵🇸
Hullas, bu narsalar fix bo'lipti, browser ancha stabillashgan va yaxshilangan ) Bu browserni hech bo'lmasa onboardingini ko'rib maza qivolish kerak, boshqacha atmosferani his qilasiz Cometni ishlatib ko'rmoqchi bo'lganlar uchun referal linkim. Bu orqali…
Ishlatish uchun misollar: Instagram profilni ochib, mana shu profilni analiz qilib ber, men ham shunga o'xshash blog qilmoqchiman. Qaysi videolari eng ko'p prosmotr bo'lgan va nimaga desangiz, o'zi search qilib, har bitta videoni ko'rib chiqadi, kommentlariga qaraydi va mazmunini tushunib analiz qilib bera oladi.

Shunga o'xshash use caselari juda ko'p. Kvartira qidirayotgan bo'lsangiz Olxga kiribam bu avtor moshenikka o'xshayaptimi deb savol berib, analiz qildirib olsangiz bo'ladi.

https://pplx.ai/mabrurdev
2025/10/21 10:30:47
Back to Top
HTML Embed Code: