Telegram Web Link
#reading

Bosh qahramon Yusuf ismli bolakay. Yangi tarjima, Nobel mukofoti sovrindori qalamidan. Kitob sifati yaxshi ekan, tarjima ham. O’qiyapman.

P.S shu orada Nyu York trilogiyasi, Oyjamol, Moabit daftarini tugatdim. Review yozishim kerak. Uchchalasi ham o’qishli.

@mahinsworld
❤‍🔥2🕊1
#new_books

“Izlam” chiqqanidan hammani xabari bor va allaqachon olgandirsizlar ham. Men mana imkon bo’lishi bilan bo’lib olishni boshladim (pulini olishmadi lekin, shuncha aytsam ham). Qolganlarini ham albatta olaman, imkon bo’lishi bilan.

@mahinsworld
❤‍🔥1
​​#book_review

2-Jahon urushiga oid kitob-albomizning navbatdagi taqdimotida edim. Kitob-albom bo’limlari, ularga kiritilgan yangi arxiv ma’lumotlar va yangiliklar haqida gapirilayotgan bir paytda taqdimot prezentatsiyasi ichiga kiritilgan bir kitobga ko’zim tushdi. Kitob Bahodir Umurzoqovning “Oyjamol”i edi. Qidirdim, doimgidek topilmadi. Sotuvda qolmagan, 2016-yil nashr etilgan kitob ekan, 2000 adadda chiqqan. Rosti shu kitobga taqrizlar uchratmagan ekanman shu paytgacha, balki ayb o’zimda bo’lib, hech kimni kuzatmasligimda gapdir.

Turkiston legionini “izidan” tushganman. Ma’lumotlar – faktlarga tayangan albatta, kitoblar, ilmiy maqolalarni o’rganyapman. Shunda ustozimdan biri “Oyjamol”ni o’qib ko’ring, dedilar. Endiyam bu bir belgi, o’qish kerak dedim. O’qishni boshladi. Asarda biz bir oila – er-xotin va uch o’g’ilni uchratamiz. Asar sekinlik bilan 35-yildagi surgunlik, tuxmat bilan boshlanadi. Eri surgun qilingan Oyjamol uch o’g’li bilan qolganidan so’ng armiya degan narsaga duch keladi. Armiyadan esa urushning sovuq nafasi birdan uradi. Qaysi urush ekanin bildingiz – Ikkinchi Jahon urushi…

Asarning shiddati jaddalasha boshlaydi shu joyida. Uch o’g’ilning qismati qiziqtira boshlaydi. Urushga eng birinchi ketganlarning ko’p qismi yo halok bo’lgan yo asirga tushgan. O’zlarining tilinda “plen”ga tushgan. Plendan esa kimdir qochib partizanlarga qo’shilgan, kimdirni esa nemislarga tutqazib u yerdan legionga yoki konslagerdan legionga qo’shilishgan. Ana shunday qismat ularni kutgan.

Vatanda qolgan ayol/qizlar taqdiri yanayam achinarli holda. Turmush qurishgan-u 10 kun o’tmay eri urushga ketgan, bedarak yo’qolsa chaqirtirilgan, bekitik xat xabar yo’qmi deya so’roq qilingan. Eng achinarlisi esa qizlar. Urush yakunida vokzal chiqib uylanarmikan deya nogironlarni kutgan qizlar, edi. Shunday hodisalar ham uchragan.

Oyjamolga qaytsak, ikki kelin bilan uch o’g’ilning izlariga zor bo’lib kutish, oson emas. Mayli, ozgina spoyler qilay, qiziqtirishga: bir o’g’li legioner, biri partizan, yana biri esa qahramon. Uch o’g’ilda uch xil taqdir. Shaxsan o’zimga asarda eng qiziq bo’lgan joylari Turkiston legionlari joyi bo’ldi, arxiv ma’lumotlarga tayanilgan joylari juda qiziq chiqqan. Ularning urushdagi roli, nimalar qilishganini bilish muhim deb o’ylayman. Ayniqsa hozirda hamma turlicha talqin qilayotgan bir paytda: kimdir ularni qahramon darajasiga ko’tarsa, kimdir esa xoin deydi. Ilmiy va obyektiv nuqtai nazardan qaralishi o’ta muhim.

Asarni o’qing, sodda, beg’ubor kitob.
@mahinsworld
​​#book_review


Abdurazzoq Gurnaning “Jannat” asari 1994-yilda nashr etilgan. Qator o’qiladigan asarlari bo’lsa-da aksariyatimiz ushbu yozuvchini 2021-yilda Nobek mukofoti sovrindori bo’lganidan keyin tanidik.
“Jannat” olti qismga bo’lingan (qismlar aynan raqam 1-qism, 2-qism tariqasida boshkanmasa-da), shu qismlarda biz Yusuf ismli bolakayning ulg’ayishi va uning atrofida voqealarning rivojlanishini kuzatamiz.

Yusufning qulligi (ha, u qul) odatiy qullikka o’xshamaydi, uning qulligi otasining qarzdorligi va otasi qarzdan qutilgunga qadar Aziz amakining qo’lida yurishidir. Aynan shu almashinish/garov tizimi Sharqiy Afrikada o’z davrida juda mashhur bo’lgan. Aziz amaki Yusufni o’z makoniga – odam yashaydigan sharoit, o’zi yashagan sharoitdan ming barobar ustunroq joyga olib keladi. U yerda Yusuf o’zi kabi garovga kelgan Xalil bilan tanishadi.

Biz Yusuf timsolida, hikoyasining qayerlaridadir “Yusuf” qissasi retellini ko’rishimiz mumkin, balki menga shunday tuyilgandir. Uning chiroyi, beka voqeasi, go’zalligiga barchaning oshiq bo’laverishi shuni yodimga soldi. U beg’uborlik, bokirlik, go’zallik timsoli. Tashqi ko’rinishiga ko’p urg’u berilgan, ichki dunyosida esa uning sodda, oq ko’ngil ekani ta’kidlangan. Yana qanaqadir ichki kechinma tasvirlarida to’liqroq o’qishni, bilishni istardim.

Biz voqealarda yovvoyilar orasidan shaharga, shahardan esa yana yovoyyilar orasiga bir muddat tushgan Yusufni ko’ramiz. U ana shu sayohat, yashash mobaynida ulg’ayadi, atrofni aynan shular orqali tasvirlaydi. U erkinlikni istaydi, u o’zga bir hayotni, o’z dunyosida yashashni istaydi. Erkinlik aslida nima? Bizga kimningdir bergan in’omimi? Yoki biz shu erkinlik bilan dunyoga kelamizmi? Erkinlikning turlari bo’lishi mumkin ekan. Qalban erkin inson, uni ming chegaralamang, qul qilmang qalbidagi xurlikni egallay ololmaysiz. Boshqara olmaysiz. O’sha inson istasagina vaziyat o’zgarishi mumkin. Balki. Istasa. Albatta.

Asarda nemislarning temir yo’llar qurib boshlashi, sekinlik bilan egallay boshlashini ham ko’rishimiz mumkin. Yashirin molar sotuvi, din va dinsizlik, millatlar, qadriyatlar turfaligi, insonning shaxviy tabiatini ham uchratamiz.

Men uchun eng qiziq joylari qit’aga sayohat bo’ldi. Qabilalar, ularning sultonlari muomalasi, qiyinchiliklarni o’qish qiziq bo’ldi. Balki bu mavzuda juda kam kitob o’qiganim uchundir. Ayni shu kitob Afrikaga bo’lgan qiziqishimni uyg’otdi, desam ham bo’ladi.

O’qing, tarjima yaxshi.

@mahinsworld
#specialty

Men nechun sevaman Xalqaro olimlarni… Italiyadan qaynoq javob xati. Samarqandga borib, ko’rishgan partizanning qizlari aytgan ma’lumotlarni dissertatsiyaga kiritishdan avval Italiyadagi aynan shu mavzuda ilm qiladigan olimlar, dalillar va hujjatlarni izladim (doim shunday qilishga harakat qilaman). So’ragan savolimga faktlar bilan izlanib javob berdi. Juda xursand bo’ldim, kutib o’tirgandim javobni.

Ok. Bye
@mahinsworld
❤‍🔥10🔥1
​​#book_review

Kuni kecha fransuz yozuvchisi Jorj Perekning “Uxlayotgan odam” kitobini o’qib tugatdim. Bilasizmi, doim qaytarganimdek kitoblar sizga kerak paytida oldingizga keladi.

Bundan 3 hafta oldin anxiety attack (bezovtalik huruji) chastotasi o’zimda tezlashganini sezdim. Xabarlarni ocholmay, telefonimni qo’lga ololmay qoldim. Bu shunday narsaki sizga bezovtalik beradigan narsalarga yaqinlashgan, o’ylagan saringiz miyangiz va tomog’ingiz, yuragingizga quyun bostirib keladi. Bo’g’ilasiz, havo yetmaydi, qimirololmay qolasiz. Shunda o’zimning ahvolimga yaqin kitobni qayta o’qishga kirishdim (avval tugatmay yarmida qoldirgandim).

Biz kitobda 25 yashar talabani uchratamiz. Apatiya holat, shunchaki hayot insondan nechadir santimetr uzoqda yoki yonidan o’tib ketishini mohirona yozgan. “Yotasan, shiftga termilasan, doimiy manzara, shiftingda nimalar borligi, uning ko’rinishini miyangda yod bo’lib ketgan. Shunday bo’lsada shiftda termulasa.

“Yoningda sochilib yotgan kitoblar, o’qimaysan. Devordan qo’shnilar ovozi eshitiladi, bir xillik. Eshiging taqillaydi, ochmaysan. Sening borishing kerak, belgilangan uchrashuvlaring bor - bormasligingni bilasan.” Bu manzaralar juda yaqin, juda tanish his. Belgilaysan, lekin bormasliginga aminsan. Oxirgi daqiqacha borishing kerak ekanini o’ylovi miyangni yeb bitiradi. Anxiety tinchlik bermaydi, to’xtovsiz huruj qiladi.

Hamma “muvaffaqiyatli, aktiv, o’zini ommaga ko’rsata oladigan, sergap”lar atrofiga yig’iladi. Lekin hech kimni apatiya holatidagi outsider bilan ishi yo’q. Ularning atrofidan hayot yoki hayot atrofidan ular o’tib ketaveradi. O’z o’ylari yoki umuman o’ylamasliklari bilan yashayverishadi. Bir xillik, bu holdan chiqolmaslik ma’lum vaqtdan keyin ularni qiziqtirmay qo’yadi. Bariga qo’l siltash deb ham atolmaymiz bu holatni.

Bu bora-bora klinik depressiyaga ham olib kelishi mumkin. Bir qultum suv ichish uchun o’rnidan qo’zg’ala olmaslik, tirik qolish uchungina yeyish, uxlash kerak bo’lgani uchun uxlash, yashash kerak bo’lgani uchun yashash - dahshatli holat.

Yuqorida aytganlarimni tushunmagan, bunday holga tushmagan odamga bari kulguli yoki bachkana tuyilishi mumkin. Agar shunday sezilayotgan bo’lsa ogohlantiray - kitob siz uchun emas.

Kitob apatiya nima ekanini, doimiy charchoq, qo’l siltash, anxiety attackni boshdan kechirganlar o’qisa o’zini ko’rgandek bo’lishi mumkin. O’qing, siz ham tanishing.

@mahinsworld
❤‍🔥10
#reading

Shovqinda adashish, ovunish, yupanch, tentirash, be’manilik, fikrsizlik - bari miyangni bo’shatmaydi, ammo Hayot bor! Aldanib bo’lsa ham yashaging keladi.

@mahinsworld
❤‍🔥2
Mahin's World
Video
#nimadir

erkinlik, inson nafaqat jismonan balki ruhan erkin inson bo'lishi haqida ko'p o'ylayman. Qiziq, tug'ilganimizda biz to'laqonli erkin bo'lamizmi? Agar javob "ha" bo'lsa, nega ismimizni tanlolmaymiz hatto. Erkin shaxsman deymizu, ammo bizga qo'yilgan ism bilan ko'pchiligimiz umrimiz oxiriga qadar rozilik bergan holda umr kechiramiz. Noliymizu, lekin nolib turgan hayotdan chiqishga hatto urinmaymiz

deb o'yladim, kemada Marmaracik dengizini ko'pirtirayotgan yomg'irga qarab. Orzularimizda erkinmiz to'g'rimi? Nega unda ayni yomg'irda dengizda kemada bo'lishni hech orzu qilmadim, degan o'y miyamni egovlaydi. Nega?

deb o'zimni koyidim, junbushga kelgan shamol va shirin yomg'irga qarab. O'rnimdan turib kema boshiga, ochiq joyga chiqdim. Kemadagilar hayotidan to'ygan, o'lgisi kelgandir deb qarashardi. Bilishmasdiki, hayotning shirasini ana shu tarzda tatishga urinayotganimni. Kema shamol aralash yomg'ir yo yomg'ir aralash shamolga qaysarlangancha siljishda davom etar, usti boshim jiqqa ho'l edi. Bir yoqdan yomg'irning tomchilari, boshqa tomondan esa dengizning suvlari ayamay, qizg'anmay o'z suvlarini tutqazardi. Zavqli, qo'rqinchili go'zallik. Ertakka tushgandek his qildim o'zimni. Bilmasdim, orzu ham qilmasdim

deb o'yladim orzu qilishgada erkin bo'lolmagan men. Qaradim, ko'zimda yosh g'iltilladi. Yo'q, ne'matga qarab hayratda qolgan yosh tomchilari edi. E voh, bunchalar shovqin qayerdan a? Bunday ajiyb tortiq, go'zallik ayni menga yog'ilayotgandek

edi go'yo.

@mahinsworld
❤‍🔥4
#nimadir

Kitob. Kofe. Bilasan, kofe ichishni yomon ko’raman. Lekin sotib olaman. Hidi yoqadi. Sening kofega qarashing. Uni xo’plab qo’yishing. O’zga bir ruh beradi qalbimga.

Esingdami birinchi bor birga ichilgan qahva? Aslida sen meni qahva uchun chaqirganingchi? Socials. Qahva. Uchun edi bari. Shunchaki. Ikki telba borgandik. Qaradik. Bu safar so’zlar emas. Balki so’zdagi ko’zlar termulardi bir-biriga. Senga ko’zlaringni sevishimni aytganmidim hech? Ko’zing tubidagi men uchun atalgan alohida mehr.

Esingdami o’sha kuni sen bilan soatlab so’zlashganimiz? So’zlaganlarimiz, tinglaganlarimiz? Shaharning qorli ko’chalarida qo’l ushlashib jim ketganimiz. Ko’zlaring ko’zimga termulib “ketmang” deya sassiz qaragani.

26-noyabr
@mahinsworld
❤‍🔥21🤗5🐳4
#reading

Orxan Pamukning "Qor"ini o'qiyapman va afsuslanyapman. Qor yog'ishini kutsam bo'lar ekan, deb qoldim. Juda juda o'zga olam ekan. Agar menga qanday kitob olishni bilmasangiz - Pamukning kitoblarini oling.

@mahinsworld
🕊8🐳4❤‍🔥1
Ayni damdagi wishlistim ekan. Doim yangilanib boriladi.

https://mywishlist.online/w/ijob6n/mahins-wishlist
❤‍🔥13🐳4
#nimadir
#ai

Melanxoliya, Apatiya va Yozuv: Ichki Dunyo Kechinmalari
Yozuv inson qalbining turli holatlarini tadqiq etish va ifodalash uchun eng qadimgi va samarali vositalardan biridir. Ammo bu ijod jarayoni har doim ham jo‘shqinlik yoki ilhom bilan kechmaydi. Ba'zida yozuvchi qalbini melanxoliya va apatiya kabi hissiyotlar egallaydi. Ushbu holatlar, bir qarashda, ijodning dushmani bo‘lib tuyulsa-da, ular chuqur fikr yuritish va noyob asarlar yaratishning manbai bo‘lishi ham mumkin.

Melanxoliya va Uning Yozuvga Ta’siri
Melanxoliya, odatda, o‘tkinchi qayg‘u yoki hayotdagi chuqur yetishmovchilik hissi sifatida tushuniladi. Bu holat ko‘pincha ichki kechinmalar va hayot ma’nosini qidirish bilan bog‘liq. Yozuvchilar uchun melanxoliya ijodiy izlanishlar uchun ajoyib material bo‘lishi mumkin. Klassik adabiyotdan Robert Bernsning qayg‘uli she’rlari yoki Frants Kafkaning hayotning absurd tomonlarini ko‘rsatgan asarlari melanxoliyaning ijodiy quvvatini isbotlaydi.

Bu holatda yozuv ko‘pincha o‘zini anglash yoki ichki tinchlikni topish vositasiga aylanadi. Melanxoliyaning qog‘ozga tushirilgan shakli o‘quvchini yozuvchining dunyosiga olib kirib, o‘zining qayg‘uli yoki nozik kechinmalariga hamohang bo‘lishga undaydi.

Apatiya: Bo‘shliqdan Tug‘ilgan Yozuv

Apatiya, boshqacha qilib aytganda, hissiyotlarning xiralashishi yoki harakat qilishga bo‘lgan istakning yo‘qolishi, ijodiy jarayonni tormozlashi mumkin. Ammo ba’zan aynan shu bo‘shliq ichki ovozni tinglash imkonini beradi. Shu jihatdan, apatiya yozuvchilarga o‘zlarining eng oddiy va chuqur fikrlarini ochib berishga yordam beradi.

Masalan, Albert Kamyu o‘zining "Begona" romanida insoniyat va hayotning begonalashuvi haqida gapiradi. Kamyu qahramoni apatiya holatida bo‘lsa-da, bu unga hayotning noaniqligi va absurdligini ochib berishga imkon yaratgan.

Yozuv: Ikkala Holatni Bog‘lovchi Ko‘prik
Yozuv melanxoliya va apatiyani birlashtirib, ularni o‘zining asosiy materialiga aylantirishi mumkin. Bu jarayon ikki tomonlama foyda keltiradi: yozuvchi o‘zining ichki kechinmalarini boshqarib, ularni tushunish uchun shakllantiradi, o‘quvchi esa ushbu kechinmalar orqali o‘z hayotiga nazar tashlaydi.

Melanxoliya va apatiyaning yozuv orqali qayta ishlanishi insonning o‘zligini anglashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonni chuqurroq o‘rganish uchun Xorxe Luis Borxes yoki Virjiniya Vulfning asarlari juda qiziqarli bo‘lishi mumkin, chunki ular inson ruhiyatining murakkab tomonlarini yoritib bergan.

Melanxoliya va apatiya yozuvchining ijodiy safarida to‘siq emas, aksincha, muhim manba bo‘lishi mumkin. Yozuv ushbu hissiyotlarni nafaqat o‘zlashtirishga, balki ularni san’atga aylantirishga yordam beradi. Hayotning qorong‘i tomonlarini o‘rganish orqali yozuvchi nafaqat o‘zini, balki butun dunyoni chuqurroq anglashga imkon yaratadi.

Bu jarayon haqiqiy yozuv san’atining qalbi, inson kechinmalarining eng nozik tomonlarini o‘quvchiga yetkazish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.

@mahinsworld
❤‍🔥20🐳1
#new_books

Yusufni kutubxonasiga yangi kitoblar sotib oldim. O’zim o’qiyman🌚

@mahinsworld
❤‍🔥62🤗13🐳4🕊3
​​#book_review

Qor yog’yapti. Qor hidi. Oppoq ko’chalar. Bir tomonda oshiq shoir. Ikkinchi tomonda esa otishma, odamlar halok bo’lmoqda. Amazon.uk da kitob buyurtma qilaman deb turgandim. Nima bo’ldiyu Orhan Pamukning “Qor”iga tushib qoldim. Bir dona iqtibosga ko’zim tushdi va o’qimasam bo’lmaydi deb o’yladim.

“Qor” nafaqat tashqi tasvirni, balki ichki muhitni, insonlarning ruhiy holati va jamiyatning umidsizlikka tushgan ahvolini o’zida aks ettirilgan. Shahar va qishloq o'rtasidagi ziddiyat, yangilik va an'anaviy qadriyatlar o'rtasidagi kurash, qor orqali ko’rsatilgan.

"Qor" turk jamiyatidagi siyosiy inqiroz, din va siyosat o'rtasidagi munosabatlar, hamda Kars qishlog’ining g’arbga nisbatan fikrlarini o’zaro qarama-qarshilikda chuqur mulohazalar yuritilishidir.

“Qor” Ka ismli bosh qahramonning Kars shahriga tashrifi, u yerda bo‘layotgan siyosiy va ijtimoiy hodisalarni kuzatishi, hamda o‘z ichki kurashlari haqidagi asar. Kars o‘zining sovuq qishi, uzoq vaqtdan beri erkinlikni orzu qilayotgan jamiyat va uning qattiq repressiv tizimini aynan qor parchalari, uning tasvirlari bilan yozilishi o’quvchini o’ziga ipsiz bog’lab qo’yadi.

Qorning sovug’idagi qarama-qarshi muhabbat Karsning osmonidan pag’a-pag’a yog’iladi. Biz Ka’ning Ipekka qor erishi kabi tezlikda oshiq bo’lishini ko’ramiz. Dinchilar, kurdlar, harbiylarning to’qnashuvida bizning hayolimiz yana boshqa muhabbatga qaratilgan bo’ladi.

“Qor” bizga sevgining turli ko’rinishlarini ko’rsatadi: Allohga, dinga, siyosatga, san’atga, xudbinlikka, adabiyotga, she’riyatga, qat’iyatlilikka, do’stlikka, oilaga va hokazo. Har bir muhabbatni siyosiy jarayon yordamida ochish yoki siyosiy jarayonni muhabbatning turli ko’rinishlari bilan ochishmi, tanlov sizning qo’lingizda.

@mahinsworld
6❤‍🔥36🐳2
#new_books

Qanchalar kutdim seni.

P.S bu hozirda qalbakisi tarqagan 40-50 mingligi emas. Original, kelishini 1.5 oy kutdim o’ziyam😅

@mahinsworld
❤‍🔥63🤗11🕊7🐳4
#reading

1990-yilda Rossiyada chiqqan Italiya tarixi haqida o'qiyapman. Shunda nimalaridir qaytarilayotgandek tuyuldi. Qarasam 45-50-yilda Italiyada yozilgan kitobni birga-biri ekan).

Ana shunaqa. Bye
@mahinsworld
🐳22❤‍🔥12🕊1
2025/07/14 05:15:28
Back to Top
HTML Embed Code: