Telegram Web Link
Prinsiplikman deyishadi, ammo prinsipdan asar ham yo’q. Manfaatparastlik qursin!

@mahinsworld
​​#book_review

Poetik til, sokinlik, soddalik ila bitilgan ammo ruhiy tushkunlikka yetaklaydigan metaforalar - bularning Han Kangdir. U yozgan "Human acts", "The Vegetarian" asarlaridan keyin oshuftasiga aylandim. Hali tandirdan uzilgan tafti ketmasidanoq yangi "We don't apat"ni o'qishga tutindim.

Kitobni ochganimda tanish havo kelib urildi. O'sha sokinlik, allalaydigan tovush eshitilgandek bo'ldi. Xazin ovoz, past notalarga qorishib ketgan, siniq bir kayfiyatdagi ayol qarshimda dahshatlarga to'lgan o'tmishini gapirib berardi.

Ha, Han Kang bu safar ham Koreya tarixiga murojaat qiladi. Uning murojaati shunchaki tarixiy-badiiy asarlarga o'xshamaydi. Siz tinimsiz faktlarga duch kelavermaysiz, balki ana shu fakt va bo'lgan voqeaga insonlar boshidan kechirgan qaqshatqich xotiralar yetaklaydi. Qahramonlar o'z ko'zlari ila ko'rgan dahshatni gapirar ekan ko'zingizdan tinimsiz yosh oqadi. O'smir o'g'il bolalarni qishloqlardan terib olishgani, avvaliga qamoqqa otishganlari, keyinroq esa badani qilt etmay shaxtalarda otib tashlashganini o'qib ko'zingizda yosh qotib qoladi.

Urush dahshat, urush haqida o'qir ekanmiz qo'rqa boshlaymiz: bugunimizdan, kelajakdan bari-baridan hayiqamiz. Hokimiyatdagilar yoki ojiz xalqdan 1 karra kuchi va qudrati ko'plar avomning ustidan o'tkazgan zahmatdan qonimiz qaynaydi.

1950–1953-yillardagi Koreya, ikki qutb, turli siyosiy jarayonlar. Ushbu jarayonlarni olib borayotgan va sababchi bo'layotganlar, zo'rlanishlarga uchraydigan, qishloqlarni yoppasiga yoqib yuboradigan, yoqib yuborilgan qishloqlardan qochganlar bormikan deya qochoqlarni qaytishini kutib, ularni shunchaki o'ldirib yuborayotgan quturganlar - inson qo'lida qolgan hokimiyat, taxt uchun kurash, illo faqat taxt emas, shunchaki kattalar tomonidan olib boriladigan siyosatning qurbonlari - bari shu asarda.

O'qing. Han Kangni men doim tavsiya qilganman.
@mahinsworld
Kitobim yetib keldi. Ayni shu kitob uchun turk tilini o’rganishni qayta boshladim. Hozir maqsadim sari jadal boryapman. Bu kitobga qadar boshqa turk tilidagi kitoblarni o’qiyman. U kitoblar bilan ham bo’lishaman. Pamukni o’z tilida, u yaratgan olam, go’zallikni uning tilida o’qish - yoz maqsadlaridan biri🫶🏼

@mahinsworld
Mahin's World
Photo
Biz suiqasd qilolmaymiz, ammo baribir bir kun o’lamiz. Shunchaki kutmog’imiz darkor.

(Ba’zi kitoblarni o’qir ekansan, tarjima qilging keladi juda)

@mahinsworld
Vincent Van Goghga muhabbatimni bilasiz. Ukasi Teoga yozgan xatlarini tarjima qilishni boshladim. Blogimga #Vincent hashtagi ostida joylab boraman.

#Vincent
2. Gaaga, 1872-yil 13-dekabr

Otamning xatida xursand qiladigan yangilik o’qidim. Chin yurakdan senga baxt tilayman. Oldingda turgan ajoyib vazifada seni ko’plab xursandchiliklar kutayotganiga shubham yo’q.

Axir, sen uchun bu olamshumul o’zgarish.
Sen bilan bir sohada ishlayotganimiz va bir vazifada mehnat qilayotganimizdan mamnunman. Endi tez-tez yozishib turishimiz mumkin.

Bir qancha masalalar bo'yicha gaplashib olishimiz zarur. Shu boisidan jo’nab ketishingdan avval ko'rishamiz degan umiddaman.

Dastavval begonadek tuyulishi mumkin esa-da, fikri ojizimcha, Bryussel juda yoqimli shahar.

Har qanday vaziyatda ham kelishing bilanoq menga xabar yubor.
Omad va zafarlar tilab qolaman. Juda shoshganim sababli ko'p yoza olmadim, biroq senga shuni ayta olamanki, yangilik meni juda quvontirdi.
Baxt tilayman.

@mahinsworld
Va biz iyulda ham telbamiz

@mahinsworld
2
Kimnidir yomon ko’rsangiz, demak unga hasad qilasiz.

@mahinsworld
Bu kitobni rosa o’qigim kelganiga 2 yildan oshdi. Elektron o’qigim kelmadi, lekin shu hech kitobni o’zini olganim yo’q edi. Wishlistimga ham qo’shdim. Har wishlistni ochganda qarab qo’yardim. Yaqinda Dildora sovg’a qildi. Haligacha xursandchiligimni cheki yo’q. Qo’limdagi o’qiyotgan kitoblarimni tugatishim bilan o’qishga kirishaman.

@mahinsworld
#amazondan_buyurtma

Amazon.com yoki Amazon.uk dan qanday qilib buyurtma berish mumkin?

Amazon hanuz O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri yetkazmagani bois uni delivery (yetkazish) xizmatlari orqali buyurtma beramiz. Yetkazish xizmatlaridan: Globbing, TezParcel, Wikishop va boshqalar bo’lib, shaxsan o’zim Globbingdan foydalanaman. Men uchun bu yetkazish xizmati juda qulay. Buyurtmam qayerda ekani va qachon yetib kelishi Globbing sayti tizimida ko’rinib turadi. Buyurtma qilish bosqichlari:

- Globbing saytida ro’yxatdan o’tasiz.
- Amazon.com yoki Amazon.uk saytiga kirasiz. U yerda ham ro’yxatdan o’tasiz.
- Globbing sizga bergan manzil va raqamni Amazon saytiga kiritasiz.
- Bank kartangizni kiritasiz.
- Istalgan mahsulot, meni holimda kitoblar tanlanadi.
- Savatchaga o’tasiz
- Va buyurtma berasiz.
- Globbingga yetib borganidan keyin esa Globbing saytiga deklaratsiya sifatida kiritasiz. Va kuzatasiz.

Bori shu. Ishoning bu sizga ancha arzonga tushishi kerak. Endi bemalol ingliz tilidagi kitoblarni buyurtma qilavering.

@mahinsworld
12
​​#book_review

Hech yolg'izlikda o'zingizni izlaganmisiz? Bir o'zingiz yakka? Shu yorug' olamda...

Suiqasd mavzusi doim insonni o’z tomoniga marhabodek tortadi. Ammo kuni kecha tugatgan asarimdagi bir jumla butun dunyoyimni ostin-ustun qildi. Aytadiki suiqasddan ne naf, baribirki intihomiz bor. Hammamiz oxir-oqibat bu dunyodan ko’z yumamiz…

Jacqueline Harpmanning “I who have never knowni men” kitobini ochganingiz qafasdagi 39 ayol va 1 qiz sizni kutib oladi. Ular na zamon va na makondan xabari bor, qanday bu qafasga tushganlarini bilmaydilar. Qafasdan tashqarida 3 qo’riqchi erkak, qo’lida esa xipchin. Har bir qadamlari nazoratda. Qadamku tabiiy, hatto uzoq vaqt o’ylab qolishlari, ovozni ham ko’tarishlari mumkin emas. Ularga sabzavotlar beriladi, o’zlari qaynatib yeyishadi. Ozgina sovun, mato deganlaridek.

Bosh qahramon qizimizning ismi yo’q. U ayni shu nomsiz makonga tegishlidek his qiladi o’zini. 39 ayoldan bo’lak. Uning o’tmishi va xotirasi ham yo’q. Sababi bolaligida bu qafasga tushgan. U boshqalardan ajralib turadi. U yolg’ilikka mahkum bir shaxs. Kunlardan bir kun 3 qo’riqchi shoshilgancha qafasni tark etadi va qochayotganda kalit tushib qoladi. Ana shu yerda voqealar boshlanib ketadi.

Kitobni o’qir ekansiz avvalo uning qisqa so’zlari, yolg’izlik taralib turgan jumlalariga ohangrabodek bog’lanib qolasiz. Qo’ldan qo’yay deysiz, ammo ismsiz qizaloq taqdiri xayolingizni egallaydi. O’ylaysiz, U endi nima qiladi? Qanday yashaydi? Ota-onasini topadimi? Uyiga qaytadimi?

Ana shu savollarni o’zingizga berar ekansiz asarda mavjud sokinlik, jimjitlikka g’arq bo’laverasiz. Siz kitobda zo’ravonlikni uchratmasangiz ham qafasga bitilgan ayollar tomon qilingan nohaqlikka befarq qaray olmaysiz.

Kitobni o’qing.
@mahinsworld
Sen meni
Yo meni seni
Kuttiryapmanmi

Taqdir?
@mahinsworld
Va
Biz
Sevgidan
Boshpana
Izlaydigan
Darbadalarmiz•

@mahinsworld
Hayot juda oson narsa

Unda yashash, nafas olish deyolmayman (ekologiya yomon), umr kechirish qiyin emas. Qorin to’ydirish uchun ozgina narsa kifoya aslida (nafsimiz buzuqligini hisobga olmasak).

Ammo biz insonlar barini qiyinlashtiramiz. Doimiy tushunmovchiliklar, urushlar, yuqori stavkalar, o’zimizni olqishlashtirishlar, atrofimizdagilarni doimiy nazorat qilish, chizig’imiz ustida yurdirishga urinish - bari biz odamzotning qo’lida qolayotgan narsalar.

Biroq shu qisqa umrimiz arziydimi, deb o’ylab qolaman. Fevraldan beri twitter (mart yo aprelda birrov kirganimni hisoblamasak), martdan beri instagram dasturlarni telefonimdan o’chirganman. Hayotda yashash istagi paydo bo’lgan. Shovqinlardan uzoqda yaqinlarim bilan hayot umr kechirish tarafdoriga aylanganman. Tomorqa qilish, uyda idishda rayhon o’stirish, yaqinlarimni xursand qilish uchun foydali ovqatlar pishirish - umumiy olganda butkul sokinlikda yashashni tanlaganman. Bu tanlovimdan hozircha mamnunman.

O’zingizning hayotingizda yashash, o’zingiz va yaqinlaringizga g’amxo’rlik qilish hayotingizga ma’no, nur olib kiradi. Qayg’urish, parvarishlar, janjal qilmaslik, ovoz ko’tarmaslik qalbni tinchlantiradi, sizni sekinlashtirib yurakdagi tashvish-u havotirni pasaytiradi. Umr o’zi asli shu. Bizning karyeradagi yutuq, boylik bari o’tkinchi. O’lganimizdan keyin qoladigan nomlar ham oilamiz, yaqinlarimiz bilan taqqoslaganda hech qanday qiymatga ega emas. Har bir nafas olishimizda yosharmayapmiz, balki qarib boryapmiz. Umrimiz poyoni tug’ilganimizga qaraganda yaqinlashib boryapti. Kimnidir qalbiga ozor yetkazish, kunlab gaplashmay yurishlar - inson umri qadariga yetmaydi. Inson g’animat, umr g’animat, har birimiz: yosh-u qari g’animat. Yoshi ulug’larni g’animat bilib, yoshlarning umri qadrini pasaytirish bema’nilik. Kim qancha yashashini bilmaymiz.

Yashayotganga yarasha yashashimiz kerak. O’z hayotimizda yashashimiz kerak. Birovni hayotimizga mas’ul qilmay yashashimiz kerak. Boshqalarni o’z hayotimizdagi dilxiraliklarga aybdor qilmay yashashimiz kerak. Ayni shu lahzalardan foydalanib yashashimiz kerak.

@mahinsworld
Ota-onalar o’z ushalmagan orzusini farzandliga yuklar ekan - baxtli avlod hech qachon yetishib chiqmaydi.

@mahinsworld
#new_books

Yangigina kitob. O’qiganlar bormi?

@mahinsworld
2025/07/12 16:55:12
Back to Top
HTML Embed Code: