Telegram Web Link
Yetib keldim senga ey Majnun
❤‍🔥7220🔥10🍓8🤗3🎉2🤩2💘2🦄2
Mahin's World
Yetib keldim senga ey Majnun
#reading

Biz-chi? Biz nomardmiz: o’zgalar gunohini ovoza qilish orqali o’zimizning pokroq, halolroq, olijanobroq ekanligimizni namoyish qilmoq bo’lamiz; biz munofiqmiz - arzon obro’, soxta shuhratga o’chmiz, o’z tubanligimiz, maydaligimizni ichdan teran his qilib tursak-da yuksaklik, yiriklik niqobida yurishga jirkanmaymiz.

“Majnun”

@mahinsworld
❤‍🔥42🤩6💯652💘21💋1🦄1😘1
#nimadir

Siz qandayligingizni yolg’izgina U biladi, bandasi emas. Shu sabab boshqalarga emas sizning qanday insonligizni baholash.

@mahinsworld
❤‍🔥9820🤝17😘7🐳64💯4🤩2🍓2💘1
Esingizdami Olotdagi kutubxona uchun kitob yig’ganimiz? Endi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman uchun harakat qilamizmi?

@mahinsworld
👏48❤‍🔥1085🔥5🎉1🐳1🦄1
#nimadir

Har bahor oxiri, yozda lagerni eslay boshlayman. Qandaydir bir odatga kirgan, tushunarsiz. 4 yil lagerda vajataya (yetakchi) bo’lib ishlaganman. Lager eshigidan kirganimda direktorning o’zi kutib olganlar. Rahmatli Ismat akaning nurli yuzlari, har birimizga alohida e’tibor bilan qarashlarini haligacha esdan chiqara olmayman. U inson biz uchun boshliq emas, balki otamiz - liderimiz edilar.

Ishimiz yengil emasdi. Doimiy aktiv bo’lish, kreativlik talab qilardi. Turli tadbirlar, yig’inlar bizni tez qaror qabul qilish va chaqqon bo’lishga undardi. Lagerimiz hududi juda katta, bir yeridan ikkinchi nuqtasigacha tez yetib olishingiz uchun anchagina mehnat sarflashingiz kerak bo’lardi. Qisqa qilib aytganda biz uchun katta hayot maktabi rolini bajargan.

Ishimiz og’ir bo’lishiga qaramay doim bahor kelishi bilan jomadonlarimizni taxlardik. Adrenalin, barchamizning teng ekanimiz chorlardi bizni. Ayniqsa ochilish va yopilish marosimlarida “Yalla” ashulasiga baralla o’ynaganlarimizni eslayman.

Balki gaplarim erish tuyilar, balki kitob o’qib miyasi suyilgan, o’zga olamda yashaydi, hozirgi hayot tempi va reallikka tusholmaydi, deb o’ylarsiz. Aslo! Hech birini kitobga aloqasi yo’q. Umuman olganda o’zimni ortiq kitobxon ham sanamay qo’yganman. Sababi juda injiq tarzda kitob tanlaydigan odat chiqardim.

Doim qaytarganimdek - jigarlar bizdan faqatgina hislar qoladi. Bari bekor. Bari sarob.

@mahinsworld
🔥5627❤‍🔥10🦄7🤗3🤝1
#nimadir

Kutuvlar

Kutuvlar uchun kim aybdor? Menmi yo kutgan inson? Sizmi yoki sizdan kutganlar?

Esimizni tanibmizki bizdan kutishadi - yaxshi farzand bo’lishlik, a’lo baholarga o’qishligimiz va hokazolarni. Kutishadi, kutishadi. Kutuvlarini aytmay ichlarida aytib kutishadi.

Ushbu kutuvni tushunib olsin deyishadi. Siz faoliyat olib bormoqchi bo’lgan joyingizda ichda aytilgan yoki siz tushunib olishga qodir bo’lmaganlarni kutishadi. Kutishadi, kutaverishadi.

Ushbu kutuvni ular orzu-havas deyishadi. Men arzimaymanmi, deya nola qilishadi. Siz hammaga maqtana olishlik joyga turmushga chiqishingizni kutishadi. Siz turmushga chiqqan joy esa sizni xizmat qilishingizni kutadi.

Ular kutuvlarni to’g’ri yo’l tutyapman deyishadi. Sizdan istayapman, kutyapman demasdan vazifanga kiradi, qiyinmasku shular deya kinoya qilishadi. Hayron bo’lasan. Qachon deysan. Deganman deyishadi. Aybdor sanalasan.

Ular bu narsani mutlaq norma deyishadi. Dunyoga keldingmi oqimga bo’ysunib suzishingi kutishadi. Ura-uralariga berilishingni, qadriyat deya atab olishgan aslida inson oyog’ini chirmoviqdek o’rovchi o’tga bo’yin egishingni xohlashadi. Kutuvim shu demaydi. Yo’q…

Ular kutadi.
Faqat sendan kutadi.
Senga hech narsa bermaydi.
Seni eshitmaydi.
Seni meninga tupuradi.
Sen uchun hech narsa qilmaydi.
Seni nomingga do’ppisini qo’yadi.

Ular
Kutadi.
Kutaveradi.
Kutuvlari bilan
Yashaydi.
Kutuvchilar

@mahinsworld
💔81💯176🤝2❤‍🔥1🤩1
​​#book_review

“How the world became rich” kitobi Mark Koyama va Jared Rubin tomonidan yozilgan bo’lib, birinchi bor 2022-yilda nashr etilgan. Kitob ikki qismdan iborat. Birinchi qismda dunyo qanday boyigani nazariyalari: geografik joylashuv, institutlar, madaniyat, bolalar, kolonizatsiya va ekspluatasiyalar tahlil qilinadi. Ikkinchi qism esa dunyoning qaysi mamlakatlari eng birinchidan boyigani , Sanoat inqilobi, Zamonaviy iqtisodiyotni ko’rib chiqadi.

Sizga unday tuyulmasa-da dunyo boy. Ocharchilik hanuz bor, bu inkor etilmaydi, aslo. Biroq, dunyo avvalgiga qaraganda boy. Ko’plab insonlar ajdodlariga qaraganda farovon umr kechirmoqdalar. Dunyo 20-21-asrga kelib boyishni boshlaganidan so’ng ko’plab insonlar ocharchilik balosidan halos bo’lmoqdalar.

Kitobning ana shu joylari Roslingning “Factfulness” kitobini sizga ham eslatdimi? Menga ha, juda bir yodga soldi. Lekin kitob mutlaq boshqacha. Avvaliga siz “juda oson til ekan” deysiz, dunyo bir pozitivdek tuyuladi. Varaqlaganingiz sari gap tilda emasligini va kitob yaxshigina background talab qilishini tushunib yetasiz.

Mualliflar avvaliga geografik joylashuvni tahlil qiladilar, geografik joylashuv taqdir yo yo’qligi, suv atrofida joylashish, transport tizimlari borasida so’zlaydilar. Shu joyida Diamondning kitobi bo’lmishni bir eslab ketish maqsadga muvofiqdir. Kitob nomini ham eslatay “Guns, germs and steel”. Keyin esa institutlar, bu joyida siz va bizga ayon Acemoglu va Robertning “Why nations fail” (Mamlakatlar tanazzuli” kitobi tahlil qilinadi. Shimoliy va Janubiy Koreya misoli ushbu kitobda yana bir bore slab o’tiladi. Birozdan keyin esa yodingizga “The Clash of the Civilizations” tushadi.

Yo’q, siz o’ylamang shu kitoblarni tahlilidan yangi kitob yaralibdi ekan, deb. Ilm shunday narsa. Yangi gipotezani isbotlash uchun o’zidan oldingilar yaxshigina tahlil qilinishi shart. Bundan tashqari har bir adabiyotlar ko’rib chiqiladi.
Xo’sh, qiziq oxir-oqibat mamlakat iqtisodi rivojida, boyishda qaysi gipoteza ustun ekan? Javobi uchun ktiobni o’qing…

@mahinsworld
14🔥5❤‍🔥33🤩1😇1
​​#reading

Janubiy Afrika Respublikasidagi aparteid rejimi Janubiy Afrikada 1948 yildan 1994 yilgacha hukm surgan segregatsion tizim hisoblanadi. Bu tizim oq tanli hukmronlikni saqlab qolish va mamlakatning boshqa irqiy guruhlarini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ajratishni maqsad qilgan edi.

Aparteidning Asosiy Xususiyatlari:

1. Qonuniy Asoslar: Aparteid tizimi bir qator qonunlar bilan mustahkamlangan edi. Eng muhimlari:
- 1949 yilgi Irqlararo nikohlarni taqiqlash to'g'risidagi qonun: Bu qonun oq va boshqa irqiy guruhlar o'rtasidagi nikohlarni ta'qiqlardi.
- 1950 yilgi Aholini ro'yxatga olish to'g'risidagi qonun: Bu qonun har bir fuqaroni irqi bo'yicha ro'yxatga olishni talab qilardi.
-1950 yilgi Guruh hududlari to'g'risidagi qonun: Bu qonun turli irqiy guruhlar uchun alohida yashash joylarini belgilashni talab qilardi.
- 1953 yilgi Umumiy vositalar bo'yicha ajratish to'g'risidagi qonun: Bu qonun jamoat joylarini oq tanlilar va boshqa irqiy guruhlar uchun alohida qilishni talab qildi.

2. Siyosiy va Ijtimoiy Ajratish: Oq tanlilar barcha siyosiy hokimiyatga ega, boshqa irqiy guruhlar esa siyosiy huquqlaridan mahrum edilar. Qora tanlilar, hindular va aralash irqlilar alohida maktablar, kasalxonalar, jamoat transporti va boshqa xizmatlardan foydalanishga majbur edildilar.

3. Iqtisodiy Taqsimot. Oq tanlilar iqtisodiy jihatdan ustun edilar. Aksariyat qora tanlilar past darajadagi ishlarni bajarishga majbur edildilar va kam maosh olardilar. Shuningdek, ular ko'plab shahar hududlarida ishlash uchun ruxsatnomasiz yashash imkoniyatiga ega emas edilar.

Qarshilik Harakati va Aparteidning Tugatilishi

Aparteid rejimiga qarshi kurash turli xil shakllarda olib borilgan. Eng taniqli qarshilik harakatlaridan biri Afrika Milliy Kongressi edi. Nelson Mandela AMKning yetakchilaridan biri bo'lib, aparteidga qarshi faoliyat olib borgan va 27 yil davomida qamoqda saqlangan.

1970-80 yillarda xalqaro hamjamiyat Janubiy Afrikaga iqtisodiy sanktsiyalar qo'llash va aparteid rejimini qoralash orqali bosim o'tkaza boshladi. 1990-yilda de Klerk, Mandela va boshqa AMK yetakchilarini ozod qilindi va aparteidga qarshi qonunlarni bekor qilish jarayonini boshladi.

1994-yilda Janubiy Afrikada birinchi marta barcha irqiy guruhlar uchun ochiq bo'lgan umumiy saylovlar o'tkazildi. Nelson Mandela prezidentlikka saylandi va aparteid rasmiy ravishda tugatildi.

Aparteidning Merosi

Aparteid rejimi tugatilganidan keyin ham Janubiy Afrika katta iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklar bilan kurashmoqda. Hukumat o'tmishda sodir bo'lgan adolatsizliklarni tuzatish va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratish uchun turli islohotlarni amalga oshirmoqda.

Aparteid tarixi Janubiy Afrikada va butun dunyoda inson huquqlari va adolat uchun kurashning muhim darslari sifatida esda qolgan.

@mahinsworld
🔥16👏6🤝3
Bolam

Yoshligimda qo’g’irchoqni bolasidek qo’ymay katta bo’lganlarni ko’rardim. Menda ham bor edi, lekin hech bolamdek ko’rmasdim. Bolalar bilan chiqisha olmas, o’zimni qachondir ona bo’lishimga ishona olmasdim. Xayolimda onalik menga yaqinlashmas bir yulduz edi. O’zimni ona rolida ko’ra olmasdim, qo’rqardim.

Yuragim ostida yuraging ura boshlaganini doim eslayman. Sezardim. Aynan sen ekaningni ham his qilardim. Aynan Yusuf bo’lishingni istadim, ismingni o’zim qo’ydim. Jingalak sochli bo’lishingni ham bilardim. Sezardim.

Mo’jiza ekaningni aytganmidim? Onalikdan qo’rqadigan va eng katta qo’rquvi shu bo’lgan bir bolakayni ona sifatida tanlading. Mas’uliyat, sabr va o’ziga ishonchni o’rgatding. Quyosh nurlari qanday porlasa tillarang sochlaring bilan hayotimizda xuddi shunday porlaysan.

Balki, ideal ona emasdirman. Ideallik talab ham qilmayman. Lekin dunyodagi barcha erkinlik berishimni ayta olaman. Har qanday holatingda seni qabul qilishim, boringcha yaxshi ko’rishim, mahkam bag’rimga bosishim va seni yaxshi ko’rishimni bot-bot o’zinga aytishni kanda qilmasligimni bilishingni istardim. O’z orzularimni senda ko’rmayman. Menini topgan, o’z dengizini boshqaradigan ERKIN shaxs bo’lasan! O’zga dunyosi bor onaning farzandisan. Butun dunyo qarshi tursa ham yoningda men borman! Yig’lasang suyayman, kulsang sen uchun quvonaman, sevsang sevginga havas-la qarayman.

Bolam, bolaligingni beraman. Boringni o’zinga taqdim etaman.

Mahin.
@mahinsworld
❤‍🔥19340🕊14😘14🤗6🤝5🔥2😍2👏1🤩1🦄1
​​#book_review

Kitoblar sizga yangidan-yangi makon, zamon va qahramonlarni tanitadi. Siz kitoblar bilan turli hikoyalarni o’qiysiz, ularda yashaysiz. Qahramonlar, voqealar, ularning o’tmishlari sizni o’ylantiradi, ularga xuddi-ki yaqiningizga achinganingiz, havotirlanganingiz kabi qayg’urasiz.

Kuni kecha Trevor Noyning “Rangsiz” (Born a crime) kitobini tugatdim. Tili yengil, hayotidan turli hikoyalarni o’z ichiga olgan bu kitob hazil, sarkazmlar bilan aparteid deb atalmish og’ir davrni bizga aytib beradi.

Trevor oq ota va qora tangli onaning farzandi bo’lib, bu kabi bola ko’rish Janubiy Afrika respublikasida qonunga qarshi bo’lgan. Metis bolalarni odatda gettoga jo’natish yoki qonuniy ekanini isbotlash talab etilgan. Eng qizig’i esa u yerda xitoyliklar qoralar, yaponlar esa oqlar hisoblangan. Trevorning omadi onasining farzandi ekani bo’lgan. Onasi qonunan hujjatlarni to’g’rilagan va Trevor nafaqat bemalol harakatlana olgan, balki yaxshi maktablarda ham tahsil olgan. Uning onasi erksevar, ko’plab tillarni - eng asosiysi ingliz tilini suv qilib ichgan, yozuv mashinasida ishlay oladigan zamonaviy ayol edi. Aynan shu sabab onasi moliyaviy mustaqil (u davrda qora tanli erkaklarning orzusi edi moliyaviy mustaqillik. Ayollar esa xayoliga ham keltira olishmasdi), o’z shaxsiy uyi va avtomobiliga ega shaxs edi.

Eng achinarlisi ayollar juda xor, qonunlar ular uchun ishlamasdi. Eri qattiq kaltaklaganda militsiya xodimiga xabar berilganida “bilasiz-ku ayollarni, ular bilan bari qiyin”, deb erkaklar kulib qutila qolishardi. Vaziyat shu darajada jiddiy ediki, hatto ayolini pistolet bilan otgan erkak ham qamalmasdi.

Qiziq a? Oqlarning o’zi qoralar yurtiga bostirib bordi va qoralardan nafratlanib, jirkanib yashadi. Biz Xolokostdan xabardormiz. Raqamlarni bilamiz. Lekin Afrikada qirib yuborilganlardan bexabarmiz. Bilmaymiz ham.

Kitob tez o’qiladi. Lekin oxiri yo’q. Yakun yo’q. Bilaman, muallif tirik. Uning hayotiy hikoyalari tugallanmagan. Ammo kitob tugallanishi kerak-ku. Xuddiki Trevor bilan oshlashib o’tiribmiz va uni telefoni jiringlab “hozir kelaman”, deya turib ketgandek fikr qoldirdi. Kitobni yakunlash kerak. Kitobga yakun kerak. Ko’p mavzular ochiq qolgan. Men muallifni komiklikka qanday kirib kelganini o’qimoqchi edim. Lekin bu hikoya qilinmagan. Yana boshqa savollar ham ochiq qolgan. Balki yana kitob yoqmochidir. Balki intrigani saqlab, odamlarni o’ziga qiziqtirishni yangi usulidir.

@mahinsworld
🤗147🔥3❤‍🔥1🤩1
#new_books

Zolyaning “Hamal”i yetarlicha mashhur. Naturalismning eng yorqin namoyondalaridan - darg’alaridan desak mubolag’a bo’lmaydi. Qayta nashr etilmaganiga ancha yillar bo’ldi. Ingliz tilida ham o’zbek tilidagisini sovg’a qilgan odam bergan.

Aytmoqchi bo’lganim boshqa narsa… “The Nose”ni o’qishni boshladim - edi.

@mahinsworld
👏21❤‍🔥125💋5🔥2🍓1💘1
.
🤔40❤‍🔥98🤩8🤗51💋1
#nimadir

Bir kun kelib kitob zavqi uchun emas faqat ayb topish yo tanqid uchun kitob ochishdan qo’rqaman.

@mahinsworld
🤝6024🔥20💔13💋7🤔5🌚3👏2💯2💘2
Bolalarda kitobga mehr uyg’otaylik🫠

@mahinsworld
95❤‍🔥28💋13🍓12💘4🐳2🤝2🎉1🤗1
​​#book_review

Uolter Ayzekson ijodi bilan “Stiv Jobs” kitobida tanishganman. Apple mahsulotlari va qora vodolazkani yaxshi ko’rganim Stiv Jobs ham yoqadi (juda mantiqli gap). Kitob juda yoqqan. O’qish yengil, informative.

Keyin esa Einstein kitobini oldim (ammo hali hanuz o’qimadim). Undan keyin “Kod Buzar” nashrdan chiqdi va o’qib chiqdim. Har bir kitobida yozish uslubi, qo’llaydigan so’zlari o’zgarishini sezdim. Sevgan yozuvchingni rivojlanishini sezish - yoqimli.

Yaqin kunlarda o’qib chiqqanim “Leonardo Da Vinchi” kitobi bo’ldi. Boshqa o’qiganlarimdan farqli ravishda juda quruq yozilgan. Zerikarli yozilgan. Da Vinchi haqidagi hamma narsa, hatto kichik videolar ham qiziq. Balki Ayzekson ko’p ma’lumotlarni kiritaman deb shoshgandir.

Kitobda biz nikohsiz tug’ilgan Leonardo bilan tanishamiz. Ko’pchilikka Leonardo rassom sifatida tanish. Biroq u nafaqat rassom balki boshqa sohalarga ham qiziqqan. Uni kundalik yondaftarchasi bo’lib, siz-u men kabi qiladigan ishlar ro’yxatini yozib yurgan. Rasmlaridan kichik qaydchalar, uni qiziqtirgan savol, masalan “nega osmon ko’k, nega suv oqimi bunday”, kabilarni yozib yurgan. Aynan shu 7200 sahifadan iborat yondaftarcha Ayzeksonga kitob yozishida turtki bo’lgan.

Kitobda siz Renesansning yorqin namoyondasi chizgan rasmlar tahlilini ham uchratasiz. Uning har bir yashagan joylari, faoliyati, noqonuniy Bastard ekani, o’zini ilm insoni hisoblashi - ya’ni ilm va texnologiyaga qiziqishi, yuksak sabr egasi ekanini guvohi bo’lasiz. Tasavvur qiling inson tanasini chizish uchun inson tanasini to’liq o’rgangan. Muskullar joylashuvini izlangan. Shunchaki iqtidorim bor ekan, deya o’tirib chizmagan. Izlangan, o’rgangan, o’qigan.

Uolter Ayzekson iqtidorli memuarchi. Biografiyalarni yozish, izlanishda hozirgi kunda eng old safda. Kitobni o’qing, fikrlashamiz.

@mahinsworld
🍓30👏7💘63💋3🔥2🤩2
​​#book_review
#specialty

Frensis Fukuyama siyosatshunos, siyosiy iqtisodchi hamda faylasuf hisoblanib, hozirga qadar “Xalqaro munosabatlar”, “Siyosatshunoslik” mutaxassisligiga oid qator o’qilishi shart bo’lgan kitoblar muallifi hisoblanadi. Ulardan “The end of history and the last man”, “Liberalism and Discontents” va boshqalar o’qish ro’yxatimda. Tugatganim va so’zlamoqchi bo’lganim “Liberalism and Discontents” haqida.

Kitob 10 ta qisqa boblardan tashkil topgan. O’zi hajman kichik, agar xafsala qilsangiz yarim kunda bemalol tugata olasiz. Fukuyama klassik liberalism haqida yoza turib, oxirgi 10 yillikda uni noto’g’ri talqin qilishayotgani, klassik liberalism jar yoqasida qolganini aytib o’tadi. Uni ikkiga bo’lishayotgani va “neoliberalism” va “progressivism” deya atashayotganini tanqid qila turib, agar shu hol davom etadigan bo’lsa individual avtonomiya, demoktratiya hamda iqtisodiy barqarorlik tahdid ostida ekanligiga to’xtaladi.

Shunisi diqqatga sazovorki, liberalismda yaxshilik tushunchalari bo'yicha ham bir tomonga yon bosilmaydi, ya'ni u o'z doirasida turli xil axloqiy va siyosiy qutblarga toqat qiladi. Bu muayyan muammolarni hal qilish uchun siyosiy hokimiyatni ushbu muammolarga eng yaqin bo'lganlar orasida taqsimlashni anglatadigan subsidiarlik deb ataladigan g'oyaga ishora qiladi. O'z qarashlarida sobit Fukuyama liberal boshqaruvning aksariyat muvaffaqiyatsizliklari mo'tadillik ortidan kelib chiqqanligini, liberal g'oyalar haddan tashqari kengayib ketgani yoki e'tiborsiz qoldirilganini (neo-liberalizm, progressivizm) dastaklagan holda bu g'oyani tanqid qiladi.

Garchi u liberalizmga nisbatan ko'plab tanqidlarini asossiz deb hisoblasa-da, ma'lum bir fikrlarga qo'shiladi, hattoki ba'zilarini ochiq qo'llab-quvvatlaydi. Masalan, Fukuyama asarning bir bobini neoliberalizm g'oyasini ortiqchaligi hamda undagi xavf-xatarlarni muhokama qilishga bag'ishlaydi, bu orqali u erkin bozor iqtisodiyotini haddan tashqari ishtiyoq bilan qabul qilishni hamda hukumatning tartibga solishi va aralashuviga nisbatan qat'iy qarshilikni nazarda tutadi.

Bu liberalizm doirasidagi tengsizlikka nisbatan chap markaz kuchlarining iqtisodiy xavotirlarini tasdiqlaydi, shu bilan birga xususiy mulkning ma'naviy ahamiyatini va bozorlarning amaliy samaradorligini himoya qiladi.U, shuningdek, asarning eng asosiy mag'zini qamrab olgan Raulsning adolat haqidagi tushunchalari, tanqidiy nazariya va progressiv faollikning shaxsga asoslangan siyosatining xususiyatlarini sinchkovlik bilan tahlil qiladi.

@mahinsworld
❤‍🔥14🍓5🐳2😇2
#nimadir

Ilm o’ldimi?
@mahinsworld
💔65🤔20💯10🌚7🐳2🏆211
#tungigaplar

Bir narsa qiziq, Tohir va Zuhraning bu dunyoda birga bo’lishiga Qorabotir yo’l qo’ymaydi. Ertakka ko’ra yakunda uchchalasi ham o’ladi. Xalq Tohirni qahramon deb bilsa, Tohir va Zuhraning visolini istasa, nega yana shu xalq ikkisining o’rtasiga Qorabotirni ko’madi?

G’alatimasmi? Yoki sevishganlarni ajratish qonga singganmi?
@mahinsworld
🤔79💔43💯9💋9❤‍🔥8🌚43👏2🕊2🐳2🦄2
​​#book_review

Ba’zida hech ham reja qilmagan kitoblaringiz qo’lingizga tushadi. Olasiz, varaqlaysiz va qiziqib qolasiz. Natijada qanday qilib o’qiganingizni sezmay qolasiz. Mendagi shunday kitob Gogolning “Burun” kitobi bo’ldi. Inglizchasini sovg’a qilishdi. Hajman kichik ushbu kitob absurd-komik hisoblanib, o’zining g’alati uslubi, personajlarning ajabtovurligi bilan ajralib turadi. Qissa boshida ko’pchilik tomonidan bir latifadek qabul qilingan. Keyinchalik 20-asrga kelib esa hayratlanarli san’at asariga aylangan.

Ajib kunlarning birida kollej asessori Kovalyov uyg’onib yuzining burun sohasida silliqlik sezadi. Ya’ni burun joylashgan makon tep-tekis edi. Ha, u burunsiz qolgandi. Tasavvur qiling a, BURUNSIZ. Kuni kecha uylanish niyatida nechtasini ko’z ostiga olib, qanchasini kuydirmoqchi bo’lgan hurmatga ega olg’rimiz endilikda burunsiz bir odamga aylangandi.

Kovalyov o’zini juda yomon his etadi. O’ylab ko’ring-da, tongda uyg’ondingiz va sizning bir parchangiz shunchaki yo’q bo’lib qoldi. Ushbu qissada byurokratiya, tabaqalashuv, poraxo’rliklarni ko’rishga ulguramiz. Shunchaki burun yo’qolganligi haqida xabarni bosish uchun ham sizdan ugina, bizdan bugina deydiganlar borligi va ushbu illat aynan bizning jamiyatda hozirga qadar o’z tomirlarini ajiriq kabi yoyayotganini bilamiz.

Undan tashqari Kovalyovning burni o’z egasini mensimay, kibr bilan o’tib ketganichi?! Voh-Voh-Voh… “it semirsa egasini tanimas ekan”, “burni ko’tarilib ketibdi”, deymizda, nimayam derdik. Ajoyib a? Balki burun sirg’alib qochib, o’z egasini “burnini yerga ishqalamoqchi” bo’lgandir. Nima deysiz?

O’zi kichik qissa bo’lsa-da xayoliy voqealardek ko’rinsa-da hozirga qadar o’z aktualligini yo’qotmagan. O’qing, bir kun ham vaqtingiz ketmaydi.

@mahinsworld
❤‍🔥25🔥10💘6💋4🍓2
2025/07/14 22:39:07
Back to Top
HTML Embed Code: