Telegram Web Link
#new_books

Fevral oyi yangi kitoblarim shu post rasmlarida (hammasi ham emas ekan)

@mahinsworld
O’z olamingda yasha
​​#reading

Hindistonning bo’yoqlarini o’qish, mutolaa davomida xayolan u yerlarda kezish qiziq jarayon. “Shantaram”ni o’qiganimda barsaat mavsumini juda chiroyli tasvirlagandi. Yomg’irning shundog’am xarobalarda arang kun kechirar yo’qsillarning tang ahvoli, xarobalarda barsaat tufali najaslarning oqishi tasvirlangandi. Rosti, Hindistonga borish hozircha orzum va rejamda yo’q. Sababi qo’rqaman. Mualliflarning tasvirlarining o’zi qo’rqitadi.

Mana qariyb 20 kundan beri Rushdiyning “Yarim tun bolalari” asari mutolasidaman. So’zlari, badiiyati, uslubi butkul o’zga dunyo. Qayerlardadir sizni jirkantiradi, qayeridadir o’z haqiqati bilan sizni Hindistonning chirkin hayotiga shafqatsizlarcha uloqtiradi. Masalan, yo’qsillarning farzandi orqasidan kun kechirishi. Asardagi bir qahramonning otasi 10 yashar o’g’lini tilanchilik qilishga undaydi. Ko’proq pul topish niyatida esa oyoqlarini sindirmoqchi bo’ladi. Shafqatsizlik a?

Asarning qoq yarmiga keldim. Rang-baranglik va uslubiyatdan keragidan ortiq miyam yaxshi ma’noda zo’riqyapti.

@mahinsworld
Mahin's World
​​#reading Hindistonning bo’yoqlarini o’qish, mutolaa davomida xayolan u yerlarda kezish qiziq jarayon. “Shantaram”ni o’qiganimda barsaat mavsumini juda chiroyli tasvirlagandi. Yomg’irning shundog’am xarobalarda arang kun kechirar yo’qsillarning tang ahvoli…
Kitobni tugatdim. Ichim bo’m-bo’sh holga tushdi. 22 kun davomida do’stimdek bo’lib qolgandi. Asar haqida batafsil yozaman.

Endi esa navbatdagi sayohat Toni Morrisonning “Beloved”ni boshlayman.
#nimadir

Esingdami o’shanda qizaloq eding. Hayot ko’zinga jo’shqin ko’rinar, moviy va pushtisevar qiz. Xonasining har bir mayda detallarigacha shu rangda bo’lishini istar, o’quv qurollarini-da shu ranglarda olarding. Bolalik. Jo’shqinlik edi o’shanda. Sevimli Hanna Montanani ko’rar, Gadget amakini multfilmi uchun uyga oshiqib yugurarding. Uyga kirarding va badmintonni olgancha ko’chaga qayta choparding.

Esingdami o’shanda ta’tillaringni kutganing. Kattang, tog’angnikiga oshiqqaning. Kattang nima ovqat qilib beray, deb so’raganida “non kovob, qatiqli osh”, derding. Kattang esa kulgancha “ha balam a, kambog’al ovqatlarni tanlaysan a qiynalmasin deb”, derdi. Kularding va quchoqlarding.

Esingdami o’shanda temir yo’ldan quyosh qizdirgan pallada tosh terib kelarding, yerga ishqalab yuvarding va ozgina yog’lagancha besh tosh va chertki o’ynarding. Kattang bilan rosa qiqirlasharding. Kattang turli dostonlarni qo’shiq qilib xirgoyi qilar, afsonalarni aytib berardi. Maqollar yodlatar, kalima qaytarishni o’rgatardi. Hikoyalarni yutoqib tinglarding.

Esingdami o’shanda tolning kichik shabbalarini terib kelarding. Katta senga shoxchani tepasiga tugma bog’lagancha qo’lbola qo’g’irchoq qilib berardi. Sen u qo’g’irchoq tayyor bo’lishini ko’zlaring to’la hayrat bilan kutarding.

Esingdami o’shanda?
@mahinsworld
Yana bir fevral yashaldi
Qish tugadi. Endi bari yaxshi bo’ladi
Turkiston haqida birinchi chex kitobi ekan. Shu kitobdan Turkiston, Markaziy Osiyo haqida ma’lumotlar olingan ekan

@mahinsworld
Buxoro amirligining oxirgi yillarida Buxoroda bo’lgan. Va Afg’oniston orqali Bobmeyga borib, Bombeydagi elchixona orqali yurtiga qaytgan ekan. Aynan shu inson o’z yurtida sharqsunoslikni o’rganishni yo’lga qo’ygan ekan.

@mahinsworld
1-jahon urushida Turkistonga olib kelingan chex harbiy asirlari. Ular o’z yurtiga rus o’lkasi, Sibir, tinch okeani orqali rosa yo’l yurib qaytganakan (hammasi ham emas. Ba’zilar boshqa yo’llar bilan, ba’zilari esa shu yerda uylanib ham qolgan). Qaytganlari xotiralar kitoblarini yozishgan ekan.

@mahinsworld
#new_books


Bir yelka go’zallik olib keldim.

@mahinsworld
Zelenskyy, Trump va Vance’ning qaynoq “suhbat”ini kuzatish odamda turli xil fikr qarama-qarshiliklarini keltirib chiqaryapti. Butun dunyo “debat” nomli nimadirni tomoshasi bilan band.
2025/07/03 05:25:37
Back to Top
HTML Embed Code: