Mutaxassisligimni o'zgartirganman.

ha, men oliy ta'limning chang bosgan ostonasiga qadam tashlayotgan yillar, huuu otam zamonida o'qimoqchi bo'lgan universtitetimga oyoq bosish juda qiyin edi. Harbiylar otni kallasidek ball bilan kelar, kamiga esa birdan "gaplashib" ham kelishi mumkin edi. Topshirmoqchi bo'lgan joyim Diplomatiya bo'lgan. Xullas, u bo'ldi, bu bo'ldi yildan yo'qotmaslik vaji bilan Jahon tillariga topshirtirishdi, To'g'ri-da qiz bola uchun eng muqobil joy. Ja borsa ingliz tilida o'qitimchi bo'ladi, 4 ta tug'adi va bollariyu qo'shnisiga o'rgatadi (chin yurakdan shu o'qishni istaydiganlarni emas, aynan qiz bolaga moydek joy bo'lgani uchun kiritilganlar - bizni davrdagilar haqida aytdim).

Falak aylanib stajyorlikka o'zim orzu qilgan mutaxassislikka topshirdim. 2020-yil edi. Undan keyin esa PhDga (xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi). O'rgandim, o'rganyapman. Mutaxassisligim bo'yicha hisoblasak qariyb 5 yildan ortiq muddatda izlanibman. Yo'q, bu semechka po'choq ekan). Tunov kuni nomutaxassis bo'lganim uchun imtihon topshirgani bordim va ajoyib bir gap eshitdim, o'z tomorqamga qarata. "Kim sizga dissertatsiya yozishga ruxsat berdi?", deyishdi. Muzlab qoldim. Bakalavrda filolog bo'lganim va baribir hech qachon tarix metodologiyasini tushuna olmasligimni yuzimga solgan bo'ldi. Shunda 5 yildan ortiq muddatda o'qib o'rganayotganim va yana o'qishda davom etishimni aytdim. Yo'q, baribir hech qachon tushuna olmas ekanman.

Avvaliga jaxlim chiqdi, keyin esa menga shu gapni aytganga achindim. Jigarlarim, inson hayoti qisqa. Siz esa ana shundaylarning konservativ qarashlarini deb soha o'zgartirolmaslik, mutaxassislik almashtira olmaslik yoki qarashlar/dunyoqarashingiz o'zgarib yangi sohani o'rgana olmaslikni qabul qilmasligingiz kerak. 70 yoshda yangi sohaga kirayotganlar bor. Hayot to'xtamaydi. Biz to'xtamasligimiz kerak. Nafas olar ekanmiz izlanishda, o'rganishda davom etishimiz kerak. Birovga isbotlash, ko'rsatib qo'yish uchun emas, balki ichimizdagi uchqunni o'chirmaslik uchun. 10 kundan beri menga berilgan shu savolni o'ylar ekanman, ayta olamanki - yo'q soha o'zgaritirish, o'zimni sinab ko'rishdan to'xtamayman. Monoton tarzdagi hayot, 50-60 dan qarilikni yelkamga ortib kichiklarga past nazar bilan qaramayman. O'rganaman, yashayman. Ha, aynan yashayman.

To'g'ri bir sohada bardam oyoqda turish uchun uzoq yillik tajriba zarur va muhim. Ammo, bu yangi sohaga uchqun paydo bo'lganida barini boshidan boshlamaslik kerak degani emas. Baribir shu yillar o'tmoqda, shu hayotni yashayapmiz. Yangi sohada ham tik oyoqda mahkam tura olish darajasiga bora olamiz. Faqat to'xtamaslik kerak.

@mahinsworld
Jiyanim Soliha mahalla kutubxonalari ochilganidan beri kutubxonaga qatnaydi. Oylik muhokama uchun tanlangan kitoblarni o’qib, muhokamada qatnashib boradi. Oylik kitoblarini o’zim olib berib turaman. Bola o’qishga qiziqqanda qo’llab-quvvatlash kerak. Iyun oyi uchun Oybekning “Bolalik xotiralarim” kitobi tanlangan. Kecha olib bergandim. Bugun o’qishni boshladi. Mutolaa davomida menga gapirib beradi, fikrlarini bo’lishadi.

Aytmoqchimanki, yoshlar kitob o’qiyapti. O’qimayapti yo shunga o’xshash gaplar bilan barini ayblamaylik.

@mahinsworld
Go’zallarning go’zali bo’lmish ushbu kitoblar kutubxonamga kelib, nazokat-la undan joy olishdi.

@mahinsworld
Hayotivuza o’zivuzani qo’luvuzada

Bir qarashda juda klishe gap. Ikki qarashda esa siyqasi chiqqan so’qima. Uch qarashda ham shunday. Lekin yosh o’tib, odam o’zini bosib olgani va o’z hayotini tahlil qilishga qattiq kirishganida asl mag’zini tushunarkan.

Hayotimiz qo’limizda. Daqiqamiz, soatimiz, kunimiz-u, hayot yillarimiz qanday o’tishini o’zimiz belgilaymiz. Biz qanday yashashni istasak - shunday yashaymiz. Rivojlanishni xohlab, bilim olsak, qiyin vaziyatlarda tin olib, yiqilgan/yiqitishgan joyimizdan changni artgancha to’xtagan joyimizdan davom etsak o’zimizga yaxshi. Tushunaman. Yaxshi bilaman depressiya, apatiya nima ekanini. Qo’l ko’tarishga ham hol bo’lmasligi, odam o’zini individdek, bir qop sabzavotdek his qilishi va hayot qora rangdan ham iborat bo’lmay qolishini - ishoning bor tanam bilan his qila olaman. Ammo qachongacha?

Qachongacha o’z o’tayotgan hayotimizga achinmaymiz. Hayot o’zimizniki. Nafas olar ekanmiz - yashashimiz kerak. Shu qarorga keldim. Hayotda to’liq yashashim kerak. Agar apatiya holga tushsam, dam oladigan, o’zimni eshitishni boshladim. Ishlashim kerakligida, tarjimalarim bo’lsa o’tiraman va qilaman.

O’zimizni qabul qilmas ekanmiz, eshitmas ekanmiz hayotimizni qo’limizga ololmaymiz. Tizginini yo’qotamiz va haqiqatda bir qop so’ligan sholg’om bo’lamiz. Shunchaki turishimiz, yashashimiz kerak. Aytganimdek bu oddiy va qaytariladigan gap. Mag’zini esa har bir inson turlicha chaqadi.

Shunchaki aytarim esa - hayotingizni qo’lingizga oling. Agar hozir chuqur depressiv holda bo’lsangiz, apatiya sizni tark etmayotgan bo’lsa bir muddat o’zingiz vaqt bering va yashang. Vaqt, umringiz o’tyapti. Har qanaqa vaziyatda ham shu hayotimizni yashayapmiz, kunimiz va umrimiz o’tyapti. Shu umrni munosib yashaylik.

Har biringizni quchib qoluvchi Mahin
@mahinsworld
​​#book_review
#specialty

Ayşe Zarakol Cambridge'da IR (Xalqaro munosabatlar)dan dars beruvchi mutaxassis hisoblanib, uning tadqiqotlari Sharq dunyo tartiboti (world order), xalqaro munosabatlarini o'z ichiga qamrab oladi. "Before the West: The Rise and Fall of Eastern World Orders" 2 qism va 7 bobdan iborat. Kitobni ochar ekansiz sizni eng birinchi Chingizxon o'z yurishlari, bosib olish, sarhadlarni kengaytirishi kutib oladi. Keyinroq esa o'z sarhadlarini 4ga bo'lib bergani va aynan shu 4ga bo'lingan yerlar o'sha zamondagi Sharq dunyo tartiborini belgilab ketganini tahlil qiladi.

Aynan shu 4ga bo'lingan dunyo tartiboti qaysidir ma'noda bugungi kunda ham o'z ta'sirini o'tkazishi va ma'lum jihatlardan aynan shu tartibot muhim ekanini nazariyalar bilan tushuntiradi. Chingizxon yaratgan dunyo tartiboti mahsulot, san'at va boshqa narsalar almashinuvida katta rol o'ynagan.

Chingizxon, uning avlodlaridan keyin esa qisqacha Timuriylarga, undan keyin esa Usmoniylar, Saffaviylar hamda Boburiylarga to'xtatlgan. Bir qarashda xuddiki siz chaynalib ketgan tarixni qisqa formatda o'qiyotgandek taassurotda bo'lasiz. Ammo, aynan shu imperiyalar, imperiyalarning takrorlanmas qirollari, qirollarning tashqi siyosatni saqlab qolishda foydalangan instrumentlarini o'qib, haaa deysiz. Masalan, muallif Chingizxonlarning siyosatlaridan biri qizlarini hamkorlariga uzatish deb misol keltirib ketadi.

Ayse Zarakol mo‘g‘ullar davridan to Usmonlilargacha bo‘lgan xalqaro siyosiy tizimlar o‘ziga xos legitimlik, tartib va diplomatik mexanizmlarga ega bo‘lgan, deya ta'kidlaydi. Zarakol bu tizimlarni "Sharqiy xalqaro tartiblar" deb ataydi. Uning aytishicha olimlar dunyo tartiboti G'arbdan boshlangan, hamma tadqiqot qilganida birinchi Westphaliandan boshlaydi, biroq Sharqda ham dunyo tartibotlari, qonunlar, suverenlik, legitimlilik, xaqlaro munosabatlarga e'tibor bo'lgan. Sharq haqida gapirganda odatda tribe deya atashadi, ammo ularni ham House deyish kerak, deb tahlil qiladi.

Kitobni o'qir ekansiz muallifning tili zerikarli, ko'p qaytarilayotgandek tuyuladi. Biroq, 6-bobda barcha ma'lumot hamda tahlillarni joy-joyiga qo'yib, sizga taqdim etadi. O'qib ko'ring. Ushbu kitob (darslik) o'z sohasiga yangi mintaqaviy nazariya olib kirgan.

@mahinsworld
Mo’jizam

Qo’g’irchog’im Yusufim hayotimizga kirganiga bugun 2 yil bo’ldi. Yusuf hayotimda paydo bo’lgunicha vaqt, umrim o’tishini to’liq his qilmasdim. Haqiqiy baxt, quvonchni ham. O’z hayotim o’zimning qo’limda, istaganimcha uni o’ynatib, mensimay, xor qilib yurgan bir bola edim. Mo’jizam bilan tanishganimdan keyin bari o’zgardi. Endilikda umrimga, hayotim-u, nafasimga mas’uliyatli bo’lishim, endilikda Yusuf ismli bir muhabbat uchun hech qachon to’xtamasligim kerakligini tushunib yetdim.

Mas’uliyat, sabrni o’rgandim. Qo’l siltashga sira haqqim yo’qligini angladim. Och bo’lsam ham yemay bolam uchun ovqat pishirishim kerakligi, uning usti but bo’lganida ustimdagi eski kiyimlarim ortiq xafagarchilik tug’dirmasligini bildim.

Mo’jizam shu qadar ko’p narsa o’rgatdi va o’rgatyaptiki bunday ustozni umrimning shu onigacha uchratmaganimni tushundim. Bola - ustoz. U donishmand. Bola - mo’jiza. U qanday yashashni, biz qanday yashashimiz kerakligini biladi. Unga erkinlik, muhabbat, e’tibor va mehr kerak. Biz balki senga Yusufim tillalarni boshingdan sochmayotgan bo’lishimiz mumkin, ammo bilginki bu dunyoda eng bebaho ERKINLIKni taqdim etdik.

Sen mutlaqo erkinsan. Istagan kasbni tanlashing, xohlagan insoningni sevishing mumkin. Xohlagancha nafas olishing, har qanday ichingdagi sirlar-u, bebaho gaplaringni ayta olasan. Biz eshitamiz, bag’rimizga bosamiz. Va hech seni yaxshi ko’rishimizni o’zinga aytishdan to’xtamaymiz.

Bizga berayotgan har bir kulging va mehring uchun rahmat. 2 yosh - bu hali endi boshlanishi. Bu hayotda 2 yildan yashayotgan bo’lishinga qaramay bizdan-da aqllisan. Boringa doim shukr aytamiz. 2 yoshing muborak Mo’jizam, kichkina shahzodam Yusuf🖤

@mahinsworld
Unutish. Zap g’aroyib so’z-da! Ham dahshat, ham taskin, ham ro’yo mujassam. Unutmasdan kim yashay oladi? Ammo kim ham istaganini unuta oladi? Yurakni pora-pora qilguvchi xotiralar quyqasi. Yo’qotadigan narsasi qolmagan insongina ozod bo’la oladi.

“Zafar darvozasi” Erix Mariya Remark

@mahinsworld
Xojiakbar Ruzmetov - Seni osmonimga olib ketaman (cover) (Official…
NevoMusic
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan so’ylamay bo’lmas.

@mahinsworld
Yulduz Usmonova - Seni osmonimga olib ketaman [www.Bisyor.net]
♬@Giza_010
O`ylamay deymanu o`ylamay bo`lmas,
O`tsang sen tomon bir bo`ylamay bo`lmas.

@mahinsworld
​​#book_review

Tasavvur qiling. Yashayapsiz. Hayotdan nafas olyapsiz. Rejalar, o’rtoqlar, uyga vazifalar. Bari bari sizda bor. Ammo. Bir kun tushunib yetganingizda, anglaningda siz shunchaki kimningdir kloni bo’lib chiqasiz. Qaysidir bir insonning shunchaki kerak bo’lib qolganda sizdan oladigan organlarini tashib yuruvchi ekanini bilasiz.

Bu spoyler emas, yo’q. Bu haqda ilk sahifalarda bo’lmasa ham lekin mutolaa jarayonida sizni uzoq kuttirmay aytadigan joylarida bor. Kitobni ochar ekanmiz Keti ismli asar bosh qahramoni, narratoriga duch kelamiz. U Heylshem deb atalmish makonda yashar, do’stlari davrasida kun kechirib yurgan qiz edi.

Biz asarni o’qir ekanmiz, mutolaa dinamik tarzda ro’y bermaydi. Kitobning 1-qismi nisbatan tezroq, qolgan 2 ta qismi esa og’ir o’qiladi. O’qish qiyin bo’lmasa-da u yerdagi voqealar yurak bag’rni ezib tashlaydi. Insoniyat shu darajaga bora oladimi? O’z joni uchun nafas olar klon yaratishi, ularning orzu-umidlarini payhon qilish kuchiga egami?

Antiutopiya bo’lgan bu kitob aynan shu janr oshuftalarini aniq befarq qoldirmaydi. Muallifning sokin tili, o’quvchini yakunga tayyorlab borishi juda yoqimli. Ayniqsa sokinligi. O’qing. Yoqadi degan umiddaman.

@mahinsworld
Munosabatlar uzoq yillik mehnatni talab qiladi

Siz kim bilandir tanishasiz, sevishasiz. Ma’lum muddat o’tib nasib qilsa oila qurasiz. Ana shundagina siz o’sha insonni haqiqatda “tanish”ni boshlaysiz. Boshida buket periodi bo’ladi. Bir-biriga go’zal ko’rinish, tinimsiz parvarishlashga urinishlar. Ammo, bu resurs ma’lum muddat o’tganidan keyin tugab bitadi. Energiya kamayadi. Reallikka qaytiladi. Reallikda - o’qish, ish, uy va hkzlar mavjuddir.

Shunda ikki inson bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Avvaliga qalban, ma’lum muddatdan keyin esa jismonan. Buning natijasida bir tom ostida yashovchilar paydo bo’ladi. Na his va na muhabnat, na yurak dukirlashi, na qandaydir yoqimli sovg’alar. Hech narsa. Bo’shliq. Munosabatlarni sog’lom, bir maromda ushlab turish qiyin narsa. Odatda ko’pchilik muloqotga kirishish kerak deydi. Ammo, shu muloqot ham erish tuyulishi, kommunikatsiyaga kirilganda to’xtovsiz xafagarchiliklar, o’tmishdagi gaplar yo bo’lmasa ikki inson munosabatidan tashqaridagi uchinchi shaxslar haqidagi nolishlar to’kilishi mumkin. Bu insonni charchatadi. Munosabatlarga putur yetadi. Keyin esa yamasa ham bitmaydigan, quroqsimon partnerlar paydo bo’ladi.

Ana shu holga kelib qolmang. Doim eshiting, gapiring, seving va seviling. Hech bo’lmasa haftada bir bor miriqib suhbatlashing. Soatlab gaplashing. Ko’zlariga tikiling. Seving va seviling. Zero, shu hayotda baribir yashayapmiz. Hayotimizga, o’zimizga yarashiqli, go’zal yashaylik.

@mahinsworld
Qaysidir yozuvchi yaratgan dunyo yoqsa, u dunyoga yozuvchini o’z tili bilan kirishni istarkan odam

@mahinsworld
Yaqin orada sotib olingan kitoblar.

@mahinsworld
Mahin's World
Yaqin orada sotib olingan kitoblar. @mahinsworld
Tanqidchilar fikricha 21-asrning eng muhim asarlaridan biri hisoblanarkan. Kitob 5 qismdan iborat va har bir qism turli janrda yozilgan. Asar muallif vafotidan keyin chop etilgan. Juda qiziq bo’lishi kerak.

@mahinsworld
​​Bundan 2 yil oldin blogimga o’zim hurmat qiladigan bir opam orzusi bo’lmish kutubxonani o’z qishloqlarida ochayotganlari haqida yozgandim. U kutubxona muvaffaqiyatli ochilgani, undan keyin esa Toshkentda 100dan ortiq mahalla kutubxonalari barpo etilgani haqida bilganlar bor, bilmaganlar bor. O’zimning Soliha jiyanim ana shu mahalla kutubxonalaridan biriga qatnaydi, oy muhokamalarida ishtirok etadi. O’zim ham kuzatib boraman ko’plab insonlar, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lganlar kitobga oshno bo’lishyapti. Bundan 4 yil oldin gazeta.uz ga kutubxonalar tobora kamayib borayotgani haqida gapirgandim. Ana endi kanalimga kutubxonalar ko’payayotgani haqida bemalol yoza olaman. Mahalla kutubxonalari tobora kengaymoqda, hozirda 116 ta kutubxonalar tashkil etildi va bu raqamlar to’xtamadi.

“Mahalla kutubxonasi” ni kuzatib boring, a’zo bo’ling, oy muhokamalarida qatnashing. Tavsiya qilaman
Prinsiplikman deyishadi, ammo prinsipdan asar ham yo’q. Manfaatparastlik qursin!

@mahinsworld
​​#book_review

Poetik til, sokinlik, soddalik ila bitilgan ammo ruhiy tushkunlikka yetaklaydigan metaforalar - bularning Han Kangdir. U yozgan "Human acts", "The Vegetarian" asarlaridan keyin oshuftasiga aylandim. Hali tandirdan uzilgan tafti ketmasidanoq yangi "We don't apat"ni o'qishga tutindim.

Kitobni ochganimda tanish havo kelib urildi. O'sha sokinlik, allalaydigan tovush eshitilgandek bo'ldi. Xazin ovoz, past notalarga qorishib ketgan, siniq bir kayfiyatdagi ayol qarshimda dahshatlarga to'lgan o'tmishini gapirib berardi.

Ha, Han Kang bu safar ham Koreya tarixiga murojaat qiladi. Uning murojaati shunchaki tarixiy-badiiy asarlarga o'xshamaydi. Siz tinimsiz faktlarga duch kelavermaysiz, balki ana shu fakt va bo'lgan voqeaga insonlar boshidan kechirgan qaqshatqich xotiralar yetaklaydi. Qahramonlar o'z ko'zlari ila ko'rgan dahshatni gapirar ekan ko'zingizdan tinimsiz yosh oqadi. O'smir o'g'il bolalarni qishloqlardan terib olishgani, avvaliga qamoqqa otishganlari, keyinroq esa badani qilt etmay shaxtalarda otib tashlashganini o'qib ko'zingizda yosh qotib qoladi.

Urush dahshat, urush haqida o'qir ekanmiz qo'rqa boshlaymiz: bugunimizdan, kelajakdan bari-baridan hayiqamiz. Hokimiyatdagilar yoki ojiz xalqdan 1 karra kuchi va qudrati ko'plar avomning ustidan o'tkazgan zahmatdan qonimiz qaynaydi.

1950–1953-yillardagi Koreya, ikki qutb, turli siyosiy jarayonlar. Ushbu jarayonlarni olib borayotgan va sababchi bo'layotganlar, zo'rlanishlarga uchraydigan, qishloqlarni yoppasiga yoqib yuboradigan, yoqib yuborilgan qishloqlardan qochganlar bormikan deya qochoqlarni qaytishini kutib, ularni shunchaki o'ldirib yuborayotgan quturganlar - inson qo'lida qolgan hokimiyat, taxt uchun kurash, illo faqat taxt emas, shunchaki kattalar tomonidan olib boriladigan siyosatning qurbonlari - bari shu asarda.

O'qing. Han Kangni men doim tavsiya qilganman.
@mahinsworld
2025/06/26 09:02:48
Back to Top
HTML Embed Code: