Telegram Web Link
Shunday bir latifa aytginki, bir oʻqib – kulay, ikkinchi bor oʻqib – yigʻlay.

Latifa – suratda.

Rasm Facebookʼdan olindi.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Suratda – Jirona shahar kengashi binosi hovlisidagi kutish ayvonchasi.

Shahar kengashi Oʻzbekistondagi FHDYOlarning vazifasini bajaradi: tugʻilganlik, oʻlim, nikoh kabi fuqarolik holatlarini qayd etadi.

Virus sababli kengashga kelganlar oʻz navbatini tashqarida – ayvonchada kutishga majbur.

Tashqari sovuq boʻlgani uchun ayvonchaga isitkichlar oʻrnatib qoʻyishibdi. Suratda aks etgan soyabon shaklidagi chiroqqa oʻxshash moslamalar – isitkich. Atrofga yetarlicha issiqlik tarqatarkan.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Yozda Jironadagi uyimiz orqasidan oqib oʻtuvchi Onyar daryosining suvi nihoyatda kamligi, u daryodan koʻra koʻproq anhorga oʻxshashi haqida yozgandim.

Kuz kelib, yogʻingarchilik boshlangach, Onyar daryosidagi suv ham koʻpayib qoldi – toʻlib oqyapti.

Yogʻingarchilik vaqti shahar koʻchalarini suvga gʻarq boʻlishining oldini olishda mazkur daryo muhim rol oʻynarkan.

Koʻchalardagi suv shu daryoga oqib tushar (bu uchun quvur va usti berk ariqlardan iborat alohida tizim qilingan) va shu sababli ham yogʻingarchilik boshlanishi bilan daryo suvining sathi ancha koʻtarilib qolarkan.

Suratda Onyar daryosining bugungi qiyofasi.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Mana, qish ham kirib keldi. O'zbekistonda yana gazsizlik, elektrsizlik muammosi avjida.

Har safar qish yaqinlashganda "Zamonaviy ertagim" esimga tushadi. Ertak she'riy shaklda. Quyida o'qishingiz mumkin:

👉 Lotin yozuvida o'qish

👉 Кирилл ёзувида ўқиш

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Kanadada tahsil olish istagida boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun yoqimsiz xabar bor: Kanadaning eng nufuzli grantlaridan biri – Study in Canada dasturi 2021-yildan boshlab oʻzbek talabalarga grant ajratmaydigan boʻldi.

Mazkur grant talabaga yillik 60 ming Kanada dollari stipendiya berishni nazarda tutardi.

2021-yildan boshlab hujjat qabul qilinuvchi davlatlar soni keskin qisqargan, ko'p davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bunday davlatlar roʻyxatidan chiqarilgan.

Bundan tashqari, endilikda mazkur grant faqat qisqa muddatli almashinuv dasturlariga ajratiladigan bo'ldi.

Hozirda Osiyodan faqat Bangladesh, Nepal va Tayvan fuqarolari mazkur grantga ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinadigan davlatlarning toʻliq roʻyxati quyidagi suratda keltirilgan.

Oʻzbekiston roʻyxatdan chiqarilishidan oldin ushbu nufuzli grantni qoʻlga kiritgan va hozirda Kanadada tahsil olayotgan hamyurtlarimiz mavjud.

Shunday hamyurtlarimizdan biri bilan Grantlar.uz jamoasi suhbat uyushtirgandi. Suhbatni SHU YERDA oʻqishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Xitoyning raqamlashganlik darajasi haqida ilk bor oʻtgan yili batafsilroq maʼlumot oʻqigandim – meni hayratga solgan.

Iqtisod, nazorat, insonlar kundalik hayotining raqamlashtirilgani borasida Xitoy dunyoda yetakchilik qiladi.

Xitoy jamiyatida raqamlashish qay darajada ekanini tasavvur qilish uchun oddiy bir faktni esga olish yetarli: Xitoyda hattoki tilanchilar ham Alipay yoki WeChat hisoblari koʻrsatilgan taxtachalar bilan sadaqa soʻraydi. Naqd pul soʻrash tilanchilar uchun ham “eskilik sarqiti”.

WeChat xitoyliklarning kundalik hayotidagi eng mayda iqtisodiy amallarigacha kirib borgan: xaridlar, safarlar, ovqat, yoʻl chiptalari, kinoteatrga chiptalari toʻlovlari va istalgan kishi har kuni amalga oshirishi mumkin boʻlgan boshqa pullik operatsiyalar uchun toʻlov WeChat orqali qilinadi.

Virtual toʻlovlarning ommalashishi natijasida naqd pulning ahamiyati tobora pasayib bormoqda. Bu esa oʻgʻirlik, bosqinchilik kabi jinoyatlar sonini pasaytirgani aytiladi.

Shuningdek, virtual pullar bu kabi jinoyatlarni ayrim hollarda foydasiz ham qilib qoʻymoqda. Masalan, Kai-Fu Li oʻzining “Sunʼiy intellektning super qudrati (AI Superpowers)” kitobida bir real voqeani keltirib oʻtadi:

Ikki nafar bosqinchi badavlat Xanchjou shahrida uchta uzluksiz ishlaydigan doʻkonni oʻmarib ketadi. Doʻkonda mahsulotlar koʻp boʻlgan, biroq pul deyarli boʻlmagan – doʻkon egalari mobil toʻlovlardan foydalangan. Bosqinchilarni qoʻlga olishganda, oʻgʻirlik orqali ularning har biri bor-yoʻgʻi 125 dollardan pul olgani maʼlum boʻlgan.

Oʻzbekistonda ham raqamlashtirish sekinlik bilan rivojlanyapti. Ayniqsa, 2020-yil – “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga toʻgʻri kelib qolgan koronavirus bir qancha sohalarda raqamashtirishni maʼlum darajda majburan tezlashtirib yubordi. Click, Payme kabi ilovalar sharofati bilan naqdsiz toʻlovlar koʻlami kengayib boryapti.

Lekin raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida men uchun eng esda qolarli voqea – Milliy bankka email yozib, emailimni oʻqishgan yoki oʻqishmaganini telefon orqali soʻrattirish boʻldi. Eslasam, hozir ham kulaman.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Qish kelgan bo'lsa-da, hali Jironani kuz kayfiyati tark etib ulgurmadi. Ayrim kunlar quyoshli bo'lyapti. Daraxtdagi barglar ham to'kilishga shoshilayotgani yo'q.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Baʼzi davlatlarning kino sanʼatida dublyaj yoʻq. Masalan, Sloveniya va Myanmarda xorijiy tildagi kinolar mahalliy tilda dublyaj qilinmaydi. Dublyaj oʻrniga subtitrdan foydalanishadi.

Aytaylik, Sloveniyadagi kanallardan birida turk filmi qoʻyilyapti. Film qahramonlari turk tilida gapiraveradi, tagida slovencha subtitr beriladi.

Myanmarda ham shunday. Balki bunday davlatlar yana bordir, lekin men bilganlarim shular.

Rafiqamning Sara degan sloveniyalik kursdoshi bor. U Ispaniyada ham dublyaj borligini bilgach, hayron qolganini aytadi.

“Italyanlar dublyaj qilishini bilardim va ular haqida “ahmoqlar, ingliz yoki turk odamni italyancha gapirtirganlaring nimasi” deb oʻylardim”, – deydi Sara.

Ispaniyaga kelgan ilk kunlarida xonadoshlaridan biri turk serialini koʻrayotganiga koʻzi tushgan ekan. “Qarasam, turklar ispancha gapiryapti. Juda gʻalati tuyuldi”, – deydi u.

Menga ularning davlatida dublyajning yoʻqligi gʻalati tuyuldi. Kinoni subtitr bilan koʻrish har doim ham oson emas. Ayniqsa, aktyorlar jahl qilgan yoki hayajonlanganda tez gapirib tashlasa: aktyorning yuz ifodalariga qaraysizmi, u jahl qilayotgan odamning reaksiyasiga eʼtibor qilasizmi yoki yashin tezligida chiqayotgan yozuvlarni oʻqiysizmi.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Troll.uz kanalida hozirda O'zbekistonda (Toshkentda bo'lsa kerak) mandarin narxi 58 ming so'm ekani aks etgan rasm joylanibdi.

Biz ham mandarin ishqibozimiz. Ispaniyada deyarli har hafta 3-4 kilo mandarin olamiz.

Mandarin narxi bu yerda arzonroq, chunki Ispaniyaning o'zida mandarin yetishtiriladi

Men bozorlik qiladigan supermarketda ikki xil mandarin bor. Ularning narxidan boshqa qanday farqi borligini bilmayman ochig'i.

Arzonining bir kilosi - 1,09 yevro (taxminan 13 ming 800 so'm).

Qimmatroq mandarinning kilosi - 1,49 yevro (taxminan 18 ming 850 so'm). Aynan qaysi davlatdan keltirilganiga e'tibor bermagan ekanman.

Bu narxlar men bozorlik qiladigan supermarketniki. Boshqa supermarketlarda bir oz farq bo'lishi mumkin.

Ispaniyadan O'zbekistonga mandarin eksport qilsam, boyib ketaman, shekilli. ;)

Aytgancha, Siz bilgan supermarket yoki bozorlarda mandarin narxi qancha?

P.S. Suratda 1,49 yevrolik mandarin.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Pandemiya davrida ish hajmi keskin qisqargan sayyohlik firmalari va boshqa kompaniyalar Amazonʼda onlayn xizmatlarini taklif qilishi mumkin.

12 milliondan ortiq turdagi mahsulotlarni taklif etuvchi Amazon pandemiyadan foydalanib, taassurotlar ham sotishni boshlabdi. Platforma nomi Amazon Explore, u yerda dunyoning turli shaharlarida jonli virtual turlarga chiqishingiz, kulinariya, kulolchilik, geografiya va hokazolar haqida jonli onlayn darslar xarid qilishingiz, hattoki uyingizdan chiqmasdan Yaponiyada yoki Xitoyda shopping (bozor) qilishingiz mumkin.

Oʻzbekistonda gidlar, turoperator firmalar hali ham ishsiz. Qachon yana avvalgidek minglab sayyohlarga xizmat koʻrsata olishi nomaʼlum. Ular uchun Amazon Explore qisman yechim boʻlishi mumkin.

Buning uchun saytga kirib Become a host (Mezbon boʻlish) tugmasini bosasiz, ariza sahifasida soʻralgan maʼlumotlarni toʻldirasiz va Amazonʼga yuborasiz.

Afsuski, individual shaxslar mezbon boʻlolmas ekan. Rasman tur kompaniya yoki boshqa taassurot/hunar oʻrgatadigan firma boʻlishingiz va saytingiz boʻlishi talab etiladi.

Oʻzbekiston sharoitida kimlar mezbon boʻlish uchun ariza topshirishi mumkin?

– Turoperator firmalar
– Suvenirlar, gilamlar, ikat matolar ishlab chiqaruvchi/sotuvchi doʻkonlar
– Milliy taomlar restoranlari
– Kulolchilik maktablari

Platformada quyidagi taassurotlarni sotishingiz mumkin:

– Jonli virtual turlar. Samarqand, Buxoro, Xivadagi obidalar boʻshab qolgan. Hech kim oldingizni toʻsmaydi. Chiroyli kadrlar chiqadi.

– Milliy taomlarimizni pishirishni oʻrgatish. Jonli virtual dars.

– Kulolchilik, gilam toʻqish, kashta toʻqish va boshqa antiqa hunarlarni oʻrgatish. Jonli virtual dars.

– Mijoz bilan Chorsu, Siyob kabi bozorlar yoki Kanishka, Bibixonim va boshqa milliy mahsulotlarni chiroyli tikib sotadigan doʻkonlarda shopping qilish. Jonli virtual tarzda.

Virtual taassurotlarni yaratish uchun nimalar kerak boʻladi?

Bunda sizga quyidagilar kerak boʻladi:
– Kamerasi yaxshi telefon yoki telefonga ulanadigan sifatli kamera
– Sifatli mikrofon
– Tripod yoki uning oʻrnini bosuvchi vosita/shaxs.
– Birorta xorijiy tilda erkin soʻzlashish koʻnikmasi va mahsulotingiz haqida qiziqarli hikoyalar.

Menimcha, asosiy ish qurollari shular. Jarayonda yordami tegadigan boshqa anjomlardan ham foydalanish mumkin.

Firmam ham, saytim ham yoʻq. Xizmatimni qanday sotsam boʻladi?

Agar gid yoki individual oshpaz boʻlsangiz, sohangizda sifatli xizmat koʻrsatadigan biznes (kompaniya)ga murojaat qilib, birga ishlashni taklif qilib koʻring.

Oʻylashimcha, virtual taassurotlarning xaridorlari doim boʻladi, pandemiyadan keyin ham. Chunki uydan chiqmasdan yangi narsalarni oʻrganishni istaydiganlar har doim topiladi.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Oxirgi bir necha kun ichida Ispaniyaning yarmini ogʻir qor va kuchli boʻron egalladi.

Shuningdek, 2021-yilning 7-yavnarida Leon provinsiyasida Ispaniya tarixidagi eng sovuq ob-havo qayd etildi: -35,8 daraja sovuq. Sovuqdan muzlab oʻlgan uysizlar ham bor.

Lekin ayni damda biz yashab turgan Jirona shahrida hozirgacha qor yoqqani yoʻq, havo ham oʻta sovib ketmadi. Eng sovuq tunlari -5 darajada atrofida boʻldi, adashmasam.

Shunday qilib, Osiyo quyoshining sharofatida bilan, soʻngi 3 yildan beri normal qor koʻrganimiz yoʻq. Oxirgi 3 yil ichida bir marta – Sloveniya poytaxti Lyublyanada bir ozgina qor yogʻgandi, xolos.

Suratda Jirona, bugun olingan.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi maʼnaviy” asarida shunday hikoya keltiriladi:

“Bir kun magʻrur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirgʻoqqa oʻtmoqchi boʻldi. Sohilda yoʻlovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi.

Olim qayiqqa oʻtirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan soʻradi:

— Sen hech nahv (grammatika) oʻqiganmisan?

Yoʻq men johil bir qayiqchiman.

Olim:

— E voh, juda xafa boʻldim. Demak yarim umring behuda oʻtibdi, deya achinib qayiqchiga qaradi.

Shu vaqt dovul turdi. Keyin qayiq dengizning oʻrtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Boʻron borgan sayin kuchayar, qayiq esa choʻkish arafasida edi. Shu vaqt qoʻrquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi soʻradi:

— Ey, har narsani bilgan olim doʻstim. Suzishni bilasanmi?

Yoʻq javobini olgan qayiqchi:

— Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki bir ozdan keyin qayigʻim choʻkadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qoʻrqmasdan dengizga sakra, – dedi”.

Shu hikoyani oʻqisam, birinchi boʻlib xayolimga oʻzbek jamiyati keladi. Bu jamiyatda ham ilm-fan hech boʻlmaganda ikkinchi darajali hisoblanadi (yoki yana-da quyiroq) – xoh u til ilmi boʻlsin, xoh iqtisod ilmi, xoh boshqa. Chunki jamiyat dengizda suzib borayotgan qayiq misoli. Dengiz esa dovulga to'la.

Qoyilmaqom muomala (zarur payti maddohlik), tanish-bilish orttirish, kerakli vaqtda pora berish va, hatto pora ola bilish kabi qoidalar esa birinchi darajalidir. Ayrim hollarda bular omon qolish shartlariga aylanadi.

Albatta, inson baʼzi hollarda bu qoidalarga amal qilishni rad etishi mumkin, lekin bunday rad etish muayyan darajada qandaydir qulaylik, imkoniyat va xotirjamlikning yoʻqotilishi, ortiqcha bosh ogʻrigʻi orttirib olish evaziga amalga oshiriladi.

Jamiyatda muomalani “qiyib yuborsangiz”, insonlarning ichiga kirib, tanishlarni orttirib tashlasangiz, oʻz oʻrnida kerakli shaklda tashqaridan u qadar poraga oʻxshamaydigan poralarni tuhfa etsangiz va shunday poralarni mahorat bilan qabul qila olsangiz, jamiyatda muvaffaqiyat qozonishingiz 90% hollarda kafolatlangan.

Lekin bu kabi xislatlardan xoli boʻlgan, faqat ilmi boʻlgan odamning oʻzbek jamiyatida muvaffaqiyat qozonishi imkonsiz yoki juda qiyin kechadi.

Ham biror sohada ilmga, ham yuqoridagi xislatlarga ega boʻlsangiz, oʻzbek jamiyatida siz hal qila olmaydigan masala yoʻq hisobi.

Aslida, bunday holat har bir jamiyatda mavjud. Faqat qoidalar va ularning darajalari jamiyatlarga qarab farq qilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Bundan 5 oycha oldin talabalar va oʻqituvchilarga ijaraga olish uchun kvartira topishga yordam beruvchi xizmat haqida va bunday xizmatning Oʻzbekistonda joriy etilish masalasi toʻgʻrisida yozgandim.

Oʻsha payt Oʻzbekistonda virus avjida edi, keyin talabalar onlayn oʻqiydigan boʻldi. Mana, oflayn darslar boshlanib, shu masala yana yuzaga chiqdi: talaba Toshkentga keladi, kvartira topilmaydi, topilgani astronomik ijara haqi talab qiladi.

2 kun oldin shunday platforma yuzasidan Xushnudbek Xudoyberdiyev ham oʻz fikrlarini bildiribdi.

Shunday platformaga jiddiy kirishaverish kerak (Vazirlikmi, Yoshlar ishlari agentligimi yoki boshqa tashkilot bosh boʻlib). Bu talabalarning maʼlum qismini sarsongarchilikdan xalos qiladi.

Hali pandemiya tugab, sayyohlarni chorlash kampaniyasining boshlanishi, kvartirasini Airbnb.com kabi xizmatlar orqali sayyohlarga ijaraga beruvchi aholi sonining oshishi kutib turibdi bu bechora talabalarni. Bu masalaga keyinroq batafsilroq toʻxtalaman.

P.S. Yevropadagi shunday platformalar haqida yozganimdan keyin Yoshlar ishlari agentligi vakillari menga yozib, turli maʼlumotlar soʻragandi. Balki harakatni boshlashgandir ham. Yana kim bilsin.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Dunyodagi ilk “samoviy mehmonxona” 2021-yili faoliyatini boshlaydi va 2022-yildan boshlab sayyoh mehmonlarni qabul qiladi, – deb taʼkidlayapti AQSHdagi Orion Span kompaniyasi.

Kompaniya soʻzlariga koʻra, Aurora Station deb nomlangan mazkur mehmonxona Yerdan 320 kilometr balandlikda boʻladi va 6 kishini sigʻdira oladi (2 nafar ekipaj aʼzosi hamda 4 nafar mehmon).

Mehmonlarga mehmonxonaga 12 kunlik sayohat taklif qilishi rejalashtirilgan. Mehmonxonada tortishish kuchi boʻlmaydi va mehmonlar ichkarida uchib yuradi hamda Yer sharini tepadan tomosha qilishlari mumkin.

Mehmonxona 90 daqiqada Yer sharini toʻliq aylanib chiqadi, yaʼni yoʻlovchilar 24 soat ichida 16 marta quyoshning chiqishi va botishini koʻrishi mumkin boʻladi.

Lekin bu sayohatning narxini eshitsangiz qorningiz ogʻrib qolishi mumkin: 12 kunlik sayohat 1 kishi uchun 9,5 million dollardan boshlanadi.

Narx ichiga mehmonlarni tayyorlash, mehmonxonaga olib borish va qaytarib kelish, oziq-ovqat va sayohat davomidagi barcha sharoitlar kiritilgan.

Kompaniya hatto sayohat uchun buyurtmalarni ham qabul qila boshlagan. Oldindan joy band qilish (sayohat sanalari) uchun hozirdan 80 ming AQSH dollari depozit qoʻyish talab etiladi.

9,5 million dollaringiz boʻlsa, BU YERGA kirib, 80 ming dollar depozit qoʻyib, mehmonxonaga sayohat uchun joy band qilib qoʻysangiz boʻladi.

Qalay, yoqdimi? Shoshmang, bu hali holva edi, asosiy taom endi keladi.

Yaqindagina Orbital Assembly Corporation (OAC) 2025-yili jami 400 kishini (!) sigʻdira oladigan koinot mehmonxonasini qurishni boshlashini eʼlon qildi. Qurilish 2027-yili nihoyasiga yetadi, deydi kompaniya.

Aurora Stationʼdan farqli ravishda,OAC mehmonxonasida tortishish kuchi xuddi Yerdagi kabi boʻladi va u restoranlar, kinoteatr, spa-salon va alohida xonalarga ega boʻladi. Bu mazkur mehmonxonaning Aurora Stationʼga qaraganda ancha serhasham boʻlishini bildiradi.

Shakli oʻzimizning eshak arava gʻildiragiga oʻxshash mazkur mehmonxona jami 24 boʻlmadan iborat boʻlib, ularning ichida sport zali, oshxona, restoran, bar va boshqa sharoitlar ham mavjud boʻladi. Boʻlmalar kishilar yoki hukumatlarga ijaraga berilishi yoxud sotilishi mumkin.

Masalan, kishilar xususiy villa sifatida bitta boʻlmani xarid qilishi yoki spa-salon, kinoteatr va boshqalarga ega oʻz mehmonxonasini yaratish uchun bir nechta boʻlmalarni xarid qilishi mumkin boʻladi, deydi OAC vakillari.

Quyidagi suratda - OAC mehmonxonasi ko'rinishi.

Boʻldi. Endi svet oʻchib qolmasdan, turib telefon-pelefonlaringizni zaryadga qoʻyib oling. Hali BU YERDA keltirilgan OAC mehmonxonasi videosini ham koʻrishni xohlab qolishingiz mumkin, axir.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Kecha Yer orbitasida qurilishi rejalashtirilgan dastlabki mehmonxonalar haqida yozgandim.

Bu mehmonxonalar inson ilk bor Yer orbitasini aylanib chiqishga muvaffaq boʻlganidan (Yuriy Gagarin, 1961-yil 12-aprel) beri bor-yoʻgʻi 60 yil oʻtib bunyod etilyapti. Bir insonning umriga teng vaqtda koinotni egallash borasida shu qadar yirik oʻzgarishlar kuzatildi.

Yaqin kelajakda Oy, Mars kabi sayyoralarga sayohat ham mumkin boʻladi. Sayyoralararo sayohat. Insoniyat qanchalar ilgarilab ketganini tasavvur qilyapsizmi?

Xoʻsh, undan keyin-chi? Koinotdagi mitti ongli zarralar – insonlarning sayyoralararo sayohati odatiy tusga kirgach, sayohat borasidagi keyingi manzil qayer boʻladi?

Undan keyingi bosqich – vaqtlararo sayohat boʻlishi mumkin. Men shunday sayohatni amalga oshirish mumkinligiga ishonaman.

Faqat bu borada quyidagi jihatlar yuzasidan tasavvurlar va taxminlarga egaman:
– bunday sayohatning jarayoni qanday boʻladi;
– sayyohlar oʻzga vaqtga borganida oʻsha vaqtdagi hodisalarga taʼsir oʻtkaza oladimi yoki yoʻqmi;
– oʻtkaza olsa, qay darajada oʻtkazadi va bu taʼsir (oʻtgan zamonga sayohat qilinganda) hozirgi zamonda qanday oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin;
– vaqtlararo sayohatda faqatgina oʻtmishga qaytish mumkinmi yoki hatto kelajakka borish ham mumkin boʻladimi;
– bunday sayohatga eng ertasi va eng kechi bilan qachondan muvaffaq boʻlish mumkin va h.k.

Juda qiziq...

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Vaqtlararo sayohat qilish mumkinligi isbotini topgan

Vaqtlararo sayohat qilish imkoni mavjud boʻlishi mumkin
deb yozgan postimga 24 kishi “Boʻlishi mumkin”, 40 tasi “Qoʻysang-chi, Nortoy” deb munosbat bildiribdi (sonlar keyinchalik oʻzgarishi mumkin).

“Qoʻysang-chi, Nortoy”chilar – vaqtlararo sayohat imkonsiz, demoqchi boʻlgan. Lekin ularga noxush xabarim (balki xushxabardir) bor: vaqt boʻylab sayohat qilish mumkinligi allaqachon isbotini topgan.

Faqat bunday sayohat ilmiy-fatastik kinolardagidan farq qiladi:
bu oʻtmishga yoki kelajakka tushib olib, kimlarnidir (masalan, Gitlerni) oʻldirish va shu kabi taʼsirlar oʻtkazish imkonini bermaydi.

Xoʻsh, unda bu qanday boʻladi? Quyida batafsilroq toʻxtalamiz.

1. Ilmiy-fantastik kinolardagi tasvir.

Kinolarda kishilar “oʻtish tuynugi” yoki vaqt mashinasi yordamida oʻtmish yoxud kelajakka oʻtib oladi. Bu yogʻi sizga ayon: kimnidir oʻldiradi, sirlarni bilib oladi va h.k.

2. Muhim qoida.

Albert Enshteynning nisbiylik nazariyasida shunday qoida bor: inson makon boʻylab qancha tez harakatlansa, vaqt boʻylab shuncha sekin harakatlanadi.

3. Amalda ilmiy isbotini topgan vaqtlararo sayohat
.

Aytaylik, vaqt va sanani koʻrsatadigan soat oldingiz hamda yorugʻlik tezligida (taqriban soniyasiga 300 ming kilometr) harakatlanadigan kosmik kemaga chiqdingiz (hozirda bunday tezlikda uchuvchi kema yoʻq, biz tasavvur qilyapmiz). Soʻng yorugʻlik tezligida ucha boshladingiz.

Uchyapsiz – makon boʻylab tezligingiz mislsiz darajada yuqori. Shunda siz vaqt boʻyicha sekin harakatlana boshlaysiz, yaʼni “boshqa vaqtga oʻtib qolasiz”.

Bu degani kinodagidek Amir Temur yoki Gitler yashagan zamonga tushib qolmaysiz, shunchaki, siz mavjud boʻlgan vaqt soatingiz harakatlanayotgan vaqtdan ancha sekin oʻtayotgan boʻladi (soatingiz Yerdagidek harakatlanaveradi).

Nihoyat, soatingiz boʻyicha roppa-rosa 1 yildan soʻng Yer sayyorasiga qoʻnasiz va shu tarzda soatingiz koʻrsatayotgan tezlikda oʻtayotgan vaqtga “qaytasiz”.

Shu bilan vaqtlararo sayohatingiz tugaydi: Yerdan 1 yil oldin uchib ketgandingiz, 1 yil keyin qaytdingiz (Yerdagi vaqt boʻyicha).

“Shu ham vaqtlararo sayohat boʻldimi? Hech qiziq yeri yoʻq ekan”, – deyotgan boʻlishingiz mumkin. Biroz shoshmang, qizigʻi hali oldinda.

4. Nimasi qiziq?

Gap shundaki, 1 yil yorugʻlik tezligida harakatlanib qaytsangiz, Yerda qolgan boshqalar 1 yoshga qarigan boʻladi. Siz esa 1 yoshga emas, kamroq qarigan boʻlasiz.

Yaʼni siz boshqa – sekinroq oʻtuvchi vaqtga bordingiz va u yerda maʼlum muddat qoldingiz. Shuning hisobiga sekin qaridingiz.

5. Heh, buni qanday isbotlaysan?

Bu uncha qiyin emas. Inson tanasida qarish jarayonini koʻrsatib turuvchi oqsillar bor. Ular telomerlar deb ataladi.

Inson qarigani sari, telomerlar uzunligi qisqarib boradi. Sizdagi va siz bilan bir xil sanada tugʻilgan kishidagi telomerlar uzunligini parvozdan oldin va Yerga qaytgandan keyin oʻlchansa, 2-kishidagi telomerlar uzunligi siznikidan koʻra, koʻproq qisqargan boʻladi. Yaʼni u sizdan koʻra koʻproq qarigan boʻladi.

6. Xuddi shunday tajriba oʻtkazilganmi?

Ha, bunday tajriba NASA tomonidan 2015-2016-yillarda oʻtkazilgan.

NASA 2 egizak fazogirdan foydalangan. Ularning biri – Skott Kelli Xalqaro kosmik stansiyaga olib borilgan va u yerda 340 kun 8 soat 43 daqiqa yashagan. Mazkur stansiya soniyasiga 7,7 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Skottning egizagi Mayk Kelli esa Yerda qolgan.

Skott uchib ketishidan oldin ham, qaytib qoʻngandan soʻng ham har ikkala egizdan 1000 dan ortiq soʻlak, peshob, qon va boshqa biologik namunalar olingan. Bu namunalar 10 ta mustaqil tadqiqotchi guruhlar tomonidan oʻrganiladi.

NASA bu tadqiqotlar natijasi eʼlon qilgan: Skott Yerga qaytgan payti undagi telomerlar Maykdagi telomerlardan birozgina uzun ekani aniqlangan. Yaʼni Skott Maykdan biroz sekin qarigan.

Toʻgʻri, qarishdagi bu farq juda kichik: 5 millisoniyaga teng. Lekin Skott harakatlangan tezlik ham u qadar yuqori emas: soniyasiga 7,7 km.

Ammo yorugʻlik tezligida (300 000 km/soniya) harakatlansangiz, bu farq 195 soniyani tashkil qiladi. Shu tezlik 10 000, 100 000 marta oshsa, farq ham oshadi.
Yana bir narsani aytib oʻtmoqchiman: yuqoridagi postda keltirilgan vaqtlararo sayohat – kelajakka sayohat hisoblanadi.

Yaʼni siz boshqa vaqtga oʻtasiz, u yerda maʼlum muddat qolasiz, qaytganda esa kelajakka (boshqalar sizdan koʻra koʻproq qarib qolgan zamonga) qaytasiz.

Vaqtlararo sayohatning faqatgina shu turi, yaʼni kelajakka sayohat oʻz isbotini topgan. Oʻtmishga sayohat isbotini topmagan.

Albatta, kinolardagidek vaqtlararo sayohat amalda isbotini topgan sayohatdan ancha qiziq. Men ham kinodagi vaqtlararo sayohat ishqiboziman. Va qachondir aynan kinolardagidek boʻlmasa-da, ularga maʼlum darajada oʻxshash vaqtlararo sayohat qilish mumkinligiga ishonaman. Bu haqida keyingi postlarda yozaman, nasib qilsa.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Talabalar uchun ijara uylarini topishga yordamlashuvchi elektron tizimga ijtimoiy buyurtma uchun mukofoti 300 million soʻimgacha boʻlgan tanlov e'lon qilindi!

Samarqand viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi talabalarning va soha mutaxassislarining taklif va mulohazalarini qo‘llab-quvvatlagan holda, talabalar va ijara uylarini beruvchi shaxslarni bir platformada birlashtiruvchi elektron tizimni ishga tushirish uchun mukofoti uch yuz million so'mgacha bo'lgan ijtimoiy buyurtma sifatida tanlov e’lon qildi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar va xususiy dasturlash kompaniyalari ushbu masalaga doir o‘zlari taklif etayotgan yechimlari bilan 2021-yil 5-aprel sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Maʼlumot uchun: Bunday platformalar borasida Yevropa tajribasi va shunday platformalarni Oʻzbekistonda joriy qilish masalalari haqida 8 oycha oldin maqola tayyorlagandim. Eʼlon qilingan tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlganlar tanishib chiqsa, foydali narsalarni topadi.

👉 MAQOLANI OʻQISH

👉 TANLOV UCHUN RO'YXATDAN O'TISH

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
​​Bir necha oy oldin “Noldan birgacha (Noldan birga)” kitobi tarjimasi boshlagandik va sekin-asta tarjima qilgan qismimizni kanalga joylab borayotgandim. Keyinchalik bir oz vaqt muammo boʻlib, tarjima toʻxtab qoldi.

Hozirgacha bir qancha mushtariylar “Tarjimaning davomini qachon joylaysiz?” deb koʻp marta soʻradi va soʻramoqda.

Ushbu kitobga qiziqayotganlarga umumiy xabar bermoqchi edim: endi “Noldan birgacha (Noldan birga)” kitobi tarjimasi kanalimga joylanmaydi.

Sababi – bu kitobni tarjima va nashr qilish huquqini Asaxiy Books loyihasi sotib olibdi. Loyiha yetakchisi Firuz Allayev mazkur kitob yil oxirigacha nashrdan chiqishini aytdi.

Bunday vaziyatda kitobni tarjima qilib, kanalga joylash hech bir jihatdan toʻgʻri boʻlmaydi, deb oʻylayman.

Kitobga qiziqqanlar nashrdan chiqqach, Asaxiy Booksʼdan xarid qilib, oʻqishlari mumkin boʻladi.

Quyidagi suratda kitob boʻyicha tuzilgan shartnomaning ayrim bandlari keltirilgan.

P.S. Nashriyotlarning oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan kitoblarni tarjima qilib, nashr qilish harakatini doim qoʻllab-quvvatlayman.

Kanalga ulanish👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
2024/05/28 19:06:01
Back to Top
HTML Embed Code: