Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab O‘IBDO‘ning vazifalari quyidagicha etib belgilangan.
🔹elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;
🔹fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;
🔹o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;
🔹elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;
🔹fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-2026-o‘quv yilida ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.
Vazirlik bayonotida ma’lum qilinishicha, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan.
Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.
2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat budjetidan qoplash ko‘zda tutilgan.
"Ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Budjet loyihasida Kitob jamg‘armasi xarajat va daromadlari ko‘rsatilmaganiga e’tibor qaratilgan. Qayd etish joizki, Kitob jamg‘armasi faoliyati to‘xtatilgan va yangi jamg‘arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilmagan.
2025-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi", – deyiladi vazirlik bayonotida.
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova qilingan nizomning 24-bandida aynan shunday yozilgan:
Umumta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligidan qat’iy nazar, mazkur Nizomga ilovada keltirilgan baholash mezonlari asosida baholanadi va ko‘rsatkichlariga ko‘ra Ishchi guruh qarori asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilanadi.
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-sinflarga qizil shahodatnoma berish:
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnoma — umumta’lim muassasasining 9-sinfni tugatgan, ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy san’at fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo hamda namunali xulqqa ega bo‘lgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari a’lo bo‘lgan.)
11-sinflarga oltin, kumush medallarini berish:
Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan)
Kumush medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10 va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
(Qaytaraman, yillik baholari a’lo bo‘lgan)
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligining 2025-yil 1-fevraldagi 108-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra CHQBT lavozimiga nomzodlar quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi.
🔹1-bosqichda nomzodning amaliy bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. (pedagogik qobiliyati, mahorati, saf, jismoniy holati, o’q otish, fuqaro muhofazasi, AKT bo’yicha word, exel, pover point)
🔹2-bosqichda nomzodning nazariy bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. (insho va test, test 30 ta savol va kompyuterda)
🔹3-bosqichda nomzodning tanlovga taqdim etgan hujjatlari asosida baholanadi. (ilmiy darajasi, staji, malaka oshirishdan o‘tganligi, harbiy xizmat yillari va boshqa)
🔹4-bosqich nomzod bilan yakka tartibda suhbat.
Ushbu tanlovni o‘tkazish uchun tanlov komissiyasi tuziladi. Unga tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i rais bo‘ladi. Komissiya a’zolari MMTB va Yoshlar ittifoqi bo‘limining malakali mutaxassislari, maktab direktori hisoblanadi. Komissiya kotibi esa mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining taalluqli o‘rinbosari bo‘ladi.
Tanlov xolis o‘tishi uchun to‘liq videotasvirga yoziladi.
CHQBT rahbarligiga tayinlangan nomzod har 3 yilda qayta tanlovdan o‘tishi shart.
Tanlov shartlari bilan to‘liq tanishish uchun havolaga bosing (ko‘k yozuvga bosing)
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilamizki, pedagoglarni malaka oshirish tizimi avval har yili amalga oshirilar edi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabr kungi 867-sonli qarori bilan pedagoglar endilikda har 5 yilda bir marta malaka oshirishlari belgilandi.
Pedagoglarga direktor jamg’armasidan ustama tayinlashda ularning malaka oshirish kurslaridan o’z vaqtida o’tishlari hisobga olinadi va ushbu ko’rsatkich bo’yicha maksimal 10 ball qo’yiladi.
Lekin ko’rsatma xat kelmagan taqdirda ballarni quyidagicha qo’yishni tavsiya qilamiz. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida quyidagi band keltirilgan:
“Pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi”
Demak, ushbu ko’rsatkich bo’yicha 2024-yilgi malaka oshirish sertifikati olinadi va unga tegishli ball qo’yiladi. Agar pedagog 2025-yilda malaka oshirgan bo’lsa o’sha sertifikati asosida ballanadi.
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM