Mudofaa vazirligining 2025-yil 1-fevraldagi 108-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra CHQBT lavozimiga nomzodlar quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi.
🔹1-bosqichda nomzodning amaliy bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. (pedagogik qobiliyati, mahorati, saf, jismoniy holati, o’q otish, fuqaro muhofazasi, AKT bo’yicha word, exel, pover point)
🔹2-bosqichda nomzodning nazariy bilimlari sinovdan o‘tkaziladi. (insho va test, test 30 ta savol va kompyuterda)
🔹3-bosqichda nomzodning tanlovga taqdim etgan hujjatlari asosida baholanadi. (ilmiy darajasi, staji, malaka oshirishdan o‘tganligi, harbiy xizmat yillari va boshqa)
🔹4-bosqich nomzod bilan yakka tartibda suhbat.
Ushbu tanlovni o‘tkazish uchun tanlov komissiyasi tuziladi. Unga tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i rais bo‘ladi. Komissiya a’zolari MMTB va Yoshlar ittifoqi bo‘limining malakali mutaxassislari, maktab direktori hisoblanadi. Komissiya kotibi esa mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘ining taalluqli o‘rinbosari bo‘ladi.
Tanlov xolis o‘tishi uchun to‘liq videotasvirga yoziladi.
CHQBT rahbarligiga tayinlangan nomzod har 3 yilda qayta tanlovdan o‘tishi shart.
Tanlov shartlari bilan to‘liq tanishish uchun havolaga bosing (ko‘k yozuvga bosing)
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilamizki, pedagoglarni malaka oshirish tizimi avval har yili amalga oshirilar edi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabr kungi 867-sonli qarori bilan pedagoglar endilikda har 5 yilda bir marta malaka oshirishlari belgilandi.
Pedagoglarga direktor jamg’armasidan ustama tayinlashda ularning malaka oshirish kurslaridan o’z vaqtida o’tishlari hisobga olinadi va ushbu ko’rsatkich bo’yicha maksimal 10 ball qo’yiladi.
Lekin ko’rsatma xat kelmagan taqdirda ballarni quyidagicha qo’yishni tavsiya qilamiz. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida quyidagi band keltirilgan:
“Pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi”
Demak, ushbu ko’rsatkich bo’yicha 2024-yilgi malaka oshirish sertifikati olinadi va unga tegishli ball qo’yiladi. Agar pedagog 2025-yilda malaka oshirgan bo’lsa o’sha sertifikati asosida ballanadi.
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM