XUSHXABAR!
OYLIKLAR OSHAR EKAN!
Prezident farmoni imzolandi va undagi eng muhim oʻzgarishlar.
Bugun hamkasblarimiz uchun yana bir muhim xushxabarni yetkazmoqchiman. Hurmatli Prezidentimiz Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha yangi Farmon imzoladi.
Keyingi yillarda oʻqituvchilarimiz, bogʻchadagi pedagoglarimiz oylik maoshlarini oshirish, ustamalar sonini koʻpaytirish boʻyicha qator islohotlar qilindi va bu jarayon davom etyapti. Endilikda maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bogʻchalarimiz rahbarlari maoshlarini oshirishga navbat yetdi.
Farmondagi eng muhim yangiliklarni sanab oʻtsam:
– Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.
2025-yil 1-sentabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshirilishiga erishiladi.
– 2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
– Tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilyapti va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi.
– Hududiy boʻlinmalari xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi).
– Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.
– Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi.
Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Farmon bilan bogʻliq boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumot va sharhlar vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali beriladi.
©Vazir Hilola Umarova
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Direktor jamg‘armasidan ustama tayinlashda asosiy ballni fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlarda qatnashib ijobiy natija qayd etgan o‘quvchilarning ustozlariga beriladi. Ya’ni, maksimall 30 ball beriladi. Biroq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarigachi? Axir ularda olimpiada yo‘q-ku, qolgan tanlovlar ham deyarli bo‘lmaydiku.
Bizga ma’lumki, MMTV ning 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75 -sonli xati bilan bu yil ustama tayinlashda hisobga olinadigan olimpiadalar, tanlov va musobaqalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ana-shu xatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari maktabda direktorining buyrugʻi bilan maktab miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanishi belgilandi.
Demak, hozirda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari maktab miqyosida qandaydir tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazishi kerak. Ushbu tanlovlarning nizomi, baholash mezoni, hakamlar hay’ati tarkibi va shu asosida direktorning buyrug‘i (buyruq adliya orqali tasdiqlanadi) bo‘lishi lozim. Shunda ushbu tanlovda qatnashib 1-2-3-o‘rinlarni olgan o‘quvchilarning ustozlariga maksimall 30 ball beriladi va bu ustama olishning asosiy kaliti bo‘lib xizmat qiladi.
O‘tgan o‘quv yillarda ushbu buyruq yo‘qligi sabab ko‘pchilik boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ustama tayinlanmay qolib ketgan edi.
Yuqori sinf o‘qituvchilariga esa, maktabda emas, balki tumanda (shaharda) o‘tkazilgan olimpiada, tanlov va musobaqalar hisobga olinadi.
Tanlov nizomidan namuna bu yerda
https://www.tg-me.com/uqituvchiga_hujjat/5218
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli xati, MMTV ning 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75 -sonli xati
«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM