Telegram Web Link
⚡️ Устама олиш учун 9 та йўналишда ўқитувчига қўйиладиган максимал баллар қандай?

😀1-БЎЛИМ, ЧОРАКЛИК БАҲОЛАРНИНГ ЎРТАЧА ҚИЙМАТИ - Максимал балл 5

😀2-БЎЛИМ. ОЛИМПИАДА НАТИЖАЛАРИНИНГ УСТАМАГА ТАЪСИРИ - Максимал балл 30

😀3-БЎЛИМ. ТАНЛОВ ВА БОШҚА ТАДБИРЛАРДА БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ ИШТИРОКИ - Максимал балл 30

😀4-БЎЛИМ. ИШ ТАЖРИБАЛАРНИ ОММАЛАШТИРИШ - Максимал балл 15

😀5-БЎЛИМ. ПEДАГОГИК СТАЖ - Максимал балл 10

😀6-БЎЛИМ. СИНФ РАҲБАРЛИГИ ЮКЛАТИЛГАНЛИГИ - Максимал балл 5

😀7-БЎЛИМ. ПEДАГОГЛАРНИ МАЛАКА ОШИРИШДАН ЎТГАНЛИГИ - Максимал балл 10

😀8-БЎЛИМ. СИНФДАН ТАШҚАРИ ИШЛАР - Максимал балл 15

😀9-БЎЛИМ. ЎҚИТУВЧИНИНГ ПEДАГОГЛИК ФАОЛИЯТИ БАҲОСИ - Максимал балл 10

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Мактабда ота-оналарга қандай талаблар бор?

Халқ таълими вазирининг 2022 йил 28 июлдаги 246-сон буйруғига кўра ота-оналарга қуйидаги талаблар белгиланган.   

🟣таълим муассасаси ички тартиб қоидалари билан танишиш;

🟣ўқитувчи шаъни ва қадр-қимматини ҳурмат қилиши, дарс жараёнларида аралашмасликлари, педагогларни ҳақорат қилмасликлари;

🟣фарзандини дарс жараёнида таълим муассасасининг ички тартиб ва одоб-ахлоқ қоидалари талабларига риоя этишини назорат қилиш;

🟣фарзандини дарсларга тўлиқ қатнашишини (давомат) ҳамда фанлар бўйича иш дафтарлари ва таълим олиши учун зарур бўлган бошқа барча жиҳозлар билан таъминлаш;

🟣фарзандини муассасага дарслик, ўқув қуроллари билан келишини таъминлаш;

🟣фарзандининг таълим олишига тўсқинлик қилмаслик, унинг таълим муассасасига ўз вақтида келиши, дарсдан кейин фарзандини бўш вақтини мазмунли ташкил этиш;

🟣синф раҳбари ва фан ўқитувчилари билан фарзандининг хулқи ва давомати юзасидан алоқада бўлиш;

🟣фарзанди дарсларга келмай қолиши мумкин бўлган пайтларда таълим муассасасига (синф раҳбарига) унинг сабабларини билдирган ҳолда маълум қилади;

🟣таълим муассасасининг таклифига асосан муассасада ўтказиладиган ота-оналар йиғилиши, суҳбат ва турли маънавий-маърифий тадбирларда иштирок этиш.

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Иш деб ҳатто ёзда ҳам,
Ҳеч ерга бормайдилар!


Ҳалолликдир шиори,
Ҳалол луқма тишлайди,
Олти кун мактабда иш,
Бир кун уйда ишлайди.

Ўзбекда иш тугамас,
Тугамас ёзу, қишлар,
Якшанбани кутишиб,
Турар уйдаги ишлар.

Ерни ағдар,экин эк,
Уй жой кўтар,уй жой қур,
Шундай қизғин ва шошқин,
Ўтаверади  умр.

Гоҳо якшанбада ҳам,
Мактабга чорлайдилар,
Иш деб ҳатто ёзда ҳам,
Ҳеч ерга бормайдилар.

Югуради елади,
Ҳеч толмайди ўқитувчи,
Дам олади деманг сиз,
Дам олмайди ўқитувчи.

Шиддат билан одимлар,
Ўзгарувчан бу замон,
Беш йилда бир тоифа,
Малака тест-имтиҳон.

Ўтолмаса гар тестдан,
Ҳеч қадр топмайдилар,
Ишдан келиб тунлари,
Уйда тест ёдлайдилар.

Қадрин билмас ҳамма ҳам,
Ғийбатлар сотарлар бор,
Пичинг қилиб ортидан,
Тошлар ҳам отарлар бор.

Ишдан ортмас ўқитувчи,
Буни билган билибди,
Кимни урибди устоз,
Кимни ғийбат қилибди?

Бир нақл бор устоз зот,
Отангдек улуғ деган,
Барибир устоз улуғ,
Устоз мўътабар экан.

Ҳайкал қурманг унга сиз,
Эъзоз эҳтиром беринг,
Унга озгина ҳордиқ,
Озгина ором беринг.

Ҳалолликдир шиори,
Ҳалолдан нон тишлайди,
Олти кун мактабда иш,
Бир кун уйда ишлайди.

🖋Хуршид Карим

БАРЧАГА УЛАШИНГ

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
2025-2026 ўқув йили таянч ўқув режа.pdf
5.2 MB
⚡️TAYANCH O‘QUV REJASI

2025-2026 O‘QUV YILI UCHUN


MMTV ning 2025-yil 10-aprel kungi 121-sonli buyrug‘i.

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
⚡️METODBIRLASHMA RAHBARI HAR CHORAK HISOBOT TOPSHIRISHI KERAKMI?

Shu kunlarda kanalimizga ayni mazmundagi savollar kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ma’lumki, metodbirlashmalarning faoliyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi “Umumta’lim muassasalarida uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” gi  8-sonli buyrugʻi bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqning 2-ilovasi 21-bandida metodbirlashmalar faoliyatiga oid hujjatlar roʻyxati keltirilgan.

Unda metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yigʻilish bayonnomasi va yillik hisoboti boʻlishi lozimligi qayd etilgan. E’tibor bergan boʻlsangiz, bu yerda choraklik hisobotlar haqida soʻz bormagan. Faqatgina yillik hisobot qilinishi boʻyicha ma’lumot berilgan.

Yillik hisobot bu oʻquv yilini oxirida tuziladimi, yoki kalendar yilini oxiridami degan savol tugʻilishi mumkin. Nizomda bunga aniqlik kiritilmagan.

❗️Bizningcha, yillik hisobot oʻquv yili oxirida tuziladi va OʻIBDOʻ ga topshiriladi. Chunki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrugʻining 2-ilovasi 16-bandida “Oʻquv yili oxirida Metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tahlil qilinadi.” degan jumla ishlatilgan. Shunga asoslanib hisobot har chorakda emas, balki, oʻquv yilini oxirida yoziladi va OʻIBDOʻ ga topshiriladi deb aytishimiz mumkin.

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️PEDAGOG, PSIXOLOG VA KUTUBXONA XODIMLARI  USTAMA OLISHLARI UCHUN QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHLARI SHART.

Hukumat qarori (30.09.2019 №823) bilan tasdiqlangan nizomga asosan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi.

Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Oʻqituvchilar 40 foizlik ustamadan tashqari metod birlashma rahbarligi uchun yana 10 foiz ustama olishlari mumkin.

Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.


Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:

65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.


«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fikrlar

🖐 Актёр Меҳриддин Раҳматов ўқитувчилар ва ота-оналар тўғрисида

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
⚡️USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI KERAK?

Kanalimizga shu kabi savollar ko‘plab o‘qituvchilardan kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil  11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun maktabda o‘tkazilgan tanlov va tadbirlarning o‘zi yetarli. Ular ham  1-2-3-o‘rin olgani haqidagi faxriy yorliq, Agar 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa hakamlar hay’ati qarorini ishchi guruhga taqdim etadi.

4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi va platforma orqali ommalashgan bo‘lsa tegishli sertifikat.

7-bo‘lim, o‘z vaqtida malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.


Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Hozirda ko‘p o‘qituvchilarning bizga yozishicha maktab rahbarlari turli hil hujjatlarni talab qilishayotganligi, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilib, fayllarni ishirishni so‘rayotganligini bildirishmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) MMTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OLIMPIADA NATIJALARI USTAMA OLISHNING ASOSIY KALITI.

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

⚠️Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan  "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal   “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball  to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi; 

Ikkinchi amal  0,72*100=72,7

Demak, bu yerda  o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan  natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida  yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda  fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun  fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan  20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Ustama uchun o‘tadigan olimpiada va tanlovlar ro‘yxati.

⚠️Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.

«Maktab uchun hujjatlar» - kanaliga obuna bo'ling! 👇👇👇

👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
👉 @maktablar_uchun_hujjatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KERAKLI MATN USTIGA BOSING VA YUKLAB OLING.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

💰USTAMA hujjatlari 4 ta mezon bo'yicha 2025-yil

📖 Ona tili fanidan to‘garak hujjatlari

📚 Adabiyot fanidan to‘garak hujjatlari

📓 Jadidlar, drama va teatr to'garaklari

📕 Yosh kitobxon va sherxonlk to‘garak hujjatlari

🇷🇺Rus tili fanidan to‘garak hujjatlari

🇺🇸Ingliz tili fanidan to‘garak hujjatlari

🇺🇿O‘zbek tili fanidan to‘garak hujjatlari

💻Informatika fanidan to‘garak hujjatlari

🔢Matematika fanidan to‘garak hujjatlari

🚀Fizika fanidan to‘garak hujjatlari

🎶Musiqa fanidan to‘garak hujjatlari

⚽️Jismoniy tarbiya fanidan to‘garak hujjatlari

📊Kasb-hunar to‘garak hujjatlari

🔵Texnologiya boshlang‘ich to‘garak hujjatlari

🛞Texnologiya og‘illar to‘garak hujjatlari

✂️Texnologiya qizlar to‘garak hujjatlari

Robototexnika, pazandachilik, tikuvchilik to'garak

⚖️Huquq fanidan to‘garak hujjatlari

✳️Tarix fanidan to‘garak hujjatlari

🎨Tasviriy san’at va Chizmachilik to‘garak hujjatlari

🔰Tarbiya fanidan to‘garak hujjatlari

🔆Tabiiy fanlar to‘garak hujjatlari

💊Kimyo fanidan to‘garak hujjatlari

🦠Biologiya fanidan to‘garak hujjatlari

🌏Geografiya fanidan to‘garak hujjatlari

💵Iqtisod va Tadbirkorlik fanidan to‘garak hujjatlari

🅰️Alifbe va chiroyli yozuv to‘garak hujjatlari

🔤O‘qish savodxonligi to‘garak hujjatlari

📙Ona tili boshlang‘ich to‘garak hujjatlari

Matematika boshlang‘ich to‘garak hujjatlari

Matematika 1-4-sinf konspekt

🟡Ona tili 1-4-sinf konspekt

❇️O‘qish savodxonligi 1-4-sinf konspekt

🗂Tabiiy 1-4-sinf konspekt

🎵 Musiqa savodxonligi konspekt

📝Tarbiya fanidan konspektlar

📊Tasviriy san’at fanidan konspektlar

🧭Texnologiya fanidan konspektlar

📚Darsliklarning electron varianti boshlang'ich

📓Darsliklarning electron varianti boshlang'ich rus

📙 Darsliklarning electron varianti yuqori

Sinf soati 1-11-sinflar uchun 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘i 7-ilovasi asosida tayyorlangan

Классные часы 1-11 класс 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘i 7-ilovasi asosida tayyorlangan

🧰Maktab rahbarlarining ish hujjatlari

💼Metodbirlashma hujjatlari

💼Методбирлашма хужжатлари рус мактабларга

💢5-tashabbus hujjatlari

📕Sinf rahbar daftari 1-11-sinflar 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘i asosida tayyorlangan

📕Тетрадь классного руководителя 23-avgustdagi 273-sonli buyrug‘i asosida tayyorlangan

🌀#Veb-sayitimiz: 👉Zokirjon.com

Murojaat qilish:
Телеграм: @nza456
📞Телефон: +998905306866
👤Admin bilan bog’lanish uchun
#Shuni ustiga bosing.
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👉@nza456 @nza456 @nza456👈
👉@nza456 @nza456 @nza456👈
👉@nza456 @nza456 @nza456👈
2025/06/28 17:41:35
Back to Top
HTML Embed Code: