Telegram Web Link
Ko‘pgina hollarda qonun doirasida ish ko‘rayotgan ichki ishlar organi xodimining ustidan kulish, unga o‘z vazifasini ado etishiga to‘sqinlik qilish, kuch ishlatish shular jumlasidandir. Noxolis axborot tarqatayotganlar nega xizmat vazifasini bajarish paytida tinchlik uchun, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yo‘lida jarohat olib, nogiron bo‘lib qolgan yoki jon fido qilgan insonlar haqida gapirishni ep ko‘rishmaydi? Achinarli tomoni, bunday holatlardan xodimning o‘zi, yaqinlari, oila a’zolari moddiy va ma’naviy zarar ko‘rishi mumkin. Ular ham bir oilaning boquvchisi, kimningdir farzandi, kimningdir otasi yoki aka-ukasi. Bu kabi holatlar ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar shakllantirish va tizimda halol ishlayotgan minglab xodimlar mehnatini puchga chiqarish yo‘lidagi urinishlardir.

Darhaqiqat, hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlikni qadrlash, uning shukronasini qilish har birimizning burchimiz. Shunday ekan, zimmamizdagi vazifalarni vijdonan bajarish, xizmat intizomi va qonuniylikka qat’iy rioya qilish, faoliyatimizni tanqidiy tahlil asosida qayta ko‘rib chiqishimiz davr talabidir. Zero, el-yurtga fidoyilik bilan xizmat qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi.

Azizjon FAYZIYEV,
podpolkovnik.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон_Республикасида_гиёҳвандлик_ва_наркожиноятларга_қарши.docx
18.8 KB
Ўзбекистон Республикасида гиёҳвандлик ва наркожиноятларга қарши курашиш бўйича 2024 – 2028 йилларга мўлжалланган миллий стратегия тасдиқланди.

@manaviyat_va_marifat_darsi
Ўзбекистонда_Наркотикларни_назорат_қилиш_миллий_маркази_ташкил_этилмоқда.docx
16.5 KB
Ўзбекистонда Наркотикларни назорат қилиш миллий маркази ташкил этилмоқда.

@manaviyat_va_marifat_darsi
Ўзбекистон_Президенти_томонидан_Ўзбекистон_Республикасида_гиёҳвандлик.docx
12.4 KB
Ўзбекистон Президенти томонидан Ўзбекистон Республикасида гиёҳвандлик ва наркожиноятларга қарши курашиш бўйича 2024 – 2028 йилларга мўлжалланган миллий стратегия тасдиқланди.

Унда 6 та мақсад ҳамда уларга эришиш учун 48 та устувор йўналиш ва 272 та чора-тадбирлар белгиланган

@manaviyat_va_marifat_darsi
Стратегияда_гиёҳвандлик_ва_наркожиноятларнинг_олдини_олишга_қаратилган.docx
12.5 KB
Ўзбекистон Президенти томонидан Ўзбекистон Республикасида гиёҳвандлик ва наркожиноятларга қарши курашиш бўйича 2024 – 2028 йилларга мўлжалланган миллий стратегия тасдиқланди.

Стратегияда гиёҳвандлик ва наркожиноятларнинг олдини олишга қаратилган сифат жиҳатидан янги механизмларни белгилаш бўйича қуйидаги устувор йўналишлар қўйилмоқда:

@manaviyat_va_marifat_darsi
Стратегияда_аҳолига_сифатли_наркологик_ёрдам_кўрсатиш_тизимини_янги.docx
12.5 KB
Ўзбекистон Президенти томонидан Ўзбекистон Республикасида гиёҳвандлик ва наркожиноятларга қарши курашиш бўйича 2024 – 2028 йилларга мўлжалланган миллий стратегия тасдиқланди.

Стратегияда аҳолига сифатли наркологик ёрдам кўрсатиш тизимини янги методлар асосида ривожлантириш бўйича қуйидаги устувор йўналишлар қўйилмоқда:

@manaviyat_va_marifat_darsi
Стратегияда_гиёҳвандликнинг_тиббий_ижтимоий_реабилитациясини_янада.docx
12.6 KB
Ўзбекистон Президенти томонидан Ўзбекистон Республикасида гиёҳвандлик ва наркожиноятларга қарши курашиш бўйича 2024 – 2028 йилларга мўлжалланган миллий стратегия тасдиқланди.

Стратегияда гиёҳвандликнинг тиббий-ижтимоий реабилитациясини янада такомиллаштириш бўйича қуйидаги устувор йўналишлар қўйилмоқда
20-mavzu

MUZEYLAR – MOZIYDAN SO‘ZLAR

MUSEYONDAN BOSHLANGAN EDI...
O‘tgan asrning 80-yillarida O‘zbekistonda 33 ta muzey mavjud bo‘lgan. 2000-yilda muzeylar soni 88 taga, 2010-yilga kelib esa 105 taga yetgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 134 ta muzey faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 17 tasi tarix, 27 tasi o‘lkashunoslik, 10 tasi badiiy, 24 tasi memorial, 8 tasi adabiyot, 4 tasi aniq fanlar va 44 tasi boshqa sohalarga bag‘ishlangan muzeylar hisoblanadi. Ushbu muzeylarda o‘zbek va jahon xalqlari tarixi va madaniyatiga doir jami 2.158.400 ta turli eksponatlar saqlanadi.

Dastlabki muzeylar (yunoncha «museyon») bundan ikki yarim ming yil ilgari, antik davrda Yunonistonda vujudga kelgan. Bu qadim yurtda museyon deb muzalar, ya’ni yunon ma’budalari sha’niga tabiat qo‘ynida – tog‘ etaklari, daryo va ko‘l bo‘ylarida, bog‘-u rog‘larda barpo etilgan maskanlarga aytilgan. Museyonlar ibodatxona vazifasini ham o‘tagan. Ushbu maskanlarda ko‘pincha shoirlar, faylasuflar, san’at ustalari yig‘ilishgan, go‘zal ma’budalar haykallari ularga ilhom bag‘ishlagan.

Vaqt o‘tishi bilan museyonlar yo‘q bo‘lib ketdi. «Museyon» atamasi esa «muzey» so‘zi bilan almashdi va XVI asrdan boshlab, G‘arbiy Yevropada noyob buyumlar, san’at asarlari saqlanadigan joylarga nisbatan aytila boshlandi. Oldinlari faqat ma’lum bir shaxslar uchun xizmat qilgan muzeylar asta-sekin ommaviylashib bordi va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismiga aylandi.

XV–XVI asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada muzeylar tashkil etildi. Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) g‘arbiy Yevropadagi ilk omma viy muzeylardir. Jahondagi eng yirik muzeylar asosan XIX asrda paydo bo‘ldi. Madriddagi Prado muzeyi (1819), Moskvadagi Tarix muzeyi (1873), Sankt-Peterburgdagi Ermitaj (1852), Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi (1870) shular jumlasidan.

O‘ZBEKISTONDA MUZEYLAR
Ba’zi manbalarda mamlakatimizda ilk muzey rasman 1876-yilda tashkil etilgan Toshkent muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi muzeyi) deb hisoblanadi. Vaholanki hozirgi muzeylarga xos kolleksiyalar, xususan noyob qo‘lyozmalar, miniatyuralar va boshqa san’at asarlarini to‘plash Markaziy Osiyoda ilk Uyg‘onish (Renessans) davriga (IX–X asrlar) borib taqaladi. Buxorodagi Somoniylar kutubxonasi, Mahmud G‘aznaviyning saroy kutubxonasi, Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi o‘z davrining eng noyob kitoblarini (shu jumladan, arxiv hujjatlarini) to‘plagan, butun Sharqqa dong‘i ketgan ilmiymadaniy markazlar bo‘lgan.

XIV asr oxirida Sohibqiron Amir Temur tomonidan yagona markazlashgan davlat tuzilishi va Samarqandning poytaxt qilinishi bu yerda katta madaniy boyliklarning to‘planishiga imkon berdi. Amir Temur o‘z saltanati poytaxtiga qadimiy qo‘lyozmalar, hukmdorlarga tegishli yozishma va elchilik hujjatlari, xususan, musulmon dunyosining muqaddas kitobi bo‘lmishi «Usmon Mushafi»ning (VII asr) asl nusxasini keltirdi. Dunyoga mashhur Temur kutubxonasini barpo etdi.

Uning sevikli nabirasi Mirzo Ulug‘bek ushbu kutubxonani yanada boyitdi. Temuriyzoda Shohruxning o‘g‘li shahzoda Boysung‘ur mirzo ham Hirotda o‘z davrining eng boy saroy kutubxonalaridan birini barpo etdi. Bu yerda ko‘plab mashhur olimlar, xattotlar, nafis surat ustalari, rassomlar, zarhalchilar, muqovachilar ijod qilgan. Kutubxonada faqatgina qo‘lyozmalar to‘planib, ko‘chirilmasdan, matn shunoslik tadqiqotlari ham olib borilar edi. 1442-yil ushbu kutubxonada Firdavsiyning «Shohnoma» asari to‘la matnda ko‘chirib yozildi. Alisher Navoiyning juda katta nodir qo‘lyozmalarga boy shaxsiy kutubxonasi bo‘lganligi ma’lum. Bu kutubxonadan tarixchi Xondamir, musavvir Behzod va boshqa olim-u fozillar foydalangan.
Afsuski, Rossiya imperiyasining yurtimizga bosqini davrida Qo‘qon, Toshkent, Xiva va Buxoro shaharlaridagi masjid-u madrasalar ayovsiz talanib, ulardagi, shuningdek, mahalliy ziyolilarning shaxsiy kolleksiyalaridagi minglab noyob tarixiy hujjatlar, qo‘lyozmalar, kitob va boshqa osori atiqalar Rossiya muzeylariga olib ketilgan. Jumladan, General-gubernator Fon Kaufman farmoniga asosan Samarqand istilosidan so‘ng qo‘lga kiritilgan xalifa Usmon Qur’oni sharqshunos A.L.Kun tashabbusi bilan Peterburg ommaviy kutubxonasiga jo‘natiladi.

Buxoro amirligida Abdumalik To‘ra qo‘zg‘olonni bostirish davomida rus harbiy ekspeditsiyasi Shahrisabz va Kitob beklaridan 97 ta noyob qadimiy qo‘lyozmani olib ketgan. Xivada xon kutubxonasidan 300 ga yaqin qo‘lyozma-kitoblar musodara qilingan. Xonlikning tanga pul zarb qiladigan 200 nusxa qolipi, bir qancha muhr, xonning taxti, 172 nusxa mo‘g‘ullar davri tangalari, qo‘ng‘irotlar sulolalariga oid tangalardan 3 nusxadan, ko‘plab etnografik buyumlarni to‘plab imperiya poytaxtiga jo‘natilgan. Xiva xonligidan talangan qimmatbaho buyumlarning katta qismi Rossiya Ermitaji, Etnografiya muzeylariga topshirilgan.

O‘tgan asrning 20-yillariga kelib, O‘zbekistonda turli ixtisosdagi ekspozitsiyalarga ega bo‘lgan muzeylar tashkil etila boshladi. 1918-yil Knyaz Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida badiiy muzey, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, 1921-yili Eski shahar muzeyi, 1925-yili O‘rta Osiyo byurosi partiya tarixi instituti qoshidagi inqilob muzeyi va 1926-yil O‘zbekiston eski shahar muzeyi tashkil qilindi. Sovet mafkurachilari ushbu muzeylar orqali aholi ongiga «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» g‘oyalarni singdirishni maqsad qilgan. Muzeylar yurtimizning asl tarixini emas, mustabid tuzum mafkurasiga xizmat qiladigan sun’iy tarixni aks ettirgan edi. Birgina maqolada bu mavzuni batafsil yoritish mushkul. Shuning uchun endi istiqlol davriga to‘xtalamiz.

MUSTAQILLIK YILLARIDA
Istiqlol yillarida respublika poytaxti, viloyat va tuman markazlarida tarixiy yo‘nalishdagi qator yangi muzeylar tashkil etildi, eskilari ta’mirlandi, muzeylarning ilmiy konsepsiyasi milliy g‘oya asosida qayta tuzilib, ekspozitsiyalari tubdan yangilandi.

1996-yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, Hazrati Imom majmuasidagi ixcham kitoblar muzeyi xalqimizning milliy o‘zligini anglashi, milliy g‘ururini tiklashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida va viloyat markazlarida barpo etilgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallari, 2020-yilda poytaxtimizda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan G‘alaba majmuasidagi «Shonsharaf» muzeyi yurtimiz tarixining hali to‘liq o‘rganilmagan sahifalarini arxiv hujjatlari, noyob eksponatlar va zamonaviy ko‘rgazma vositalari orqali to‘laqonli yoritib berganligi bilan tashrif buyuruvchilarning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Darhaqiqat, muzeylar moziydan so‘zlaydi. Zero, O‘zbekiston muzeylari o‘zining fondi, noyob eksponatlari bo‘yicha dunyoning aksariyat muzeylaridan aslo qolishmaydi.

Elbek NORMO‘MINOV,
IIV muzeyi boshlig‘i, mayor.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Қайсидир буюмни тайёрлаш жараёнларини кузатишга қизиқадиганлар кўп бўлса керак. Биз уни оддий маиший восита деб қарайдиган махсулотни қандай шароитларда тайёланишини кузатишни ҳохлаганлар учун махсус телеграм канални тавсия қиламиз...

https://www.tg-me.com/+tOE_WqlksAM1NjJi 👈
21-mavzu

KIBERXAVFSIZLIK – SHAXS VA MA’LUMOT XAVFSIZLIGI

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda qiyin. Aksariyat insonlar ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazib, dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish va qiziqarli voqea-hodisalarni bir-biriga uzatishga intilishadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda. Bunday imkoniyatlarning ochilishi yaxshi, albatta, lekin g‘arazli niyatdagi kimsalar zararli dasturlardan foydalanib yoki internet foy¬dalanuvchilarining ishonchiga kirib, doimo ularning xato qi¬lishlari payida bo‘lishadi. Yo‘l qo‘ygan birgina xatoyingiz tufayli qimmatli vaqtingizni, kuchingizni sarflab topgan mablag‘ingiz bir zumda havoga uchadi.

Kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llaniladigan tahdidlar¬ning turlari foydalanilayotgan ijtimoiy tarmoq platformasiga ham bog‘liqdir. Misol uchun, «Facebook», «Instagram» ijtimoiy tarmoqlari yoki «Telegram» messenjeri o‘z foydalanuvchilari uchun shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlashni kafolatlagan. Shuning uchun jinoyatchilar odatda tahdid qilmoqchi bo‘lgan foydalanuv¬chining internetdagi do‘stlari bilan yaqinlashishni maqsad qiladi. Agar tajovuzkor tahdid qilishni rejalashtirayotgan foydalanuvchining bir nechta do‘stlarini aniqlasa, u holda, umumiy do‘stlar soniga qarab, jabrlanuvchi jinoyatchining do‘stlik so‘rovini qabul qilish ehtimoli paydo bo‘ladi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda veb-saytlar va mobil ilovalar orqali ishlaydigan, biz¬nes va bandlikka yo‘naltirilgan onlayn xizmatlarni ko‘rsatuvchi «LinkedIn» platformasidan foydalanayotgan shaxs ish izlash uchun o‘z rezyumelarini va ish beruvchi ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirishi lozim bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning ma’lumotlarini boshqalarning ham o‘qishiga imkon beradi.

Misol uchun: Toshkent shahrida yashovchi S.A. (ayol) ismli shaxs o‘zining bank kartasidan 50 mln so‘m pul mablag‘larini noma’lum shaxslar o‘zlashtirib olganligini ma’lum qilgan. Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni qoraqalpog‘istonlik U.N. ismli shaxs «Telegram» messenjerida tadbirkor Ali¬sher Usmonovning videotasvirini o‘zgartirib, moddiy yordam berilayotganligi to‘g‘risidagi soxta havolani jo‘natish orqali sodir etgan.

Qashaqadaryo viloyatida yashovchi J.R. ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 20 mln so‘m pul mablag‘larini no’malum shaxs¬lar o‘zlashtirib olganli¬gini ma’lum qilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi J.R. ismli shaxs «Telegram» messenjeri orqali o‘zining treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishni va’da qilib, aldov yo‘li orqali sodir etgan.

Aksariyat kibertovlamachilik holatlari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni omma¬viy ravishda oshkor qilish orqali amalga oshiriladi. Shu bois ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan himoyalanish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

o‘zingizning shaxsiy, boshqalar ko‘rsa uyaladigan suratingizni yoki boshqa ma’lumotni yaqin insoningizga, hatto yaxshi ko‘rgan kishingiz (qiz yoki yigit)ga yubormang;

notanish internet foyda¬lanuvchilari bilan aloqa o‘rnatmang;

umumiy «Wi-fi» ulanish nuqtalaridan iloji boricha kamroq foydalaning;

har qanday ma’lumotni onlayn almashishdan oldin to‘xtang va o‘ylab ko‘ring (Kim mening shaxsiy ma’lumotlarimni so‘rayapti? Qanday ma’lumot so‘rayapti? Nega ularga ma’lumot kerak?);

ijtimoiy tarmoqlar orqali shubhali havolalar kelsa, aslo ularga kirmang.

Jamshidjon ERKINOV,
IIV TQD Kiberxavfsizlik
markazi yetakchi mutaxassisi, leytenant.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22-mavzu

BOLALAR HUQUQI VA UNING IJTIMOIY KAFOLATI

Bola huquqlari deganda irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar tushuniladi. Xalqaro huquq normalarida 18 yoshga to‘lmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.
Mamlakatimizda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, bugungi kunda uning to‘laqonli qonunchilik asoslari yaratilgan deyishimiz mumkin. Yurtimizda bolalar huquqlarini ta’minlashga doir 40 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Xususan, bola huquqlari va uning kafolatlarining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonunlar hamda boshqa bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan.

Jumladan, Bosh qomusimizning 44-moddasiga asosan, bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan ta’lim olishi¬ga to‘sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlandi. Shuningdek, ilk bor Konstitutsiyamizning 50-moddasida ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanishi alohida mustahkamlandi. Eng muhimi, Konstitutsiyaga «Oila, bolalar, yoshlar» deb nomlangan yangi bob kiritilib, unda bolalarning maqomi yanada kuchaytirildi.

Xususan, 78-moddasida esa bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati ekanligi alohida ko‘rsatilgan.

Mamlakatimizda bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilishga davlat siyosati darajasida katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki yurtimizda bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz vorislari sifatida qadrlanib, mamlakatning bebaho xazinasi hisoblanadi.

Agar bolalarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va orzu- intilishlarini ro‘yobga chiqarishga zarur sharoitlar yaratilsa, ularda oldinga intilish, harakat bo‘ladi. Konstitutsiyamizda o‘z ifodasini topgan ushbu yangiliklar shubhasiz, farzandlarimizning har jihatdan sog‘lom, hur fikrli avlod sifatida kamolga yetishishiga xizmat qiladi.

Bola huquqlarini himoya qilish masalasi xalqaro hamjamiyat uchun hamisha dolzarb va muhim bo‘lib kelgan. BMT Bosh assambleyasi bu borada 1959-yil 20-noyabrda Bola huquqlari deklaratsiyasini, 1989-yil aynan shu kunda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

O‘zbekiston aholisining 40 foizini bolalar tashkil etganligi uchun bola huquqlarini har tomonlama ta’minlash, ayniqsa, ustuvor ahamiyatga ega. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, 1992-yil 9-dekabrda inson huquqlari sohasidagi xalqaro konvensiyalar ichida birinchi navbatda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani bejiz emas.

Davlatimiz o‘zining xalqaro majburiyatlariga, jumladan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasiga muvofiq qabul qilgan majburiyatlariga sodiqdir. Mazkur siyosatni takomillashtirish¬da BMT shartnomaviy organlari, YUNISEF va xalqaro ekspertlarning tavsiyalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasiga mazkur konvensiyaning bajarilishi to‘g‘risida doimiy ravishda hisobotlar ham taqdim etib bormoqda. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston tomonidan shu mazmundagi 5 ta davriy ma’ruza taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan 2024-yil 21-fevralda «Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning Beshinchi davriy ma’ruzasi yuzasidan BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida»gi qo‘shma qaror qabul qilindi. Mazkur qo‘shma qaror ijroga qaratilib, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalari amaliyotga izchil tatbiq etilmoqda.

Davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g‘ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshiradi.

Shuningdek, davlat bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kafolatlaydi, qonunchilikda belgilangan tartibda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishi kafolatlanadi.
Bundan tashqari, 2024-yil 29-fevralda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra, Bola huquqlari bo‘yicha vakil mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, bolalar huquqlarini kafolatlash va ularni xalqaro standartlar va milliy mexanizmlar orqali amalga oshirish har bir bolaning adolatli va manfaatli rivojlanishini ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun bola huquqlari tom ma’noda himoya etiladigan va hurmat qilinadigan maqbul muhitni yaratish uchun faqat davlat tashkilotlarining bu boradagi faoliyati bilan cheklanib qolmasdan, jamiyatimizning barcha qatlamlarida doimiy sa’y-harakatlarni birlashtirish va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish taqozo etiladi.

Zafar PRIMQULOV,
kapitan.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ички ишлар вазирлиги ходими подполковник Хасан Асадов террорчилар томонидан отиб кетилди

Видеони томоша қилиш 👈👇бу ерда

https://www.youtube.com/watch?v=691j18CgBc8
23-mavzu

EKOLOGIK MADANIYAT: BUGUN VA KELAJAK


Insoniyat o‘zining tadrijiy rivojlanish bosqichida bevosita tabiat bilan ekologik munosabatda bo‘lishi va undan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi oqibatida jahon miqyosidagi ekologik muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a emas.

Ekologik madaniyat – ongli ravishda shakllanib boradigan tuyg‘u bo‘lib, uni hayotimiz davomida amaliy harakatlarimiz bilan rivojlantirib borishimiz va unga amal qilishimiz lozim. Sodda qilib aytganda, ekologik madaniyat atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatimiz, ya’ni tabiat va atrof-muhitni asrash oilada, maktabda, mahallada, har bir jamoada shakllanib boradigan qadriyatdir.

Mamlakatimizda tabiiy resurslardan foydalanishning huquqiy me’yori va miqdorini belgilash hamda ushbu talablarga rioya etilmagan holatlarda huquqiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalalari bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solingan. Xususan, Asosiy qonunimizning 62-moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar», 68-moddasida esa «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» degan konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning belgilanganligi ham mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning tabiiy resurslarga nisbatan ekologik madaniyatga ega bo‘lishini talab qiladi.

Bundan tashqari, foydalanishimiz nazarda tutilgan tabiiy resurslar alohida milliy qonunlar bilan huquqiy tartibga solinganligi ham muhim ahamiyatga ega. Jumladan, tabiatni va atmosfera havosini muhofaza qilish, suvdan foydalanish, ekologik ekspertiza, yer osti boyliklari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekologik nazorat, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi o‘nga yaqin qonunlar va kodekslarda huquqiy normalar o‘z aksini topgan.

Qayd etish kerakki, milliy qonunchiligimizda ekologiya sohasidagi huquqiy munosabatlarning barcha jihatlari tartibga solingan bo‘lsa-da, ekologik ta’lim yo‘nalishida ilg‘or milliy va xorijiy tajribani o‘rganish, ular asosida ta’lim oluvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning aniq parametrlari ishlab chiqilmaganligi atrof-muhitga va umuman tabiatdagi tiklanmaydigan tabiiy resurslarga bo‘lgan munosabatlarning ijobiy emasligini bildiradi. Aholining ekologik madaniyatini shakllantirish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Harakatlar strategiyasi doirasida davlatimiz rahbarining 2019-yil 30-oktabrdagi «2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va amalga tatbiq etildi.
Mazkur farmon asosida 2030-yilga qadar kutilayotgan natijalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Orol dengizining qurigan tubining O‘zbekistondagi qismida o‘rmonzorlar maydonini uning jami hududiga nisbatan 60 foizgacha yetkazish, qishloq xo‘jaligida suv resurslarini yo‘qotishni 10 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligida suv iste’molini (solishtirma gektarga nisbatan) 15 foizga kamaytirish, oqova suvlarini tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishini 10 foizga kamaytirish, transport vositalarining 80 foizini gaz-ballon yoqilg‘isi va elektr energiyasida ishlashga o‘tkazish, o‘rmonzorlar bilan qoplangan o‘rmon fondi hududini 4,5 mln gektargacha kengaytirish, IV toifadagi qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar maydonini 12 foizgacha kengaytirish, Qizil kitobga kiritilgan va pitomniklarda parvarish qilingan chiroyli tuvaloqlarni tabiatga qo‘yib yuborishni yiliga 4000 gacha ko‘paytirish, aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bilan 100 foiz qamrab olish, hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 65 foizgacha ko‘paytirish, alohida xususiyatga ega chiqindilar (tarkibida simob bo‘lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatib bo‘lingan moylar, qadoqlar chiqindilari va boshqalar)ning qayta ishlash hajmini 30 foizgacha ko‘paytirish kutilmoqda.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori asosida maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, professional ta’limda, oliy ta’limda, oliy ta’limdan keying ta’limda, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda, maktabdan tashqari ta’lim tizimlarida ekologik ta’limni uzluksiz yo‘lga qo‘shish belgilandi. Shuningdek, Konsepsiyaning 6-bobi bilan oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish bo‘yicha bir qator ustuvor vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Prezidentimizning 2023- yil 23-noyabrdagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»-gi farmoniga ko‘ra, mamlakatimizda «Yashil makon» elektron platformasi yaratildi va amalda faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2024-yil 29-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan «Yashil makon» loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalari to‘g‘risida»-gi videoselektor yig‘ilishida esa «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish, uning doirasida yiliga 125 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilanganligi, xususan, joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parkini tashkil qilish va «Mening bog‘im» loyihasini ishga tushirish zaruriyati mavjudligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, ekologik madaniyatni shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

birinchidan, insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizl igi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;

ikkinchidan, fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya ta’limini yo‘lga qo‘yish majburiyligi;


uchinchidan, jami yatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;


to‘rtinchidan, tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik mexanizmlarini ishlab chiqish;


beshinchidan, ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligini ta’minlash va monitoringini olib borish;


oltinchidan, tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish natijasida «Ekota’lim», «Ekomahalla», «Ekoshahar», «Ekohudud» huquqiy maqomini ommaviy joriy etish;
yettinchidan, tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

sakkizinchidan, tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;


to‘qqizinchidan, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalasini soddalashtirish.


Oybek XOLMO‘MINOV,
IIV Akademiyasi dotsenti,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori,
podpolkovnik
.

❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24-mavzu

MAJORITAR-PROPORSIONAL SAYLOV TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI


So‘nggi yillarda mamlakatimizda parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yanada kengaytirish, vakillik organlariga saylangan deputatlar va senatorlarning parlament hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatidagi mas’uliyati va faolligini oshirish borasida demokratik o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2023-yil 18-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi asosida o‘tkazish bo‘yicha yangi tizim yaratildi. U siyosiy partiyalar va deputatlar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi hamda siyosiy partiyalar mavqeining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Konstitutsiyamizning 128-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar joriy yilda oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgi¬langan. Qonunchilik palatasiga saylovlar yangi qabul qilingan qonunga ko‘ra, aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Ya’ni, 75 nafar deputat majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi (partiyalar ro‘yxati) asosida siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar bo‘yicha yagona saylov okrugidan saylanadi.

Majoritar saylov tizimi
Majoritar saylov tizimi deganda (fransuzcha «majorite» – ko‘pchilik so‘zidan), vakillik organlariga saylovlarda ovoz berish natijasini aniqlash tushuniladi. Bu saylov tizimida qonun bilan belgilangan ko‘p ovozni olgan nomzod mazkur okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi. Kam ovoz olgan nomzodlar uchun berilgan saylovchilar ovozi «yo‘qolib ketadi».

Majoritar saylov tizimi¬ning uch ko‘rinishi mavjud:
– malakali ko‘pchilik ovozli majoritar tizim eng kam uchraydigan tizim hisoblanib, bunda nomzod g‘alaba qozonishi uchun saylovchilarning malakali ko‘pchilik ovozini olishi zarur, ya’ni 2/3, 3/4 qism ovoz olishi talab etiladi;
– mutlaq ko‘pchilik ovoziga asoslangan majoritar tizimda berilgan ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz, ya’ni 50 foiz +1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.
– nisbiy ko‘pchilikning ovoziga asoslanuvchi majoritar tizim juda qulay hamda sodda tizim bo‘lib, bunda nomzodlarning nisbatan eng ko‘p ovoz olgani saylangan hisoblanadi.
Majoritar saylov tizimining ijobiy jihati – saylovchilar bevosita nomzodning shaxsiga e’tibor beradi, u bilan tanishadi, muloqotda bo‘ladi va faoliyati yuzasidan aniq nazorat o‘tkaza oladi.
Mazkur tizimda o‘tkazilgan saylovda g‘olib nomzodga yoki g‘olib partiyaga berilgan ovozlar miqdori asosan kamchilikni tashkil qiladi, eng achinarlisi, qolgan ovozlar hisobga olinmaydi. Bu esa majoritar saylov tizimining zaif jihatidir. Unda nomzod yoki partiya g‘alaba qozonish uchun saylovchilar ko‘pchiligining ovozini olishi lozim. Kamchilik ovoz olsa, nomzod yoki partiya hech qanday mandatga ega bo‘lolmaydi. Majoritar saylov tizimi AQSH, aksariyat Lotin Amerikasi mamlakatlari, Fransiya, Angliya, Hindiston kabi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda.

Proporsional saylov tizimi
Proporsional saylov tizimi (lot. proportio — nisbat, mutanosiblik) majoritar saylov tizimidan bir asr keyin vujudga kelgan. Dastlab, XIX asr oxirida Shveysariyaning bir qator kantonlarida joriy qilingan, keyinchalik Belgiyada va 1906-yilda Rossiya imperiyasining bir qismi bo‘lgan Finlyandiyada qabul qilingan. Bugungi kunda ushbu saylov tizimi 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo‘lib, asosan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Bu tizimda davlat yagona saylov okrugiga aylantiriladi hamda byulletenlarda nomzodlar o‘rniga saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va saylovchilar o‘zlariga ma’qul kelgan partiyalarga ovoz beradi. Qaysi partiya saylovda umumiy saylovchilarning qancha foiz ovozini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, mamlakat parlamenti quyi palatasida shuncha o‘rinni egallaydi. Yirik saylov okruglari tuzilib, ularda har bir partiya o‘z nomzodlari ro‘yxatini ilgari suradi. Ovoz berish natijalarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ovozlarning 4–5 foizlik eng kam miqdori o‘rnatiladi. Siyosiy partiyalardan qo‘yilgan nomzodlar ana shu belgilangan ovozlarni olganidan keyingina mandatlarni taqsimlashda ishtirok etadi. Saylovchilar bergan ovozlar avval deputatlik o‘rinlarining soniga bo‘linadi. Natijada bitta mandat uchun berilgan ovozlar soni ma’lum bo‘ladi. So‘ng har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu qiymat deputatning bir mandati uchun zarur bo‘lgan ovozlar soniga bo‘linadi. Buning natijasida mazkur partiyaga berilgan deputatlik o‘rinlarining soni kelib chiqadi. Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha proporsional tizimda o‘tkaziladi. Shuningdek, bu tizim Belgiya, Shvesiya va boshqa ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir.
Proporsional saylov tizimining ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiri¬tishimiz mumkin:
– kamchilikni tashkil etuvchi saylovchilarning ovozlari ham inobatga olinadi va unda ovoz olgan siyosiy partiyalar ham parlamentdan joy egallaydi;
– u fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlaydi.
Xullas, proporsional saylov tizimining majoritar saylov tizimidan farqi – majoritar saylov tizimida saylovchilar shaxsga ovoz beradi, ya’ni o‘sha okrugdan ko‘rsatilgan bir nechta deputatlikka nomzodlardan birini tanlaydi. Proporsional saylov tizimida esa saylovchilar shaxslarga emas, partiyalarga ovoz beradi. Saylovdan so‘ng qaysi partiya qancha ovoz olganiga qarab, deputatlik o‘rinlari taqsimlanadi va partiyalar o‘sha o‘rinlarga deputatlar ro‘yxatini o‘zlari tasdiqlaydi. Masalan, qaysidir partiya saylovda 40 foiz ovoz olsa, demak 75 ta deputatlik o‘rnining 40 foizini, ya’ni 30 nafar deputatni tasdiqlash huquqini qo‘lga kiritadi. Yoki, aksincha, qay¬sidir partiya, aytaylik, jami 8 foiz ovoz olsa, unda o‘sha partiyadan 6 nafar deputat tasdiqlanadi.

Aralash saylov tizimi
Aralash saylov tizimi mohiyatan ikkita tizimning birikmasi bo‘lib, bunda mandatlarning bir qismi proporsional tizim bo‘yicha (partiyaviy ro‘yxatlar bo‘yicha), ikkinchi qismi esa majoritar tizim (nomzodga ovoz berish) bo‘yicha taqsimlanadi. Aralash saylov tizimida mamlakat saylovchilarining 50 foizi partiyaviy ro‘yxatlarga, 50 foizi esa bir mandatli okruglarda siyosiy partiya ko‘rsatgan nomzodlarga ovoz beradi. Ushbu saylov tizimlarini birlashtirib turadigan omillardan biri ularning barchasida quyi palata a’zolarining ko‘ppartiyaviylik asosida umumxalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishidir. Hozirgi kunda Janubiy Koreya, Belgiya, Vengriya, Qozog‘iston, Germaniya va Ispaniya kabi davlatlardagi saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda 2024-yilda o‘tkazilishi belgilangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovi aralash, ya’ni majoritar va proporsional saylov tizimi asosida o‘tkaziladi. Bunda 75 nafar deputat, avvalgidek, bevosita saylov orqali saylanadi, qolgan 75 nafar deputat esa saylovda olgan ovozlari soniga proporsional tarzda partiya bergan ro‘yxat asosida tanlanadi.
Bundan tashqari, Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga asosan, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdori nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foizga oshirildi. Qolaversa, proporsional saylov tizimi bo‘yicha ham partiya ro‘yxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi bo‘lishi kerakligi belgilandi. Bu esa gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.
Bir so‘z bilan aytganda, jahon tajribasida o‘zini oqlagan aralash saylov tizimi – fuqarolarimizning siyosiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa milliy parlamentimiz faoliyatining rivojlanishida va siyosiy partiyalarning yanada taraqqiy etishida asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Sirojiddin ABDUVOITOV,
Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati
Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar
bo‘yicha o‘quv markazi yetakchi maslahatchisi.


❤️ Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

💾 Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

📁 ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

✔️ Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

💾 Рус тилида ўқинг / Читать по русски

🥳 2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/09 07:27:39
Back to Top
HTML Embed Code: