#milliy_qadriyatlar_sayli

Oliy ta’lim muassasalarida “Milliy qadriyatlar sayli” festivali bo'lib o'tmoqda.

Festivalda talaba-yoshlar tomonidan kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini shuningdek, talabalar teatr-studiyalarining chiqishlari tashkil etilib, folklor qo‘shiqlar, milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari namoyish qilinmoqda.

📹 Batafsil videolavhalarda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#konferensiya

🟥 Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Maʼnaviy barkamol yoshlar Yangi O‘zbekiston bunyodkori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda TIQXMMI MTU rektori Baxodir Mirzayev, O‘zJOKU rektori Sherzodxo‘ja Qudratxo‘ja, “Maʼrifat” targ‘ibotchilari jamiyati aʼzosi Jamila Toshpo‘latova, Davlat boshqaruv akademiyasi kafedra mudiri Mansur Bekmurodov hamda Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Anvarmirzo Qudratovlar ishtirok etishdi.

🔹Konferensiyaga yurtimiz va qo’shni mamlakatlar olimlari, yurtimizning turli nuqtalaridan 100 dan ortiq sohaning professor-o’qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilar tashrif buyurdilar. Konferensiyada xorijiy mamalakatlardan 50 ga yaqin, yurtimiz olimlari tomonidan 400 dan ortiq maqolalar kelib tushdi va ularning 320 tasi qabul qilindi.

🔸Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga 50 ga yaqin mamlakatlardagi taniqli olimlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, izlanishlar natijalari bilan fikr almashildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan yoshlarini barkamol shaxslar sifatida tarbiyalash, kreativ fikrlaydigan va intellektual hamda jamiyatga foydali kasbni o‘rgatish hamda axborot asrida qanday samarali yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bahs-munozaralar yuritilib, olimlar tomonidan fikr-mulohazalar bayon etildi.

Konferensiya ishtirokchilari yalpi majlisdan keyin seksiyalarga bo‘linib, turli yo‘nalishlarda faoliyatini davom ettirishdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konsert_dasturi

Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” mavzusida hisobot konsert dasturi tashkil etildi

⚡️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutlari tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” mavzusida hisobot konsert dasturi o‘tkazildi.

🔸Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova ijrosidagi she’riy chiqish hamda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning mashhur taronalar yodga olindi. Konsert dasturi talabalarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yurtimizdagi atoqli san’atkorlar ishtirok etishdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/16 15:33:54
Back to Top
HTML Embed Code: