Telegram Web Link
Channel created
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qo'shnimiz bilan o'rtamizda devor ham yo'q"

Kun.uz dan yangi MANZIL loyihasi. Loyihaning ilk manzili — Oqqum qishlog'iga sayohat.

Ko'rsatuvni ertaga Youtube kanalda tomosha qilishingiz mumkin

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Cho‘l odami — “Manzil” loyihasining ilk soni

Olam keng, manzillar ko‘p, odamlar turfa. Yurt kezib, el tanib, fikr qilib yashashning zavqi o‘zgacha. Manzil-u makonlar ichra shundaylari borki, u yerda bir kungina yashasangiz bas, odamlarining samimiyati va shukronasi sizga ham yuqadi, ichingizda allaqanday pozitiv, yengillik uyg‘onganini sezasiz.

Kun.uz turfa maskanlar va u yerlarda yashayotgan insonlar turmushidan hikoya qiluvchi “Manzil” loyihasini taqdim etadi. Ilk manzilimiz – Namangan cho‘llaridagi Oqqum qishlog‘i.

📍Lokatsiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“23 yoshga uch marta kirdik”

Otaxonning ismlari Ergashali. Uch farzandni oliy ma‘lumotli qilgan. “Sovxoz”larda aloqa uchun mas’ul bo‘lib ishlagan. Bir kam 70 ga kirgan qahramonimiz tetik va baquvvat. Buning sababi – jismonan harakatchanlik. Chorva boqish ham ermak, ham sog‘liq uchun foydali, deydi otaxon.

📍Lokatsiya
Buni aniq sog‘ingansiz

Bolaligimizda tandirda yopilgan issiq nonni muzdek suvga yoki yangi qaymoqqa botirib yeyishni ko‘pchiligimiz yaxshi ko‘rganmiz. Hozir ham bunday ajoyib ta'mni totishdan bosh tortmagan bo‘lardik. Manzil loyihasi esa o‘sha nostalgiyani yana bir bor sizga ilinadi.

📍Lokatsiya
2025/07/05 19:26:13
Back to Top
HTML Embed Code: