Telegram Web Link
#talaba
#yangliklar


❗️Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi

Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.

💬 Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

Birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
#talaba #yangliklar ❗️Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi. 💬 Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari…
✔️ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi

Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti:

oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi xususiy OTM talabalari ham to‘lov-kontrakt shartnomasini onlayn olishi mumkin bo‘ladi

🖥 Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shartnomasi kontrakt.edu.uz va prof.edu.uz axborot tizimlari orqali shakllantiriladi.

Demak, xususiy va nodavlat OTMlar ham o‘z tizimlarini ushbu platformalarga integratsiya qilishi kerak.

Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni ta’lim-krediti.mf.uz va my.gov.uz portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ilm_fan_yoshlar

💬 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Britaniyaga tashrifi davomida mamlakatimiz elchixonasida ushbu davlatda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🗣Tadbirda Britaniyaning Kembrij, London kollej universiteti (UCL), Qirolicha Meri universiteti (Queen Mary University), Reding, Brunel, Vestminister va boshqa oliygohlari turli mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 50 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ilm_fan_yoshlar

🗣Davlat grantiga oid o‘zgarishlar:

— yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi;

— grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

— ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va boshqalar;

— stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi;

— turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar);

— grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 29-may kungi talabalar ijodiga bag‘ishlangan maxsus sonida:

👉 Milliylashishi qiyin bo‘layotgan kontentlar
👉 Jurnalist “maneken”dan farqli bo‘lishi kerak!
👉 200 ming so‘m sizga bo‘lsin!
👉 Ahvolimiz...
👉 Ta’mirtalab yozuvlar kimdan buyruq kelishini kutmoqda?
👉 AT – faqat yigitlar kasbimi?
👉 17 yoshli Ozodaxon – “Women in nuclear”ning dunyo bo‘yicha eng yosh olimasi
👉 “Ota-onam meni tushunmaydi”
👉 “Hayrat ul-abror” dostonida vafo va sadoqat talqini
👉 Bir qop kartoshka


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya-mineralogiya fanlariga ixtisoslashgan oliy kengashlar faoliyati muhokama qilindi

Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yilning 28-may kuni geologiya-menerologiya fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy kengashlar va uning huzuridagi ilmiy seminar kotiblari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etilgan anjumanda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim o‘rin tutuvchi mineral-xomashyolardan unumli foydalanishda ilm-fanning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_siyosati

Bitiruv imtihonlarini ochiq va shaffof oʻtkazish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi

Kuni kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova rahbarligida bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi hamda yoz mavsumida oʻquvchilarni maroqli hordiq chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami hamda “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbirlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

📱 Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

🔈 Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilda mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 592 ming nafardan ortiq, 11-sinfini 400 ming nafarga yaqin oʻquvchilar bitirayotganligi, ushbu oʻquvchilar ishtirokidagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini tizimli tashkil etish lozimligiga alohida eʼtibor qaratdi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_amaliyoti

🔅 Charchagan o‘qituvchilar, charchagan o‘quvchilar...

Ta’limga oid so‘nggi yangiliklardan - Marg‘ilondagi maktabda o‘qituvchi ruxsatsiz hojatxonaga chiqqan o‘quvchining boshini telefon bilan urib yorgani. Bundan oldinroq Xorazmda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgan edi. Chinozda esa o‘qituvchi o‘quvchining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazgan edi. Navoiyda o‘qituvchi ikki o‘quvchini kaltaklagan edi. O‘qituvchilarni sport zaliga yig‘ib sochini oldirish  ham Navoiyda sodir bo‘lgan edi.

🟢Batafsil

Nigina IKROM
O‘zDJTU, Xalqaro Jurnalistika fakulteti

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa

💬 Tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir.

✏️ Abdurauf Fitrat

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor_yangilik

❗️Rasman: abituriyentlar kirish imtihonida qatnashishga 170 ming so‘m to‘laydi

O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

💬 Hozir 1 BHM — 340 ming so‘m, uning yarmi esa 170 ming so‘m.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maqola

O‘QUVCHI HAM FIKR BILDIRISHGA HAQLI

Odatda tushlikkacha maktabga, tushdan keyin o‘quv markaziga, qo‘shimcha darslarga boraman. U yerda o‘zim kabi o‘quvchilar ko‘p va biz bir-birimiz bilan doim fikr almashamiz. Bunday vaqtda ularning ko‘pchiligi o‘zlarining ayrim ustozlari o‘quvchilarning fikrini hurmat qilmasligi, eshitmasligi, ularga kelajak qo‘lida bo‘lgan inson emas, shunchaki har qanday holatda noto‘g‘ri fikrlaydigan o‘quvchi sifatida qarashi va bu ta’limga bolta uruvchi muammolardan biri ekanligini aytishadi.
O‘zlarining ham darslarga va mavzularga nisbatan takliflari borligi, ammo tanasida qon kabi suzayotgan fikrlarini eshituvchi ustozlarga ko‘proq ehtiyoji borligi ularning kuyunib so‘zlashidan bilinib turardi.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔈 O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

⭐️ “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 17:39:04
Back to Top
HTML Embed Code: