Ma'naviy yuksalish - Nurli kelajak

Angren shahar 14- sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida fizika fani o‘qituvchisi G.Unarova tomonidan "Ma'naviy yuksalish- nurli kelajak " mavzusida ma'naviy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda 7-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar 5 tashabbus doirasida o‘z iqtidorlarini namoyin etishdi.Bo‘sh vaqtlarini foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib,erishgan natijalarini, iqtidodorlarini ko‘rsatib berishdi.
O‘quvchilarning iqtidorini ko‘satib berish ustozdan katta mahorat, mehnat talab etadi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
#Mutolaa

ODAM VA TULPOR

Ko‘ngli bu dunyodan sovigan odam
Kasalga chalingan tulporga o‘xshar.
Odam qiyo boqmas siymu zarga ham,
Tulpor arpasiga tashlamas nazar.

Undayin odamga ikki dunyo bir,
Chayla va qasrning farqi yo‘qdir, bas.
Undayin tulpor ham hamisha dilgir,
Poygalarga zarra rag‘bati bo‘lmas.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
🥇 Oltin medal!

🥊 Ohangaron farzandi Feruza Kazakova Osiyo chempioni bo‘ldi. U finalda 52 kg vaznda qozog‘istonlik Anita Adishevaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
20 yoshli hamyurtimiz endi chempionlik shoxsupasida.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Mediada moliyaviy barqarorlik va samarali boshqaruv

Forum doirasida Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi tomonidan moderatsiya qilinadigan "Mediada moliyaviy barqarorlik va samarali boshqaruv" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatining asosiy spikerlaridan biri France24 telekanali bosh muharriri A.Kormeri so‘zga chiqdi.
Forumning asosiy maqsadi Markaziy Osiyodagi zamonaviy jurnalistika masalalarini hal qiluvchi jurnalistlar, media ekspertlari va rasmiy vakillarni birlashtirish va hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Talabalarning kuchini o‘tin yorishga sarflamaymiz!”

Yoshlarning mehnat bozorida munosib ish oʻrinlarini topishida ko‘maklashish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu ma’noda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruvchilar hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotni taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur jarayonda 50 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi, talabalarning 70 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari imzolandi.

✅️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 8-may kungi Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maxsus sonida:

👉 Vatanimizning eng keksa muallimi
👉 Yangiqo‘rg‘on yalovbardori
👉 Milliy tilshunoslik fidoyisi
👉 Qalbdan joy olish baxti
👉 “Umrlar bo‘ladiki, mangulikka tirikdir!”
👉 Toshga naqshlangan bolalik
👉 Tog‘amning “xazina”si
👉 E’tirofga sazovor olim
👉 Yoqubning jasorati
👉 Qiztepadan taralgan yog‘du
👉 Pafos


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      Instagram
Facebook     Mobil ilova
2024/05/08 03:24:35
Back to Top
HTML Embed Code: