Telegram Web Link
Sun’iy intellekt brendlaridagi paradoks: eng ilg‘or AI kompaniyalari o‘z brendini AI yordamisiz qurmoqda!

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Biroq qiziq jihati shundaki, dunyoning eng yirik AI kompaniyalari, Anthropic va OpenAI o‘z brendlarini targ‘ib qilishda sun’iy intellektdan emas, balki inson ijodidan foydalandi.

Yaqinda sunʼiy intellekt modellarini yaratuvchi Anthropic kompaniyasi Bruklinda maxsus pop-up do‘kon ochdi. Bu do‘konda hech qanday texnologik mahsulot sotilmaydi. Faqat oddiy narsalar: Anthropic qahvasi va kepkasi uchun odamlar soatlab navbatda turishmoqda. Do‘kon dizayni mashhur haykaltarosh Rodinning “O‘ylovchi” (The Thinker) asaridan ilhomlanib, “muammoni hal qilish” g‘oyasini ifodalaydi. Ya’ni, ular texnologiyani emas, fikrlash jarayonini oldinga chiqarmoqda.

Shu bilan birga, OpenAI yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi. Eng qizig‘i, bu kampaniyada hech qanday sun’iy intellekt ishlatilmagan. Haqiqiy aktyorlar, haqiqiy rejissyorlar, haqiqiy hayotiy hikoyalar. Reklamaning har bir detali – musiqa tanlovidan tortib, savol berilgandan keyin javob chiqishigacha bo‘lgan pauzagacha – mukammal tarzda o‘ylangan. Bu inson hissiyotlari orqali texnologiyani yana insoniy qilishga urinishdir.

Bu yondashuvlar orqali asosiy xabar aniq: eng kuchli AI brendlari o‘z texnologiyasi bilan emas, uni yaratgan insonlarning ijodkorligi bilan shakllanadi. Bu kompaniyalar texnik imkoniyatlar orqali emas, balki hikoya qilish san’ati, estetik tafakkur va insoniy tajriba orqali o‘z auditoriyasi bilan aloqa o‘rnatmoqda.

Bugun hamma narsa avtomatlashtirilayotgan, har bir tasvir, matn yoki tovush generatsiya qilinayotgan bir paytda, eng qimmat narsa bu haqiqiylik bo‘lib qolmoqda.

Sun’iy intellekt aqlni taqlid qila olishi mumkin, lekin u hali ham inson ijodkorligini his qilish, tasavvur qilish va yo‘q narsadan ma’no yaratish qobiliyatini egallay olmaydi.

Xulosa qilganda, AI brendlari bizga yana bir bor shuni eslatadi: kelajakni mashinalar emas, balki ularga ma’no berayotgan insonlar yaratadi.


Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
15🔥86👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilovalar endi ChatGPT ichida ishlaydi

OpenAI endi ChatGPT ichida turli ilovalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatish imkonini yo‘lga qo‘ydi.

Endi siz alohida ilovalarga o‘tmasdan, ChatGPT ichida Canva orqali dizayn yarata olasiz, Figma'dagi loyihalarni tahrirlaysiz, Booking orqali mehmonxona buyurtma qilasiz, hatto Spotify'da playlist tuzishingiz mumkin. Hammasi ChatGPT ichida bo'ladi. Menda bu funksiya allaqachon ishlayapti.

Bu yangilik ChatGPT’ni shunchaki suhbatdoshdan ko‘ra, haqiqiy “super-app” platformaga aylantiradi. Marketing, dizayn, taqdimot yoki media yaratishda vaqtni tejaydi va jarayonlarni bir joyga jamlaydi.

Yandex Uzbekistan CEO'si, Izzat Shukurov esa buni "kelajak interneti" - deb atadi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
🔥17👍833
Instagram va Wales Bonner hamkorligida yangi mukofot dasturi - “Rings” taqdim etildi!

Instagram ijodkorlikni va o‘ziga xoslikni qadrlash maqsadida dizayner Grace Wales Bonner bilan hamkorlikda yangi “Rings” mukofot dasturini yo‘lga qo‘ydi.

Bu mukofot - o‘z yo‘lidan boradigan, ijodda yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydigan kontent yaratuvchilarni e’tirof etishga qaratilgan.

Dastur doirasida tanlab olingan ijodkorlarga Wales Bonner tomonidan yaratilgan oltin uzuk topshiriladi. Bundan tashqari, g‘oliblarning Instagram profilida maxsus raqamli halqa belgisi ham paydo bo‘ladi.

Mukofot dasturining hakamlar hay’ati ham e’tiborga loyiq: ular orasida Spike Lee, Pat McGrath, Marc Jacobs kabi jahon miqyosidagi 13 nafar taniqli ijodkor ishtirok etadi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
8👍5🔥5👏21
Metroda dunyoga kelgan chaqaloq va onasiga umrbod metro kartasi topshiriladi!

Toshkent metropolitenining “G‘afur G‘ulom” bekatida hayotiy ahamiyatga ega voqea yuz berdi: metro bekatida chaqaloq dunyoga keldi. Bu holat nafaqat yo‘lovchilar, balki barcha metro xodimlari uchun ham unutilmas holatga aylandi.

Toshkent metropoliteni rahbariyati ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa butun umr bepul metrodan foydalanish imkonini beruvchi maxsus kartani taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Voqea chog‘ida ogohlik va jasorat ko‘rsatgan navbatchi xodima Naima Maxamadjonova hamda jarayonda faol ishtirok etgan boshqa metro xodimlari rahbariyat tomonidan munosib taqdirlanadi.

Bu voqea insoniylik, mehr va mas’uliyat uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida poytaxt metropoliteni tarixida alohida o‘rin egallaydi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
36👍2412👏7😁5
O‘zbekiston TV reklama bozorining statistikasi

International Media Service (IMS) tomonidan eʼlon qilingan ushbu hisobot 2025 yil avgust oyi uchun Kantar Media tomonidan tayyorlangan.

Hisobotda televideniyedagi eng faol reklama kategoriyalar, brendlar va reklama beruvchilar ko‘rsatilgan.
Asosiy o‘lchov — WGRP (Weighted Gross Rating Point) ya’ni 18–54 yoshli auditoriya orasidagi reklama qamrovi.

Eng faol kategoriyalar

• Alkogolsiz ichimliklar (B/A) — 41% ulush bilan birinchi oʻrinda. Yetakchi brend: Coca-Cola.
• Farmatsevtika (dori vositalari) — 11% ulush bilan TOP-3’ga qaytdi.
• Bank sektori — eng tez o‘sayotgan yo‘nalish.
O‘tgan yilga nisbatan WGRP ikki baravar oshgan.

Eng faol TV brendlar

• Coca-Cola — 9.1%
• Pepsi — 7.4%
• Ava Lemonade — 5.1%
• Wildberries — 4.1%
• Piala Gold — 3.4%
• Shuningdek, ro‘yxatda Lipton, Anorbank, Asu, Mirinda, NBU ham bor.

Eng yirik reklama beruvchilar

• IBT — 15.9%
• Coca-Cola — 12.6%
• RG Brands South — 6.9%
• Wildberries — 4.4%
• Anorbank — 3.8%
• Keyingi o‘rinlarda: NBU, Colgate-Palmolive, L’Oréal, Polpharma, Unilever va boshqalar.

Eng katta o‘sish (2024-yilga nisbatan)

• NBU — 4 baravar o‘sish
• RG Brands — 2,5 baravar
• Anglesey Food va Polpharma — +80%
• Coca-Cola — +55%
• Mondelez, Colgate-Palmolive — +34–37%
• Salar Meat, Yuriya Farm — +15–19%

Xulosa
• Coca-Cola yana reklama bozorida yetakchilikni saqlab turibdi. Pepsi esa ikkinchi o‘rinda. Bank sektori va dorilar TV reklamada faol o‘sish bosqichida. Wildberries va Anorbank — mahalliy bozorda tez rivojlanayotgan yangi bredlar sifatida ajralib chiqmoqda.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
8💯3👍2😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2098👍3👎2
Marketing bo'limi
Video message
Oqtepa Lavash marketingdirektori TAF! festivalida

11-oktyabr, shanba kuni, Jahongir Yusupov reklama va marketing mavzusida qiziqarli leksiya bilan chiqadi.

Jahongir Oqtepa Lavash kompaniyasining marketing direktori. Qiziqarli insaytlarni olishingiz va oʻz savollaringizni ham berishingiz mumkin. Keling ;)

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
👏16🔥117👍3👎3🤣21
TOP ma’lumot olib keldim. Yaqin orada chiqadi. Marketingga sarflanayotgan byudjetlar haqida 🔥🔥🔥
🔥18😁52👍1
Marketing byudjetlari haqida xalqaro statistika e’lon qilindi. Uni 2026 yil rejasida qoʻllashingiz mumkin

Xalqaro tadqiqot agentligi, Gartner marketing byudjetlari haqida ma’lumotlarni navbatdagi hisobot yigʻilishida e’lon qildi.

Gartnerʼning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda kompaniyalarning marketing byudjetlari umumiy daromadning o‘rtacha 7,7% ini tashkil etmoqda.

Statistika 11ta davlatlar ichida, 10 xil industriyadagi marketing direktorlardan soʻrovnoma tariqasida yigʻilgan.

Tadqiqotga koʻra, marketing byudjetlari 2018-yildan beri pasayib bormoqda. Ammo 2025-yilga kelib pasayish toʻxtagan.

Umumiy koʻrsatkich 7,7% bo’lsada, turki sektorlarda raqamlar farq qiladi. Bu esa biz uchun muhim.

Quyidsgi sohalarda marketing byudjeti 9–10% gacha chiqmoqda.

Consumer products (iste’mol mahsulotlari) - 9,7%
Manufacturing (ishlab chiqarish) - 9,5%
Pharma (dori-darmon) - 9,0%
Media - 9,3%
Insurance (sugʻurta) - 7,5%

Quyidagi sohalarda esa pastroq:

IT & business services (AT va biznes xizmatlar) - 9,0%
Healthcare (S.Saqlash) - 7,2%
Travel & hospitality (turizm) - 8,4%
Retail (chakana savdo) - 7,1%
Tech services & products (texnologik xizmat va mahsukotlar) - 7,1%.

Nima uchun umumiy ko‘rsatkich pastroq, deb oʻylab qoldim. Sababi:
Chunki og‘ir “mass-market” sohalar, masalan, riteyl, bank, texnologik kompaniyalar juda katta hajmga ega. Lekin marketingga ajratadigan ulushi nisbatan kamroq, ya’ni 6-7% atrofida. Bu past ko‘rsatkichlar esa umumiy statistikani tushirib yuboradi. Shunaqa.

Oʻzimizning qorakoz biznes va brendlar bundan qanday xulosa olishi mumkin:
Agar siz iste’mol mahsulotlari, dori-darmon yoki ishlab chiqarish sektorida bo‘lsangiz, marketingga kamida 9-10% ajratish normal hisoblanadi.

Agar riteyl, yoki xizmatlar sohasida bo‘lsangiz, marketing harajatlarinhiz 6-7% atrofida bo‘lishi mumkin.

Ammo, lekin biroq… O‘zbekistonda bozordagi raqobat va marketing hali to‘liq shakllanmaganligini hisobiga, ko‘pincha global standartlardan ko‘proq mablag‘ ajratish zarur bo‘ladi. Mana shunaqa gaplar ;)

Ma’lumot foydali boʻldimi? Men oldin doim shunaqa dunyo standartlariga qiziqib yurardim-da. Mazza qilib yozdim oʻziyam ))

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
1714🔥12👍7🤩3🤔1
🔥HOT leksiya

Dunyoning TOP-25 kreativ direktorlardan biri sifatida tan olingan Vladilen Sitnikov - Duv Duv Gap kreativlik maktabida.

Ertaga soat 16:30 da Duv Duv gap kreativlik maktabida bo’lib o’tadigan leksiyaga barchani taklif qilamiz!

Mavzu: Qanday qilib festivallarda gʻolib boʻlish mumkin

Manzil: Alpha Business Center, 4-qavat, 6-xona

Kirish bepul, roʻyxat orqali. Roʻyxatdan oʻtish uchun.

@duvduvedu
87👍7🆒1
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ambush marketingi uchun jazolandi. Bu nima degani o‘zi?

Yaqinda Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) 340 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Bunga sabab 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi o‘yinda ruxsatsiz reklama, ya’ni ambush marketing sodir bo‘lgani bo‘ldi. O‘yindan so‘ng UFA ruxsatsiz yopilish marosimini tashkil qilgan va unda BYD avtomobillari reklama qilingan. Bu esa qoidalarga zid hisoblanadi, chunki bunday o‘yinlarda faqat rasmiy homiylar reklama qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Ambush marketing o‘zi nima?


Ambush marketing - kompaniyaning rasmiy homiy bo‘lmasdan turib, yirik tadbir bilan o‘zini bog‘lash orqali e’tibor qozonishga qaratilgan strategiyasidir. Maqsad: katta auditoriyaga kamroq xarajat bilan chiqishdir.

Am­bush marketingning turlari:


1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri am­bush marketing - kompaniya ataylab shunday reklama qiladi-ki, odamlar uni rasmiy homiy deb o‘ylashadi. Masalan:
- Kulula aviakompaniyasi 2010-yilda futbol mundiali ramzlarini ruxsatsiz samolyotlariga yopishtirib reklama qildi va FIFA tomonidan jazolandi.

2. Bilvosita em­bush marketing - bu kompaniya rasmiy tadbir belgilarini ishlatmasdan, unga yaqin assotsiatsiyalar yaratish orqali e’tibor qozonadigan strategiyadir.

Masalan, 2010-yilda Bavaria pivo brendi futbol chempionati paytida muxlislarga maxsus kiyimlar tarqatgan. Natijada, ularning reklama aksiyasi tomoshabinlar e’tiborini tortgan.

3. Tasodifiy am­bush marketing kompaniya tomonidan maxsus rejalashtirilmagan bo‘ladi.

Misol uchun, Speedo brendi 2008-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida rasmiy homiy bo‘lmagan bo‘lsa ham, sportchilar bu brendning kiyimlarida muvaffaqiyat qozongani sababli tomoshabinlar uni noto‘g‘ri ravishda homiy sifatida qabul qilishgan.

Afzalliklari va kamchiliklari:


Ambush marketing kompaniyalarga katta erkinlik beradi. Ular rasmiy homiylik shartlaridan xoli bo‘lgani uchun ijodiy yondashuvdan keng foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, bu usul katta mablag‘ talab qilmaydi.

Biroq bu strategiyaning jiddiy kamchiliklari ham mavjud. Eng avvalo, samarali kampaniya yaratish uchun yuqori darajadagi kreativlik va strategik yondashuv zarur. Shuningdek, bu usul ko‘pincha huquqiy muammolarga olib keladi.

Huquqiy cheklovlar:


Ambush marketingning ayrim shakllari intellektual mulk huquqlarini buzadi. Masalan, rasmiy logotip yoki shiorlardan ruxsatsiz foydalanish qonun bilan taqiqlanadi. Shuningdek, hatto qonunni buzmagan holatlarda ham, agar reklama jamoatchilik tomonidan salbiy baholansa, kompaniyaning obro‘siga jiddiy zarar yetishi ehtimoldan xoli emas.

Qonunni buzmasdan ambush marketingni qo‘llash:


Kompaniyalar quyidagi yo‘llar orqali qonuniy tarzda ambush marketing strategiyasini amalga oshirishi mumkin:
• Tadbir logotipi yoki shioridan foydalanmaslik.
• Tadbirni bevosita tilga olmagan holda, unga ishora qiluvchi dizayn va g‘oyalarni qo‘llash.
• Media translyatsiyalariga homiy bo‘lish.
• Tadbir bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, ammo o‘sha davr ruhiga mos reklama kampaniyalarini tashkil etish.

Xulosa:


Am­bush marketing — bu katta auditoriyani jalb qilish uchun samarali vosita bo‘lishi mumkin. Biroq bu strategiya ehtiyotkorlik bilan, qonuniy me’yorlar doirasida amalga oshirilishi lozim. U muvaffaqiyatli amalga oshirilganda kompaniyaga katta foyda olib keladi, ammo noto‘g‘ri yondashuv huquqiy va obro‘ga oid jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
👍16104👎2👏1
Clockster Markaziy Osiyoda HR bozorini kengaytiradi!

Qozog‘istonning HR-startapi Clockster O‘zbekistonning Workly HR-xizmatining ayrim aktivlarini sotib oldi. Endilikda Workly jamoasi Clockster tarkibida ishlaydi va mahsulot yagona brend ostida rivojlanadi. Bu haqida kompaniya hamasoschisi Erjan Ryskali Spot nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kompaniyalar inson resurslarini boshqarish (Workforce Management, WFM) bo‘yicha tajriba va texnologiyalarni birlashtirib, ishga qabul qilishdan tortib, malaka oshirishgacha bo‘lgan jarayonni yagona platformada boshqarishni maqsad qilgan.

Clockster kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirgan. Bu yondashuv yordamida asosiy HR-jarayonlar: ish jadvalini tuzish, ish vaqtini hisoblash, xodimlar bilan muloqot va topshiriqlarni taqsimlash avtomatlashtiriladi. Natijada kompaniyalar uchun vaqt tejaladi va inson resurslarini boshqarish samaradorligi oshadi.

Yaqin yillarda Clockster Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon bozorlarida o‘z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan. 2026-yildan esa kompaniya Indoneziya, Singapur, Vyetnam va Filippin kabi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlariga chiqishni maqsad qilgan.

Clockster va Workly o‘rtasidagi ushbu birlashuv nafaqat texnologik yutuq, balki marketing strategiyasi nuqtayi nazaridan ham muhim qadamdir. Yagona brend ostida faoliyat yuritish kompaniyaga brend identifikatsiyasini kuchaytirish imkonini beradi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
5👍53
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9🔥73👍3
2025/10/28 06:08:14
Back to Top
HTML Embed Code: