Telegram Web Link
Ba'zi narsalar borki, ongimizda o'rnashib qolgach, u haqidagi fikrlarimiz o'zgarishi qiyin kechadi. Masalan, hindlar faqat muhabbat haqida kino olishadi (aslida ularda ko'rishga arziydigan boshqa mavzudagi filmlar bisyor), turklar faqat serial ishlashadi (turklarda zanglab qolishiga sal qolgan miyani o'ylashga majburlaydigan kinolari ham bor), Paulo Koelo foydasiz narsalar yozadi ("Alef"da pichoqqa ilinadigan narsalar bor), o'qituvchi doimo haq (faktlar bilan xatolarni keltiradigan talabalar bor). Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Qolipga solingan tarzda fikrlaydiganlarni bu qolipidan chiqarish juda mushkul vazifa. Hozirgi kunda, ayniqsa, insonlarning o'ziga nisbatan bahosi oshib ketgan davrda ularga ba'zi jabhalarda nohaq ekanligini uqtirish qiyin vazifa.

Shuning uchun miyani oziqlantirib turish lozim. Zanglab qolishni oldini olishga kitob "moy" vazifasini o'taydi. Ana shunda "2 karra 2 = 5 bo'ladi, tamom" deb keskin o'zmasdan, balki to'rt bo'lar degan o'y ham xayolga keladi.

@marufjonblogi
#majnun #kitob #akademnashr

2020-yil “Akademnashr”da ishlab yurgan vaqtlarimda Sanjar aka (direktor) va Bahriddin aka juda ko′p Mirzakalon Jo‘rayev haqida gapirib berardi. U insonning o‘z dunyosi borligi, boshqalarga o‘xshamasligi, tantiligi haqida so‘zlashardi.

Bir kuni Sanjar aka Mirzakalon aka rahmatlining “Majnun” va “Shedevr yozaman” kitoblarini berdi. O‘qib chiqarsiz deya. Mana vaqt o‘tib, endi mutolaa qildim. Asar bosh qahramoni Ziyo muallifning o‘zi ekanligini taxmin qildim.

Ziyo ham alohida olam. Boshqalarga o‘xshamas, o‘zining majnunsifat xarakteri ila yashardi. U uchun sevgi, muhabbat tuyg‘ulari ham bir o‘tkinchi havas bo‘lgan to Marinani uchratmaguncha. Shu joyida “Bahor qaytmaydi” asaridagi kabi holat yuz beradi. Asqar Marinani sevadi, lekin uning o‘zi Ziyoni Marinalarnikiga taklif qilgach, Asqar chetga suriladi.

Muhabbat o‘zi nima? Sevgan insoning bilan birga hayot kechirishmi yo u jismlardan-da yuqoriroq turuvchi bir narsami? Yillar o‘tsa-da, Ziyoning ham, Marinaning ham ko‘zlarida bu olov yonib turganini ko‘rish mumkin. Shunda muhabbat oliyroq bir tuyg‘u degan fikrni ilgari suradi muallif.

Mirzakalon Jo‘rayevning so‘z boyligiga qoyil qoldim. U zamonaviy hamda iste’moldan chiqayozgan so‘zlarni hammasini bir maromda ishlatgan. Qahramonlarning ichki holatlarini ham shunday tasvirlaganki, ularni tushunish bilan birga hamdardlik hissi bilan yashaysiz.

Shuningdek, yozuvchi o‘sha davrdagi jamiyatning holatiga ham bahoni berib o‘tib ketgan. Eng qizig‘i, asar yozilganiga bir necha o‘n yillar o‘tgan bo‘lsa-da, aktuallik hali yana uzoq yillar saqlanib qolishini ham ko‘rish mumkin.

Biz juda ko‘p narsalarga, ayniqsa hozirgi davrda, bee’tibor qaraymiz. Yanayam aniqrog‘i, qiymatini to‘g‘ri baholay olmaymiz. Lekin kun kelib, uning qiymatini anglagan vaqtimizda, juda kech bo‘lgan bo‘lishi yoki biz qaytadan tug‘ilgandek uni asrab-avaylashni boshlashimiz mumkin. Insonga berilgan, zohirda yotgan ba’zi tuyg‘ular ham shular jumlasidan. Ularni vaqtida anglay olish — eng muhimi.

Yo‘q, “Majnun” shunchaki sevgi haqidagi qissa emas, undan-da yuqoriroq. Kitobni o‘qish mobaynida, ba’zi jihatlarni o‘z hayotingizda ham uchratganingizni yodga olsangiz, ba’zilaridan esa xulosalarni chiqarib borasiz. Muhimi, asar tili ravon. Juda tez o‘qiysiz.

@marufjonblogi
Dyuna 2 🔥 10/10

@marufjonblogi
Bugun sizlarga Bukmeyt ilovasini tavsiya qilmoqchiman

Avtobus yo metroda ketayotganda, biror joyda navbat kutayotganda, o‘zi umuman elektron kitob mutolaa qilayotganlarga ajoyib tavsiya. O‘zim oxirgi paytlar faqat shu ilovadan kitob o‘qiyapman. Tunda o‘qishingiz uchun ham tungi rejimi mavjud.

Unda alohida bo‘limlar bor. Xohlagan bo‘limga kirib, kitobni tanlab o‘qiyverasiz. Eng yaxshi jihati, audiokitoblar ham bor.

Shuningdek, men sevadigan psixologik triller bo‘limi bor ) Yana Bukmeyt ilovasini yaratgan va hozirda unda ishlayotgan jamoa ham ayni kunlarda qaysi kitobni o‘qiyotgani va eshitayotgani haqida yozib boradi.

Kitoblar ekrani doimiy yangilanib boradi. Xullas, kitob o‘qishga qulay ilova.

@marufjonblogi
Aytgancha, ijodni qo'llab-quvvatlash, YouTube'ga qaytib, yana videolar olib, ajoyib kontentlarni yo'lga qo'yish uchun donat, homiylik qilish imkoningiz bor.

Mana shu linkka kirib, izoh yozib, pul o'tkazishingiz mumkin. Kitob blogerlarga reklama yo boshqa tadbirlardan pul tushmasligini hisobga olsak, shu yo'l bilan ularni qo'llash imkoni mavjud.

https://www.tirikchilik.uz/marufjonblogi
Ma'rufjon Blogi pinned «Aytgancha, ijodni qo'llab-quvvatlash, YouTube'ga qaytib, yana videolar olib, ajoyib kontentlarni yo'lga qo'yish uchun donat, homiylik qilish imkoningiz bor. Mana shu linkka kirib, izoh yozib, pul o'tkazishingiz mumkin. Kitob blogerlarga reklama yo boshqa…»
​​...bu holat tez-tez sodir bo'ladi. O'tmishing bilan bog'liq insonlar go'yoki, seni qo'yib yubormaydigandek, sen bu bog'lanish sababli ozod bo'lolmaysan. Qanchadir muddatdan so'ng qarshilik ham qilmay qo'yasan.

Britaniyalik yozuvchi Pola Xokinsning "Poyezddagi qiz" romani zamonaviy psixologik trillerlarning yorqin namunasi hisoblanadi.

Reychel har kuni ertalab poyezd bilan Londonga ishga boradi. Har kuni yo'lda uy balkoniga chiqib o'tirgan qiz va yigitni ko'radi. Oddiy oila. Sevishganlar. Bir-biriga qadalgan nigohlar. Barchasi oddiy.

Lekin bir kuni Reychel yo'lda ketayotganda, xuddi o'sha uy qarshisidan o'tayotganda, yana ikki bir-biriga qadalgan nigohlarni ko'radi. G'ayritabiiylik shunda ediki, bu safar yigit boshqa edi. Keyinchalik esa xabarlarda o'ziga tanish bo'lgan o'sha qizning yo'qolganini o'qiydi. Voqealar mana shu yerdan rivojlanishni boshlaydi...

Kitobni bir nafasda o'qishingiz mumkin. So'zlar jamlanmasi shunday tuzilganki, sizni aslo zeriktirmaydi. Psixologik trillerlarga qiziquvchilar va zamonaviy adabiyot ixlosmandlari uchun o'qishga arziydigan kitob. Pola Xokinsning boshqa asarlarini o'qishni tavsiya etaman.

"Poyezddagi qiz" asari asosida 2016-yilda film ham ishlangan. Kino ixlosmandlariga ham yoqadi bu film. Tavsiya qilaman.

@marufjonblogi
Ken Kizi “Kakku uyasi uzra parvoz”

Bir paytlar filmini ko‘rib, hech nima tushunmagandim. Nimasi qiziq oddiy jinnixonaga bitta odam kelib, baqir-chaqir qilganini degandim. Yillar o‘tib, filmni qaytadan tomosha qildim. Bu oddiy film emasligi, Makmyorfi shunchaki ruhiy xastalar shifoxonasiga kelib, baqir-chaqir qilmaganini, bu ramziy ma’nodagi film ekanligini anglaganman.

Sal o‘tib, kitobini ham tugatdim. Kinosidan farqli ravishda men tushungan ramziy ma’noni yanada kengroq ochib beribdi Ken Kizi.

Makmyorfi u yerga tushib qolib, yillar davomida amalda bo‘lib kelgan qoidalarga qarshi chiqadi. O‘ziga xos “bunt” uyushtiradi. Atrofdagilar esa bir unga yordam bergisi keladi, bir chetdan uning Don Kixot singari shamol tegirmoniga qarshi kurashini tomosha qiladi. Katta hamshira esa biz asarlarda o‘qigan, kinolarda ko‘rgan va real hayotdayam ba’zida uchrab turadigan tiran.

Ozodlik madhiyasiga o‘xshash ushbu kitob juda ko‘pchiligimizning ichimizdagi o‘sha qo‘rquvni ko‘rsatib bera olgan. Biz haq-huquqimizni bilmaymiz, uni talab qila olmaymiz. Makmyorfilar kelib, biz uchun kurashsa, unga yordam berish o‘rniga chetdan tomosha qilamiz. Uning qilayotgan ishlarini go‘yoki shoudek qabul qilamiz. Agar ichdagi qo‘rquv yengilmas, biz hammasiga ko‘nadigan bo‘lib qolaversak, Katta hamshiralar doim atrofimizda bo‘ladi. Kurashishga yo‘l qo‘ymay, bizni “sindirishga” urinadi. Makmyorfilar esa har doim ham kelmaydi. Ular bo‘lmasligiyam mumkin...

@marufjoblogi
Endi esa bir savolni o‘rtaga tashlamoqchiman. Ken Kizining “Kakku uyasi uzra parvoz” asarini o‘qiganlar yoki filmini ko‘rganlar bormi?

Odatda, qaysidir kitobni o‘qisam, unga ishlangan film ko‘nglimni hech to‘ldirmaydi. Lekin bunda ikkala asar ham menga yoqqan. Kitob kinoni yanada to‘ldirib bergan bo‘lsa, kinoda kitobdagidan boshqa jihatlarni ham olganman.

Xo‘sh, haqiqatan ham Ken Kizining asari shu qadar yaxshimi? O‘z fikr mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Yana shunday kinosi va kitobi bir xil taassurot qoldirgan, ya'ni yoqqan asarlarni ham izohda yozib ketishingiz mumkin.

@marufjoblogi
Hozirgi kunda YouTube platformasida suhbatlar, podkastlar tendensiyasi kuzatilmoqda. Ular ichida kitob haqidagisi, yoki kitoblar haqida gapiradigan blogerlarni qoldirmay kuzataman.

Barchamiz "Akademnashr"ni bilamiz, kitoblarini sevib mutolaa qilamiz. Lekin kitob nashr qilish, umuman nashriyot ichidagi bo'ladigan jarayondan xabarimiz bormi? Nashriyot rahbari Sanjar aka boshchiligida "gurunglar" tashkil qilinyapti. Juda chiroyli va maroq bilan tomosha qilinadigan suhbat bo'lgan.

https://youtu.be/RSkpHKWhLOo?si=dnG-MPlAgzInSXTt
Forwarded from Bookinoman
Bookinoman loyihasidan asosiy maqsad YouTube kanalda kino olamidagi voqealar, yangiliklar, o‘zim uchun qiziqarli personajlar haqida videolar qilish edi. Mana shu qadamni qo‘ydim.

YouTubeda kanalning ilk videosi chiqdi. Qo‘llab yuborasizlar degan umiddaman.

https://www.youtube.com/watch?v=vxkVYPD3hkU
2024/05/14 12:52:39
Back to Top
HTML Embed Code: