This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati Hukumat qarorini bajarmayapti(mi)?
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada — gov.uz’da yuritilishi belgilangan.
Ammo vazirlik matbuot xizmati Hukumatning ushbu qarorini bajarmayotgan koʻrinadi.
Xususan, 22-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Jizzax politexnika institutida oʻrganish oʻtkazgani haqidagi xabar vazirlik Telegram kanalida ma’lum qilingan, xabarning toʻligʻi esa gov.uz platformasida emas, telegra.ph orqali e’lon qilingan.
Hukumat qarorida davlat organlarining rahbarlari tashkilotining rasmiy veb-sayti yagona platformada yuritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanishi ham koʻrsatib oʻtilgan. Ya’ni hozirgi holatda shaxsan vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov javobgar.
Kiberxavfsizlik talablariga javob beradigan yagona platforma — gov.uz turganda vazirlik nega ishonchsiz hisoblangan telegra.ph’dan foydalanayotgani tushunarsiz.
@masofatalim

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Brayl alifbosini oson tushunish va ovozga aylantirish texnologiyasi ishga tushirildi
BrailleRecognition — ko‘rish qobiliyati cheklanganlar uchun mo‘ljallangan mobil ilova bo‘lib, u Brayl alifbosini tanish va uni matn hamda ovoz ko‘rinishida qayta ishlashga qodir. Telefon kamerasi yordamida belgilar skaner qilinadi, shundan so‘ng ular ekranda ko‘rsatiladi yoki ovozli shaklda eshittiriladi.
Ilovaning ishlash mexanizmi neyron tarmoqlar va optik tanish texnologiyalariga asoslangan. Matnni kirill yoki lotin alifbosida chiqarish, turli tillarga tarjima qilish, ovozli sintez funksiyasi orqali eshittirish imkoniyatlari mavjud.
Loyiha AloqaBank tashabbusi bilan amalga oshirilgan Startup Garage akseleratsiya dasturi doirasida tayyorlangan. Hozirda Android va iOS qurilmalari uchun moslashtirilgan versiyalari mavjud.

30 ming dollar investitsiya: Urganchda o‘tkazilgan “Investorlar kuni” natijalari e’lon qilindi
Xorazm viloyati, Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan “Investorlar kuni” tadbirida ikkita startap loyihasiga jami 30 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya ajratildi.
Speed-dating formatida tashkil etilgan uchrashuvlar davomida startaplar qisqa vaqt ichida o‘z g‘oyalarini investorlarga taqdim qilishdi. Natijada, Gramir loyihasi 20 ming dollar, Diip.uz esa 10 ming dollar sarmoya oldi.
Tadbirda jami 10 ta startap ishtirok etdi. Ular orasida MedFinder (onlayn dori yetkazish), Maydon (futbol maydonlarini bron qilish), DevMarket (IT loyihalar bozori), BinoCRM, Nestin, Durbin va boshqalar mavjud.
“Investorlar kuni” AloqaBank tashabbusi bilan tashkil etildi va yangi biznes tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.