Oliy ta’lim vazirligi raqamlashtirish bo‘yicha vazirliklar ichida birinchi bo‘libdi.
Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2024-yil II yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 93.64% ball bilan ushbu reytingning “yashil” toifasidan joy olib, reytingda vazirliklar ichida birinchi, davlat boshqaruv organlari orasida esa, uchinchi o‘rinni egallagan.
P.S.: Mabodo uxlab yotgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi uyqudan turib, ochiqlik indeksini qilsa, bu yo‘nalishda ham oliy ta’lim vazirligiga birinchilikni beraverish kerak. Bu haqida oldinroq yozgandik.
@masofatalim

Hurmatli o‘qituvchilar, mabodo sizni ovoz yig‘ishga yoki ovoz sotib olishga majburlashsa, hurmatli vazir Hilola Umarovaning ushbu tvitini ko‘rsatinglar.
@masofatalim
@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda yozishlaricha, Jizzaxdagi tuman madaniyat bo‘limlari xodimlari uyida kartoshka, piyoz, pomidor ekayotgan odamlar xonadoniga kirib, qo‘shiq aytib, raqsga tushib bermoqda ekan.
Surat va videolarga ilova qilingan ma’lumotga ko‘ra, jarayon viloyatda “Obod qishloq” nomli loyiha doirasida ommaviy o‘tkazilmoqda.
Shunaqa g‘oyalar bularning kallasiga qayerdan kelarkan-a? 😂

Masofatalim™
Oliy ta’lim vazirligi raqamlashtirish bo‘yicha vazirliklar ichida birinchi bo‘libdi. Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2024-yil II yarim yillik yakuni bo‘yicha natijalari e’lon qilindi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar…
Kechagi gaplar og‘ir botgan ko‘rinadi. Bugunga “mana, ishlayapmiz” degan ohangda post joylashibdi :)
@masofatalim
@masofatalim
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Парижда давлатимиз раҳбарини расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди
—
В Париже состоялась церемония официальной встречи главы нашего государства
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

X ijtimoiy tarmog‘ida talabalar uchun so‘rovnoma chiqarishibdi. Unda oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berishga majburlash holati bor yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan.
Izohlarda biror talaba tomonidan bunday holat kuzatilgani yozilmagan. Hozircha bu quvonarli holat. Oxirigacha shunday bo‘lib qolsa, oliy ta’lim vazirligini yana bir maqtashga arzigulik ish bo‘lardi.
Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelganda vaziyat buning aksi. Maktab va tibbiyot muassasalarida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari jadal ketmoqda.

X ijtimoiy tarmog‘ida talabalar uchun so‘rovnoma chiqarishibdi. Unda oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Tashabbusli budjet”ga ovoz berishga majburlash holati bor yoki yo‘qligi haqida so‘ralgan. Izohlarda biror talaba tomonidan bunday holat kuzatilgani yozilmagan.…
Nahotki talabalar “Tashabbusli budjet”ga jalb etilmayotgan bo‘lsa, deb hayron edik. Gap bu yoqda ekan – moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar bunda ishtirok eta olmaydigan bo‘lgan ekan. Aytishlaricha, 80% OTM moliyaviy mustaqillikka o‘tgan.
P.S.: Talabalar jalb etilmasligi aqlga sig‘maydigan jarayon edi-da 😁
@masofatalim
P.S.: Talabalar jalb etilmasligi aqlga sig‘maydigan jarayon edi-da 😁
@masofatalim
Masofatalim™ kanali 5 yoshda!
Bundan ropa-rosa 5 yil oldin, 2020-yil 15-mart kuni (yakshanba edi) O‘zbekistonda ilk odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangani ortidan hukumat mamlakatda karantin e’lon qilgandi.
Buning ortidan barcha ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklga o‘tkazilgan. O‘sha paytda sal bo‘lsa ham yoshlarga foydali bo‘lsin, deb 2020-yil 16-mart kuni Masofatalim™ kanali ochilgan.
Oradan vaqt o‘tdi, fanlardan ayrim bilimlarni, testlarni berib borishga harakat qildik. Bir qancha onlayn olimpiadalar o‘tkazildi. Ammo bu bilan uzoqqa borib bo‘lmasdi. Chunki hayot yana asta-sekin iziga tusha boshlagan, kanalning esa endi ko‘pchilikka keragi bo‘lmay qolayotgandi. Shundan so‘ng yo‘nalish o‘zgardi.
Masofatalim™ kanali asosan ta’lim va yoshlar masalalari hamda ularning muammolari haqida gapiruvchi kanalga aylandi.Kimlardir g‘irt tanqidchi kanal sifatida ko‘radi😁 Ba’zida esa jamiyatdagi boshqa mavzularda ham ayrim fikrlarni chiqarishga to‘g‘ri keladi. Kanal yo‘nalishi o‘zgardi-yu, ammo nomni o‘zgartirishni istamadik. Ko‘pchilik bu kanalni Masofatalim™ deb tanib ulgurgandi. Shu joyida brend bo‘ldik, deb bir maqtanib ketsa arziydi :)
Aslida, nom ko‘p narsani hal qilmaydi. Mazmun muhim, nazarimizda. Xullas, birpasda oradan roppa-rosa 5 yil vaqt o‘tib ketibdi. Koronavirus degan balo ham unutildi, hayot yana oldingidek davom etmoqda. Doim shunday tinchlik, sihat-salomatlik bo‘laversin. Turli balo-qazolardan Alloh o‘zi asrasin.
Bundan keyin ham ushbu kanal ta’lim va yoshlar masalalarini hamda ularning muammolarini yozishda davom etadi. Ba’zida ta’lim (kanal nomi) bilan bog‘liq bo‘lmagan postlarga ko‘zingiz tushsa, bu endi mantiqsiz ko‘rinmaydi, degan umiddamiz.
Bizni kuzatayotgan va bugunga qadar qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barchaga rahmat!
@masofatalim
Bundan ropa-rosa 5 yil oldin, 2020-yil 15-mart kuni (yakshanba edi) O‘zbekistonda ilk odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangani ortidan hukumat mamlakatda karantin e’lon qilgandi.
Buning ortidan barcha ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklga o‘tkazilgan. O‘sha paytda sal bo‘lsa ham yoshlarga foydali bo‘lsin, deb 2020-yil 16-mart kuni Masofatalim™ kanali ochilgan.
Oradan vaqt o‘tdi, fanlardan ayrim bilimlarni, testlarni berib borishga harakat qildik. Bir qancha onlayn olimpiadalar o‘tkazildi. Ammo bu bilan uzoqqa borib bo‘lmasdi. Chunki hayot yana asta-sekin iziga tusha boshlagan, kanalning esa endi ko‘pchilikka keragi bo‘lmay qolayotgandi. Shundan so‘ng yo‘nalish o‘zgardi.
Masofatalim™ kanali asosan ta’lim va yoshlar masalalari hamda ularning muammolari haqida gapiruvchi kanalga aylandi.
Aslida, nom ko‘p narsani hal qilmaydi. Mazmun muhim, nazarimizda. Xullas, birpasda oradan roppa-rosa 5 yil vaqt o‘tib ketibdi. Koronavirus degan balo ham unutildi, hayot yana oldingidek davom etmoqda. Doim shunday tinchlik, sihat-salomatlik bo‘laversin. Turli balo-qazolardan Alloh o‘zi asrasin.
Bundan keyin ham ushbu kanal ta’lim va yoshlar masalalarini hamda ularning muammolarini yozishda davom etadi. Ba’zida ta’lim (kanal nomi) bilan bog‘liq bo‘lmagan postlarga ko‘zingiz tushsa, bu endi mantiqsiz ko‘rinmaydi, degan umiddamiz.
Bizni kuzatayotgan va bugunga qadar qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barchaga rahmat!
@masofatalim
Masofatalim™ Telegram kanalining 5 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning samimiy tabriklarini yetkazishdi.
“Bu yillar davomida Siz ta’lim sohasidagi eng dolzarb va muhim ma’lumotlarni keng jamoatchilikka tezkor, aniq va ishonchli yetkazib, o‘quvchi va talabalar uchun ishonchli manba hamda haqiqiy ko‘makchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldingiz”, deyiladi tabrikda.
Aslida, kanal faoliyati davomida eng ko‘p tanqid toshlari ham aynan oliy ta’lim vazirligiga qaratilgan. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, vazirlik jamoasi ochiqlik va shaffoflikni, so‘z erkinligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Asosli tanqidlarni esa to‘g‘ri qabul qiladi. Dushman yasab olishmaydi. Eng muhimi, ularda toqatlilik yuqori ekani oydinlashadi.
E’tibor uchun vazir va uning jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!

Oliy ta’lim vazirligi 9 ta elektromobil va boshqa qimmatbaho sovgʻalar qoʻyib, mega tanlov e’lon qildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qildi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda:
1-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta);
2-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
3-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
TANLOV NIZOMI
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.

“O‘zbekiston penaltidan gol urib yutdi-da”, degan har xil gap-so‘zlar bo‘lmasligi uchun Shomurodov buni urmaslikka qaror qilgan, deb o‘ta yaxshi gumonda bo‘lamiz😁
@masofatalim
@masofatalim
2021-2025-yillar orasida xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishga 42 779 nafar yoshga 80,4 mlrd so‘m kompensatsiya berilib, imtihon topshiriq xarajatlari to‘liq qoplab berilibdi.
E’lon qilingan tahlillarning e’tibor tortadigan jihatlaridan biri shuki, yosh toifasi bo‘yicha eng ko‘p kompensatsiyani 18-23 yosh orasi (19 234 nafar) va 14-17 yosh orasi (14 497 nafar) olibdi.
Shundan ham bilsa bo‘ladiki, hozir katta bo‘layotgan avloddan umid katta. Z avlod deb kattalar kuladi-ku, lekin ayni shular boshqacha zamonda katta bo‘lyapti. Sun’iy intellekt davri.

Forwarded from TSUE-TDIU
Rasmiy munosabat
Ayrim internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning shartnoma to‘lovlari muddati yuzasidan xabarlar paydo bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, ayni vaqtda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
46 mingdan ziyod talaba kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy hamda ikkinchi oliy ta'lim shaklida tahsil olmoqda. Shuningdek, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov shartlari va muddatlari shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu shartnomalarni talabalar maxsus platforma orqali onlayn oladilar. O‘z navbatida shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda belgilangan miqdordagi to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan talabalar uchun muntazam ravishda qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etib kelinmoqda.
Murojaatda ko‘rsatilgan video yozuvdagi holatda sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘quv jarayonlarini yakunlab, yakuniy nazorat topshirmoqda. Universitetda ta'lim sifatini ta'minlash, yakuniy nazoratlarni shaffof, adolatli o‘tkazish maqsadida maxsus kuzatuv kameralari yordamida va mutaxassislar nazorati ostida test topshiriladi. Ushbu yakuniy nazoratlar universitet tomonidan tasdiqlangan o‘quv grafigi asosida kurslar, guruhlar kesimida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda. Ya'ni xabarda ta'kidlanganidek, talabalar shartnoma to‘lovlari uchun emas, balki yakuniy nazorat jarayonlariga kirishga tayyorlanib turgan holat aks etgan (har kuni minglab talabalar yakuniy nazorat topshirmoqdalar).
Hozirgi kunda sanoqli talabalargina shartnoma to‘lovining 75% dan kam miqdorida amalga oshirgan bo‘lishi mumkin – ularning soni videoda aks ettirilganidek ko‘p emas. Shuningdek, imtihon jarayonlarida talabalarni sun'iy yiqitish holatlari mavjud emasligini ham alohida ta'kidlab o‘tamiz. Qayd etish kerakki, imtihondan yiqilgan talabalarga qayta yakuniy nazorat jadvallari asosida qayta topshirish imkoniyati yaratib berilmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida har bir talabaning shaxsiy erkinligi, qadr-qimmati ahamiyatli bo‘lib, talabalarning fikrlari va takliflari universitet mas'ullari uchun muhimdir. Shuning uchun, talabalar o‘z muammolarini hal etish maqsadida universitet rahbariyatiga bevosita murojaat qilishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qirg‘iziston bilan o‘yinda raqib jamoadagi futbolchi qizil kartochka olganini bilmay qolgan futbolchimizga bugun Eron bilan o‘yin borligini kimdir aytib qo‘ydimikan? 😁
@masofatalim
@masofatalim