Telegram Web Link
“Yosh kitobxon” tanlovining bu yilgi mavsum gʻoliblari Prezident sovgʻasi — elektromobil (BYD) bilan taqdirlanar ekan.

Gʻoliblar bugun, 4-aprel kuni aniqlanadi.

@masofatalim
Kinoshunos emasman-u, lekin soliq to‘lovchi sifatida Kinematografiya agentligining budjetdan bo‘lar-bo‘lmas kinolarga milliardlab pul sarflashi, sarflasa mayli, shunga yarasha tuzuk-quruq kinolar ko‘rmay qo‘yganimiz odamning g‘ashini keltiradi.

Eng katta kinoteatr hisoblanmish, xalq tilidagi “panorama” huvillab yotibdi. Qalang‘i-qasang‘i kinolar bilan odamlarni kinoteatrdan uzoqlashtirishdi, endi milliardlab sarflab ham qaytara olishmayapti. Chunki tuzukroq kino olib, uni eplab taqdim eta olishmayapti.

Yaqinda “Chimildiq” filmining yopiq premyerasi bo‘ldi. Nomiga qarab, bu 18+ kino degan hayolga borish juda noto‘g‘ri. Aksincha, kino milliy qadriyatlarimiz, oilaning muqaddasiligi, ajrimlar borasida juda saviyali kino bo‘libdi.

Yanada quvontiradigani, ijodkorlar bu film uchun budjetdan bir tiyin olmagan, soliq to‘lovchilar puli ishlatilmagan. Mukammal ssenariy, kuchli ma’no, va eng asosiysi, oila muqaddasligi haqida so‘nggi yillardagi eng yaxshi kinolardan biri bo‘libdi, deb bemalol aytish mumkin.

Kinematografiya agentligi shuncha pul bilan eplolmayotgan ishni xususiy kinochilar chiranib bo‘lsa ham amalga oshirishga harakat qilishyapti. Mana shu filmni ko‘rishni barchaga tavsiya etamiz. Chipta puliga achinmaydigan kino. Ijodkorlarga bu yanada qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi.

Mazkur kino haqida yanada batafsil maqolani ushbu havola orqali o‘qish mumkin.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy davlat universiteti rektori Muxiddin Kalonovning talabalar yotoqxonasidagi videosi Instagram’da chiqib qoldi. Samimiy uchrashuv boʻlganini koʻrib, ulashishni lozim topdik.

Koʻpchilik OTMlar rektorlari yotoqxonalarda yuribdi, ularning aksariyati bunga jiddiy yondashgan va bir paytning oʻzida bu jarayonni chiroyli yoritishni ham unutmagan. 2-3 ta rasm bilan “masalani hal” qilganlar ham yoʻq emas :)

Darvoqe, zamon bilan hamnafas boʻlib, ijtimoiy tarmoqlarda faol boʻlgan va oʻz faoliyatini kreativ yoritib borayotgan mana shunday rektorlarni e’tirof etib ketish ham kerak.

P.S.: Shu video Instagram’da hozirgacha 117 ming marta koʻrilibdi va bu raqam oshib boryapti. Chunki hammasi samimiy, shunga yaxshi qabul qilinyapti.

@masofatalim
Toshkent shahridagi Inha universitetining sobiq rektori Djalalov Muzaffar Muxitdinovich Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining raqamli transformatsiya va iqtisodiy masalalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan.

@masofatalim
“Tabiatni asrash, tozalikka mehr bogʻcha va maktabdanoq shakllanib borishi kerak” — Hilola Umarova

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident tashabbusi bilan “yoshlar tayanch banki”ga aylantirilgan AloqaBank yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda

AloqaBank tomonidan yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishida “Yoshlar biznesi uchun” imtiyozli krediti e’lon qilindi.

Kredit shartlari:

⁃ Yillik foiz stavkasi: 18,0%

Maksimal summa:

⁃ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – 100 mln so‘mgacha;

⁃ Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – 1,5 mlrd so‘mgacha;

⁃ Yuridik shaxslar uchun – 5,0 mlrd so‘mgacha.

Mazkur kredit “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan oshmagan muddatga beriladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil fevral oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan hujjat bilan AloqaBank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilishi belgilangandi.

@masofatalim
SMM maktab ish taklif qilmoqda

SMM maktab Toshkent shahri va viloyatlarda SMM mentorlarini izlamoqda.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi

- SMM sohasida 1 yildan oshiq ish tarjibasi;
- soha bo‘yicha ravon o‘zbek tilida dars o‘tish;
- yuqori mas’uliyatlilik ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

SMM maktab quyidagilarni taklif etadi:

- shartnoma asosida rasmiy ish;
- soatbay ish haqi;
- do‘stona muhit;
- malakali mutaxassislar jamoasi;
- bepul malaka oshirish darslari;
- O‘zbekistondagi eng yirik loyihalardan biriga hissa qo‘shish imkoniyati.

CV/rezyume va portfolioni “Ish e’loni bo‘yicha” deb yozgan holda quyidagi kontakt orqali yuborish lozim:

Telegram: @smmaktab_dm

*Arizalar 17-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bizni vatanparvarlik ustozimiz ham hozir Amerikada trak haydaydi😁

@masofatalim
2030-yilgacha kamida 10 ta OTMni TOP-1000 talikka kiritish uchun harakat ketyapti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev xalqaro miqyosda oliy ta’lim muassasalarini baholovchi nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) reyting tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Sergey Xristolyubov bilan uchrashgan.

Muloqot davomida, 2030-yilgacha kamida 10 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasini QS reytingining TOP-1000 taligiga kiritish bo‘yicha strategik yo‘nalishlar va hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

@masofatalim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Masofatalim
Darvoqe, bu masalaga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham e’tibor qaratsa boʻladi. Chunki sobiq Davlat test markazi oldin Vazirlar Mahkamasi boʻysinuvida edi. Hozir Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida faoliyat yurityapti.

Kalkulyator bergan toʻgʻriroq qaror boʻladi. Sababi imtihondagi savollar “karra-karra” yoki qoʻshish va ayirishdan iborat emas. Hayoti davomida ishlatmaydigan, faqat oʻqishga kirish imtihonida, bir necha soatga kerak boʻladigan “kalkulyatorsiz hisoblash”dan mantiq nima?

Bu masala bilan kirish imtihonida emas, aksincha maktablarda shugʻullanish, ana shu davrda oʻrgatish kerak.

@masofatalim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aprelni “Muhandislik oyligi” deb e’lon qildi.

Yoshlar uchun qilinadigan barcha loyihalarni odatda qo‘llab-quvvatlayman. Shu jumladan, “Muhandislik oyligi” doirasida texnika yo‘nalishidagi oliygohlarda turli tanlovlar va musobaqalarda bilimli yoshlar saralanishi, iste’dodli yoshlar turli yutuqlar egasiga aylanishiga ishonaman.

Vazirlikka ko‘ra, 15-16-17-aprel kunlari Toshkent shahrida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkazilar ekan. Unda talabalar va yoshlar:

⁃ “Drone racing”
⁃ Havo jangi
⁃ Raketa modellashtirish
⁃ Robotlar jangi
⁃ Robototexnika musobaqasi
⁃ 3D modellashtirish musobaqasi
⁃ Muhandislik ishlanmalari ko‘rgazmasi
⁃ “Art Engineyering” namoyishlari
⁃ “Sanoat muammolari uchun yechimlar” hakatoni bo‘lib o‘tadi.

Nomlari qiziq. Natijalar va atmosfera ham bundanda qiziq bo‘ladi, deb umid qilaman.

P.S.: O‘zi bizda shu yo‘nalishlar biroz nazardan chetda qolgandi. Bu kabi oyliklar ortidan trendga chiqsa ajab emas. Endi muhandislar videoda aytilgandek yanayam uyg‘onsa kerak!

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Iqtidor” tanlovining hududiy bosqichi boshlanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovining hududiy bosqichi o‘tadigan sanalar ma’lum bo‘ldi.

14-aprel — Surxondaryo viloyati
15-aprel — Qashqadaryo viloyati
16-aprel — Farg‘ona va Buxoro viloyatlari
17-aprel — Namangan viloyati
18-aprel — Andijon viloyati
21-aprel — Xorazm viloyati
22-aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
23-aprel — Samarqand viloyati
24-aprel — Navoiy viloyati
25-aprel — Jizzax viloyati
26-aprel — Sirdaryo viloyati
28-aprel — Toshkent viloyati hamda
29-aprel — Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Ilk marotaba Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda umumta’lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilaridan iborat maktab jamoalari ishtirok etmoqda.

Tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

@masofatalim
Zamona qahramoni kim?

Savolning javobi — rasmdagi odam. Abajan akaning 4 qizi bor. Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanidan. Kasbi — dehqon.

Uning yonida turgan qiziga keyingisi o‘g‘il bo‘lsin degan niyatda Og‘uljeren (O‘g‘iljayron) deb ism qo‘yadi. Keyingisiga esa Mayya...

Xullas, Abajan aka dehqon holidan nolimay, kecha-kunduz mehnat qiladi va qizlarining ilm olishiga bor-budini sarflaydi. Bugun uning uch qizi poytaxtda o‘qiydi.

Og‘uljeren “Yosh kitobxon” tanlovida bir necha bor ishtirok etadi. Ba’zan viloyatdan, ba’zan respublikadan qaytadi. Biroq chekinmaydi. O‘qiyveradi, o‘qiyveradi. Oxiri 2024-yilgi mavsumda birinchi o‘rinni egallaydi va qahramoniga prezident sovg‘asi “BYD Chazor” avtomashinasini hadya qiladi.

Ota esa shu darajagacha qanday kelganini o‘zi biladi, xudo biladi. Bandasiga oshkor qilmaydi. Azoblarini qanday ichiga yutgan bo‘lsa, quvonchini ham sezdirmay bir zaylda turaveradi. Gap so‘rasangiz, o‘zim 200 tacha kitob o‘qidim, qizlarimga o‘rnak bo‘ldim, ... yana bir narsalardan voz kechishimga to‘g‘ri keldi, deydi va o‘sha narsalar nimaligini aytmay qo‘yaveradi...

Kaftlari mehnatdan toshdek qotgan ota avtomobilni qizidan qabul qilishga qiladi-yu, endi uni To‘rtko‘lga olib ketish tashvishiga tushadi. Chunki, o‘zi haydab ketishi uchun haydovchilik guvohnomasi olmagan bo‘ladi... Ishonish qiyin-a? Haydovchilikka o‘qib guvohnoma olishni o‘ziga ep ko‘rmay qizlarini o‘qitgan ota qahramon bo‘lmasa, ayting-chi, kim qahramon?

Men esa Abajan aka voz kechgan “bir nimalar”ning bittasini bilgandayman. U ham bo‘lsa, oshna-og‘aynilari qatori haydovchilik guvohnomasi olib, mashinani yaltillatib uchirib yurish havasi... Bugun esa uning tagida hammanikidan zo‘r mashina. Bo‘libam, Prezident bergan mashina!

... O‘tgan kuni Jayrondan otasi haqida so‘radim. Yerga qarab, miyig‘ida kuldi va “haydovchilikka o‘qiyaptilar” dedi...

Hamza Jumayev

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zTMK va vazirlik hamkorligi: Yoshlarga kutilmagan syurpiriz tayyorlanayotgani aytilmoqda

15-aprel kuni “Zakovat arena” binosida “Muhandislik oyligi” doirasida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berildi.

Bu festival – O‘zbekistonda birinchi marta muhandislik sohasida o‘qiyotgan iqtidorli yoshlar o‘z bilim va g‘oyalarini namoyish eta oladigan xalqaro maydon. Yigit-qizlar qanday salohiyatga ega ekanini ko‘rib, rostdan ham hayratlanasan!

Festival doirasidagi ko‘rgazma esa alohida e’tiborga loyiq. Ko‘zga ko‘ringan ishlanmalar haqiqiy innovatsiya! Masalan, tok ishlab chiqaradigan kafel, urug‘ni 1 kunda unib chiqaradigan issiqxona, mini nashriyot — bularning har biriga katta qiziqish bo‘ldi. Shunisi xursand qildiki, ko‘rgazma shunchaki ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, balki chuqur o‘ylangan, tanlab olingan ishlanmalar bilan to‘ldirilgan.

E’tiborga molik yana bir jihat – bu yerda nafaqat texnik loyihalar, balki yoshlarni jalb qilish uchun juda qiziqarli tadbirlar ham o‘tkazilyapti: robotlar musobaqasi, havo jangi kabi bellashuvlar har bir qatnashchining ruhini ko‘taradi. Bu festival yoshlarga yangi bilim, emotsiyalar va ilhom ulashmoqda!

Aytishlaricha, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yoshlar uchun maxsus sovg‘a hozirlanayotgan ekan.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, professor Shuhrat Boymuradov tungi uyquning ahamiyatini juda sodda tilda tushuntirib, bioritmning buzilishi, oʻz vaqtida uxlab dam olmaslikning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot beribdi.

@masofatalim
25 yil oldingi pul qiymati bugun qanchaga toʻgʻri keladi?

Markaziy bank saytida inflyatsiya kalkulyatori bor ekan. Bu orqali tovar va xizmatlarning inflyatsiyaga moslashtirilgan qiymatini hisoblash mumkin.

Masalan, kalkulyator bilan 25 yil oldingi 1 mln soʻmning bugungi qiymati hisoblandi: koʻrsatishicha, 2000-yil mart oyidagi 1 mln soʻm 2025-yilgi 11,4 mln soʻmga teng boʻlgan ekan.

@masofatalim
Antiqa odamlar, ajoyib raqamlar

Bir tanish bo‘lardi. Bir necha yil oldin ma’lum vaqt oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari bo‘lib ham ishlab ketgan. 2016-yilgacha (prezident Islom Karimov vafotigacha) telefon raqamining oxirgi raqami 19 38 edi. I.Karimovning tug‘ilgan yiliga moslab olinganini o‘zi aytgandi.

Ancha oldin telefon raqamini o‘zgartiribdi. Bu safar yangi raqamining oxirgi to‘rtta raqami 19 57 ekan. Kimning tug‘ilgan yiliga moslangani bittada tushunarli bo‘ldi :)

@masofatalim
Andijon davlat tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi — Prezident

@masofatalim
2025/07/01 00:21:19
Back to Top
HTML Embed Code: