Telegram Web Link
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda

Universitet rektori Gulchehra Rixsiyevaning ma’lum qilishicha, Telegram messenjerida uning nomidan firibgarlar soxta akkaunt ochib, feyk xabarlar tarqatmoqda.

Bu xabarlarga ishonmaslik soʻralgan.

@masofatalim
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi psixotrop modda sabab javobgarlikka tortildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti energetika muhandisligi fakultetining 1-bosqich talabasi yonidan 2,66 gramm miqdorda psixotrop modda chiqqan.

U bu moddani yo‘ldan topib olganini, sotish niyati bo‘lmaganini, qiziqish tufayli o‘zi endi iste’mol qilib ko‘rmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan.

Sud qarori bilan ushbu talaba JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

@masofatalim
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti rektori lavozimidan boʻshatildi.

@masofatalim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchexra Rixsiyevalar “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“...O‘zgarishlarni prezident uchun emas, xalq uchun qilish kerak” — Islom Karimov

9-may — Xotira va qadrlash kunida marhum birinchi prezidentni yodga olamiz.

@masofatalim
Toshkent davlat transport universiteti talabasi giyohvand modda sabab javobgarlikka tortildi

Sud qarori bilan Toshkent davlat transport universitetining 2-bosqich talabasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi va 274-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, 3 yilu 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.

Gap shundaki, u 3 nafar tanishini giyohvand modda iste’mol qilishga qiziqtirib, 2024-yil 6-oktabr kuni kechasi soat 02:45 da “Matiz” rusumli avtomobilda o‘tirgan payti ichki ishlar xodimlarida shubha uyg‘otgan. Xolislar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilganda oldidan 1,24 gramm miqdorda gashish giyohvandlik moddasi topilgan.

Sudda ayblanuvchi aybiga qisman iqror bo‘lib, bir oydan beri giyohvandlik moddalarini iste’mol qilib kelayotganini bildirgan.

@masofatalim
Oliy ta’lim vaziri sirtqi ta’limning yopilishini “zamonaviy talablarga javob bermaslik” bilan izohladi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni e’tiborga olinganmi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Sirtqi ta’lim tizimi zamonaviy talablarga javob bermasligini” ma’lum qildi. Shundan bir necha kun o‘tib, Prezident farmoni bilan sirtqi ta’lim tugatildi. Qonunda esa bu hali ham saqlanib turibdi. Aslida, qonun hamma narsadan ustun, agar OTMlar sirtqiga qabulni davom ettiraversa ham (fantastik hayol), bu qonunga zid bo‘lmaydi.

Sirtqi ta’limning yopilishi esa bir qancha muammolarni yuzaga chiqaradi:

Birinchidan, o‘qituvchilarning ishsizligi va oyligiga bu jiddiy ta’sir qiladi. Chunki kunduzgi ta’limda ishlayotgan o‘qituvchilar orasida sirtqi ta’limda o‘qiydigan talabalarga dars beradigan ko‘plab ustozlar topiladi. Ular endi bundan mahrum bo‘ladi.

Ikkinchidan, kontrakt narxi oshishi va texnikumlarga talab ortishi kuzatilishi mumkin. Buni tushunish ko‘pam qiyinmas. Ikkita ariqda oqayotgan suvning bitta arig‘i yopilsa, suv majbur bitta ariqdan oqadi, ko‘proq oqadi. Buni sun’iy intellekt ham aytdi. Kontrakt oshsa, ehtimol, ko‘pchilik texnikumlarni afzal bilar.

Uchinchidan, 2017-yilda sirtqi ta’lim bejiz ochilmagan. Buning asl sababi — o‘zbekistonlik yoshlar qo‘shni davlatlarga, ayniqsa, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga qarab ketib qolayotgandi. Valyutaning chiqib ketishini oldini olish uchun ham sirtqi ta’limga ruxsat berib yuborilgan (bu ma’lumot hali hech qayerda tan olinmagan, eksklyuziv). Albatta, bu o‘z natijasini ko‘rsatdi, qo‘shni davlatlarga ketayotgan yoshlar oqimi keskin kamaydi. Buning yana bir sabablaridan biri — nodavlat OTMlar soni ham ko‘paygani bilan bog‘lash mumkin.

Savol tug‘iladi: sirtqi ta’lim zamonaviy talablarga javob bermasa, 2017-yilda nega ochildi? Oradan 8 yil o‘tdi. Bu nuqtadan kelib chiqilsa, shu 8 yil ichida ta’limning bu shaklida o‘qiganlar talabga javob bermaydigan mutaxassis hisoblanishadimi?

To‘rtinchidan, sirtqi ta’lim qonunda turibdi. Konstitutsiyaning 15-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi” deb yozib qo‘yilgan. Endi qonunda bor narsani farmon bilan qanday qilib yo‘qqa chiqarilmoqchi?

Bu sirtqi ta’limning yopilishi haqidagi ayrim mayda fikrlar, xolos. Chuqurroq qaralsa, ko‘p masalalar ochiq turibdi. Yangi ochilgan ta’lim agentligining vakolatlari va farmon bo‘yicha esa ko‘p bahsli joylar mavjud. Ularga keyinroq to‘xtab o‘tiladi.

Monopoliya hidi kelmoqda. Nodavlat OTMlarni bankrot qiladigan, litsenziyasini bekor qilish esa yanada osonlashadigan ishlar. Davlat biznesga aralashishi kerakmas, unga yordam berishi kerak.

Hamma gaplar IMHO.

@masofatalim
“Part-time education” — qonunda yo‘q narsa

Ba’zi manbalarda “part-time education” ta’lim shakli reklama qilinmoqda. Lekin qonunda bunday ta’lim shakli mavjud emas. Amaldagi qonunda (O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son) kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shakllari bor. Xo‘sh, qonunda yo‘q narsaga qabul qanday amalga oshiriladi? Yoki parlamentimiz bir uxlab turgunimizcha “part-time education” ta’lim shaklini qonunga kiritib, ma’qullab beradimi?

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mening yurtim” telekanalida Turkiyadan eksklyuziv suhbat: “Izlarim” koʻrsatuvining ijodkorlari Choliqushi — Aydin Shenerdan intervyu olishibdi. Ushbu suhbat bugun, 11-may kuni soat 22:10 da “MY5” telekanalida efirga uzatiladi.

@masofatalim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi!

O‘zbekistondagi minglab iste’dod egalarini jalb qila olgan “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov Fest” yoshlarni chorlaydi!

Mega loyihaning tuman bosqichlari 15-20-may kunlari, hududiy bosqichlar 25-30-may kunlari, respublika bosqichi esa 3-7-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Opera, an’anaviy ijro, baxshichilik va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha 3 ta yosh toifasida iste’dodlar bellashadi.

Final bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 million so‘mdan, 3-o‘rin sohiblari 20 million so‘mdan, 2-o‘rinni egallaganlar 30 million so‘mdan, 1-o‘rin g‘oliblari esa 50 million so‘mdan pul mukofotlariga ega bo‘lishadi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Batafsil ma’lumot uchun mahallalardagi yoshlar yetakchilari va Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin!

@masofatalim
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ertalab soat 6:30 da universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda badantarbiya qilibdi.

@masofatalim
“MY5” telekanali bosh direktori Qobuljon Axmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi. Ushbu birlashmaga “Yoshlar” telekanali va radiosi hamda “Navo” telekanallari qaraydi.

Qobuljon Axmedov boshchiligida juda ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. U kishi har doim yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, ularga imkon beradigan ajoyib rahbar.

Bundan tashqari, Q.Axmedov badiiy rahbarligi va prodyuserligida ham ko‘plab sifatli media mahsulotlar, milliy kontentlar, ayniqsa, yuqori saviyadagi kino va seriallar ishlangan.

@masofatalim
“Korrupsiya — jinoyat”, deya baralla gapirdi u.

Oradan 3 oy oʻtar-oʻtmas 30 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi u.

@masofatalim
Moliya instituti talabasi psixotrop modda sabab 1,5 yilga ahloq tuzatish ishlariga hukm qilindi

Oliy sudning ochiq portalida e’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Moliya institutining 3-bosqich talabasi Telegram messenjeri orqali o‘zining iste’moli uchun giyohvand modda sotib olgan.

Shundan so‘ng, u Yunusobod tumanidagi “Megaplanet” savdo majmuasi oldida bo‘lib turgan vaqti ichki ishlar xodimlarida shubha uyg‘otib, xolislar ishtirokida tekshirilgan payti uning oldidan 5 000 so‘mlik pulga o‘ralgan noma’lum modda topilgan. Labaratoriya tekshiruvlari natijasida bu psixotrop modda ekani (0,12 g “Mefedron”) aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ayblov hukmi bilan u JKning 276-moddasi 1 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan JKning 57²-moddasi tartibida, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 (bir) yil 6 (olti) oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

@masofatalim
Ko‘k jiguli, ko‘m-ko‘k jiguli, eslatadi sevgimizni eh jiguli...

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ozodaning konsertiga 434 ta (1-lot, 2-lot) chipta sotib olibdi. “Bravo Music” MChJdan esa 250 ta chipta xarid qilingan. Firma direktori Davron Kabulov ekaniga qaraganda, bu “Million”ning konsertiga, shekilli.

Talabalar bir maza qilib madaniy hordiq chiqarsin, deyishibdi-da.

@masofatalim
2025/06/28 22:43:12
Back to Top
HTML Embed Code: