Telegram Web Link
#test Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli pensioner vafot etganidan keyin ... kun ichida uni olish uchun murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.
Anonymous Quiz
52%
30
9%
45
24%
60
15%
90
👍134👏2🥰1
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Xodim 5 kunlik ish haftasida ishlaydi, o’quv ta’tili uchun shanbaga pul to’lanadimi? Xodim MK 233-moddasini asos qilib, shanbaga pul to’laysizlar deyapti?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Agar xodim 5 kunlik ish haftasida ishlasa, o’quv ta’tili uchun shanba kuniga haq to’lanmaydi! MK 213-moddasiga ko’ra, ta’tillarning 4 ta turi bor.

⚠️ MK 233-moddasiga chalg’imanglar, ushbu modda faqat har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lashni tartibga soladi. Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. Ya’ni xodim 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida ishlashidan qat’i nazar, har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda shanba uchun pu to’lanadi. Diqqat! Yana bir bor qaytaraman bu faqat har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda.

Agar xodim 5 kunlik ish haftasida ishlasa, o’quv ta’tilida shanbaga pul to’lanmaydi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 5-ilova
“Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizomning 8-bandiga ko’ra, xodimga har yilgi mehnat ta’tili uchun haq to‘lash va foydalanmagan ta’til uchun pulli kompensatsiya to‘lash uchun (shu jumladan, ish vaqti jamlab hisobga olinganda) o‘rtacha ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257-moddasi o‘ninchi qismiga muvofiq hisoblangan o‘rtacha kunlik ish haqini ta’til kunlari, shu jumladan, foydalanmagan ta’til kunlari soniga (yakshanba va bayram kunlaridan tashqari) ko‘paytirish orqali belgilanadi. Boshqa hollarda o‘rtacha ish haqi o‘rtacha kunlik ish haqini ish kunlari soniga ko‘paytirish orqali belgilanadi.

❗️Demak, e’tibor bering boshqa hollarda o‘rtacha ish haqi o‘rtacha kunlik ish haqini ISH KUNLARI SONIGA KO‘PAYTIRISH ORQALI BELGILANADI.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍117👏1
#qonunbilan
⚙️ Davlat xizmatida tizimli islohotlarning navbatdagi qadami!


🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, davlat xizmatini yangi bosqichga olib chiqish uchun bir qator tashkiliy chora-tadbirlar belgilandi:

📌 Asosiy tashabbuslar:
Xorijiy xizmat safarlarining samaradorligi bo‘yicha maxsus baholash uslubiyoti ishlab chiqiladi (3 oy ichida);
Davlat organlari faolligining milliy reytingi uchun elektron platforma yaratiladi va barcha tizimlar bilan integratsiya qilinadi;
Davlat xizmatchilarining oylik maoshi yagona va adolatli mezonlar asosida shakllantiriladi (2026-yildan);
Axloq komissiyalari bilan ishlash bo‘linmasi tashkil etiladi — xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishini nazorat qiladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
5
#Attestatsiya

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi


Bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy zarar va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/1244

Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.


Telegram l Instagram l YouTube
👍355👏3🔥1
#savolimbor? Assalomu alaykum, menga ish haqimning 20 foizi miqdorida axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Shuni o’rindosh ish joyimdagi ish haqimdan o’tkazsam bo’ladimi, to'g'risi oyligim bu yerda kamroq edi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko’ra, axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining 10 foizidan 30 foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi https://lex.uz/docs/-111453

Jinoyat-ijroiya kodeksining 31-moddasiga ko’ra, hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi https://lex.uz/docs/-163629

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 27-iyuldagi 157-son buyrug‘iga ilova “Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash tariqasidagi jazolarning ijrosini tashkil etish hamda shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaning 2-bobi axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etishni tartibga soladi https://lex.uz/uz/docs/-3323415#-3323507

⚠️ Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, 20 foiz ushlanma asosiy ish joyingizdagi ish haqingizning barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinadi.

📍MK 269-moddasiga ko’ra, bu holatda xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥74
#test Ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilning davomiyligi 12 oylik davr mobaynida necha oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Anonymous Quiz
55%
3
23%
6
5%
9
17%
mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal etiladi.
👍171👏1😇1
Dissertatsiya ishi bo'yicha anonim so'rovnomada qatnashishingizni so'rab qolaman:
https://forms.gle/knL7rRvCYNY78s5R6
👍131🔥1
#savolimbor
Ассаламу алайкум, устозлар саволим бор эди илтимос ёрдам берсангиз. Давлат ташкилотимиз, бошлиг отпускала кетишда лавозим мажбуриятини вактинчалик бажаришни уринбосарига юклаб кетди, Саволим шуки шу давр мобайнида бошлик лавозим мажбуриятини вактинчалик бажарувчи ходимларни бошка лавозимга утказиши ёки янги ходим ишга Кабул килиш мумкинми? Жавоб учун олдиндан рахмат.


Javob
Qiziq va dolzrab savol. Boshliqning ishda yo‘qligi paytida uning vazifasini vaqtincha bajaruvchida qanday vakolatlar borligi, xususan, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazish, yangi xodimlarni ishga qabul qilish huquqi haqida aniq norma mavjud emas. Shu sababli bir nechta normani tahlili qilib savolga javob berish mumkin bo‘ladi.

Mehnat kodeksining 19-moddasiga asosan, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi bo‘ladi. Sizning vaziyatingizda davlat tashkiloti ish beruvchi sanaladi.

Kodeksning 24-moddasiga asosan, ish beruvchi ushbu kodeksda, boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish hamda bekor qilish huquqiga ega. Demak siz aytgan davlat tashkiloti xodimlarni ishga qabul qilishi, boshqa ishga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.11.2024 yildagi 758-son qarorining 2-ilovasida tashkilot nomidan keyinchalik “Ish beruvchi” deb ataladi jismoniy shaxs ish olib borishi nazarda tutilgan. Bu degani tashkilotni o‘zi ish beruvchi bo‘ladi, uni nomidan esa jismoniy shaxs harakat qiladi.

Ishberuvchi – tashkilot nomidan harakat qiladigan jismoniy shaxs Kodeksning 485-moddasiga asosan, tashkilot rahbari deb nomlanadi. Unga ko‘ra tashkilot rahbari ushbu Kodeksga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, tashkilotning ta’sis hujjatlariga, ichki hujjatlarga muvofiq mazkur tashkilotga rahbarlikni amalga oshiruvchi, shu jumladan uning yagona ijro etuvchi organi vazifalarini bajaruvchi jismoniy shaxsdir.

Endi ayni yuqoridagi 485-moddaga asosan, tashkilot rahbarining o‘rinbosari rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarish o‘z xizmat vazifalari jumlasiga kiruvchi shaxsdir.

Tepadagi moddaga e’tibor bersangiz, tashkilot rahbarining o‘rinbosari rahbar yo‘qligida uning vazifasini vaqtincha bajarib turish yoki lavozim vazifalari taqsimoti asosida ayrim masalalar bo‘yicha rahbar vazifasini bajarishi mumkinligini ko‘rasiz.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun hujjatlari tahlili asosida shunday xulosa qilish mumkinki, korxona rahbari ta’tilga ketgan paytda rahbar o‘rinbosari xodimlarni ishga qabul qilishi yoki ularni boshqa ishga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi, faqat bitta shart bilan, agar unga lavozim vazifalari taqsimoti asosida ushbu vazifalar berilgan bo‘lsa.

Bu vazifalarning rahbar o‘rinbosariga berilgan yoki yo‘qligini qanday bilish mumkin bo‘ladi? Mazkur masalani faqatgina tashkilotingizdagi ichki hujjatlar, lavozim yo‘riqnomalari, nizomlar yoki tashkilotga faoliyatiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqish orqaligina bilib olishingiz mumkin.


📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍92🔥1😎1
#qonunbilan
🥗 Sog‘lom davlat xizmati sari qat’iy qadamlar!


🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga asosan, davlat xizmatchilari uchun sog‘lom turmush tarzini joriy etish bo‘yicha muhim yangiliklar belgilandi:

🔑 Asosiy chora-tadbirlar:
Jismoniy faollik bo‘yicha tavsiyaviy mashqlar va me’yorlar ishlab chiqiladi;
2026-yildan boshlab xodimlar yiliga kamida 1 marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
hrm.argos.uz platformasida xodimlarning tana vazni indeksi kiritilishi yo‘lga qo‘yiladi;
Davlat idoralarining oshxonalari autsorsing asosida sog‘lom ovqatlanish tamoyili bilan ishlaydi — yog‘li, zararli taomlar cheklanadi;
Oshxonalarga va tibbiy ko‘riklarga oid yagona me’yor va talablar ishlab chiqiladi.

🎯 Maqsad – sog‘lom xodim, samarali xizmat!

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
6🔥2
#savolimbor? Ассалому алайкум Муҳаммадамин ака яхшимисиз. Суд қарорига мувофиқ муайян ҳуқуқ ва лавозимда ишламаслик асосида ишдан бўшатилган бош ҳисобчига расчётной бериладими йўқми? Илтимос шунга асосли жавоб берсангиз. Олдиндан катта раҳмат

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

MK 172, 254-moddalariga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
❗️Hisob-kitob xodimga:
👉oxirigacha olinmagan ish haqini;
👉xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
👉agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

⚠️ Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

⚠️ Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin 3️⃣ kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

⚠️ MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️Demak, mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli (MK 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari), xodim vafot etganligi, xodim ozodlikdan mahrum qilinganligi va boshqa har qanday asosga ko’ra bekor qilinsa, xodimga “расчётный” beriladi.

Savolda so’ralgan holat bo’yicha, xodim Jinoyat kodeksi 45-moddasi bo’yicha muayyan huquqdan mahrum qilingan hamda mehnat shartnomasi MK 168-moddasi 1-qismi 3-bandiga ko’ra bekor qilingan. Bu vaziyatda ham MK 172, 234, 254-moddalariga muvofiq xodimga “расчётный” beriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍107
#test Ishsizlik nafaqasidan daromad solig'i to'lanadimi?
Anonymous Quiz
33%
Ha, to'lanadi.
67%
Yo'q, to'lanmaydi.
👍18
#qonunbilan
🎖 Davlat xizmatchilarining martabasi – e’tiborda!


🇺🇿 🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, davlat xizmatchilariga malaka darajalari berish tartibi belgilandi:

2025-yil 1-noyabrgacha davlat organlari rahbarlari tomonidan xodimlarga ularga mos lavozim malaka darajalari bir martalik tartibda belgilanadi;
Hozirda amalda bo‘lgan martaba yoki unvonlar bo‘yicha ustamalar saqlab qolinadi — yangi tizim joriy etilguncha qo‘shimcha to‘lovlar davom ettiriladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍51
#savolimbor Assalomu aleykum Muhammadamin aka yaxshimisiz men Xorazm viloyati Urganch tumanidagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. 2025 yil 1 iyulda mehnat tatiliga chiqdim. Lekin haligacha mehnat tatili puli to‘lab berilmadi. MK 233 moddasi buzildi. Bizda ko‘plab o‘qituvchilarga mehnat tatili pullari to‘lab berilmadi. Meni huquqimni himoya qilishda qaysi organga murojat qilay yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga berishim kerakmi?
Yana bir iltimos, Xorazm viloyat Urganch tumanidagi o‘qituvchilarga mehnat tatili pullari to‘lanmayotgani haqida Telegram kanallaringzda yoritib bering. Chunki Sizni kanalizni bizni rahbarlar ham kuzatadi

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍92
#test Ishdan bo'shatish nafaqasidan daromad solig'i to'lanadimi?
Anonymous Quiz
56%
Ha, to'lanadi.
44%
Yo'q, to'lanmaydi.
👍146
#qonunbilan
📘 Davlat xizmati – yagona tartib, aniq maqsadlar!


🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, 2030-yilgacha bo‘lgan Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish strategiyasi va unga oid asosiy hujjatlar tasdiqlandi:

📌 Strategik hujjatlar nimalarni o‘z ichiga oladi?

🎯 Rivojlanish strategiyasi va maqsadli ko‘rsatkichlar

🗂 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi

🏢 Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan organlar ro‘yxati

🧑‍💼 Lavozimlar reyestri va tanlov tartibi

🧠 Kadrlar zaxirasi va malaka darajalari nizomlari

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥4👍31
Bolnichniydagi xodimga dam olish kunlari uchun ham haq to’lanadimi?

#savolimbor Assalomu alaykum hurmatli ustozlar. bir savolim bor edi. Xodim 3 kunga kasallik vaqasi ochtirgan. shuni 2 kuni shanba yakshanba dam olish kuniga to'g'ri kelmoqda. necha kunga haq to'lanadi. oldindan rahmat

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi :

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 38-bandiga ko’ra, nafaqaning (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa) umumiy summasi kunlik o‘rtacha ish haqini ushbu oyda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’til tufayli ishga kelmagan ISH KUNLARI SONIGA KO‘PAYTIRISH YO‘LI BILAN ANIQLANADI❗️ https://lex.uz/docs/-6978570#-6980192

Demak, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar ya'ni bolnichniy va dekret pullari uchun ish kunlariga haq to'lanadi!

Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍148
#test Mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslarga ko‘ra bekor qilinsa, mavsumiy xodim o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishidan ... oldin yozma shaklda ogohlantiriladi.
Anonymous Quiz
76%
kamida 3 kun
10%
kamida 2 kun
14%
kamida 1 kun
👍145
2025/07/13 21:09:49
Back to Top
HTML Embed Code: