Telegram Web Link
👍81
Xususiy maktablardagi pedagoglarga haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tili berilmaydimi

#savolimbor Ассалому алайкум, Мухаммадамин ака. Мен 2024 йил сентябр ойидан хусусий мактабда ищлаяпман. Масала шундаки мехнат таътили ва таътилга чикканда туланадиган пул йук дейишмокда рахбарлар. Шу тугрими. Олдиндан рахмат.

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi

Mutlaqo noto’g’ri.

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun 14-moddasi 3-qismida davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga davomiyligi ko‘pi bilan 56 kalendar kundan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili kafolatlanadi. Ayrimlar mana shu normani asos qilib, nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga 56 kun berilmaydi, kamida 21 kun bersa ham bo’ladi deyishayotgan bo’lishi mumkin.

Lekin MK 218-moddasiga ko’ra har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tillar ayrim toifadagi xodimlar uchun ham ular mehnat vazifalarining o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlariga hamda boshqa holatlarga qarab belgilanadi. Bunday ta’tillar olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarning ro‘yxati va ushbu ta’tillarning davomiyligi qonunchilikda belgilanadi.

Pedagoglar esa yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar jumlasiga kiradi! Davlat tashkilotidagi pedagog yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligini boshdan kechiradiku, nodavlatdagilar esa yo'qmi?

MK 501-moddasiga ko’ra, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilaydi https://lex.uz/ru/docs/-6516542 Qarorning 1-bandiga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi me’yorlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

MK 501-moddasida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

❗️Diqqat! E’tibor bering, yuqoridagi qonunchilik hujjatlarida ta’lim tashkilotlari davlat yoki nodavlatga ajratilmagan. Ya’ni yuqoridagi yillik uzaytirilgan ta’til bilan bog’liq talablar, nafaqat davlat, balki xususiy ta’lim tashkilotlari (universitet, maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshqalar)ga ham birdek taalluqli❗️

Bundan tashqari, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun 3-moddasiga e'tibor bering, unga ko'ra davlat akkreditatsiyasi — davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon.

Ya'ni "Ta'lim to'g'risida"gi Qonundan kelib chiqsak ta'lim tashkilotlari deyilganda davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari ham nazarda tutiladi!

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, nodavlat ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga ham 56 KALENDAR KUNDAN IBORAT BO‘LGAN HAQ TO‘LANADIGAN HAR YILGI ASOSIY UZAYTIRILGAN MEHNAT TA’TILI BERILISHI KERAK!

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470
8👍2👏1😎1
#lekinbufakt
Бугун 13 июль 🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Халқаро Меҳнат Ташкилотига (1992) аъзо бўлган кун.

Ташкилот томонидан­ ҳозирга қадар 189 та Конвенция ва 202 та Тавсия қабул қилинган.

2025 йил июль ойи ҳолатига кўра, Ўзбекистон Республикаси томонидан ратификация қилинган Халқаро меҳнат ташкилотининг конвенциялари сони 2️⃣5️⃣ та.

1) Мажбурий меҳнат тўғрисидаги 1930 йилги 29-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

2) Қирқ соатлик иш ҳафтаси тўғрисидаги 1935 йилги 47-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

3) Ҳақ тўланадиган таътил тўғрисидаги 1936 йилги 52-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

4) Жамоа музокараларини олиб бориш ва бирлашиш ҳуқуқи тўғрисидаги 1949 йилги 98-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

5) Тенг ҳақ тўлаш тўғрисидаги 1951 йилги 100-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

6) Оналикни муҳофаза қилиш тўғрисидаги 1952 йилги (қайта кўриб чиқилган) 103-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

7) Мажбурий меҳнатни тугатиш тўғрисидаги 1957 йилги 105-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

8) Меҳнат ва иш турлари соҳасида камситиш тўғрисидаги 1958 йилги 111-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

9) Иш билан таъминлаш соҳасидаги сиёсат тўғрисидаги 1964 йилги 122-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

10) Меҳнаткашларнинг вакиллари тўғрисидаги 1971 йилги 135-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

11) Энг кичик ёш тўғрисидаги 1973 йилги 138-Конвенция. (2008 йил 4 апрелда ратификация қилинган).

12) Жамоа музокараларини олиб бориш тўғрисидаги 1981 йилги 154-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

13) Болалар меҳнатининг энг ёмон шакллари тўғрисидаги 1999 йилги 182-Конвенция. (2008 йил 8 апрелда ратификация қилинган).

14) Бирлашмалар эркинлиги ва касаба уюшмаларига бирлашиш ҳуқуқини ҳимоя қилиш тўғрисидаги 87-сонли Конвенция. (25.10.2016 ратификация қилинган)

15) Халқаро меҳнат нормалари қўлланилишига кўмаклашиш учун уч томонлама маслаҳатлашувлар тўғрисидаги 1976 йилги 144-сонли Конвенция. (2019 йил 4 мартда ратификация қилинган)

16) Қишлоқ хўжалигида меҳнат инспекцияси тўғрисидаги 129-сонли Конвенция (Женева, 1969 йил 25 июнь, 2019 йил 27 августда ратификация қилинган)

17) Саноат ва савдода меҳнат инспекцияси тўғрисидаги 81-сонли Конвенция (Женева, 1947 йил 11 июль, 2019 йил 27 августда ратификация қилинган).

18) Меҳнат хавфсизлиги ва гигиенасига кўмаклашиш асослари тўғрисидаги 187-сонли Конвенция (Женева, 2006 йил, 2021 йил 29 май ратификация қилинган).

19) Қурилишда меҳнат хавфсизлиги ва гигиенаси тўғрисидаги 167-сонли Конвенция (Женева, 1988 йил 20 июн, 2022 йил 7 февраль ратификация қилинган).

20) “Ишчиларни иш жойида ҳаво ифлосланиши, шовқин ва тебраниш туфайли вужудга келадиган касбий хавф-хатардан ҳимоялаш тўғрисида”ги 148-сон Конвенциясининг (Женева, 1977 йил 20 июн).

21) Иш ҳақини ҳимоя қилиш тўғрисидаги 95-сонли Конвенцияси (Женева, 1949 йил, 1 июль, 12.03.2024 йилдаги ЎРҚ-918-сон Қонун билан ратификация қилинган)

22) Ишлаётган эркаклар ва аёллар учун тенг муносабатлар ва тенг имкониятлар: оилавий мажбуриятларга эга ходимлар тўғрисидаги 156-сонли Конвенсиясини (Женева, 1981-йил 23-июн), 19.06.2024 йилдаги ЎРҚ-932-сон Қонун билан ратификация қилинган.

23) ЎРҚ-962-cон, 12.09.2024 й билан Халқаро Меҳнат ташкилотининг Тўлиқсиз иш вақти шароитларида ишлаш тўғрисидаги 175-сонли Конвенцияси (Женева, 1994 йил 24 июнь) ратификация қилинди.

24) ЎРҚ-969-сон, 02.10.2024 й билан Халқаро меҳнат ташкилотининг Меҳнат хавфсизлиги ва гигиенаси ҳамда ишлаб чиқариш муҳити тўғрисидаги 155-сонли Конвенцияси (Женева, 1981 йил 22 июнь) ратификация қилинди.

25) Ўзбекистон Республикасининг 07.11.2024 йилдаги ЎРҚ-994-сон Қонуни билан Халқаро меҳнат ташкилотининг ҳақ тўланадиган таътиллар тўғрисидаги 132-сонли Конвенцияси (1970 йилда қайта кўриб чиқилган) (Женева, 1970 йил 24 июнь) ратификация қилинди.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍12🔥43
#savolimbor O'quv ta'tili yoki har yilgi mehnat ta'tilimi?
Assalomu alaykum, Ustoz. OTMda o'qiyotgan xodimga o'z xohishiga ko'ra o'quv ta'tilini o'rniga mehnat ta'tili berilyapti. Xodim ta'til puli bn kontraktimni to'layman deb ta'tilga ariza yozyapti, 228ga asosan xodimga qulay vaqt deb mehnat ta'tiliga chiqarilyapti.
O'quv ta'tili ochiq qob ketyapti. Shunda 385 talabi buzilyapti deb olamizmi ustoz yoki xodim xohishi deb o'quv ta'tili berilmasa bo'lo'radimi?
Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍71
Forwarded from YURISTKADR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#муҳокама

Яна ўша мавзу: ходим тушунтириш хатининг ўрнига маълумотнома берган...

Ходим ёзма тушунтириш хати эмас, ёзма маълумотнома берган. Лекин унинг ичида интизомий қилмиш юзасидан ходимнинг муносабати баён қилинган. Шундай вазиятда, ходим тақдим қилган маълумотнома ёзма тушунтиришнинг ўрнига ўтадими?

Ҳамкасбим Мухаммадамин Каримжонов билан мана шу масалани муҳокама қилдик.

👉@yuristkadr
🔥12👍85
#test Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash davlat organi rahbarining tegishli ... bilan rasmiylashtiriladi.
Anonymous Quiz
66%
buyrug'i
27%
qarori
7%
farmoyishi
👍9👏21
#savolimbor? Ассалому алейкум устозлар яхшимисизлар. Бир саволим бор эди. Ходим сокрошенияга тушган, огохлантириш хати берилган. Огохлантириш муддати тугашига 15 кун қолганда ўқиш жойидан (сиртқи таълим талабаси эди) чақирув маълумотномасини олиб келди. Бу орада огохлантириш муддати тўхтатилиб турадими.

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

MK 165-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, xodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi, bundan mehnatga oid munosabatlarning tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan tugatilishi mustasno.

❗️Demak, e’tibor bering MK 165-moddasi (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish) oxirgi qismida ta’til haqida gap-so’z yo’q. Ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtida o’tmay turadi. Davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqtga qaysi holatlar kirishi MK 282-moddasida tatibga solingan.

❗️Yuqoridagilardan xulosa qilsak, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddati xodimning ta’tilda bo’lgan vaqtida o’taveradi.

Diqqat! Lekin MK 163-moddasiga ko’ra (Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishni taqiqlash), xodim ta’tilda bo’lgan davrda ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi, korxona tugatilgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda xodimning qaysi ta’tilda ekanligining ahamiyati yo’q. MK 213-moddasiga ko’ra ta’tilning 4 turi mavjud: har yilgi mehnat ta’tili;ijtimoiy ta’tillar;ish haqi qisman saqlanadigan ta’til; ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

❗️Demak, savoldagi holatda xodim o’quv ta’tiliga chiqsa ogohlantirish muddati o’taveradi. Tasavvur qilaylik, xodim 20 kunga o’quv ta’tiliga chiqqan, 15 kundan so’ng ogohlantirish muddati tugaydi. Lekin xodim ta’tilda bo’lganligi uchun ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlanadi.

Unda mehnat shartnomasini qaysi kuni bekor qilish kerak bo'ladi

Bu holatda MK 235-moddasiga ham chalg’imaslik lozim. Ya’ni ushbu moddaning 1 va 2- qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi. 235-modda mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida xodimga har yilgi mehnat ta’tilini berishni tartibga soladi. Ya’ni 235-moddani MK 213-moddasidagi boshqa ta’til turlariga (ijtimoiy ta’tillar, ish haqi qisman saqlanadigan ta’til, ish haqi saqlanmaydigan ta’til)larga tatbiq qila olmaymiz.

❗️Bu holatda xodim o’quv ta’tilidan ishga chiqqan 1- kuni mehnat shartnomasini bekor qilish lozim.

⚠️Diqqat! MK 164-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍53
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Ish beruvchi xodimni zagranpasportini olib qo’yishga haqlimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi :

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va undan foydalanish, shuningdek, konsullik hisobiga qo‘yish tartibini belgilaydi.

Nizomning 60-bandiga muvofiq, quyidagilar taqiqlanadi:

ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qo‘yish;

xorijga chiqish biometrik pasportini majburiyatlarni ta’minlash maqsadida garov sifatida qabul qilish va topshirish.

Qaysi holatlarda fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qo‘yish mumkin:

Nizomning 14-bandiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasportlari mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan olib qo‘yiladi va xizmat tugagunga qadar saqlanadi. Muddatli harbiy xizmat tugaganidan keyin mudofaa ishlari bo‘limlari olib qo‘yilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarni fuqarolarga ular harbiy hisobga qo‘yilganidan keyin o‘n kun muddatda qaytarib berishlari shart.

Shartnoma asosida harbiy xizmatga, o‘qish uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirgan fuqarolardan xorijga chiqish biometrik pasportlari harbiy qismlarning hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarining kadrlar bilan ishlash organlari tomonidan olib qo‘yiladi va shtablarda saqlanadi.

Nizomning 57-bandiga ko’ra, qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va shartli hukm qo‘llanilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, xorijga chiqish biometrik pasporti Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga jo‘natiladi.

📌 Demak, ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qo‘yishga hech kimning haqqi yo’q!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
9👍2🥰1
Forwarded from YURISTKADR
Кечки курсларимиз ҳам давом этмоқда.

Бугун адвокатлар, адвокат ёрдамчилари ва юристлар иштирокидаги кечки курсни Мухаммадамин Каримжонов давом эттирди.

Бугунги мавзу иш ҳақи ва унга тенглаштирилган тўловлар ҳамда уларни ундиришга оид суд амалиёти ҳақида бўлди.

Айтмоқчи, янги гуруҳга ёзилмоқчи бўлганлар диққатига, келаси хафта душанбадан навбатдаги кечки курслар бошланади.

Яна айтмади деманглар-а🤨

👉@yuristkadr
👍62
YURISTKADR
Photo
Bugun soat 9.00 dan 22.00ga qadar dars o'tibman. Lekin bilimga chanqoq auditoriya bilan odam charchaganini ham bilmas ekan. Endi shaxsiydagi kelgan savollarga javob berishga o'tamiz. Darslarimiz hali davom etadi😊
👍14🔥10👏4
2025/07/14 18:30:58
Back to Top
HTML Embed Code: