Telegram Web Link
#qonunbilan
🎉 23-iyun — Davlat xizmati kuni!


🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, bayram nishonlanadi.

🇺🇳 BMT tomonidan 23-iyun — Davlat xizmati kuni deb e’lon qilingan. Endilikda har yili ushbu sana doirasida davlat xizmatining obro‘sini oshirish va xodimlarga munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

🔹 Har yili quyidagilar tashkil etiladi:
Har bir vazirlik va idora o‘z sohasidagi natijalar, yutuqlar va rejalar haqida jamoatchilikka interaktiv taqdimot qiladi;
Eng namunali davlat xizmatchilari faoliyati targ‘ib qilinadi, ular haqida videoroliklar va filmlar namoyish etiladi;
Davlat xizmatchilarining oila a’zolari uchun "Oila kuni" (Family Day) tadbirlari o‘tkaziladi.

🎯 Ma’naviy rag‘bat, ochiqlik va ijobiy imij – yangi davlat xizmatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri!

📋 Ushbu tadbirlarning yillik ro‘yxatini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tasdiqlab boradi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум! Мехнат таътилида бўлган ходим сиртқи таълимда ўқиши бошланганлиги тўғрисидаги маълумотномани олиб келди. Ушбу холатла қандай йўл тутилса тўғри бўлади? Илтимос асоси бн жавоб берворилар

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 229-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda xodimlar har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega.

Agar har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga monelik qiluvchi sabablar ta’til boshlanguniga qadar kelib chiqqan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ta’tildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta’til davrida kelib chiqqan hollarda ta’til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga ko‘ra ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Xodim har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan, yuzaga kelgan sabablar to‘g‘risida ish beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Agar xodim ushbu Kodeks 228-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda ta’til boshlanadigan vaqt haqida o‘z vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga ta’til boshlanguniga qadar ushbu Kodeks 233-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ta’til vaqti uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, har yilgi mehnat ta’tili xodimning arizasiga ko‘ra boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Demak, Sizning holatda ta’tilidan foydalanishga monelik qiluvchi sabab ya'ni o'quv ta'tili har yilgi mehnat ta’tili davrida kelib chiqqanligi sababli, xodim o'quv ta'tili tufayli har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish uchun ariza yozadi, arizaga OTMning chaqiruv qog'ozini ilova qiladi hamda xodimning har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish bo’yicha ish beruvchinig buyrug’i qabul qilinadi. Yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga ko‘ra ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor
Олий таьлим муассасаси, июль ойидан бошлаб барча укитувчиларни таьтилга чикариш керак 56 кунга. Лекин булар яна без содержания хам оформлять килишар экан шу 56 кунга. Агар 07.07 да оформлять килса 31августга тугри келяпти. Кайси бири тугри?

Javob

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-, 223-, 241- va 501-moddalariga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori asosida, oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlariga quyidagicha yillik mehnat ta’tili tartibi belgilangan:

📌 1. Pedagog xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.
Mehnat kodeksining 501-moddasida oliy ta’lim tizimi pedagoglariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili i belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023 yildagi 263-son qaroriga ko'ra, oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilar 56 kalendar kun ta'til beriladi.
Bu ta’til haq to‘lanadigan bo‘lib, unga boshqa shakldagi ta’til (masalan, "bez soxraneniya")ni aralashtirish qonunga xilofdir.

📌 2. "Ish haqi saqlanmaydigan ta’til" (BS) faqat xodim arizasiga asosan berilishi mumkin
Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra, ish haqi saqlanmaydigan ta’til faqat xodimning yozma arizasiga asosan, uning shaxsiy sabablari bilan, ish beruvchi bilan kelishuv asosida berilishi mumkin.
Bu ta’til hech qachon majburiy yoki avtomatik tarzda berilmaydi. Ta’tilning davomiyligi har o‘n ikki oylik davrda jami 3 oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

📌 3. Yozgi mehnat ta’tili davrida BS (ish haqi saqlanmaydigan) rasmiylashtirish — qonunbuzarlik hisoblanadi
Pedagogning yillik mehnat ta’tili o‘quv yili tugagach yozda beriladi va bu davr uchun ish haqi to‘liq saqlanadi.
Shunday ekan, agar o‘qituvchi ariza yozmagan bo‘lsa, har yilgi ta’til ya'ni pulli ta'til o‘rniga BS berilishi — noqonuniy hisoblanadi,

Xulosa
Oliy ta’lim o‘qituvchisiga 7-iyuldan 31-avgustgacha 56 kunlik haq to‘lanadigan ta’til berilishi to‘g‘ri.
Ammo bu davrni "ish haqi saqlanmaydigan ta’til" sifatida rasmiylashtirish — qonunga ziddir, agar o‘qituvchi o‘zi ariza bilan so‘ramagan bo‘lsa.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Forwarded from Muhammadamin Karimjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Cўраган_эдингиз

Мурожаат: Мен ўз хоҳишимга кўра ишдан бўшамоқчиман. Лекин ишхонамдан қарздорлигим бор экан, таътил пулидан. Амалдаги тартиб бўйича шундай бўлиши мумкинми?

Ушбу масала юзасидан эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов маълумот берди.

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi (Miryoqub Raximov)
Mehnat kodeksining barcha 581 ta moddasini bepul o'rganing!
1) Mehnat kodeksining 1-33-moddalari tahlili
2) Mehnat kodeksining 34-47-moddalari tahlili
3) Mehnat kodeksining 48-59-moddalari tahlili
4) Mehnat kodeksining 60-79-moddalari tahlili
5) Mehnat kodeksining 80-93-moddalari tahlili
6) Mehnat kodeksining 94-102-moddalari tahlili
7) Mehnat kodeksining 103-112-moddalari tahlili
8) Mehnat kodeksining 113-117-moddalari tahlili
9) Mehnat kodeksining 118-128-moddalari tahlili
10) Mehnat kodeksining 129-132-moddalari tahlili
11) Mehnat kodeksining 133-144-moddalari tahlili
12) Mehnat kodeksining 145-150-moddalari tahlili
13) Mehnat kodeksining 151-154-moddalari tahlili
14) Mehnat kodeksining 155-160-moddalari tahlili
15) Mehnat kodeksining 161-167-moddalari tahlili
16) Mehnat kodeksining 168-170-moddalari tahlili
17) Mehnat kodeksining 171-174-moddalari tahlili
18) Mehnat kodeksining 175-180-moddalari tahlili
19) Mehnat kodeksining 181-190-moddalari tahlili
20) Mehnat kodeksining 191-200-moddalari tahlili
21) Mehnat kodeksining 201-212-moddalari tahlili
22) Mehnat kodeksining 213-223-moddalari tahlili
23) Mehnat kodeksining 224-235-moddalari tahlili
24) Mehnat kodeksining 236-242-moddalari tahlili
25) Mehnat kodeksining 243-249-moddalari tahlili
26) Mehnat kodeksining 250-257-moddalari tahlili
27) Mehnat kodeksining 258-268-moddalari tahlili
28) Mehnat kodeksining 269-278-moddalari tahlili
29) Mehnat kodeksining 279-284-moddalari tahlili
30) Mehnat kodeksining 285-294-moddalari tahlili
31) Mehnat kodeksining 295-301-moddalari tahlili
32) Mehnat kodeksining 302-311-moddalari tahlili
33) Mehnat kodeksining 312-315-moddalari tahlili
34) Mehnat kodeksining 316-324-moddalari tahlili
35) Mehnat kodeksining 325-330-moddalari tahlili
36) Mehnat kodeksining 331-336-moddalari tahlili
37) Mehnat kodeksining 337-343-moddalari tahlili
38) Mehnat kodeksining 344-350-moddalari tahlili
39) Mehnat kodeksining 351-359-moddalari tahlili
40) Mehnat kodeksining 360-366-moddalari tahlili
41) Mehnat kodeksining 367-372-moddalari tahlili
42) Mehnat kodeksining 373-382-moddalari tahlili
43) Mehnat kodeksining 383-387-moddalari tahlili
44) Mehnat kodeksining 388-391-moddalari tahlili
45) Mehnat kodeksining 392-399-moddalari tahlili
46) Mehnat kodeksining 400-405-moddalari tahlili
47) Mehnat kodeksining 406-410-moddalari tahlili
48) Mehnat kodeksining 411-416-moddalari tahlili
49) Mehnat kodeksining 417-422-moddalari tahlili
50) Mehnat kodeksining 423-431-moddalari tahlili
51) Mehnat kodeksining 432-436-moddalari tahlili
52) Mehnat kodeksining 437-442-moddalari tahlili
53) Mehnat kodeksining 443-449-moddalari tahlili
54) Mehnat kodeksining 450-455-moddalari tahlili
55) Mehnat kodeksining 456-459-moddalari tahlili
56) Mehnat kodeksining 460-464-moddalari tahlili
57) Mehnat kodeksining 465-472-moddalari tahlili
58) Mehnat kodeksining 473-484-moddalari tahlili
59) Mehnat kodeksining 485-490-moddalari tahlili
60) Mehnat kodeksining 491-494-moddalari tahlili
61) Mehnat kodeksining 495-499-moddalari tahlili
62) Mehnat kodeksining 500-moddasi tahlili
63) Mehnat kodeksining 501-moddasi tahlili
64) Mehnat kodeksining 502-moddasi tahlili
65) Mehnat kodeksining 503-moddasi tahlili
66) Mehnat kodeksining 504-506-moddalari tahlili
67) Mehnat kodeksining 507-513-moddalari tahlili
68) Mehnat kodeksining 514-520-moddalari tahlili
69) Mehnat kodeksining 521-526-moddalari tahlili
70) Mehnat kodeksining 527-529-moddalari tahlili
71) Mehnat kodeksining 530-533-moddalari tahlili
72) Mehnat kodeksining 534-538-moddalari tahlili
73) Mehnat kodeksining 539-540-moddalari tahlili
74) Mehnat kodeksining 541-542-moddalari tahlili
75) Mehnat kodeksining 543-546-moddalari tahlili
76) Mehnat kodeksining 547-551-moddalari tahlili
77) Mehnat kodeksining 552-557-moddalari tahlili
78) Mehnat kodeksining 558-565-moddalari tahlili
79) Mehnat kodeksining 566-569-moddalari tahlili
80) Mehnat kodeksining 570-574-moddalari tahlili
81) Mehnat kodeksining 575-581-moddalari tahlili
Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (Phd), dotsent Miryoqub Raximov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Эксперт_шарҳи

Давлат хизматида ишлайман. Яқинда бир ойлик муддатда ҳарбий хизматга кетмоқчиман. Бундай ҳолатда мен билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилинадими?

▫️Ушбу масала юзасидан эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов маълумот берди.

Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
#qonunbilan
🎓 Davlat xizmatida yagona kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra,
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida davlat xizmatchilarini tayyorlash va rivojlantirishning yaxlit tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Agentlik:
– Ochiq tanlov asosida eng munosib kadrlarni tanlaydi
– Xodimlarning kompetensiyasini aniqlaydi, rivojlanish rejasini tuzadi
– Milliy kadrlar zaxirasini shakllantiradi
– Zarur yo‘nalishlar bo‘yicha xorijda stajirovkalarni tashkil etadi
– “El-yurt umidi” stipendiatlarini qo‘llab-quvvatlaydi

🔹 Akademiya:

– Davlat xizmatchilarining malakasini oshiradi, qayta tayyorlaydi
– Magistrlik dasturlarini amalga oshiradi
– Boshqa o‘quv markazlar faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi

🔹 “El-yurt umidi” jamg‘armasi:
– Xorijdagi stajirovkalarni tashkil etadi
– Kadrlarning xorijda o‘qishini va amaliy ko‘nikmasini muvofiqlashtiradi

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Malaka oshirish davrida xodimga xizmat safari xarajatlari to’lab beriladimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

⚠️ Xizmat safari va malaka oshirish boshqa-boshqa tushunchalardir. ❗️MK 280-moddasiga e’tibor bering! Unga ko’ra ish beruvchi, xodim xizmat safarida bo‘lgan davr va xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr hamda boshqa holatlarda kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

❗️Bundan tashqari, MK 286-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart: xizmat safarlarida bo‘lganda, ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda.

⚠️E’tibor bergan bo’lsangiz, MK 280, 286 va boshqa moddalarda malaka oshirish va xizmat safari alohida-alohida ko’rsatilyapti. Xizmat safari va malaka oshirish davrida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

⚠️ Diqqat! MK 370-moddasiga ko'ra, agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal qilinadi.

👉 MK 287-moddasiga ko’ra, xizmat safari xodimning ish beruvchi farmoyishiga binoan doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga ma’lum muddatga qiladigan safaridir. Doimiy ishi ko‘chib yurish yoki sayyor xususiyatga ega bo‘lgan xodimlarning xizmat safarlariga chiqishi xizmat safarlari hisoblanmaydi. Ish beruvchi xodimga MK 287-moddasida nazarda tutilgan xizmat safarlari chog‘idagi kompensatsiya to‘lovlarini qoplab berishi berishi shart.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ILOVA “O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, xizmat safari — tashkilot rahbarining buyrug‘iga (qarori, farmoyishiga) asosan xodimning o‘zining doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirig‘ini bajarish uchun ma’lum bir muddatga yuborilishi https://lex.uz/uz/docs/-6139421

👉 MK 367-moddasi 3-qismiga ko’ra, malaka oshirish deganda esa xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi.

MK 290-moddasiga ko’ra, agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.

Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ichki hujjatda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) to‘lovi belgilanishi mumkin.

Bundan tashqari, MK 370-moddasida ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari, 371-moddada esa kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish chog‘ida xodimlarning huquq va majburiyatlari belgilab qo’yilgan.

❗️Demak, MK 290-moddasiga ko'ra, malaka oshirish boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Forwarded from YURISTKADR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#дарс_жараёни

Меҳнат ҳуқуқи бўйича мутахассис Мухаммадамин Каримжонов тингловчиларимизга ходимларнинг иш жойини ўзгартириш ҳақида тушунтириш беряпти.

👉@yuristkadr
#savolimbor Assalomu alaykum yaxshimisiz Men 2024-yil 25-dekabrdan 2025-yil 26-maygacha “MCHJ Da ishladim. Ishni tark etganimdan so‘ng, yillik mehnat ta’tili uchun kompensatsiyani talab qildim.

Biroq, ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan, men faqat 5 oy ishlaganim sababli yillik ta’til huquqi paydo bo‘lmaganini va shuning uchun kompensatsiya to‘lanmasligini ma’lum qildi.

Iltimos, ushbu holat yuzasidan mening huquqlarim qanchalik qonuniy himoyalanganligi va qanday choralar ko‘rishim mumkinligi haqida maslahat berishingizni so‘rayman.

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
АРИЗА_14_Меҳнат_дафтарчасига_ўриндошлик_асосида_ишлаган_даврни_киритиш.docx
21 KB
#namuna
Mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan davrni kiritish to‘g‘risida ariza


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/zObgYS-mXg4?si=cstVikJepllA00tm)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#qonunbilan
📢 Davlat xizmatini tubdan isloh qilish: 2026 yildan yangi tartiblar!

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat fuqarolik xizmatiga oid quyidagi yangiliklar joriy etiladi:

🔹 Tanlov tizimidagi yangiliklar (2025-yil 1-avgustdan):
– Barcha vakant lavozimlar yagona portal orqali tanlov asosida egallanadi;
– Tayinlash bo‘yicha kelishuvlar endi tanlov komissiyasi tarkibi orqali amalga oshiriladi;
– Testlar maxsus xonalar yoki onlayn proktoring orqali o‘tkaziladi;
– Suhbat bosqichiga fuqarolik jamiyati, OTM va ilmiy tashkilotlar vakillari ekspert sifatida jalb qilinadi.

🔹 “TOP-100” rahbarlar dasturi:
– Har 2 yilda eng salohiyatli 100 nafar rahbar tanlab olinadi;
– G‘oliblar:
🔸 100 BHM miqdorida pul mukofoti oladi
🔸 Maxsus o‘quv dasturida qatnashadi
🔸 Tajribali rahbarlarga biriktiriladi
🔸 Xorijda stajirovka va boshqa lavozimlarda xizmat safariga yuboriladi
🔸 Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi

🔹 Milliy va hududiy kadrlar zaxirasi:
– Respublika miqyosida – 500 nafar, mahalliy darajada 1 000 nafar rahbar nomzod zaxiraga olinadi;
– Mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan 1 000 nafar kadr (raislar, yoshlar yetakchilari va boshqalar) tanlovsiz lavozimga tavsiya etiladi;
– Milliy zaxiradagi kadrlarga boshqa idoralarda xizmat safarlari va xorijiy tajriba almashinuvi tashkil etiladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. Bir xodimimiz korxonamizda 15 yildan beri ishlaydi. U bilan mehnat shartnomasi o’z xohishi bilan bekor qilinmoqda. Xodim ish yilida 6 oy ishlagan. Shunda MK 220-moddasidagi ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ya’ni 6 kunni to’liq beramizmi yoki 6 oyga mutanosibmi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Mutanosib hisoblanadi. MK 222-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

Shuningdek, MK 224-modda 1-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini o‘n ikkiga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

❗️Buni misol bilan tushintiramiz. Xodimning har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kun. Bitta tashkilotda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili 15 yillik staji uchun 6 kun. Jamoa shartnomasidagi qo‘shimcha mehnat ta’tili 3 kun. Shunda (21+6+3)/12= 2.5 Chiqqan natijani to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytiramiz 2.5*6= 15. Demak, Sizning holatingizda xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda 15 kalendar kun uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi (MK 234-moddasi 3-qismiga ko'ra, pulli kompensatsiya to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi).

Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Ish kuni (smena) davomida xodimga dam olish va ovqatlanish uchun davomiyligi ko‘pi bilan 2 soat va kamida ... daqiqa bo‘lgan, ish vaqtiga kiritilmaydigan tanaffus berilishi kerak.
Anonymous Quiz
20%
20
55%
30
11%
40
15%
60
Barcha tashkilotlardagi ilmiy darajaga ega bo'lgan xodimlarga ustama to'lanadimi?

#savolimbor Ассалому алайкум Устозлар юридик фанлари номзоди янги ходим ишга олинди шунга Вазирлар махкмасининг карори борми у ходимга қўшича устамалар тайинлаш бўйича ишхоналар ҳам тўлайдими ушбу устамани

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030 - son qaroriga 1-ilova “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilm-fan, ta’lim va tajriba-konstruktorlik sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga (shu jumladan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga) qo‘shimcha haq to‘lash tartibini belgilaydi https://lex.uz/docs/-4662181

⚠️ Demak, e’tibor bering ushbu nizom barcha tashkilotlarda emas, balki ilm-fan, ta’lim va tajriba-konstruktorlik sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga (shu jumladan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga) qo‘shimcha haq to‘lash tartibini belgilaydi.

⚠️ Nizomning 26-bandiga ko’ra, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga mazkur Nizom talablari asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin. Bunda qo‘shimcha haq belgilash talablari (mezonlari) davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi.

❗️ Demak, e’tibor bering, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda faoliyat yurituvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin. "Mumkin" so'ziga e'tibor bering: to'lanishi ham mumkin, to'lanmasligi ham mumkin. To'lash yoki to'lamaslik masalasi, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning kollegial organi qarori bilan tasdiqlanadi.

Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonov
Batafsil:
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#qonunbilan
🔒 Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurash va raqamlashtirish!

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, davlat xizmatchilari orasida halollik va ochiqlikni kuchaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar joriy etiladi:

🛡 1. Korrupsiyaga qarshi barqarorlikni baholash
– Rahbarlar va zaxiradagi nomzodlarning korrupsiyaga qarshi barqarorlik darajasi baholanadi;
– Korrupsiyaga murosasiz munosabat va halollik qadriyatlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan choralar ishlab chiqiladi;
– Baholash uslubiyoti doimiy ravishda takomillashtirib boriladi.

💻 2. “Xizmat safari” – yagona elektron modul
🗓 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab barcha davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlari “hrm.argos.uz” tizimi orqali boshqariladi.

🔹 Modul qanday ishlaydi?
– Safar rejasi, geografiyasi, xarajatlari va natijalari onlayn nazorat qilinadi;
– Har bir safar bo‘yicha hisobot topshiriladi va uning samaradorligi baholanadi;
– Safar faoliyatining davlat organi natijadorligiga ta’siri monitoring qilinadi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Qon topshirgan xodimga ish beruvchi bazaviy hisoblashning 5 barobari miqdorida pul to'lashi shartmi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Qonunchilikda bunday norma mavjud emas. Aks holda, hamma xodimlar qon topshirib yurgan bo'lar edi😊

MK 283-moddasiga ko'ra, tibbiy tekshiruv o‘tkaziladigan hamda qon va uning tarkibiy qismlari topshiriladigan kunda ishdan ozod qilinganda, shuningdek dam olish kunlarida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Lekin qonunda xodimga yana qandaydir pulli kompensatsiya to'lansin degan talab mavjud emas.

Ko’pchilik Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi 202-son qaroriga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) ko‘krak nishoni to‘g‘risida”gi nizomdagi quyidagi normaga chalg’imoqda https://lex.uz/uz/docs/-2434762👇

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti oladilar. Ushbu ko’krak nishonni olish esa, oson ish emas. Nishon bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida 60 marta bepul topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.

⚠️ Qon donorlariga qanday kafolatlar berilgan? Bu haqida batafsil ushbu postlarimizda to’xtalganmiz👇

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/5929
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/5934
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/3011

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
2025/06/28 16:27:26
Back to Top
HTML Embed Code: