Forwarded from YURISTKADR
Бугун адвокатлар, адвокат ёрдамчилари ва юристлар билан кечки курсимизда ҳамкорим Мухаммадамин Каримжонов иштирок этмоқда.
Дарслар қизигандан-қизимоқда.
Навбатдаги кечки курсларимизга ёзилинг. Ишдан бўш вақтда жуда бемалол бўлади😊
Битта ташкилотдаги юристлар (ёки кадровиклар) жамоаси битта гуруҳ тузишлари ҳам мумкин.
👩💻@yuristkadr_menejer
📱 +99890-010-86-15
+99897-731-40-30
👉@yuristkadr

👍24🔥6❤4
#test Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganligi tufayli bekor qildi. Bu holatda kasaba uyushmasi qo'mitasining oldindan roziligi ...
Anonymous Quiz
35%
olinadi.
65%
olinmaydi.
👍27👏1
#savolimbor? Assalomu alaykum, bosh buxgalterni 6 oylik sinov bilan ishga olgandik, hali sinov muddati tugamagan lekin o'z xohishi bilan bo'shamoqchi, bosh buxgalter 1 oy oldin ogohlantiradi desam yo'q 3 kun oldin deyapti yuristimiz?
Aloqador moddalar: MK 130, 132, 160, 489 -moddalar
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@miryoqubraximov

👍7❤2
#savolimbor
Men 2016 yildan buyon bir korxonada ishladim. Yaqinda ishdan bo‘shadim. Menga faqat 2024–2025-yil uchun yillik ta’til kompensatsiyasi to‘lab berildi. Avvalgi yillar (2016–2023) uchun foydalanilmagan ta’til kunlari uchun kompensatsiya berilmadi. Bu holat qonuniymi?
Javob
Yo‘q, bu holat qonuniy emas. Amaldagi Mehnat kodeksining bir qator moddalariga ko‘ra, ish beruvchi sizga foydalanilmagan barcha yillik ta’til kunlari uchun to‘liq pul kompensatsiyasini to‘lashi shart edi.
Mehnat kodeksining 172-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi bekor qilinganida ish beruvchi xodim bilan to‘liq hisob-kitob qilishi shart. Bu hisob-kitobga xodimning oxirigacha olingan ish haqi, foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha yillik ta’tillar uchun pul kompensatsiyasi, hamda mehnat shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar kiradi. Demak, ish beruvchi sizga faqat oxirgi yil uchun emas, balki 2016–2023-yillar davomida foydalanilmagan barcha ta’tillar uchun ham kompensatsiya to‘lashi kerak edi.
Mehnat kodeksining 228-moddasiga binoan, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun yillik ta’til xodimga har yili ta’tillar jadvaliga muvofiq berilishi shart. Shuningdek, 230-moddaga ko‘ra, ta’til har yili o‘sha ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Faqat ayrim holatlarda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lsa, ta’til xodimning roziligi bilan keyingi yilga ko‘chirilishi mumkin. Demak, yillar davomida ta’til bermaslik yoki uni xodim roziligisiz yig‘ib borish — bu qonun buzilishidir.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq, xodim yillik ta’tilga chiqqanida unga o‘rtacha ish haqi saqlanishi kafolatlanadi. Ta’til puli ta’til boshlanishidan oldin, eng kechida oxirgi ish kunida to‘lanishi shart. Agar o‘tgan yillarda sizga ta’til berilgan bo‘lsa, lekin to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, bu ham alohida qonunbuzarlikdir.
Agar sizga bu to‘lovlar o‘z vaqtida yoki umuman amalga oshirilmagan bo‘lsa, Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi sizga kechiktirilgan har bir kun uchun foiz (kompensatsiya) ham to‘lashi lozim. Ushbu foiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblanadi. Bu norma xodimlarning moliyaviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Agar ish beruvchi ushbu qonuniy majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga binoan javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu modda asosida mehnat qonunchiligi buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima belgilanadi. Shu sababli, siz ushbu huquqiy asoslarga tayangan holda yozma talabnoma bilan ish beruvchiga murojaat qilishingiz yoki tegishli tashkilotlarga (mehnat inspeksiyasi, sud) shikoyat qilish huquqiga egasiz.
📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)
🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi

Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami!
Hujjatlarini rasmiylashtirish yanada oson va qulay! Biz sizga:
➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan
➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan
➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video…

❤6👏5👍2
#savolimbor Ассалому алейкум.Саволим бориди.Ходим 3 ой без содержания да боган.тугаши билан бошади.Увольнения бовотганида без содержанияда боган вакти хисобланиладими.Календарный кунла
Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
ELEKTRON QO'LLANMALAR, BUYRUQLARDAN NAMUNALAR : https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi

🔉 Diqqat! Diqqat! Diqqat! Kadrlaru kadrlar, eshitmadim demanglar! Sizlardan kelib tushayotgan takliflarni inobatga olib, eng dolzarb mavzudagi yana bir elektron qo'llanmamiz tayyor bo'ldi!
Yuristlar, kadroviklar, rahbarlar va keng jamoatchilik uchun Toshkent…

👍6❤2
#test Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran ... oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Anonymous Quiz
69%
1 oy
6%
2 oy
13%
3 oy
12%
6 oy
🔥9👍3❤2
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka 157-modda bilan 160-modda 4-qismini tushuntirib bersangiz. Oldindan katta rahmat.
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:
Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:
Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@miryoqubraximov
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@miryoqubraximov
👍10❤5
⚠️ Diqqat! Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar! Bugun advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlar taqdim etishning oxirgi muddati.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 30-mh-son buyrug‘iga 1-ilova “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibini belgilaydi https://www.lex.uz/uz/docs/-7274491.
Nizomning 4-bandiga ko’ra, advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan statistik ma’lumotlar Tizim orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga birinchi hisobot davri uchun 10-iyul sanasiga qadar, ikkinchi hisobot davri uchun kelgusi yilning 10-yanvar sanasiga qadar taqdim etiladi.
Advokatlik tuzilmalari tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotlar shaklari (4ta shakl) mazkur nizomda berilgan
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 30-mh-son buyrug‘iga 1-ilova “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibini belgilaydi https://www.lex.uz/uz/docs/-7274491.
Nizomning 4-bandiga ko’ra, advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan statistik ma’lumotlar Tizim orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan joydagi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasiga birinchi hisobot davri uchun 10-iyul sanasiga qadar, ikkinchi hisobot davri uchun kelgusi yilning 10-yanvar sanasiga qadar taqdim etiladi.
Advokatlik tuzilmalari tomonidan taqdim etiladigan statistik hisobotlar shaklari (4ta shakl) mazkur nizomda berilgan
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Telegram
Mehnat huquqi
🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda:
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@miryoqubraximov
⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz;
✍️Savollaringizga javob olasiz;
🎓Olimlarning ilmiy ishlarini kuzatish mumkin.
💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun:
@MuhammadaminKarimjonov
@miryoqubraximov
👍5❤2
Nogironligi bo‘lgan shaxsni "sokrasheniya" qilish mumkinmi❓
#savolimbor Assalomu alaykum ustoz. Yaxshimisiz, menam yuridikda o'qiyman, endi 2-kursga o'tdim. Mehnat huquqi bo'yicha savolim bor edi, ustoz shunga yordam bervoring. 2-guruh nogironi hamshira bb ishlarkan, ishdan qisqartirish haqida tez-tez ro'yxat kelyaptikan. Nogironligi bo'lgani uchun qisqartirishga tushmaslikka imtiyoz berilishi mumkinmi?
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:
✅ Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi degan taqiq yo’q. Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs bilan (nogironlik guruhidan qat’i nazar) qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish mumkin, masalan qisqarishga tushirish mumkin.
Unda nega bunday savollar beriladi? ⚠️ Mana shu qoidaga juda ko’pchilik chalg’iydi. MK 425-moddasi 3-qismiga ko'ra, nogironligi sababli nogironligi bo‘lgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga ko‘tarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno.
⚠️ "U bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi" degan jumlani noto'g'ri tahlil qilmanglar. Nogironligi bo'lgan shaxs bilan aynan uni nogironligi sababli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lekin nogironligi bo'lgan shaxs qisqarishga tushsa, qonunchilikda belgilangan tartibda qisqartirish mumkin.
Agar xodimning aynan nogironligi ishni davom ettirishiga to'sqinlik qilsa, u holda mehnat shartnomasi MK 143-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 1-qismi 5-bandlaridan biriga ko'ra ham bekor qilinishi mumkin (Batafsil ma'lumot uchun kanalga 143 yoki 168 deb qidiruvga bering!)
✅ Demak, nogironligi bo’lgan shaxs (guruhining ahamiyati yo’q: 1,2,3) bilan mehnat shartnomasini qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish mumkin ekan. Faqat MK 163-moddasidagi hamda boshqa bir qator cheklovlarga rioya qilish ham esdan chiqmasin. Masalan, agar nogironligi bo’lgan xodim homilador bo’lsa, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bo’lsa qisqarishga tushirib bo’lmaydi! Shunigdek, MK 167-moddasiga 2-qismiga ko'ra, xodimlarning malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‘lgan taqdirda nogironligi bo‘lgan shaxslarga afzallik beriladi.
Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329
Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi

👍7❤5🔥2
Mehnat huquqi
Video message
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥36👍25❤3👏3😎3
Assalomu alaykum ustoz oʻquvchingizman Xususiy fakultetdagi bugun yakuniy javoblari chiqdi, jami 96 ball oldim. Rahmat bergan shuncha bilimlaringiz uchun, erinmasdan yakuniy javoblarini tushuntirib, darslarda ham har bitta moddani zoʻr qilib tushuntirib berganiz uchun rahmat ustoz.
👍59🔥14❤8👏7🥰1
Mehnat huquqi
Assalomu alaykum ustoz oʻquvchingizman Xususiy fakultetdagi bugun yakuniy javoblari chiqdi, jami 96 ball oldim. Rahmat bergan shuncha bilimlaringiz uchun, erinmasdan yakuniy javoblarini tushuntirib, darslarda ham har bitta moddani zoʻr qilib tushuntirib berganiz…
Kayfiyat zo'rligida bilim bergan o'quvchingizdan mana bunday xabar kelsa, kayfiyat yanada ko'tariladi😊
🔥45👍5👏5
#sudishi Yon qo’shni, jon qo’shni…
Bir tashkilot kelib-kelib yon qo’shnim, qadrdon akamiz bilan mehnat shartnomasini MK 161-moddasi 2-qismi 2-bandiga ko’ra ya’ni shtat qisqarishi bilan g’ayriqonuniy ravishda bekor qilgan. Javobgar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari va 26-son plenum qarori tushuntirishlariga zid ravishda, qo’shnim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonida MK 167-moddasida belgilangan ishda qoldirishga doir imtiyozli huquq masalasini hal qilmagan.
Dastlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudiga mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g’ayriqonuniy deb topish va avvalgi lavozimga ishga tiklash, ma’naviy ziyon undirish to‘g‘risida da’vo ariza kiritgan edik.
Keyinchalik ishga tiklash o‘rniga 6 (olti) oylik ish haqi miqdorida qo‘shimcha tovon undirish, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilish kunini sudning hal qiluv qarori qabul qilingan kunga o‘zgartirish, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan kundan hal qiluv qarori qabul qilingan kunga qadar xodim tomonidan foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tili uchun pulli kompensatsiya undirish to‘g‘risida qo’shimcha da’vo ariza kiritdik.
Da’vo ariza qisman qanoatlantirildi. Javobgardan da’vogar foydasiga ishga tiklash qismi o‘rniga 3 oylik o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida tovon puli, mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilingan kundan hal qiluv qarori qabul qilingan kunga qadar xodim tomonidan foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tili uchun pulli kompensatsiya, majburiy progul uchun to‘lovlar, ushbu to‘lovlardan soliq va boshqa majburiy yig‘imlar chegirilgan holda undirilishi belgilandi. Shuningdek, javobgardan da’vogar foydasiga ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.
Javobgardan xodim foydasiga jami taxminan 170 milliondan ziyodroq summa undirilishi belgilandi.
Da’vogarni ishdan bo‘shash sanasi 10.07.2025 yil deb hisoblandi.
Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq, xolisona, erinmasdan koʻrib chiqqan sudya Nazirov Umidjon Inomjonovichga alohida tashakkurimni izhor etaman.

👏24❤9👍9🔥4🥰1😎1