Telegram Web Link
🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi  hududiy boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish hamda Mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish  bo‘yicha bosh mutaxassislari ishtirokida malaka oshirish o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda mehnat huquqi bo‘yicha malakali mutaxassis, Toshkent davlat yuridik  universiteti  katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov  tomonidan mahalla tizimida  mehnat huquqi borasida amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Uyushmaning hududiy boshqarma va bo‘limlar faoliyati, mahalla raislari, "mahalla yettiligi" ishini samarali tashkil etish bo‘yicha firk-mulohazalar almashildi.

O‘quv-seminar yakuni bilan tinglovchilar tomonidan mahalla instituti qonunchilik bazasini mustahkamlash yuzasidan tegishli takliflar olindi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111
#savolimbor
Xodimni mehnat ta’tili davrida (uning roziligi bilan) boshqa lavozimga o‘tkazish mumkinmi?

Javob

Ha mumkin, bu bo‘yicha mehnat qonunchiligida hech qanday ta’qiq yo‘q. Mehnat kodeksining 140-moddasiga asosan, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Biroq bu holatda quyidagi jihatlarni hisobga olish lozim:
Mehnat shartnomasiga o‘zgartishlar kiritilishi kerak — bu boshqa lavozimga o‘tkazishning huquqiy asosi bo‘ladi.
O‘zgartishlar yozma ravishda rasmiylashtiriladi — bu uchun ish beruvchi va xodim o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv tuziladi.


Xodimning ta’tilda bo‘lishi muammoli vaziyat tug‘dirishi mumkin, chunki u ta’til vaqtida ish joyida bo‘lmagani sababli, kelishuvni imzolash texnik jihatdan qiyinlashadi.

Tavsiya
Bunday holatda xodim ta’tildan qaytgach, boshqa lavozimga o‘tkazish jarayonini rasmiylashtirish yoki zarur hollarda xodimning ta’til paytida ishonchli elektron vositalar orqali yozma roziligi olinishi mumkin.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍71🔥1
#savolimbor Assalomu alaykum Muhammadamin ustoz yaxshimisiz ishlar bilan charchmayapsizmi Hayit Bayrami kuni 6-iyunda to'g'ri kelishi kutilmoqda ekan. Lekin maktablarda ta'til boshlanish kuni sifatida 6-iyun deb buyruq chiqargandik.Shu masalada tushuntirish bersangiz.

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi

Havotirga o’rin yo’q. Mehnat qonunchiligida dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarish taqiqlanmagan. Ya’ni xodimni dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ham har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarish mumkin. Qonunchilikda hech qanday cheklov yo’q.

❗️MK 228-moddasiga ko’ra, xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilinishi kerak.

Shunga ko’ra, savoldagi holatda xodimni Qurbon hayiti kunidan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarilsa noqonuniy hisoblanmaydi. MK 221-moddasi 2-qismiga ko'ra, har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

Xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilingan bo'lsa yetarli!

Endi boshqa bir holatni tahlil qilamiz. Xodimning har yilgi mehnat ta’tili tugab ishga chiqish sanasi Hayit kuniga to’g’ri kelib qolsachi U holatda alohida buyruq chiqarib, xodimning ishga chiqish sanasini o’zgartirasiz (smena asosida ishlaydiganlar smena grafigi bo’yicha ishga chiqaverishadi). Bir nechta xodimlar bo’lsa ham, bitta buyruq chiqarish yetarli hisoblanadi.

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍14🔥21
“Dolzarb 90 kunlik” va mehnat huquqlari buzilayotgan pedagoglar...

#savolimbor Assalomu alaykum, manda savolim bor edi, maktablarda manaviy ishlar bo'yicha ishchilarni yakshanba kunlari ishlatish haqida qaror chiqqanini aytib dadamni majburiy dam olish kuni maktab direktori chaqirib olayapti ekan, bu haqidagi qarorni topa olmadim. iltimos agar shunday qaror bor bo'lsa yuvora olasizmi, umuman olganda yakshanba kunda ishlashga majbur qilish mehnat shartnomasida aytilmagan bo'lsa bu qonunan zid emasmi? Maktab ishchilari ham odam endi maktab tugaganiga dam olamiz desa qo'ymay ishlatishga haqqi bormi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi

Bunday qaror yo’q. 2025-yil 15-may kuni Prezident rahbarligida maktab taʼlimi tizimidagi islohotlarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Unda taʼlimning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlar tarbiyasi va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi e’lon qilindi.

Bizga kelib tushayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan bu yil pedagog va rahbar xodimlar mehnat ta’tiliga chiqmasligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlashi kerakligi haqida tinimsiz topshiriqlar berilmoqda ekan. Bu bo’yicha Ulug’bek Po’latov ham o’z maqolasida to’xtalib o’tibdi: https://xalqtaliminfo.uz/post/1214

MK 209-moddasiga ko’ra, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi. Batafsil ushbu postimizda: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9722

MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi: xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi, ta’tillar berish tartibiga rioya etishi shart.

Ta’limda ta’til yo’qmi https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9817

⚠️ Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi +99871 200 06 00

Bosh prokuratura – 1007;

Adliya vazirligi – 1008;

Oʼzbekiston kasaba uyushmalari – 1092

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥8👍53
Mehnat huquqi
БУЙРУҚ_22_Интизомий_жазони_муддатидан_олдин_олиб_ташлаш_тўғрисида.docx
Hurmatli rahbarlar!

Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) – yurtimizda keng nishonlanadigan muqaddas bayram.
Bayram kunlari – bu nafaqat yaqinlaringizga mehr-oqibat ko‘rsatish, balki jamoangiz a’zolariga nisbatan ham ezgulik va e’tibor ifodasi sifatida xizmat qilishi kerak.

Shu munosabat bilan, bayram ruhini his ettirish, mehnat jamoasida ijobiy muhit yaratish maqsadida, intizomiy jazosi bor bo‘lgan xodimlarning jazolarini muddatidan oldin bekor qilishni tavsiya qilamiz.

📄 Buning uchun
1. “Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash to‘g‘risida”gi buyruqni (22-raqamli) yuklab oling;
2. Buyruq namunasini 7469 parolini tergan holda oching;
3. Lotin va kirill yozuvidagi hujjatdan birini o‘zingizga mos tarzda tahrirlab, undan foydalaning.

4. Zarur bo'lsa video-tushuntirishni ko'rib chiqing.

Bu tashabbusingiz xodimning ishxonaga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi, mehnat motivatsiyasini oshiradi, jamoaning birlik ruhini mustahkamlaydi.
Yaqinlashayotgan bayram barchangizga qutlug‘ va fayzli bo‘lsin!

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Hurmat bilan, https://www.tg-me.com/mehnathuquqi kanali jamoasi
👍214🔥2👏2
📣: Toshkent davlat yuridik universitetida Qozog‘iston, Pokiston hamda Rossiya vakillari ishtirokida “SHHT davlatlarida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solishga doir yangi yondashuvlar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

🏛: Tadbir 2025-yil 29-may kuni soat 10:00 da Toshkent davlat yuridik universiteti 3-o‘quv binosi 234-xonada boshlanadi.


🌐: Tadbirda quyidagi havola orqali onlayn qatnashish mumkin:
https://us02web.zoom.us/j/84661537556?pwd=aDDW3yKIwbbZZHxwvdgJ6jGbnw9Yr7.1
👍14🔥5
#test Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, .... olib tashlash huquqiga ega.
Anonymous Quiz
14%
intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan 1 oydan so'ng
15%
intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan 3 oydan so'ng
10%
intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan 6 oydan so'ng
61%
istalgan vaqtda
👍221
MK 220-moddasidagi qo’shimcha ta’til jamoa shartnomasida aks ettirilishi shartmi?

#savolimbor Мухамадамин ака, ассаломуалейкум! Жамоа шартномаси буйича саволим бор эди, мехнат кодексидаги барча моддаларни кучирилиши шартми (албатта корзонамизга тегишли булган кисми)? Масала шундаким, отпускларга тегишли кисми мени кизиктиряпти хозир. Узайтирилган 30 кунлик мехнат таътилига хакки борларни хамда иш стажи учун кушимча 2 кун таътиллар хакида киритиш эсдан чикибди, жамоа шартномасига кушимча келишув килишим шартми йоки мехнат кодексига асосан килиб бераверсам буладими ?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍93
#savolimbor
Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Nafaka yoshiga yetganligi sababli karovulni ish beruvchi bushata oladimi?

Javob

Mehnat kodeksining 155-moddasida ishdan bo‘shatishning aniq sabablari va asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. Masalan, korxona tugatilsa, xodim tartibni buzsa, ishiga layoqatsiz bo‘lib qolsa va bir qator boshqa sabablar.

Biroq pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan xodimni ishdan bo‘shatish mumkin emas. Bu qonuga zid. Ilgari eski Mehnat kodeksi (01.04.1996) 100-moddasida xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda shartnoma ish beruvchining tashabbusiga asosan bekor qilinardi.

Amaldagi Mehnat kodeksida bunday asos mavjud emas. Agar hozir qorovulni pensiya yoshiga yetganligi bilan shartnomani bekor qilsangiz, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipini buzgan bo‘lasiz (4-modda).

Bunday harakat mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hisoblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasiga asosan, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍3👏2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Мен давлат ишида ишлайман. Ташкилот раҳбари пенсионерларни ишдан бўшатмоқчи? Иш бурувчи пенсионерларни ишдан бўшатиши қонунийми?

Эксперт,
Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍163👏3🔥1
Abduqodir Xusanovning “Manchester Siti” safida o‘yinga tushmasligining sababi nima?

Ba’zi manbalarga ko‘ra, “Manchester Siti” va Fransiyaning “Lans” klubi o‘rtasidagi transfer shartnomasida maxsus band mavjud. Bu bandga ko‘ra, agar Xusanov joriy mavsumda “Manchester Siti” safida 10 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushsa, ingliz klubi “Lans”ga qo‘shimcha 5 million yevro miqdorida bonus to‘lashi lozim bo‘ladi.

Shu bois, moliyaviy majburiyatdan qochish maqsadida “Manchester Siti” rahbariyati Xusanovni ataylab faqat 9 ta o‘yinda maydonga tushirib, 10-o‘yinni o‘tkazmaslikka qaror qilgan.

Mehnat kodeksining 503-moddasiga asosan, sportchining mehnat vazifasi ikki qismdan iborat:
1) Sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish;
2) Muayyan turdagi yoki sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarida ishtirok etish.


UEFA va FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchining sport faoliyatiga sun’iy to‘siq qo‘yish, agar bu noto‘g‘ri shartnoma bandlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, sport huquqlari buzilishi deb hisoblanishi mumkin.

Sportchilar mehnat munosabatlari umumiy Mehnat huquqi doirasida shakllansa-da, ularning faoliyati ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli, bu soha ko‘proq Sport huquqi orqali tartibga solinadi. Ya’ni, sportchilarning mehnat huquqlari klassik mehnat huquqidan farqli ravishda, ko‘p hollarda sportga oid maxsus qonunlar, federatsiyalar nizomlari, xalqaro normalar va klublararo shartnomalar bilan belgilanadi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍3416😎7👏2🥰1
Assalom alaykum Dokturantura talabasi 0,5 stavkada ishlasa bo'ladiku shuni asoslantiruvchi malumotnoman kerak edi.

Javob

2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga asosan, doktorantura (tayanch doktorantura) oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hisoblanadi.
Mazkur sohaga doir Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga 2-ilova “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizom oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olishni tashkil etish va o‘qish tartibini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, huquqiga ega.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Yuqoridagilarda kelib chiqilsa har kim, shu jumladan, ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs ya’ni doktorant ham mehnat qilish huquqiga egadir.

Mehnat kodeksining 186-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni (smena) va (yoki) to‘liqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga bo‘lgan holda) belgilanishi mumkin. To‘liqsiz ish vaqti ham muddati cheklanmagan holda, ham mehnat shartnomasi taraflari kelishgan har qanday muddatga belgilanishi mumkin.

Bundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, doktorant o‘qishdan bo‘sh vaqtida hech qanday cheklovsiz to‘liqsiz ish vaqtida (0,5 stavka) ishlashi mumkin. Biror bir normativ-huquqiy hujjatda yoki normada “doktorant 0,5 stavkada ishlamasin” degan talab yo‘q.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
5👏2🔥1
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. 10 kun bolnichniyda edim. 10 kunga pul to’lanadimi yoki dam olish kunlariga bolnichniy pullari to’lanmaydimi

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizomning 38-bandiga ko’ra, nafaqaning umumiy summasi kunlik o‘rtacha ish haqini ushbu oyda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’til tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

⚠️ Demak, bolnichniy puli ish kunlariga to’lanadi. Agar 5 kunlik ish haftasida ishlasangiz shanba, yakshanba va ishlanmaydigan bayram kunlariga bolnichniy puli to’lanmaydi!

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍127🔥2👏1
#test Yaxlit qon donatsiyasining davriyligi bir yilda — erkaklar uchun ... martani, ayollar uchun ... martani tashkil qiladi.
Anonymous Quiz
29%
6, 3
46%
5, 4
16%
8, 4
9%
7, 5
👍14
#savolimbor Assalomu alaykum ustoz. Kanalizda javob yuq ekan shu masalada. Bugun fan o‘qituvchisini 3 sentyabrdan ishga olish bo‘yicha shartnoma keldi. 3 oy oldindan shartnoma tuzsa bo‘ladimi. Taqiq bormi shu masalada. Agar 3 sentyabrdan mumkin bulsa ish staji qachondan hisoblanadi

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️MK 104-moddasi 1-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri ishning boshlanish sanasi — xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishga kirishishi kerak bo‘lgan kalendar sanadir.

❗️MK 108-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.
Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

MK 225-moddasi 1-qismiga ko’ra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, mehnat shartnomasini bugun tuzib, ishning boshlanish sanasi sifatida boshqa biror kunni, masalan, savolda so’ralganidek 3-sentabrni ko’rsatishimiz mumkin.

❗️MK 109-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandiga ko'ra, ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha “YaMMT” IDAKka mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab 5️⃣ ish kuni mobaynida kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi https://lex.uz/ru/docs/-4630020

MK 127-moddasiga ko’ra, ish beruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Buyruq xodimga ish haqiqatan boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda, imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.

Staj masalasichi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 37-moddasiga ko’ra, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
9👍3🔥1😎1
#sudishi Da’vogar “TMC INSTITUTE” MCHJ XKga nisbatan da’vo ariza bilan sudga murojaat qilib, unda “TMC INSTITUTE” MCHJ XKning 2024-yil 1-martdagi 113-sonli buyrug‘ini bekor qilishni va ishga tiklashni, MKning 266-moddasiga asosan bekor turib qolgan davri uchun 2024-yil 1-martdan to hozirgi kunga qadar 11 oylik o‘rtacha oylik ish haqi undirishni hamda MKning 333-moddasiga asosan kechiktirilgan to‘lovlar uchun pulli kompensatsiya undirishni so‘ragan.

2025-yil 11-fevral kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish rad qilingan edi.

Da’vogar hal qiluv qarori ustidan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat bergan.

Ish beruvchi apellatsiya instansiyasida ishtirok etish uchun ham (avvalgi shartnoma birinchi instansiya sudida ishtirok etish uchun tuzilgan edi) “Advokat Karimjonov” advokatlik byurosiga (@MuhammadaminKarimjonov) huquqiy yordam so’rab murojaat qildi.

Bugun Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ish beruvchi - “TMC INSTITUTE” MCHJ XK manfaatlarini yana bir bor himoya qildim. Juda qizg'in va bahs-munozaralarga boy bo’lgan sud jarajonida yana g’olib bo’ldik. 2025-yil 11-fevral kunidagi Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining hal qiluv qarori o’zgarishsiz qoldirildi.

Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq va xolisona koʻrib chiqqan sudlov hay’ati tarkibiga: raislik etuvchi sudya Almanov Ikram Esanovich va sudyalarga alohida tashakkurimni izhor etaman.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥20👍76😎2🥰1👏1😇1
2025/07/14 17:43:33
Back to Top
HTML Embed Code: