Telegram Web Link
#savolimbor Assalomu alaykum ustoz. Kanalizda javob yuq ekan shu masalada. Bugun fan o‘qituvchisini 3 sentyabrdan ishga olish bo‘yicha shartnoma keldi. 3 oy oldindan shartnoma tuzsa bo‘ladimi. Taqiq bormi shu masalada. Agar 3 sentyabrdan mumkin bulsa ish staji qachondan hisoblanadi

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

❗️MK 104-moddasi 1-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri ishning boshlanish sanasi — xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarishga kirishishi kerak bo‘lgan kalendar sanadir.

❗️MK 108-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.
Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

MK 225-moddasi 1-qismiga ko’ra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, mehnat shartnomasini bugun tuzib, ishning boshlanish sanasi sifatida boshqa biror kunni, masalan, savolda so’ralganidek 3-sentabrni ko’rsatishimiz mumkin.

❗️MK 109-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 971-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandiga ko'ra, ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha “YaMMT” IDAKka mehnat shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shartnoma tuzilgan kundan boshlab 5️⃣ ish kuni mobaynida kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi https://lex.uz/ru/docs/-4630020

MK 127-moddasiga ko’ra, ish beruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Buyruq xodimga ish haqiqatan boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda, imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.

Staj masalasichi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun 37-moddasiga ko’ra, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, basharti mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
9👍3🔥1😎1
#sudishi Da’vogar “TMC INSTITUTE” MCHJ XKga nisbatan da’vo ariza bilan sudga murojaat qilib, unda “TMC INSTITUTE” MCHJ XKning 2024-yil 1-martdagi 113-sonli buyrug‘ini bekor qilishni va ishga tiklashni, MKning 266-moddasiga asosan bekor turib qolgan davri uchun 2024-yil 1-martdan to hozirgi kunga qadar 11 oylik o‘rtacha oylik ish haqi undirishni hamda MKning 333-moddasiga asosan kechiktirilgan to‘lovlar uchun pulli kompensatsiya undirishni so‘ragan.

2025-yil 11-fevral kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirish rad qilingan edi.

Da’vogar hal qiluv qarori ustidan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat bergan.

Ish beruvchi apellatsiya instansiyasida ishtirok etish uchun ham (avvalgi shartnoma birinchi instansiya sudida ishtirok etish uchun tuzilgan edi) “Advokat Karimjonov” advokatlik byurosiga (@MuhammadaminKarimjonov) huquqiy yordam so’rab murojaat qildi.

Bugun Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ish beruvchi - “TMC INSTITUTE” MCHJ XK manfaatlarini yana bir bor himoya qildim. Juda qizg'in va bahs-munozaralarga boy bo’lgan sud jarajonida yana g’olib bo’ldik. 2025-yil 11-fevral kunidagi Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining hal qiluv qarori o’zgarishsiz qoldirildi.

Ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’liq va xolisona koʻrib chiqqan sudlov hay’ati tarkibiga: raislik etuvchi sudya Almanov Ikram Esanovich va sudyalarga alohida tashakkurimni izhor etaman.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥20👍76😎2🥰1👏1😇1
Ҳурматли устозлар ва ҳамкасблар! 
  
Сизларни 30 май таваллуд айёмингиз билан Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси раҳбарияти ҳамда Тошкент шаҳар ҳудудий бошқармаси меҳнат жамоаси номидан чин қалбдан табриклаймиз.

Сизларнинг ҳар бирингизга сиҳат-саломатлик, оилавий бахт, инсон манфаатлари, ҳуқуқлари ва эркинликларини ҳимоя қилишдек шарафли касбингизда омад ва зафарлар тилаймиз
🔥30👏25👍112
Forwarded from Muhammadamin Karimjonov
Адвокатлар палатаси Тошкент шаҳар ҳудудий бошқармаси
Ҳурматли устозлар ва ҳамкасблар!     Сизларни 30 май таваллуд айёмингиз билан Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси раҳбарияти ҳамда Тошкент шаҳар ҳудудий бошқармаси меҳнат жамоаси номидан чин қалбдан табриклаймиз. Сизларнинг ҳар бирингизга сиҳат…
Bir yilda 2 marta ham tug'ilish mumkin)) Bazada texnik xatolik ketgan bo'lsa kerak. Nima bo'lganda ham kayfiyat yanada ko'tarildi. Aslida, 1990-yil 30-yanvar sanasida Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumani Katta-tagob qishlog'ida tug'ilganman. 2-tug'ilgan kunim bilan tabrik yo'llagan barchaga katta rahmat. Sizlarga ham ezgu niyatlar hamisha hamroh bo'lsin. 30-yanvardagi tabriklar uchun avans sifatida qabul qilaman😊
👍65😎15🥰14👏74🔥4😇2
БУЙРУҚ_51_Бир_ойлик_ҳарбий_хизмат_даврида_иш_жойи_ва_лавозимини.docx
30.5 KB
#namuna
“Bir oylik harbiy xizmat” davrida xodimni ish joyi va lavozimini saqlagan holda ishdan ozod etish to‘g‘risida buyruq


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi buyruq namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/f-MdGbgkbYg?si=FShHrHAcNNIDX5w9)

🔒 Xususiyatlari:
Ikkita qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov

Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
6👍3🔥1
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. 4 yoshli farzandim shifoxonada yotib davolanmoqda, unga qaragan davrimga menga bolnichniy berilmaydimi? Agar yotib davolansa berilmas ekan, shu to’g’rimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

To’g’ri, bu holatda Sizga bolnichniy berilmaydi!

❗️“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2667 ) 4-bobi 31-39-bandlari oilaning betob a’zosini parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishni tartibga soladi https://lex.uz/docs/-2625878#-2625983

👉 Yo’riqnomaning 32-bandiga ko’ra, ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan 14 yoshga yetmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga 14 kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

⚠️ Demak, e’tibor bering, bu yerda gap ambulator sharoit ya’ni bemorni tibbiyot muassasasiga joylashtirmasdan qatnov asosida yoki uyda davolanishi haqida gap ketmoqda.

👉 Agar 3 yoshga to‘lgan bola statsionarga yuborilganda ya'ni sodda qilib aytganda shifoxonaga yotqizilsa mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (138\x shakl) bola statsionarga ya’ni bemorni doimiy ravishda tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lishiga sharoit yaratish maqsadida uni yotib davolanishini ta’minlaydigan tibbiyot muassasasiga qabul qilingan kundan yopiladi.

👉 Statsionar sharoitda 3 yoshga to‘lmagan bolani parvarishlash uchun qarovni ta’minlaydigan shaxsga davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, agar statsionar sharoitda 3 yoshga to‘lmagan bolaga qaralsa, davolashning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

👉 Agar 3 yoshdan katta bola statsionarga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki bemor bolani parvarishlaganlik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bola statsionarga qabul qilingan kundan yopiladi.

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍5🔥53
#xushxabar Prezident qaroriga ko'ra, aholining Qurbon hayiti bayramini munosib oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni 6 kunlik ish haftasi tartibi boʻyicha ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Demak, ish haftasining turidan qat'i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi: 6,7,8-iyun. Dushanba 9-iyundan barcha ishga.
👍48🔥95
#test Statsionar sharoitda 3 yoshga to‘lmagan bolani parvarishlash uchun qarovni ta’minlaydigan shaxsga ... mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Anonymous Quiz
17%
7 kalendar kunidan oshmagan muddatga
36%
14 kalendar kunidan oshmagan muddatga
11%
21 kalendar kunidan oshmagan muddatga
37%
davolashning barcha davriga
👍181🔥1
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka bir masalada bahs ketmoqda. Intizomiy jazosi bor xodimga KPI bo’yicha nadbavka, ustama bersa bo’ladimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi :

Juda ko’pchilikdan shu kabi savollar ko’plab kelmoqda. MK 299-moddasi 5-qismiga e’tibor bering! Unga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

📍 E’tibor bering, bu yerda gap rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar haqida gap ketmoqda. Batafsil ushbu postimizda tahlil qilingan https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/5674

Mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar hamda mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni chalkashtirmanglar!

Endi MK 299-moddasi 4-qismiga e’tibor bering! Unga ko’ra, ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to‘lash to‘g‘risidagi masala mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarda hal qilinadi.

Siz savolda so’ragan KPI bo’yicha nadbavka, ustama rag‘batlantirish turlari jumlasiga kirmaydi hamda intizomiy jazosi bor xodimlarga ham taqdim qilinadi. Lekin tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlarni to’lamaslikni nazarda tutilishi mumkin.

📌 Demak, bundan xulosa qilamizki, agar tashkilotning mukofotlash haqidagi tegishli nizomlarida alohida qoida belgilanmagan bo’lsa, intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar to’lanadi.

Batafsil:
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat:
@MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍103🔥2
#savolimbor Assalomu alaykum, Ustoz. MK 241-moddasi 2-qismiga ko’ra, xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ustoz 12 oylik davrni qayerdan boshlab hisoblash kerak?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

O‘zbekiston Respublikasining 13.02.2025 yildagi O‘RQ-1030-son Qonuni bilan MK 241-moddasining 2-qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak”.

Oldingi tahrirda esa MK 241-moddasining 2-qismi quyidagicha edi:

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

Hozirgi va oldingi tahrirda ham kamchilik mavjud. Ya’ni oldingi tahrirda “kalendar yil” jumlasi noo'rin ishlatilgan edi. Aslida "yil" yoki "12 oylik davr" mobaynida jumlalaridan biri ishlatilganda, muammo yo’q edi. Bu haqida avval ham yozgan edik: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8789

Oldingi tahrirdagi mana shu kamchilikni baftaraf qilmoqchi bo’lib, boshqa bir xatoga yo’l qo’yilgan. Ya'ni “kalendar yil” jumlasi “o‘n ikki oylik davr” jumlasiga o’zgartirilgan, lekin negadir “ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran” jumlasini olib tashlashgan. Nega olib tashlashgani sababi esa menga ham juda qiziq))

Agar “Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak” deyilganda edi hammasi joyida bo’lar edi. Lekin qosh qo’yaman, deb ko’z chiqarilgan)) Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsa aytamiz, to'g'irlab ketishadi...


❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilib, hurmatli kadrovik va yuristlarimizga 12 oylik davrni ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran hisoblabni tavsiya qilamiz!

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
10🔥5👏2
#savolimbor? Intizomiy jazosi bor xodimga Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan mukofot bersa bo'ladimi? Agar mumkin bo’lmasa, qandaydir yo’li bormi berishni?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

👉 MK 299-moddasi 5-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.

👉 MK 315-moddasi 1-qismiga ko’ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1 yildan oshmasligi kerak.

👉 MK 252-moddasi 3-qismiga ko’ra, mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilmagan rag‘batlantiruvchi mukofot bir marta beriladigan xususiyatga ega bo‘lgan hamda ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning oldindan belgilangan ko‘rsatkichlar va shartlarga erishganligi uchun emas, balki muayyan voqealar (yubileylar, bayram sanalari va boshqalar) yuz berganligi yoki xodim tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilganligi (ish beruvchining alohida muhim topshirig‘ini bajarish, ratsionalizatorlik taklifini kiritish va boshqalar) munosabati bilan to‘lanadigan pul mukofotidir.

Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, bayram sanalari bilan beriladigan mukofotlar mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydi va mehnat natijalariga asoslanmaydi. Shuning uchun ham, intizomiy jazo amal qilayotgan xodimga bayram mukofoti berilmaydi.

Agar xodimga bayram mukofoti bermoqchi bo'lsangiz, u holda intizomiy jazoni olib tashlang❗️MK 315-moddasi 3-qismiga ko'ra, ish beruvchi intizomiy jazoni istalgan vaqtda olib tashlashga haqli. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Ha, yana bir gap👉 Intizomiy jazoni olib tashlash uchun, xodim qandaydir jasorat yoki karomat ko'rsatishi shart emas. Ish beruvchi intizomiy jazosi bor istalgan xodimning jazosini bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega.

Batafsil👉 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov


️Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥8👍42
#test Bola (bolalar) — ... yoshga to‘lgunga (voyaga yetgunga) qadar bo‘lgan shaxs (shaxslar).

P.S. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
Anonymous Quiz
16%
12
17%
14
34%
16
32%
18
👍14🔥43
#test Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan 3 yoshga yetmagan bemor bolani parvarishlash uchun uning onasiga ... muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Anonymous Quiz
12%
7 kalendar kunidan oshmagan muddatga
31%
14 kalendar kunidan oshmagan muddatga
10%
21 kalendar kunidan oshmagan muddatga
47%
davolashning barcha davriga
👍151🔥1
Yangi imkoniyat!

Endi hujjat namunalarini saytimiz orqali ham qidiring!

🔍https://labourlaw.uz/hujjat-namunalari/

Endi zarur bo‘lgan buyruq va boshqa hujjat namunalarini saytimiz orqali tez va oson topish mumkin.

📌 Hozircha 51 ta buyruq namunasi joylashtirilgan bo‘lib, ularni bir joyda ko‘rib chiqish, taqqoslash va eng mosini tanlash imkoniyati mavjud.

Sayt orqali qidirish:
Tezkor
Qulay
Tizimli

Hujjatlar bilan ishlashda ishonchli manba – labourlaw.uz bilan birga bo‘ling!
👍6
18_ёшга_тўлмаган_шахслар_меҳнати_Янги_Кодекс_бўйича.doc
71 KB
#maqola To’yga to’yona deganlaridek, bugungi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta oʼqituvchisi Muhammadamin Karimjonovning “18 yoshga toʼlmagan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari” mavzusidagi maqolasida 18 yoshga toʼlmagan shaxslarga beriladigan qoʼshimcha kafolat va imtiyozlar, ular mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʼziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

⚠️ Diqqat! Oʼzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan "Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida"gi OʼRQ-139-sonli Qonuni 3-moddasiga koʼra, bola (bolalar)1️⃣8️⃣ yoshga toʼlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʼlgan shaxs (shaxslar).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
🔥103👍3
Forwarded from Bandlik vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🫥 Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha ish beruvchilarga eslatma:

🔵xodimlarni ish vaqtidan tashqari paytda ishga jalb qilish;

🔵oylik maoshlarni kechiktirib to‘lash mehnat normalarining buzilishi hisoblanadi.

🗣Ish va oilaviy hayot o‘rtasidagi muvozanat (work-life-balance) xodimlarning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi.

😎1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaymiz. Farzandlaringizga ko'proq vaqt ajrating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏64🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Кўмакчи_эксперт

Меҳнат таътилига чиқиш учун ходим ариза ёзиши шартми?

Эксперт, Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси Муҳаммадамин Каримжонов ушбу саволга жавоб берди.

Batafsil👉 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
👍25🔥108
#test Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan 14 yoshdan katta bemorni parvarishlash uchun ... mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
Anonymous Quiz
28%
7 kalendar kunidan oshmagan muddatga
34%
14 kalendar kunidan oshmagan muddatga
11%
21 kalendar kunidan oshmagan muddatga
27%
davolashning barcha davriga
9👍5🔥1😎1
Bankdan kredit qarzdorligi borlarni tashkilot telegram gruppasiga tashlash to'g'rimi

#savolimbor Ассалому алайкум, бизнинг мактабимизнинг телеграм группасига айрим педагогларнинг банкдан олган ва хозирда тўламётган қарзларини ундириш буйича маълумот ташланди бу ҳолат қонун бузилиши борми?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

Albatta, bu qonun buzilishi.

MK 175-moddasiga ko’ra, mehnatga oid munosabatlar sababli ish beruvchiga taqdim etilgan, xodimning, shuningdek uning oila a’zolarining hayotidagi faktlar, voqealar va holatlar to‘g‘risidagi axborot xodimning shaxsga doir ma’lumotlaridir.

Shaxsga doir ma’lumotlar jumlasiga xodim to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar kiradi:

xodimning va (yoki) uning oila a’zolarining hayotidagi ish beruvchiga ma’lum bo‘lib qolgan faktlar, voqealar hamda holatlar haqidagi boshqa ma’lumotlar.

Xodimning shaxsga doir ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga taalluqlidir.

Ya’ni pedagogning bankdan olgan krediti haqidagi axborot ham xodimning shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi!

MK 178-moddasiga ko’ra, xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini berish chog‘ida ish beruvchi quyidagi talablarga rioya etishi kerak:

xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini uning yozma roziligisiz uchinchi shaxsga xabar qilmaslik, bundan xodimning hayoti va sog‘lig‘iga bo‘lgan tahdidning oldini olish maqsadida, shuningdek ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda xabar qilish zarur bo‘lgan hollar mustasno…

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun 12-moddasi 4-qismiga ko’ra, mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlari o‘ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli ma’lum bo‘lib qolgan shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 46-2-moddasiga ko’ra, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa Jinoyat kodeksi 141-1-moddasiga ko’ra, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
👍156🔥3
Dekret puli qanchada tushishi kerak

#savolimbor Assalomu alaykum men 1 aprelda dekretga chiqqan edim hali dekret puli tashlab berilmadi nima qilsam boʻladi javob uchun oldindan rahmat

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

MK 404-moddasiga ko’ra, ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq beriladi.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizomning 6-bandiga ko'ra, nafaqa to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi, lekin mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilgandan kundan boshlab 16 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim (qonunchilikda belgilangan ish haqi bir oyda bir marta to‘lanadigan xodimlar toifasi bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma 27-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning 30-haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

⚠️ Demak, Sizga 1-apreldan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan bo’lsa, 16-aprelga qadar dekret puli tushishi kerak edi!

Agar sudga murojaat qilsangiz MK 333-moddasiga ko’ra, dekret pulining har bir kechiktirilgan kuni uchun pulli kompensatsiya undirib olasiz!

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
15👍12🔥5
2025/07/13 21:05:50
Back to Top
HTML Embed Code: