Telegram Web Link
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Mehnat kodeksiga qanday o’zgarish kiritilmoqda, chunki lex.uzga kirilsa, “Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda” degan yozuv chiqib turibdi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

O‘zbekiston Respublikasining 23.06.2025 yildagi O‘RQ-1070-son “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi Qonun (https://lex.uz/pdfs/7592967) 78-moddasi bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilishi belgilandi.

O’zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrda qabul qilingan O’RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga quyidagi o’zgartirishlar kiritilishi belgilandi:

1) 100-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar tashkilot rahbari, uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi mavjud bo’lmagan taqdirda esa bosh buxgalter vazifalarini amalga oshiruvchi xodim (bundan buyon matnda bosh buxgalter deb yuritiladi) bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi, bundan banklar sanatsiya qilingan taqdirda mehnat shartnomasining bekor qilinishi mustasno”;

2) 173-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “ish beruvchining tashabbusiga ko’ra, bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog’liq asoslar bo’yicha hamda bank sanatsiya qilinayotganligi sababli bekor qilinganligi mustasno”.

⚠️ Diqqat! Ushbu qonun 25.09.2025 kuchga kiradi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#Adliya_xabari

❗️"Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida seminar-treninglar davom etmoqda

Toshloq tumanidagi 2-maktab binosida mazkur aksiya doirasida "Mehnat qonunchiligidagi muammo va yechimlar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarda tuman adliya bo'limi, TDYU professor-o'qituvchilari, tumandagi tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va tibbiyot birlashmasi kadrlar menedjerlari ishtirok etdilar.

Mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-228-moddalarida belgilangan mehnat ta'tilini berish, yillik asosiy hamda qo'shimcha mehnat ta'tillarini jamlash va hisoblash tartibi mavzusida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Seminarni mazmunli o'tkazish maqsadida tadbirda ishtirok etgan mutaxassislarni qiziqtirgan masalalarga oid savol-javoblar tashkil etildi hamda ularga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Bizni kuzatib boring:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savolimbor? Assalomu alaykum, xodimning jami ta’tili 38 kun. Bu ish yilida 5 oy ishlab bo’shamoqda. Shunda bu xodimga 15 kunga pulli kompensatsiya beramizmi?
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Yo’q, xato hisoblagansiz, 15 kunga emas 16 kunga pulli kompensatsiya berishingiz lozim. Chunki 38/12=3.1666… Siz bu chiqqan natijani 3 deb yaxlitlab ishlangan oylar soniga ya’ni 5ga ko’paytirib 3*5=15 kunga pulli kompensatsiya hisoblagansiz.

Aslida esa 38/12=3.1666 hamda 3.1666*5=15.8333… Demak, mana shu chiqqan natijani yaxlitlaysiz, shunda xodimga 15 emas balki 16 kunga pulli kompensatsiya to’lanadi.

Chunki, MK 224-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda uning davomiyligi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tilining to‘liq miqdorini 12 ga bo‘lish hamda to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan ortiqcha kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa hisobga olinmaydi. Ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda mehnat ta’tili kunlari umumiy davomiyligini hisoblashda olingan 0,5 ga teng va undan ko‘p o‘nliklar bir kun deb yaxlitlanadi, 0,5 dan kami esa hisobdan chiqarib tashlanadi.

Diqqat! MK 234-moddasi 3-qismiga ko'ra, pulli kompensatsiya to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Azizaxon bolasi 3 yoshga to‘lib, ishga qaytdi. Lekin uning o'rnidagi Barnoxon bola parvarish ta'tiliga chiqib ketgan edi. Bu holatda Barnoxon bilan mehnat shartnomasini MK 158-moddasiga ko'ra bekor qilish mumkinmi?
Anonymous Quiz
21%
Yo'q, mumkin emas.
42%
Ha, bu holatda Barnoxon bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
37%
Bu holatda Barnoxonga boshqa ish taklif qilinishi shart.
#savolimbor Assalomu alaykum. A xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzgan edik. Shartnoma muddati ertaga tugaydi, lekin xodim bola parvarish ta'tilida. Bu holatda qanday yo'l tutaylik, shartnomani MK 158 moddasi bilan bekor qilsak bo'ladimi chunki bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi deyilganku?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi📤:

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#qonunbilan
📌 Davlat xizmatchilarining faoliyati qanday baholanadi?

🇺🇿 2025 yil 19 iyundagi PF-95-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbarlar va xodimlar faoliyatini baholash tizimining asosiy muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi.

🔹 Kimlar baholanishi kerak?
– Respublika va mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari
– Xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va xodimlari

🔹 Nimalar o‘zgaradi?
– Faoliyat samaradorligi aniq mezonlar asosida baholanadi
– Samaradorlik ko‘rsatkichlariga oid barcha hujjatlar majburiy tartibda Agentlik bilan kelishiladi

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз

Мен ўз хоҳишига кўра ишдан бўшамоқчиман. Бундай ҳолатда иш берувчига неустойка тўлайманми?


⏺️Эксперт Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
Batafsil:
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
ЁЗМА_РОЗИЛИК_3_Ходимнинг_шахсга_доир_маълумотларини_учинчи_шахслардан.docx
22 KB
#namuna
Xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslardan olinishiga oid yozma rozilik

📑 Jamlanmada:

O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Video tushintirish (https://youtu.be/2wKw-klZ_B8?si=Pij3476bHSZwXkXV)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi sohasidagi taniqli olima Dinara Atajonova bu yorug' dunyoni barvaqt tark etdi. Yurisprudensiya sohasidagi taniqli olima, jonkuyar xodim, Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi mudiri Atajanova Dinara Salimjanovna 28-iyun…
Vaqt bamisoli oqar suv...
Bugun Mehnat huquqi sohasidagi olima Atajonova Dinara Salimjanovna vafot etganiga 5 yil bo'libdi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki odam bolasi o‘lsa, amali kesiladi. Magar uch narsadan: sadaqai joriyadan, manfaat oladigan ilmdan yoki uning haqqiga duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi", dedilar. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar.

Olima faoliyati davomida ko'plab ommabop va ilmiy maqolalar, o'quv, o'quv-uslubiy qo'llanmalarni chop ettirgan.

2018-yilda “Ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (PhD)ni himoya qilgan edi.

Huquqshunos olima, jonkuyar ustoz va kamtarin inson Dinara Atajanovaning ilmiy merosi va yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Alloh taolo marhum Ustozlarimizni O‘z mag‘firatiga muyassar etsin! Oxiratlarini obod, joylarini jannatdan qilsin🤲
#test Azizaxon bolasi 3 yoshga to‘lib, ishga qaytdi. Lekin uning o'rnidagi Barnoxon homilador. Bu holatda Barnoxon bilan mehnat shartnomasini MK 158-moddasiga ko'ra bekor qilish mumkinmi?
Anonymous Quiz
33%
Ha, homilador bo'lsada shartnoma bekor qilinishi shart.
24%
Yo'q, umuman bekor qilib bo'lmaydi.
33%
MK 408-moddasi talablariga rioya qilgan holatda bekor qilish mumkin.
10%
MK 409-moddasi talablariga rioya qilgan holatda bekor qilish mumkin.
2025/06/29 02:46:49
Back to Top
HTML Embed Code: