Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida eʼtirof etildi

🇨🇭Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 113-sessiyasi doirasida 12 iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan maxsus konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etayotgan 187 ta davlat orasida qisqa vaqt mobaynida bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham bergan davlat sifatida O‘zbekiston tajribasi namoyish qilindi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Asosiy ish to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o‘rindoshligi chog‘ida xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.

O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ish o‘rindoshlik asosida bajarilayotganligi ko‘rsatilishi shart.

O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish

📍Ayni maqsadda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada ko‘plab yurtdoshlarimiz hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz beryapti.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlagan TOP-10 korxonalar bilan tanishing.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Mehnat kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

▪️18 yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning yanvar-may oylarida xotin-qizlarga ko'rsatilgan bandlik xizmatlari bilan tanishing.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛔️#norasmiy_bandlik

Agar ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ishlasangiz:

👉Mehnat stajingiz bo‘lmaydi va pensiya ololmaysiz;

👉Ish beruvchi sizni istalgan payt ishdan bo‘shatishi yoki oylik maoshingizni bermasligi mumkin;

👉Noqulay mehnat sharoitlariga duch kelasiz;

👉Bola parvarishi, homiladorlik, tibbiy va mehnat taʼtili pullaridan mahrum bo‘lasiz;

👉Uy, mashina yoki boshqa ehtiyojlar uchun kredit ololmaysiz;

👉O‘zgaruvchan oylik maoshi;

👉Mehnat ta'tilisiz faoliyat;

👉Karyeraning o‘smasligi.


Shunday ekan norasmiy mehnatga rozi bo‘lmang!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🐎Ot boqib 50 mln so‘mgacha daromad topayotgan yoshlar

📍Yangiqo‘rg‘onlik Diyora Erkinboyeva yosh bo‘lishiga qaramasdan ot boqishni yo‘lga qo‘yib, yaxshigina daromad topmoqda.

Hozirda otlarning soni 20 taga yetdi. Diyora otlarni o‘zi parvarishlaydi va sotadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari tomonidan yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar.

💰Yoshlarni ish bilan ta'minlagan ish beruvchilar uchun subsidiya ajratilishini bilarmidingiz?

Batafsil bu yerda:
3163-sonli nizom
VM 450-son qaror

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yagona milliy mehnat tizimi" (YMMT)da bo‘linma va undagi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim tomonidan imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xodim mehnat shartnomasida belgilangan sanadan e’tiboran mehnat vazifalarini bajarishga kirishishi shart.

Agar mehnat shartnomasida ish boshlanadigan kun belgilanmagan bo‘lsa, xodim shartnoma kuchga kirgan kundan keyingi ish kunida ishga kirishishi kerak.

Mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida xotin-qizlar bandligini ta'minlash va kasbga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇩🇪Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida KfW taraqqiyot bankining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ofisi rahbari Andreas Shnayder boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda qayd etilganidek, KfW taraqqiyot banki bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda.

📚Shulardan biri “Kasbiy ta’limni rivojlantirish” loyihasi bo‘lib, bu respublika bo‘ylab 7 ta Kasbiy ko‘nikmalar markazini rekonstruksiya qilish, jihozlash, shuningdek, dual ta’lim sohasidagi zamonaviy talablarga asoslangan ta’lim modullarini moddiy-texnik va metodik yangilashni o‘z ichiga oladi.

🔗Muloqotda mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati tahlili qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholi bandligini ta'minlashda yuqori natijalar qayd etgan Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari TOP-10

Mazkur reyting quyidagi vazifalar ijrosidan kelib chiqib shakllantirilgan:

▪️bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;
▪️ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash;
▪️kasb-hunarga o‘qitilganlarning bandligini ta’minlash;
▪️xorijda vaqtincha ishlab qaytgan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish;
▪️bandlik dasturlarining ijrosi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi


🖋O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Unga muvofiq 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

🟢davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;

🟢davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy “Davlat xizmatiga kirish” maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariy bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov o‘tkazishda 2025-yil 1-avgustdan boshlab:

🟢respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi;

🟢qonunchilikda lavozimga tayinlashda tegishli organlar bilan kelishilishi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha kelishuv ushbu organlarning vakillarini tanlov komissiyasi tarkibiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

🟢 test sinovlari Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli orqali maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn proktoring tizimi orqali o‘tkaziladi. Bunda tegishli davlat organida test sinovlarini maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy o‘tkazish masalasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan murojaatlar tahlili, o‘rganishlar va so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hal etiladi.

👉Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bandlik vazirligi
#qonunchilikdagi_yangiliklar Davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilinganlar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi 🖋O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda…
2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilari lavozim maoshini ularning ish tajribasi, ilmiy va malaka darajasi, natijadorligi hamda boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, yagona prinsip asosida shakllantirish bo‘yicha 2025-yil 1-noyabrga qadar davlat xizmatchilarining oylik ish haqi tizimini tubdan takomillashtirishga oid Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allik 10 foizga qisqargan Baxmaldan maxsus

📍Tumanda 2023-yilda kambag‘allik darajasi 16,3 foizni tashkil etgan edi, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 7 foizga tushdi.

🎞Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 11:18:17
Back to Top
HTML Embed Code: