Telegram Web Link
6-fevral kuni Turkiya Respublikasining bir necha hududida sodir bo‘lgan kuchli zilzila tufayli millionlab insonlar halovatini yo‘qotdi. Do‘st va qardosh turk xalqi boshiga tushgan bu falokat O‘zbekiston hukumatini ham befarq qoldirmadi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan mamlakatdagi talafot oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish maqsadida 8-fevral kuni soat 23:00 da Mudofaa vazirligining 71 nafar malakali harbiy xizmatchilaridan iborat tibbiy otryadi Turkiya Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Safar oldidan Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan harbiy xizmatchilarga tegishli yoʻriqnoma berildi.

9-fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 5:34 da qidiruv-qutqaruv tadbirlarida ishtirok etadigan ushbu tibbiy otryad Turkiyaning Gaziantep aeroportiga qoʻndi.

Harbiy-tibbiy otryad tarkibida tajribali tibbiyot xodimlaridan tashqari kinologlar (xizmat itlari bilan) va ta’minotchilar ham bor bo‘lib, ular o‘z yo‘nalishi bo‘yicha barcha kerakli anjom va uskunalar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, dori-darmonlar va yuz nafar bemorga mo‘ljallangan yotoq joylari mavjud.

Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter
#Markaziy_harbiy_okrug

Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilar va Bunyodkor,Tinchlik, Alisher Navoiy MFY yetakchilari bilan Buyuk alloma Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan gul qo'yish marosimi hamda "Navoiy g'azallari tarbiya maktabi"mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv hamda xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni rezervga bo‘shatish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi

📌Batafsil:
https://mudofaa.uz/23457/

Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter
#Markaziy_harbiy_okrug

Jizzax garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazida “Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish tartibini belgilash yuzasidan o‘tkazilayotgan uslubiy yig‘in” o‘tkazildi.

Uslubiy yig‘inda Markaziy harbiy okrug qo'mondonligi, Jizzax garnizoni harbiy qism qo‘mondonliklari, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari, tibbiyot xizmati xodimlari, harbiy psixologlar, barcha pog‘onadagi komandirlar va yo‘riqchi serjantlar ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan uslubiy yig‘inda asosiy e’tibor individual-psixologik xususiyatlarni o‘rganishning asosiy usul va shakllaridan amaliy foydalanish, shaxsiy tarkibni yakka tartibda o‘rganish borasida faoliyat samaradorligini oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
2025/07/05 20:48:42
Back to Top
HTML Embed Code: