Telegram Web Link
Jizzaxlik yoshlar 10 kunlik yig‘in davomida olgan taasurotlarini gulxan so‘zlab berdi

Markaziy harbiy okrugining Jizzax garnizonidagi harbiy qismda o‘tkazilayotgan “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining to‘qqizinchi kunida yoshlarning harbiy qismda olgan taasurotlarni bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida gulxan atrofida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Oybek Saidov, viloyat hokimi o‘rinbosari Akmal Sovurboyev, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Murodbek Rahmonberdiyev va yig'in ishtirokchilari qatnashdi.

Birin ketin so‘zga chiqqan yoshlar, kasb-xunarga, tartib intizomga, tinchlikni va ota-onasini qadriga yetganligini takidlab, buning barchasi albatta hukumatimizning yoshlarga qaratayotgan e’tiborida ekanligini va olingan bilim hamda malakalari kelgusi hayotida burilish yasashini aytib, kelajakdagi rejalarini so‘zlab berishdi.

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
Mutolaa uchun «VATANPARVAR» gazetasining 2023-yil 3-fevral 5-sonini to‘lig‘icha elektron holda havola etamiz.

Ushbu elektron gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegraBm kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📌O‘qish uchun havola: https://online.anyflip.com/dwalh/tfmu/mobile/index.html

Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Markaziy_harbiy_okrug

Jizzaxlik yoshlar 10 kunlik yig‘in davomida olgan taasurotlarini gulxan atrofida so‘zlab berdi

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
⚡️Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagida boʻlgan nomzodlardan 2023-yilning 1-fevralidan ariza qabul qilinishi boshlandi va qabul jarayonlari joriy yilning 31-mart kuniga qadar davom etadi.

🟢Oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimlariga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa oʻzlari xizmat oʻtayotgan harbiy qismga bildirgi bilan murojaat qilishi lozim.

🔵Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining uchinchi bosqichini, oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichi va tibbiy-profilaktika fakultetlarining toʻrtinchi bosqichini tamomlagan talabalar tegishli oliy taʼlim muassasalari rektorlari nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar oliy taʼlim muassasalari tomonidan ular joylashgan hududdagi tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga ikki kun muddatda yuboriladi.

Oʻqishga kirish istagida boʻlgan nomzodlarga oliy harbiy taʼlim muassalarida tayyorlanadigan mutaxassisliklar, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar va nomzodlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan hududiy mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan toʻliq maʼlumotlar beriladi.

Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Markaziy_harbiy_okrug

O'n kun davom etgan "Jasorat maktabi" o'quv yig'ini tantanali yakunlandi

⚡️ Batafsil videorolikni tomosha qilishingizni tavsiya etamiz!

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
Jizzaxda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

📌Batafsil: https://mudofaa.uz/23248/

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Markaziy_harbiy_okrug

Jizzaxda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

➡️ Telegram I Facebook I Youtube
2025/07/13 15:16:26
Back to Top
HTML Embed Code: