Telegram Web Link
Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimiz oila aʼzolari yashash va ish sharoitlari o‘rganilmoqda

Migratsiya agentligi va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh Navoiy viloyatining Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida bo‘lib, xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimiz oila aʼzolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda xavfsiz va tashkillashtirilgan migratsiyaning afzalliklari, sohada mavjud imkoniyatlar, xorijga ishga ketish va ishlash jarayonida aldanib qolmaslik yuzasidan ma'lumotlar berilib, ko'tarilgan masalalar va ularning yechimlari bo'yicha tushuntirishlar berilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Migratsiya agentligi tashkil etildi

“Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-162-son, 17.10.2024-y.) qabul qilindi.

🏢 Farmonga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi.

🗂 Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilib uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.

Agentlik tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan:

🔹Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat etiladi;

🔹Agentlik zimmasiga u tomonidan o‘tkazilgan har qanday tekshirish natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi maʼlumotlarni majburiy tartibda 5 kunda “Xorijda ish” elektron dasturiga joylashtirib borish majburiyati yuklanadi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o‘rinlari ochiq eʼlon qilib boriladi

“Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-367-son, 17.10.2024-y) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-noyabrdan:

🔹xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o‘rinlari haqidagi barcha maʼlumotlar Migratsiya agentligining elektron platformasi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlon qilib boriladi;

🔹Agentlikning elektron platformasida fuqarolarga o‘zining rezyumesini shakllantirish va joylashtirish hamda eʼlon qilingan ish o‘rinlari bo‘yicha tanlovlarda erkin ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;

🔹vaqtincha mehnat faoliyatiga chiqib ketayotgan fuqarolarga Migratsiya jamg‘armasi hisobidan 10 million so‘mgacha ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi;

🔹fuqarolarning xorijda ishga joylashishi va “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.

📆2024-yil 1-dekabrdan:

Agentlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi;

xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablag‘lar miqdori BHMning 8500 baravaridan 4000 baravarigacha tushiriladi.

2026-yil 1-yanvargacha Agentlikning fuqarolarni tashkillashtirilgan holda tanlash, xorijga ishga yuborish va ishga joylashtirish bilan bog‘liq funksiyalari bosqichma-bosqich xususiy bandlik agentliklariga o‘tkaziladi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
XORIJDA ISH
ISO-9606 standartlari asosidagi xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishni istaysizmi? ISO 9606 standarti − Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, payvandchilarning malakasini baholash va sertifikatlashtirish jarayonini tartibga…
2024-yilning 27-30-oktabr kunlari Estoniya payvandlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ISO-9606 standartlari asosidagi payvandchilar malakasini baholash boʻyicha imtihon oʻtkaziladi.

📍Imtihon manzili: Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani 2-son Kasb-hunar maktabi binosi

👉Geolokatsiya

❗️Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga Yevropa va rivojlangan boshqa davlatlarda malakali mutaxassis sifatida ishlash imkonini beruvchi xalqaro sertifikat beriladi.

☎️Qoʻshimcha maʻlumot uchun:

− “Sertifikat servis xizmati”: +998908077585, +998335515168, +998900181908

− Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Migratsiya agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bog‘ishamol dahasi, Xalqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy. Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (sobiq Bog‘ishamol pedagogika kolleji).
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112v-v uy. KOICA o'quv markazi.
Mo‘ljal: Sobiq Melkombinat.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi. Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 55 900-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 200-00-61, 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi!

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg'ir hamda yo'llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
📍Surxondaryoda migratsiyadan qaytib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📍Qashqadaryodagi Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi tinglovchilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

📍Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida nemis tili kurslariga o‘qishga jalb qilingan tinglovchilar bilan suhbat bo'lib o'tdi.

👉 Batafsil

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇿🇩🇪 Ayni daqiqalarda bir guruh yurtdoshalrimiz Toshkent xalqaro aeroporti orqali Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash uchun jo'nab ketmoqda.

Jarayonlarni Agentlikning instagramdagi sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

👉 Jonli efir

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizga xorijdagi turli ishlar taklif etilyaptimi?

🎥 Chet elda ishlayman deb aldanib qolmay desangiz, ushbu videoni koʻring.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

➡️
Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☎️Ishonch telefoni: 71 202-44-11

📩Pochta manzili:
[email protected]

🤖Telegram bot: https://www.tg-me.com/anticor_migrationbot

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪Bugun Migratsiya agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan 10 oylik nemis tili kursini tamomlagan 23 nafar hamyurtimiz tibbiyot sohasida ishlash maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Ish turi: tibbiyot
Ish haqi: 2500 yevro
Shartnoma muddati: kamida 3 yil

Hozirda ushbu loyihaga qabul davom etmoqda.

👉Ro'yxatdan o'tish

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Xususiy o‘quv markazlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan nomzodlarni tayyorlash maqsadida respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan va xorijiy tillarni (rus, ingliz, nemis, yapon va koreys) o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan barcha o‘quv markazlarini hamkorlikka chaqiradi!

Hamkorlik qilish istagida bo‘lgan o‘quv markazlari quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi so'raladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyaning "CLAAS" konserni filiallariga mexanika sohasi mutaxassislari ishga va Ausbildungga taklif etiladi!

Soha: qishloq xo'jaligi texnikalari mexanigi hamda shu sohada Ausbildung.

➡️ Ausbildung uchun talablar:

📍Batafsil
👉Ro'yxatdan o'tish

➡️Ishlash uchun talablar:

📍Batafsil
👉Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Sevara Imonova: "Germaniyada ishlayman, deb o‘ylamaganman"

Migratsiya agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida bir guruh hamshiralar ishlash maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi.

👉Tafsilotlar "O'zbekiston 24" telekanalida

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇸🇰🇷🇯🇵Fuqarolarni AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQSHga ishga yuborishini vaʼda qilib, buning uchun 18 000 AQSH dollari miqdorida xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning “Toxirshayx” mahallasidagi uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 12 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tumandagi Birlashgan ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live

🇺🇿🇸🇰 Ayni daqiqalarda bir guruh yurtdoshlarimiz Toshkent xalqaro aeroportidan Slovakiyadagi “Volkswagen” avtomobil zavodida ishlash uchun jo'nab ketmoqda.

Jarayonlarni Agentlikning instagramdagi sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

👉 Jonli efir

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
2025/07/04 04:54:31
Back to Top
HTML Embed Code: