Telegram Web Link
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️#Ишга_таклиф

Бизнинг “ҳаво кемамизда” Сиз учун жой бор!

Аммо, жойлар чекланган. Ўзингизни кўрсатиш учун яхши имконият.

Миграция агентлиги ўзига ишонган, ватанпарвар, дунёқараши кенг, инглиз, рус тилларида бемалол суҳбатлаша оладиган, шижоатли юртдошларимизни ишга таклиф қилади.

Видеони кўринг ва ҳавола орқали рўйхатдан ўтинг!

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍625🤬174🤣143🥴2827😁22🔥17👏16🙈15😡14😢13
Forwarded from Migratsiya agentligi
Кафилни “кафансиз" қолдирманг!

Охирги вақтларда Корея Республикасига вақтинча ишлаш учун борган фуқароларимиз орасида ўз иш жойини сабабсиз ташлаб кетиш ҳолатлари учраётгани, бу Ўзбекистонга ажратиладиган ишчи квоталар сонига жиддий таъсир кўрсатиши, мамлакатимиздан борган ишчиларнинг имиджи тушиб кетишига сабаб бўлаётгани ҳақида хабарлар бериб бораяпмиз.

Шу боис, Кореяга ишлаш учун бораётган ҳар бир юртдошимиз кетиш олдидан уч томонлама шартномага имзо чекмоқда. Шартномада:

"Агарда ўз иш жойимни сабабсиз ташлаб кетиб, нолегал фаолият юритадиган бўлсам, мени кафилликка олаётган шахс, яъни яқин қариндошимдан Кореяда нолегал юрган ҳар бир ойим учун 2000 АҚШ долларидан (ҳозирги вақтда) жарима ундирилишига розиман",

-деган жумлалар бор.

Ушбу расмда Кореяга ишлаш мақсадида кетган ва шартнома шартларини бузган қашқадарёлик фуқаро М.Анинг кафилидан суд қарорига асосан МИБ 70 392 000 сўм ундирганини кўриш мумкин.

Рақамларга қарайдиган бўлсак, жорий йилнинг ўтган даврида ўз иш жойини сабабсиз ташлаб кетган қарийб 80 нафар ҳамюртимизнинг кафиллари томонидан давлатга 2 млрд 35 миллион сўм жарима ундирилган.

Қочиб кетишдан олдин ўйлаб кўринг!


@uzmigration
👍666🤬232🤣174🤔50🥴30😡20😁1918👏13💯114
❗️Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi!

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Yaqin haftalar davomida magistral yo‘llarga tuman tushib, kuchli qor yog‘ishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlaringizni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
👍50124💯14🙈11👏10👌9🫡5🏆43🤔32
Rossiyada imtihonlarni qayerlarda topshirish mumkin?

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Farmoyishi bilan (10 декабря 2024 г. N 3641-р) ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari rus tili, Rossiya tarixi va migratsiya qonunchiligi bo‘yicha imtihonlar topshiradigan davlat muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

🔖 Ro‘yxatga jami 92 ta muassasa kiritilgan. Ularning nomi, joylashuv manzillarini ushbu havola orqali ko'rish mumkin.

Bunga qadar imtihonlarni Rossiya Oliy ta’lim vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari amalga oshirgan.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍428🤬212😁6030🤔30🥴20🤨8😱7🕊75👨‍💻5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Ro‘yxatda keltirilgan davlatlarda vaqtincha ish faoliyatini olib borayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz ko‘rsatilgan raqamlarga 24/7 rejimida bepul qo‘ng‘iroq qilib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiyasi agentligi mutaxassislari bilan bog‘lanishlari mumkin.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍701😁7031🤔30🫡30👀2120👏17🕊17🤨17🔥12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪Germaniya sari yo‘l til va kasb o‘rganishdan boshlanadi!

Germaniyaga borib ishlashni, “Ausbildung” orqali kasbiy ta’lim olishni istovchilar ko‘p. Ammo, istakning o‘zi kamlik qiladi, harakat va intilish bo‘lishi lozim!

Bizdan ham ko‘pchilik so‘rashadi, qayerda nemis tilini o‘rgansam bo‘ladi, qay biri samarador? Shunday o‘quv markazlaridan birini Sizlarga taklif qilamiz, "PROFi Deutsch".


"PROFi Deutsch" o‘quv markazi o‘qituvchilari Germaniyada malaka oshirib qaytgan bo‘lib, zamonaviy darsliklar asosida darslarni tashkil qiladi.

Darvoqe, yanvardan barcha hududlarda yangi guruhlar ochilayotgan ekan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘quv markazining “сall center”idan bilib olishingiz mumkin.

Тел: +99877 178 0666, +99877 178 1666
🌐telegram kanali

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍346🥴3730🤣22🔥16👏10🤝10🤔7🕊6🤗6😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧“Tumanli Albiyon”ga borishda yo‘ldan adashmang!

Oldingi xabarlarimizda aytib o‘tgan edik, Angliyaning rekruting kompaniyalari O‘zbekiston hududida faqatgina Migratsiya agentligi bilan ikki tomonlama tuzilgan Bitim asosida faoliyat olib boradi. Bu huquq hech qanday Xususiy bandlik agentligi (XBA) yoki konsalting firmalarga berilmagan!

Agar kimdir Angliyaga ishga yuboraman deb pasport ma’lumotingiz va yana qanchadir miqdorda pul so‘rayotgan bo‘lsa, Siz aldanayapsiz!

Jamshidxon Ziyoxonov tomonidan tayyorlangan ushbu videoda Angliyada ishlab yurgan hamyurtlarimiz bu sxemani oddiy qilib ochib bergan. Ko‘ring.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍935🤣1304237👏24😱17😁16🔥15🕊14🤔12🤯10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E’LON
Qonunchilikka ko‘ra tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan WORKMALL xususiy bandlik agentligining quyidagi davlatlardagi ish o‘rinlarini sizlarga taklif qilamiz

XUSUSIY BANDLIK AGЕNTLIGI E’LONI

▪️Janubiy Koreya🇰🇷
▪️Slovakiya🇸🇰
▪️Xorvatiya🇭🇷
▪️Bolgariya🇧🇬
▪️Turkiya🇹🇷
▪️Rossiya🇷🇺


🔵Ushbu yo‘nalishalarda bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

▪️qurilish
▪️ishlab chiqarish
▪️xaydovchilik
▪️mehmonxona
▪️kuryerlik
▪️hamshiralik


Anketani to'ldiring va WORKMALL mutaxassislari tez orada siz bilan bog’lanadi.

👉Anketa to'ldirish

Qo'shimcha savollar uchun:
71-200-86-00
@murojaat_qilinglar

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1.01K🤬8949😁45🤔34🤝20🔥19👏1513😴13👌12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌

⚡️Diqqat!!!
🇬🇧Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun ro‘yxatdan o‘tish kunlari ma’lum bo‘ldi


Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijdaish.uz portali orqali 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq хo‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilishini ma’lum qilamiz.

Tanlov qanday bosqichlardan iborat?

1. xorijdaish.uz sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz.

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti,
Gmail elektron pochtangiz, (ism-familiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidak bo‘lishi shart), yorqin fonda pasport o‘lchamidagi elektron fotosurat kerak bo‘ladi.

❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Bu “HOPS”ning avtomatik tanlov tizimiga bog‘liq.

2. Onlayn suhbat “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi.
Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va ish beruvchi tomonidan tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak.

3. “HOPS” vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.

Ariza beruvchilar uchun mezonlar:
▪️18-50 yosh;
▪️ rus tilini bilishi;
▪️ yaxshi jismoniy va psixologik holat.

Mehnat sharoitlari:
▪️ish haqi soatiga 11,44£ (15$ atrofida);
▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ishlashni kafolatlaydi;
▪️viza va aviachipta xarajatlari ketuvchi hisobidan.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish linkini 2025-yil 10-yanvar kuni joylashtiramiz.

⚠️Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan amalga oshiriladi.

🌐 Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3.74K191👏153🙏102🔥100😡52😁48🤗3533🥰31🤯28
📌📌📌📌
🇯🇵Migratsiya agentligi Yaponiyaga ishga yuboradi!

Yaponiyaning "Shimizu Corporation" qurilish kompaniyasiga tegishli obyektlarda ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz diqqatiga!

Taklif etilayotgan ish turi:
▪️opolubshik;
▪️suvoqchi;
▪️gidroizolator.

ish o‘rinlari, boshlanishiga: 11 ta
maoshi: 150.000 JPY
(1000 $ atrofida qo‘liga tegadi, ovqatlanish o‘z hisobidan, oylik oshib boradi va qo‘shimcha ish uchun ustama haq to‘lanadi)



Talablar:
▪️18-35 yoshdagi erkaklar;
▪️Yaponiyaga kirishga ta’qiqi bo‘lmagan;
▪️sudlanmagan, jismonan sog‘lom;
▪️yapon tilini boshlang‘ich N5 darajada bilish;
▪️O‘zbekistondan chiqishga ta’qiqi yo‘q;
▪️o‘rta maktab yoki o‘rta maxsus ta’limni yakunlagan;
▪️3 yil ishlashga tayyor bo‘lish.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi:

▪️aviachipta ish beruchi tomonidan (ish haqqidan ushlab qolinmaydi);
▪️aeroportdan kutib olish va yashash joyigacha olib borib qo‘yish;
▪️sug‘urta (oylikdan ushlab qolish sharti bilan);
▪️viza xarajatlari mavjud emas.


Nomzodlar ishga suhbat asosida saralab olinadi. Suhbat 2025-yil 14-15-yanvar kuni soat 10:00 dan 14:00 gacha Toshkent shahridagi "Inno" texnoparki binosida tashkil qilinadi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish (29.12.2024-yil 13-00 dan 03.01.2025-yil 13-00gacha amal qiladi)

Yana bir qulaylik! Ro‘yxatdan o‘tib saralangan va Toshkentga suhbatga chaqirtirilgan nomzodlarning yo‘l haqqi asoslantiruvchi (chek) hujjatlari bo‘lganida ish beruvchi tomonidan to‘lab beriladi.

Migratsiya agentligi: 71 202-33-55 (10) Mirzaev Akbarali
(душанба-жума, 9:00-18:00)


🌐 Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍908🤬150😁139🥴7346👏26🔥16🤔14👀10🕊9🥰5
⚡️Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun muhim xabar

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining bugun imzolagan "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1126-son Farmoniga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak.

Talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu masala bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib boradi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida qo‘shimcha xabar beramiz.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍719😡84🥴29👏2322🔥2018👀17😐13👌8🤗7
2025/07/09 15:38:38
Back to Top
HTML Embed Code: