Telegram Web Link
❗️Migratsiya agentligi Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi!

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Yaqin haftalar davomida magistral yo‘llarga tuman tushib, kuchli qor yog‘ishi hamda muzlash holatlari kuzatilishi mumkin. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, juda zarur bo‘lganda poyezd yoki samolyotga chiqishlaringizni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishlaringizni so‘raymiz.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Rossiyada imtihonlarni qayerlarda topshirish mumkin?

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Farmoyishi bilan (10 декабря 2024 г. N 3641-р) ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari rus tili, Rossiya tarixi va migratsiya qonunchiligi bo‘yicha imtihonlar topshiradigan davlat muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

🔖 Ro‘yxatga jami 92 ta muassasa kiritilgan. Ularning nomi, joylashuv manzillarini ushbu havola orqali ko'rish mumkin.

Bunga qadar imtihonlarni Rossiya Oliy ta’lim vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari amalga oshirgan.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣Ro‘yxatda keltirilgan davlatlarda vaqtincha ish faoliyatini olib borayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz ko‘rsatilgan raqamlarga 24/7 rejimida bepul qo‘ng‘iroq qilib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiyasi agentligi mutaxassislari bilan bog‘lanishlari mumkin.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧“Tumanli Albiyon”ga borishda yo‘ldan adashmang!

Oldingi xabarlarimizda aytib o‘tgan edik, Angliyaning rekruting kompaniyalari O‘zbekiston hududida faqatgina Migratsiya agentligi bilan ikki tomonlama tuzilgan Bitim asosida faoliyat olib boradi. Bu huquq hech qanday Xususiy bandlik agentligi (XBA) yoki konsalting firmalarga berilmagan!

Agar kimdir Angliyaga ishga yuboraman deb pasport ma’lumotingiz va yana qanchadir miqdorda pul so‘rayotgan bo‘lsa, Siz aldanayapsiz!

Jamshidxon Ziyoxonov tomonidan tayyorlangan ushbu videoda Angliyada ishlab yurgan hamyurtlarimiz bu sxemani oddiy qilib ochib bergan. Ko‘ring.

Xorijda ish|Facebook|Youtube|Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun muhim xabar

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining bugun imzolagan "Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarining huquqiy holatini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 1126-son Farmoniga ko‘ra Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari 2025-yilning 30-aprel sanasigacha mamlakatni tark etishi yoki huquqiy holatini tartibga solishi kerak.

Talab qonuniy ravishda qolishni istagan xorijliklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

❗️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 2025-yilning yanvar oyidan boshlab Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu masala bo‘yicha alohida guruh faoliyat olib boradi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari haqida qo‘shimcha xabar beramiz.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/03 11:59:42
Back to Top
HTML Embed Code: