Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti uzaydi

Bugun, ya’ni 10-yanvar soat 21:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish ochiq bo‘ladi.

Angliyadagi mavsumiy ishlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida texnik uzilishlar bo‘lmoqda. Boisi, bir vaqtning o‘zida platformadan foydalanuvchilar soni 2 milliondan ortib ketdi. Shu bois uzilishlar kuzatilmoqda.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬7.32K👍1.88K😡786🤣665310👏117🔥101👀9693👌93😁91
🇬🇧Angliyadagi mavsumiy ishlarga 12 331 nafar nomzod roʻyxatdan oʻtdi

❗️Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025-yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi. Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak.

Agar siz onlayn test uchun havolani olmagan bo‘lsangiz, demak tanlanmagan hisoblanasiz!

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish keyingi tanlov bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Tanlov qarorlari HOPS tomonidan qabul qilinadi.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2.02K🥴1.25K🤣855🤯375🤔226🤨188👀9185🔥77🏆55❤‍🔥53
❗️📌📌📌📌📌

⚡️ NAVOIY viloyatida istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi "Migroservis" non mahsulotlarini qadoqlash korxonasiga ishga taklif etamiz!

Migratsiya agentligi Rossiyaga hech qanday to‘lovlarsiz, tez fursatda ishga yuboradi!

kutish yo‘q!
xarajat yo‘q!
ovoragarchilik yo‘q!
hech qanday hujjat kerak emas!
barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan!
bepul tibbiy sug‘urta!

Taklif etilayotgan ish:

Non mahsulotlarini idishga joylashtirish va qadoqlash bo‘yicha mutaxassis

▪️Maoshi: 80 000 dan - 100 000 rublgacha (har bir xodim uchun qo‘shimcha mukofot puli 5 000 dan - 10 000 rublgacha)

Taklif etilayotgan jami ish o‘rinlari soni - 400 ta

Ish jadvali: smena asosidagi javdal
(2 kun ish, 2 kun dam olish, 11 soatdan ish vaqti)

Talablar:
▪️18-55 yoshdagi ayol va erkaklar;
▪️o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
▪️rus tilini muloqot darajasida bilish;
▪️tajriba talab qilinmaydi.

Ish beruvchi quyidagi xarajatlarni qoplab beradi (oylik ish haqidan ushlab qolinmaydi):

▪️aeroportdan yashash manziliga olib boradi;
▪️yashash joyi bilan ta’minlaydi;
▪️ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▪️patent rasmiylashtirish va oylik to‘lovlarini amalga oshirishda ish beruvchi yordam qiladi;
▪️yashash joyi bo‘yicha migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish;
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️transport xarajatlari;
▪️jismoniy shaxsning daromad solig‘i (NDFL 13%);
▪️ko‘niktirish (xodimlarni tayyorlash).

Xodim hisobidan:
▪️aviachipta, patent va oylik toʻlovlar ish haqidan ushlab qolinadi;
▪️ovqatlanish.

Sinov muddati: mavjud emas.


Nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi. Suhbat 2025-yil 14, 15, 17, 20-yanvar kunlari soat 11:00 dan 17:00 gacha Navoiy shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi va shahar, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarida tashkil qilinadi.

❗️Suhbatga fuqarolar xorijga chiqish pasporti bilan kelishlari so‘raladi.

📍Manzil va tanlov o‘tkazuvchi mutasaddilar haqidagi ma’lumot ushbu linkda joylashgan.

Migratsiya agentligi Navoiy viloyat hududiy filiali:  (79) 222-11-05, (94) 488-81-05 Sobit Ismatulayev.
dushanba-juma, 9:00-18:00)

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1.63K😁272🥴151🤔88🤯6965🙈37🔥36😴32😐23🤓16
🇩🇪Germaniyada Ausbildung dasturi orqali Metallni qayta ishlash mexanigi, Mashina va qurilmalar operatori sohalarida kasbiy ta'lim olishni xohlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Germaniyanig NoVo Agency hamda Gera shahri Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2025-yilda Ausbildung dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini ma’lum qiladi.

Bo'sh o'rinlar soni 50 ta

Dasturda kimlar qatnasha oladi?

▪️ta'lim darajasi: maktab yoki texnikum bitirgan
▪️til darajasi: nemis tilidan kamida B1 darajadagi sertifikat
▪️yosh: 18-35 yosh
▪️texnika sohasiga qiziqish
▪️holati: sudlanmagan va jismonan sog‘lom.

Imtiyozlar:

1) Har o‘quv yili uchun oylik stipendiya (qo'lga tegishi):
▪️1-yil: 700€
▪️2-yil: 750€
▪️3-yil: 800€

2) Haftasiga 35-40 soat amaliyot
3) Germaniya texnik bilimlarini egallash va tajriba to‘plash.

Xarajatlar:

▪️Agentlik to‘lovi: 750 000 so'm (Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari)
▪️viza to‘lovi: 90€
▪️aviabilet: 400-450€ atrofida
▪️turar-joy va oziq-ovqat: shaxsiy mablag‘ hisobidan.


👉Ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun: +998 (88) 239-32-23 (Novo Agency)
@NoVoAgency_Zuhra

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍826🥴286🤣217🤔5638🤯37🔥32🤨31👀2219🤩14
🇬🇧Joriy yilning 10-yanvar kuni Buyuk Britaniyadagi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun ochilgan ro‘yxatdan o‘tish natijalari Hops Labour Solutions tomonidan bir yoqlama bekor qilinganligini bildiramiz.

Ushbu qaror Hops Labour Solutions tomonidan qabul qilingan va Migratsiya agentligida uni o‘zgartirish vakolati yo‘q.

Masala yuzasidan savol va e’tirozlaringiz bo‘lsa HOPSning [email protected], [email protected] elektron pochtasiga rus va ingliz tillarida murojaat qilishingiz mumkin.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣6.19K👍1.75K😁356🤔295🥴221🤯217🍾216🤨123🔥86👨‍💻7875
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⛔️ Narkotik savdosi va qimor o‘yinlariga aralashib qolmang!

Xorijda vaqtincha ishlab yurgan hamyurtlarimiz orasida ham yomon illatlar girdobiga tushib qolayotganlar oz emas.

Shu bois ogohlantirib qo‘yishni joiz bildik, bir martalik mo‘may daromad ilinjida o‘zingizni panjara ortiga otmang!

Tanimagan, shubhali shaxslar bilan ishlayotganingizda ehtiyot bo‘ling!

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍487🤣59🤔2927🫡24🔥20😁11🤯11👌10🤨7👀7
2025/07/12 17:35:55
Back to Top
HTML Embed Code: