Telegram Web Link
#Yangi_qaror

❗️Tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va ularni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi belgilandi

"Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Hukumat qarori (313-son, 13.05.2025 y. ) qabul qilindi.

📋Endilikda, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi ta’sir choralari qo‘llanadi:

🔹deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarni ushbu fuqarodan undirib olinadi;
🔹Migratsiya jamg‘armasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarib undiriladi;
🔹bir yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmaydi;
🔹tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada shartnoma shartlari bajarilmagani uchun jarima va uchinchi shaxslarning kafilligi belgilanadi;

@uzmigration
👍202🤨90🤔2823😴21😐14🤩8🥰5👀5🫡5😘3
#yangi_qaror

❗️Endilikda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya* qilingan fuqarolarga ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi.


"Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi Hukumat qarori (313-son, 13.05.2025 y. ) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.

Yagona ma’lumotlar bazasiga elektron reyestr sifatida quyidagilar kiritiladi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq readmissiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar;
🔹Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va uning xorijdagi vakolatxonalaridan (vakillaridan) olingan ma’lumotlar.


📌 O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom"gа muvofiq ikki yil davomida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilmaydi.

Bunda readmissiya qilingan fuqarolarga chet elga chiqishi uchun biometrik pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.

*Readmissiya qilingan shaxslar — O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar asosida, o‘z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda O‘zbekistonga qaytarilgan fuqarolar.

@uzmigration
👍276🤨6832🤔22😴16😢15😐10👨‍💻5💯4🤩3🤓2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda ishlayotgan fuqarolar uchun yanada keng imkoniyatlar!

📌Migratsiya agentligi xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimizni moddiy va huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi!

Chet elda og‘ir vaziyatga tushdingizmi?
Sog‘ligingizda muammo bormi?
Yashash joyingiz yo‘qmi?
Ayollar va ularning farzandlariga yordam kerakmi?

🎬Videoda batafsil ko‘ring

📞Bizga murojaat qiling: (71) 202 33 55, 1282 qisqa raqam.

📲Xorijdagi yurtdoshlarimiz uchun 24/7 rejimda bepul ishlaydigan telefon raqamlar ➡️bu yerda⬅️

🌐Telegram orqali @huquqiy_yordam_uzbot ga yozing.

Hoziroq ulashing — boshqalarga ham kerak bo‘lishi mumkin!

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27022😴20🤝10🔥5🥰5🤔5😢5🤩5🤗5👨‍💻2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥 Чет тили ўқитувчиси бўлиб, 50 миллион сўм ютишни хоҳлайсизми?

📚 Инглиз, немис, корейс ёки япон тилини ўргатасизми?
Ўқувчиларингиз халқаро B1 ёки ундан юқори даражадаги сертификат олганми?

Демак, Миграция агентлиги меҳнатингизни қўллаб-қувватлайди.
💸 50 МИЛЛИОН СЎМ миқдорида мукофот олиш имкониятига эгасиз!
🎯 Танловда иштирок этинг ва энг фаол 50 нафар устозлардан бирига айланинг!

📝 Нима қилиш керак?

▪️gov.uz орқали 2025 йил 30 майга қадар рўйхатдан ўтинг
▪️Ўқувчиларингиз ҳақида маълумот киритинг
▪️Рейтингда иштирок этиб, субсидия эгаси бўлинг!


📌Эътибор беринг: Бу имконият Касбий таълим ташкилотлари ва Касбий кўникмалар марказларда фаолият юритаётган ўқитувчилар учун! (ўқувчиларингизни фақатгина халқаро сертификатларини юклашингиз лозим миллий сертификатлар қабул қилинмайди)

👑 Натижаси энг баланд устозларга — 50 МИЛЛИОН СЎМ!
Шогирдларингиз ютуқлари — сиз учун мукофот!

➡️Ариза юбориш⬅️

Батафсил видеода

Субсидия (лотинча: subsidium — ёрдам, нафақа, қўллаб-қувватлаш) давлат бюджети, маҳаллий бюджет ёки махсус жамғармалардан бериладиган пул маблағи. Субсидия давлат томонидан қайтариб олмаслик шарти билан ажратилади.

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19231😴20🔥9👀8😇7🤔3🎉3🏆3🤨3
MUVAFFAQQIYAT SARI 3 QADAM
(tayyorlov, ta'lim, karera)

IHGS University va Migratsiya agentligi hamkorligida
“Tibbiy va ijtimoiy parvarish mutaxassisi”
(Ausbildung Pflegefachmann / Pflegefachfrau) yo‘nalishi bo‘yicha
3 oylik tayyorgarlik kurslari
ga qabul boshlandi!

Kurs davomida nima o‘rganiladi?
▪️Nemis tili bo‘yicha Goethe sertifikatiga tayyorgarlik
▪️ Germaniya tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti, huquqi va an'analari
▪️ Kasbiy maqsadga erishish uchun ishonch va ruhiy tayyorgarlik

Eng yaxshi tinglovchilarga:
BEPUL o‘qish — suhbat va testda yuqori natija ko‘rsatganlar uchun
GRANT o‘rinlari — kursni a'lo yakunlaganlar uchun stipendiya asosida 3 yillik ta’lim
AMALIYOT — Germaniyaning yetakchi tibbiyot muassasalarida
KARERA — bitiruvchilar Germaniyada ishlash huquqiga ega bo‘ladilar

Darslar boshlanishi: 2025-yil 28-may
Dars jadvali: Haftasiga 3 marta, tinglovchilar vaqtiga mos ravishda
Yotoqxona: Barcha qulayliklarga ega
Yosh chegarasi: 39 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin
❗️Shoshiling arizalarni qabul qilish qabul qilish boshlangan joriy yil, 26 - maygacha davom etadi.

📍 Manzil: Samarqand shahri, Sartepo mavzesi, Turkiston ko‘chasi, 12-uy
Lokatsiya

Murojaat uchun telefon:
95 708 22 28
94 549 66 96

Ro‘yxatdan o‘tish:
Ariza yuborish uchun havola➡️https://forms.gle/sBtmAcKimGj6iUqr9
Telegram

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21439😴10🤩85😢5💯1
Forwarded from Migratsiya agentligi
Аудитормисиз? Миграция агентлигида иш бор

Агентлик томонидан Ички аудит бўлими бош мутахассиси лавозимига очиқ танлов эълон қилинди.

Номзодлар учун талаблар:

▪️Юриспруденция, иқтисодиёт ва молия йўналишларидан бирида олий маълумотга эга бўлиш;
▪️Камида 5 йил меҳнат стажи (давлат молиявий назорат соҳасидаги раҳбарлик лавозимида 3 йил, аудиторлик сертификати асосида камида 2 йил);
▪️Давлат тилини билиш (чет тиллари бўйича сертификатга эга бўлганда афзаллик берилади);
▪️Аудиторлар палатаси томонидан берилган ички аудит бўйича миллий сертификатга эга бўлиш;

▪️Бюджет тўғрисидаги қонунчилик ҳужжатларига риоя этилишини таҳлил қилиш, баҳолаш, бюджет маблағларидан самарасиз фойдаланиш хавфларини аниқлаш, молиявий ҳисоботларни шакллантиришни мукаммал билиш;
▪️Харажатлар сметаси, штатлар жадвали ва уларга қўшимча ҳужжатларни тузишда амалдаги қонунчилик талабларига, намунавий штат нормативларига мослигини ўрганиш ва баҳолаш қобилияти;
▪️Молия, бухгалтерия ҳамда хизматлар соҳасини ўрганишда амалдаги қонунчиликка риоя этилишини таъминлаш, мавжуд дебитор ва кредитор қарздорликларни ҳолати келиб чиқиш сабаблари ўрганиш орқали уларни қисқартириш тажрибасига эга бўлиши;
▪️Ташкилотнинг активларидан фойдаланиши ва уларнинг сақланишини баҳолаш орқали бутлиги ва ишга яроқлилик ҳолатлари натижалари юзасидан таҳлилий маълумотлар тайёрлаш бўйича тажрибага эга бўлиш;
▪️Давлат харидларини қонунчилик талабларига мослиги, самарадорлиги ва харид комиссия фаолиятини назорат қилиш, харид қилинган товарларнинг шартномага мослиги ва тўғри кирим қилиниши тартиб тамойилларини билиш;
▪️Агентликни ривожлантириш дастури самарадорлик индикаторлари ижросини таҳлил қилиш, баҳолаш ва соҳага оид янги индикаторларни жорий этиш салоҳиятига эга бўлиш.


Иш вақти: 09:00 дан 18:00 гача (душанба - жума).

Танловда иштирок этиш учун қуйидаги ҳавола орқали ариза қолдиринг.

👉vacancy.argos.uz

@uzmigration
👍202🤨4644🤔14😴12🤩7🍾5🤓5👀5😇4😐3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada ishlashni rejalashtirganlar eʼtiboriga!

📘 Imtihonga tayyorgarlik — endi oson, bepul va zamonaviy!

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasida qonuniy tarzda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun rus tili, tarix va qonunchilik boʻyicha imtihondan oʻtish — asosiy talablardan biri.

Endilikda, Migratsiya agentligi tomonidan yaratilgan test.xorijdaish.uz onlayn platformasi orqali bepul, sifatli va tez tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin!

🆕Yangiliklar!
✍️ Testlar toʻliq qayta ishlandi
📊 Baholash va bilim darajasini kuzatish imkoniyati yaratildi
📈 Har bir foydalanuvchi oʻz natijasini bosqichma-bosqich nazorat qilib, rivojlanishini koʻrishi mumkin.

Imtihonga ishonch bilan kirishni istaysizmi? Unda bu platforma aynan siz uchun!

🔗 Platformaga kiring va yaqinlaringizga ham ulashing test.xorijdaish.uz

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
👍240😴6436🤨27🤔20😢14👨‍💻10👀7🔥4💯4🫡2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇸🇮 Словения

2025-йил ҳолатига кўра, Словения рекорд даражадаги паст ишсизлик (тахминан 3.2–3.5%) ва юқори бандлик даражасига эга. Бу ҳолат маҳаллий меҳнат бозорида бўшлиқларни келтириб чиқаряпти.

Қурилиш, соғлиқни сақлаш, меҳмонхона ва ресторанлар, ишлаб чиқариш, таълим ва ахборот технологиялари йўналишида ишчи кучи етишмовчилиги бор.

Бу хорижлик ишчилар, Ўзбекистон фуқаролари учун ҳам яхши имкониятлар бор, дегани. Касб ва тил талабларига жавоб берадиган 1500дан ортиқ ўзбекистонликлар Словенияда иш топишлари мумкин.


Миграция агентлиги директори Беҳзод Мусаевнинг @Sinchalak_blogiга берган интервьюсида батафсил.

@uzmigration
👍560😴5247😢27🤔22🤨17🏆8🔥7🙏5🤩4🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FIT_LOYIHASI

Migratsiya agentligi, Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda yangi imkoniyat! O'qish, imtixon, viza, aviabilet, mutlaqo bepul bo'lgan qulay dastur!

🇩🇪 “Germaniyada iqlim biznesi uchun kelajak iste’dodlari” pilot loyihasi doirasida Germaniyaga malakali ishchi kuchini jalb etish boshlandi!

Yo‘nalishlar:
▪️Elektrotexnik (energetika, qurilish texnologiyalari)
▪️Bino qurilishi (g'isht teruvchi, beton quyuvchi)
▪️Pardozchi duradgor
▪️Chilangar (qurilish texnologiyasi)
▪️Santexnika, isitish va havoni tozalash texnologiyalari
▪️Avtomobilsozlik


Oylik:
2000 yevrodan boshlanadi!

Bo'sh ish o'rinlari:
50 ta

Sizni kutayotgan imkoniyatlar:
▪️Til va madaniy tayyorgarlik dasturi, ishga joylashish va Germaniyada mehnat bozoriga moslashishda yordam!
▪️Barqaror ish o‘rni va uzoq muddatli yashash vizasi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️ Yosh chegarasi: 20-40
▪️ Jinsi: Ayol, Erkak
▪️ Germaniya bilan qiziqish va Toshkentda 7-9 oylik bepul intensiv nemis tilini o‘rganishga tayyorlik.
▪️A2 darajasi bo‘yicha nemis tili sertifikati (afzallik beradi).
▪️ Kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish va so'nggi 5 yil ichida 2 yillik ish tajribasi (ko'rsatilgan sohalarda afzallik bor).
▪️ Haftasiga 5 kun, kuniga 8 soatlik ish grafigi.


Ish tajribasi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak:

▪️Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumotnoma (my.mehnat.uz yoki mygov.uz platformasidan).
▪️Ish beruvchi tashkilotdan rasmiy ma’lumotnoma (nomzodning mustaqil mutaxassis sifatida ishlaganligi aniq va mehnat faoliyati batafsil ko‘rsatilishi kerak.).

Tanlov jarayoni:

▪️Hujjatlar Germaniya va O‘zbekiston loyiha jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
▪️Germaniya tomonidan tasdiqlangan nomzod amaliy sinov va suhbat orqali tanlanadi.
▪️Tanlab olinganlar bepul nemis tili kursiga jalb qilinadi va B1 darajasidagi xalqaro sertifikatni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Diqqat!
Arizangizga quyidagi hujjatlarni ilova qiling:

▪️ Kamida 2 yillik kasb-hunar diplomi va ilova (pdf shaklda)
▪️ Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat (7 yil ichida ko’rsatilgan sohadan birida kamida 5 yil ishlagan, ish beruvchidan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi kamida 2 yillik ma‘lumot pdf shaklda)
▪️ Xorijga chiqish passporti (pdf shaklda)
▪️ Qo‘shimcha malaka hujjatlari (nemis tilidan xalqaro sertifikat, kasb sertifikatlari va boshqalar)

📥 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Loyiha bilan to'liq tanishish

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 501 ish kunlarida 9:00-18:00)

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍469152😴72🤨25🤔1211🔥10💯8🤝3🤗2🤩1
XORIJDA ISH pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlashni xohlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Germaniyaning “RecruitMed GmbH & Co. KG” kompaniyasi bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari uchun katta imkoniyat!

🩺 Hamshira sifatida Germaniyada ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda!

Oylik: 2800 yevrodan boshlanadi (uy ijarasi va ovqatlanish o'z hisobidan)
Malaka tan olingandan so‘ng: 3300 yevro
Bo'sh ish o'rinlari: 50 ta

Talablar:
▪️Kamida 1 yillik ish tajribasi (hamshiralik sohasida)
▪️ Yosh: 18–40 yosh
▪️ Sudlanmagan, sog‘lom bo‘lishi
▪️ Tibbiyot kolleji (3 yillik) yoki oliy ta'lim (bakalavr) diplomi


Imtiyozlar:
▪️ 12 oylik nemis tili kurslari (Termiz & Nukusda)
▪️ Kurs materiallari, imtihonlar, til sertifikati (B2)
▪️ Germaniyada malaka tasdig'i
▪️ Vizaga ariza topshirish va ishga joylashish
▪️ Aviachipta ва transfer
▪️ Yashash joyini topishda yordam
▪️ 13-oylik maosh tizimi, sug‘urta, mehnat ta’tili
▪️Doimiy qo‘llab-quvvatlash


📥 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 Qo‘shimcha ma’lumot:
📍 Qoraqalpog‘iston R.: (55) 102-53-32
📍 Surxondaryo vil.: (76) 222-45-22

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26071🔥12🤩12😴10🎉9😐6👀5🤨3🤗3💯1
Buyuk Britaniyada ishladingizmi? To'lagan soliqlaringizni qaytarib olishingiz mumkin

💼 Migratsiya agentligi va "Brightway Consulting" o'rtasidagi hamkorlik memorandumiga ko'ra kompaniya tomonidan bu jarayonni oson, ishonchli va tezkor amalga oshirilishida ko'maklashiladi.

Sizdan kerak bo‘ladigan hujjatlar:

▪️ Xorijga chiqish pasporti;
▪️ P45 yoki P60 formasi;
▪️National Insurance (NI) raqami.

Shuningdek, Brightway Consulting quyidagi yo‘nalishlarda ham sizning ishonchli hamkoringiz bo‘la oladi:

✔️ NI (National Insurance) va UTR raqamini ochish;
✔️ Yuridik savollarga maslahat va yechimlar;
✔️ Student, Til o‘rganish, Turistik va Biznes vizalar bo‘yicha to‘liq hujjatlashtirish va konsultatsiyalar.

📲 Savollar va murojaatlarni Telegram orqali yozing: +44 74 3560 4403

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29777😴60🤔21🤩18😐7👨‍💻7👀65🎉4🤓4
YAPON TILI O’QITUVCHILARI, SIZNI KATTA LOYIHALAR KUTMOQDA!

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning ish beruvchi kompaniyalari hamkorligida katta o'qitish loyihalari boshlandi.

🤝Yapon tili sertifikatingiz bormi? Unda Migratsiya agentligi bilan rasmiy hamkorlik taklifi!

Bizga zamonaviy pedagogik usullarni o'zlashtirgan, xalqaro ta'lim loyihalarida ishtirok etish istagidagi o'qituvchilar kerak!

🔑 Sizni kutayotgan imkoniyatlar:

Mamlakatimizning 14 ta hududidagi 33 ta ta'lim muassasalarining birida Yaponiya standartlarida yapon tili o'quv kurslarini olib borish;
Ish joyingizdan ajralmagan holda oyiga 10 mln so'mgacha daromad topish.
O'zingizga qulay ish vaqtlari.

🧐 Biz sizdan nimani kutamiz?

▪️Yapon tili bo’yicha N3-N2 darajadagi sertifikat;
▪️Zamonaviy pedagogik metodikalarni qo'llash qobiliyati;
▪️O‘quvchilarga natijaga yo‘naltirilgan sifatli ta'lim berish ko‘nikmalari.

💼 Nima taklif qilamiz?

▪️Qulay va raqobatbardosh sharoitda ishlash imkoniyati;
▪️Barqaror va yuqori daromad;
▪️Xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati!

Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va Yaponiyada ishlash orzusidagi yurtdoshlarimizga yordam berishni xohlasangiz – bizga qo‘shiling!

🔗 Qiziqyapsizmi? Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq quyidagi linkga o'ting⬇️
LINK

Sizni jamoamizda kutib qolamiz! 💪

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
112👍111🤨9🤔5😴5🔥3🥰1
Hurmatli yurtdoshlar!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni tezkor qabul qilish uchun maxsus aloqa tarmoqlari ishga tushirilganini eslatib o'tamiz.

Agar siz sohada qonunbuzarlik yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, @anticor_migrationbot telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali bizga xabar bering.


❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz.

Shuningdek, 71-202-44-11 ishonch telefoniga (ish kunlarida 9-00 dan 18-00 gacha) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

@uzmigration
110👍97😴35🤔21🤨15😢7🤝54👀3🔥2👌2
🇺🇿Migratsiya agentligi murojaati!

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va afsuski vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini yurtimizga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.

❗️ E’tibor bering:
Ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda. Ularning tarqatayotgan ma’lumotlari orqali yurtdoshlarimiz aldanib, plastik kartalarga pul o‘tkazib berishmoqda.

🔔 Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yo‘l — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir.


❗️ Eslatib o‘tamiz:
Agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga yurtga olib kelinadi.

📞 Murojaat uchun rasmiy aloqalar: (71) 202 33 55, qisqa raqam: 1282

Telegram bot: @huquqiy_yordam_uzbot

Ishonchli ma’lumot uchun faqat rasmiy manbalarga tayaning.
Boshqalarni ham xabardor qilish uchun ushbu ma’lumotni ulashing!

@uzmigration
318👍140🤝45🫡21😢1711🤨11🔥7🍾7👌64
❤️"GLOBALHR" XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "GlobalHR" xususiy bandlik agentligi sizni Mongoliyada qurilish yo‘nalishidagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

🇲🇳 Mongoliyada ish takliflari:
Bo‘sh ish o‘rinlari soni: 50 ta
Ish haqi: sinov muddatida 800$ (USD) sinov muddatidan so‘ng 1000$ va undan baland (qo'lga tegishi)
Yo‘nalishlar: Oshpaz, opalubkachi, yordamchi ishchi

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (25-45 yosh)
• Jismoniy yuklamalarga tayyorlik
• Kasb bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish

Imtiyozlar:
• Bepul turar joy
• Bepul 3 mahal ovqat
• Bepul viza
• Bepul aviachipta


👉Onlayn ro'yxatdan o'tish👈

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "GlobalHR" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun:
95 839 99 99
95 933 09 99
95 757 99 90

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
206🤨103👍67🤔28👀12😢11🔥97🤩53💯3
Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biri — SLOVENIYADA ishlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Sloveniyaning "KOLEKTOR CONSTRUCTION" korxonasi bo’sh ish o’rinlarini taklif etadi.

Ish turi: beton aralashtiruvchi yuk avtomobil haydovchisi, qurilish og'ir texnikasi operatori (gidravlik ekskavator), va аsfalt yotqizish ishchisi.

Oylik: - 1000 € (200 soat uchun).

Ish o'rinlari: 35 ta.


Nomzodlarga qanday talablar bor?
▪️25-45 yosh oralig'idagi erkalar;
▪️Ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
▪️O'rta maxsus diplomiga ega bo'lish;
▪️O'zbekistondan chiqishga ta'qiqi bo'lmasligi;
▪️Yuqoridagi sohalarda 5 yillik ish tajribasi;
▪️Sudlanmaganlik;

Imtiyozlar:
▪️Viza xarajatlari + ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma;
▪️Yillik bonuslar;
▪️Kunlik oziq-ovqat xarajatlari (har ish kuniga 7,5 yevro).

Nomzod hisobidan:
▪️Aviachipta;
▪️Agentlik to'lovi 10 BHM;
▪️Turar joy uchun to'lov.

❗️Har bir kasb egalari o'zingizga tegishli bo'lgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so'raladi👇

👉Beton aralashtiruvchi yuk avtomobili haydovchisi
👉Qurilish og'ir texnikasi operatori (gidravlik ekskavator)
👉 Asfalt yotqizish ishchisi

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 71 202 33 55 (ichki raqam 171, 172 ish kunlarida 9.00 dan -18.00 gacha)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
326🤨96👍59😴28😢25👀12🤓87🤩6😇4🫡4
"THE KASB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "THE KASB" xususiy bandlik agentligi sizni ITALIYAdagi yuqori maoshli qurilish yo‘nalishlaridagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

Yo'nalish: Logistika, Muhandislik, Qurilish.
Bo‘sh ish o‘rinlari soni:
100 ta
Oylik maosh: 1200$

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (25-45 yosh)
• Elektrotexnika yoki elektromexanika bo‘yicha bilim va tajriba
• Italyan tilini A2 darajada bilish
Imtiyozlar:
- 6 oy sinov muddatidan so'ng, 2 yillik shartnoma
- Kompaniya tomonidan turar joy ta’minlanadi
- Xizmat mashinasidan foydalanish imkoniyati
- Ovqatlanish uchun har kuni 8€ kompensatsiya

Ro'yxatdan o'tish

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "THE KASB" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun: 94 993 22 22

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
275👍146🤨46🤔31😢15🤩10🕊6🤓6👀6😇5👨‍💻4
🚫Ijtimoiy tarmoqlarda xorijga ishga yuborishni reklama qiluvchilar ko‘p, ammo ular orasidan litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklarini ajratib olish muhim.

🇺🇿Shu sababli, sizlar uchun maxsus litsenziya asosida qonuniy faoliyat yurituvchi Xususiy bandlik agentliklarining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalarini bitta ro‘yxatda jamladik.

👉 Ro‘yxatni ko‘rish va a’zo bo‘lish

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍167130🤔22😢11🤩1110😍10😴9🤝8🔥5🥰2
❗️Germaniya, Koreya yoki Yaponiya davlatlarida ishlamoqchimisiz? Lekin xorijiy tilni bilmaslik to'sqinlik qilyaptimi?

Endi sizda nemis, koreys va yapon tillarini BEPUL o‘rganish imkoniyati mavjud!

Migratsiya agentligi xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun hududlarda bepul xorijiy til kurslariga navbatdagi qabul boshlanganligini e'lon qiladi. Ariza shaklini to'ldirib hoziroq ro'yxatdan o'ting!


Ro‘yxatdan o‘tish uchun HAVOLA ustiga bosing

❗️ Xorijiy til kurslariga fuqarolarni tanlab olish jarayonida ushbu ariza to'liq, sifatli va to'g'ri to'ldirilganligi inobatga olinadi.
❗️ Ro'yxatdan o'tishda o'zingizga qulay bo'lgan manzilni tanlang!

Migratsiya agentligi: 71 202-33-55 (ichki raqam: 505)

Agentlikning e’lonlar kanali

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25918612🎉9🤔5💯5🤗5🫡5🔥4🕊3🤓2
2025/07/13 03:09:41
Back to Top
HTML Embed Code: