Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyada ishlashni rejalashtirganlar eʼtiboriga!

📘 Imtihonga tayyorgarlik — endi oson, bepul va zamonaviy!

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasida qonuniy tarzda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun rus tili, tarix va qonunchilik boʻyicha imtihondan oʻtish — asosiy talablardan biri.

Endilikda, Migratsiya agentligi tomonidan yaratilgan test.xorijdaish.uz onlayn platformasi orqali bepul, sifatli va tez tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin!

🆕Yangiliklar!
✍️ Testlar toʻliq qayta ishlandi
📊 Baholash va bilim darajasini kuzatish imkoniyati yaratildi
📈 Har bir foydalanuvchi oʻz natijasini bosqichma-bosqich nazorat qilib, rivojlanishini koʻrishi mumkin.

Imtihonga ishonch bilan kirishni istaysizmi? Unda bu platforma aynan siz uchun!

🔗 Platformaga kiring va yaqinlaringizga ham ulashing test.xorijdaish.uz

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
👍240😴6436🤨27🤔20😢14👨‍💻10👀7🔥4💯4🫡2
Forwarded from Migratsiya agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇸🇮 Словения

2025-йил ҳолатига кўра, Словения рекорд даражадаги паст ишсизлик (тахминан 3.2–3.5%) ва юқори бандлик даражасига эга. Бу ҳолат маҳаллий меҳнат бозорида бўшлиқларни келтириб чиқаряпти.

Қурилиш, соғлиқни сақлаш, меҳмонхона ва ресторанлар, ишлаб чиқариш, таълим ва ахборот технологиялари йўналишида ишчи кучи етишмовчилиги бор.

Бу хорижлик ишчилар, Ўзбекистон фуқаролари учун ҳам яхши имкониятлар бор, дегани. Касб ва тил талабларига жавоб берадиган 1500дан ортиқ ўзбекистонликлар Словенияда иш топишлари мумкин.


Миграция агентлиги директори Беҳзод Мусаевнинг @Sinchalak_blogiга берган интервьюсида батафсил.

@uzmigration
👍560😴5247😢27🤔22🤨17🏆8🔥7🙏5🤩4🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FIT_LOYIHASI

Migratsiya agentligi, Germaniya Federal bandlik agentligi va Hunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda yangi imkoniyat! O'qish, imtixon, viza, aviabilet, mutlaqo bepul bo'lgan qulay dastur!

🇩🇪 “Germaniyada iqlim biznesi uchun kelajak iste’dodlari” pilot loyihasi doirasida Germaniyaga malakali ishchi kuchini jalb etish boshlandi!

Yo‘nalishlar:
▪️Elektrotexnik (energetika, qurilish texnologiyalari)
▪️Bino qurilishi (g'isht teruvchi, beton quyuvchi)
▪️Pardozchi duradgor
▪️Chilangar (qurilish texnologiyasi)
▪️Santexnika, isitish va havoni tozalash texnologiyalari
▪️Avtomobilsozlik


Oylik:
2000 yevrodan boshlanadi!

Bo'sh ish o'rinlari:
50 ta

Sizni kutayotgan imkoniyatlar:
▪️Til va madaniy tayyorgarlik dasturi, ishga joylashish va Germaniyada mehnat bozoriga moslashishda yordam!
▪️Barqaror ish o‘rni va uzoq muddatli yashash vizasi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

▪️ Yosh chegarasi: 20-40
▪️ Jinsi: Ayol, Erkak
▪️ Germaniya bilan qiziqish va Toshkentda 7-9 oylik bepul intensiv nemis tilini o‘rganishga tayyorlik.
▪️A2 darajasi bo‘yicha nemis tili sertifikati (afzallik beradi).
▪️ Kamida ikki yillik kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish va so'nggi 5 yil ichida 2 yillik ish tajribasi (ko'rsatilgan sohalarda afzallik bor).
▪️ Haftasiga 5 kun, kuniga 8 soatlik ish grafigi.


Ish tajribasi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak:

▪️Mehnat staji to‘g‘risida ma’lumotnoma (my.mehnat.uz yoki mygov.uz platformasidan).
▪️Ish beruvchi tashkilotdan rasmiy ma’lumotnoma (nomzodning mustaqil mutaxassis sifatida ishlaganligi aniq va mehnat faoliyati batafsil ko‘rsatilishi kerak.).

Tanlov jarayoni:

▪️Hujjatlar Germaniya va O‘zbekiston loyiha jamoasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
▪️Germaniya tomonidan tasdiqlangan nomzod amaliy sinov va suhbat orqali tanlanadi.
▪️Tanlab olinganlar bepul nemis tili kursiga jalb qilinadi va B1 darajasidagi xalqaro sertifikatni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

❗️Diqqat!
Arizangizga quyidagi hujjatlarni ilova qiling:

▪️ Kamida 2 yillik kasb-hunar diplomi va ilova (pdf shaklda)
▪️ Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat (7 yil ichida ko’rsatilgan sohadan birida kamida 5 yil ishlagan, ish beruvchidan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi kamida 2 yillik ma‘lumot pdf shaklda)
▪️ Xorijga chiqish passporti (pdf shaklda)
▪️ Qo‘shimcha malaka hujjatlari (nemis tilidan xalqaro sertifikat, kasb sertifikatlari va boshqalar)

📥 Ro'yxatdan o'tish

➡️ Loyiha bilan to'liq tanishish

Murojaat uchun: 71-202-33-55 (ichki raqam 501 ish kunlarida 9:00-18:00)

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍469151😴72🤨25🤔1211🔥10💯8🤝3🤗2🤩1
XORIJDA ISH pinned a video
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlashni xohlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Germaniyaning “RecruitMed GmbH & Co. KG” kompaniyasi bilan hamkorlikda tajribali tibbiyot xodimlari uchun katta imkoniyat!

🩺 Hamshira sifatida Germaniyada ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda!

Oylik: 2800 yevrodan boshlanadi (uy ijarasi va ovqatlanish o'z hisobidan)
Malaka tan olingandan so‘ng: 3300 yevro
Bo'sh ish o'rinlari: 50 ta

Talablar:
▪️Kamida 1 yillik ish tajribasi (hamshiralik sohasida)
▪️ Yosh: 18–40 yosh
▪️ Sudlanmagan, sog‘lom bo‘lishi
▪️ Tibbiyot kolleji (3 yillik) yoki oliy ta'lim (bakalavr) diplomi


Imtiyozlar:
▪️ 12 oylik nemis tili kurslari (Termiz & Nukusda)
▪️ Kurs materiallari, imtihonlar, til sertifikati (B2)
▪️ Germaniyada malaka tasdig'i
▪️ Vizaga ariza topshirish va ishga joylashish
▪️ Aviachipta ва transfer
▪️ Yashash joyini topishda yordam
▪️ 13-oylik maosh tizimi, sug‘urta, mehnat ta’tili
▪️Doimiy qo‘llab-quvvatlash


📥 Ro‘yxatdan o‘tish

📞 Qo‘shimcha ma’lumot:
📍 Qoraqalpog‘iston R.: (55) 102-53-32
📍 Surxondaryo vil.: (76) 222-45-22

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25970🔥12🤩12😴10🎉9😐6👀5🤨3🤗3💯1
Buyuk Britaniyada ishladingizmi? To'lagan soliqlaringizni qaytarib olishingiz mumkin

💼 Migratsiya agentligi va "Brightway Consulting" o'rtasidagi hamkorlik memorandumiga ko'ra kompaniya tomonidan bu jarayonni oson, ishonchli va tezkor amalga oshirilishida ko'maklashiladi.

Sizdan kerak bo‘ladigan hujjatlar:

▪️ Xorijga chiqish pasporti;
▪️ P45 yoki P60 formasi;
▪️National Insurance (NI) raqami.

Shuningdek, Brightway Consulting quyidagi yo‘nalishlarda ham sizning ishonchli hamkoringiz bo‘la oladi:

✔️ NI (National Insurance) va UTR raqamini ochish;
✔️ Yuridik savollarga maslahat va yechimlar;
✔️ Student, Til o‘rganish, Turistik va Biznes vizalar bo‘yicha to‘liq hujjatlashtirish va konsultatsiyalar.

📲 Savollar va murojaatlarni Telegram orqali yozing: +44 74 3560 4403

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29777😴60🤔21🤩18😐7👨‍💻7👀65🤓4🎉3
YAPON TILI O’QITUVCHILARI, SIZNI KATTA LOYIHALAR KUTMOQDA!

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning ish beruvchi kompaniyalari hamkorligida katta o'qitish loyihalari boshlandi.

🤝Yapon tili sertifikatingiz bormi? Unda Migratsiya agentligi bilan rasmiy hamkorlik taklifi!

Bizga zamonaviy pedagogik usullarni o'zlashtirgan, xalqaro ta'lim loyihalarida ishtirok etish istagidagi o'qituvchilar kerak!

🔑 Sizni kutayotgan imkoniyatlar:

Mamlakatimizning 14 ta hududidagi 33 ta ta'lim muassasalarining birida Yaponiya standartlarida yapon tili o'quv kurslarini olib borish;
Ish joyingizdan ajralmagan holda oyiga 10 mln so'mgacha daromad topish.
O'zingizga qulay ish vaqtlari.

🧐 Biz sizdan nimani kutamiz?

▪️Yapon tili bo’yicha N3-N2 darajadagi sertifikat;
▪️Zamonaviy pedagogik metodikalarni qo'llash qobiliyati;
▪️O‘quvchilarga natijaga yo‘naltirilgan sifatli ta'lim berish ko‘nikmalari.

💼 Nima taklif qilamiz?

▪️Qulay va raqobatbardosh sharoitda ishlash imkoniyati;
▪️Barqaror va yuqori daromad;
▪️Xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyati!

Agar siz yuqoridagi talablarga javob bersangiz va Yaponiyada ishlash orzusidagi yurtdoshlarimizga yordam berishni xohlasangiz – bizga qo‘shiling!

🔗 Qiziqyapsizmi? Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq quyidagi linkga o'ting⬇️
LINK

Sizni jamoamizda kutib qolamiz! 💪

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
111👍111🤨9🤔5😴5🔥3🥰1
Hurmatli yurtdoshlar!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni tezkor qabul qilish uchun maxsus aloqa tarmoqlari ishga tushirilganini eslatib o'tamiz.

Agar siz sohada qonunbuzarlik yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, @anticor_migrationbot telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali bizga xabar bering.


❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz.

Shuningdek, 71-202-44-11 ishonch telefoniga (ish kunlarida 9-00 dan 18-00 gacha) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

@uzmigration
109👍96😴35🤔21🤨15😢7🤝54👀3🔥2👌2
🇺🇿Migratsiya agentligi murojaati!

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijda ishlab yurgan va afsuski vafot etgan vatandoshlarimizning jasadlarini yurtimizga olib kelish uchun blogerlar, turli shaxslar plastik karta raqamlarini chiqarib, pul yig‘ish aksiyalarini o‘tkazayotgani kuzatilmoqda.

❗️ E’tibor bering:
Ayrim holatlarda eski yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida odamlarning his-tuyg‘ularidan foydalanib, firibgarlik qiluvchi shaxslar ko‘paymoqda. Ularning tarqatayotgan ma’lumotlari orqali yurtdoshlarimiz aldanib, plastik kartalarga pul o‘tkazib berishmoqda.

🔔 Bu kabi xabarlarni ko‘rsangiz, hech qanday pul o‘tkazmang. Bu vaziyatda qonuniy va ishonchli yo‘l — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga murojaat qilishdir.


❗️ Eslatib o‘tamiz:
Agar O‘zbekiston fuqarosi xorijda vafot etgan bo‘lsa, Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga yurtga olib kelinadi.

📞 Murojaat uchun rasmiy aloqalar: (71) 202 33 55, qisqa raqam: 1282

Telegram bot: @huquqiy_yordam_uzbot

Ishonchli ma’lumot uchun faqat rasmiy manbalarga tayaning.
Boshqalarni ham xabardor qilish uchun ushbu ma’lumotni ulashing!

@uzmigration
317👍140🤝45🫡21😢1711🤨11🔥7🍾7👌64
❤️"GLOBALHR" XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "GlobalHR" xususiy bandlik agentligi sizni Mongoliyada qurilish yo‘nalishidagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

🇲🇳 Mongoliyada ish takliflari:
Bo‘sh ish o‘rinlari soni: 50 ta
Ish haqi: sinov muddatida 800$ (USD) sinov muddatidan so‘ng 1000$ va undan baland (qo'lga tegishi)
Yo‘nalishlar: Oshpaz, opalubkachi, yordamchi ishchi

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (25-45 yosh)
• Jismoniy yuklamalarga tayyorlik
• Kasb bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish

Imtiyozlar:
• Bepul turar joy
• Bepul 3 mahal ovqat
• Bepul viza
• Bepul aviachipta


👉Onlayn ro'yxatdan o'tish👈

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "GlobalHR" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun:
95 839 99 99
95 933 09 99
95 757 99 90

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
201🤨103👍67🤔28👀12😢11🔥97🤩53💯3
Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biri — SLOVENIYADA ishlaysizmi?

Migratsiya agentligi va Sloveniyaning "KOLEKTOR CONSTRUCTION" korxonasi bo’sh ish o’rinlarini taklif etadi.

Ish turi: beton aralashtiruvchi yuk avtomobil haydovchisi, qurilish og'ir texnikasi operatori (gidravlik ekskavator), va аsfalt yotqizish ishchisi.

Oylik: - 1000 € (200 soat uchun).

Ish o'rinlari: 35 ta.


Nomzodlarga qanday talablar bor?
▪️25-45 yosh oralig'idagi erkalar;
▪️Ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
▪️O'rta maxsus diplomiga ega bo'lish;
▪️O'zbekistondan chiqishga ta'qiqi bo'lmasligi;
▪️Yuqoridagi sohalarda 5 yillik ish tajribasi;
▪️Sudlanmaganlik;

Imtiyozlar:
▪️Viza xarajatlari + ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma;
▪️Yillik bonuslar;
▪️Kunlik oziq-ovqat xarajatlari (har ish kuniga 7,5 yevro).

Nomzod hisobidan:
▪️Aviachipta;
▪️Agentlik to'lovi 10 BHM;
▪️Turar joy uchun to'lov.

❗️Har bir kasb egalari o'zingizga tegishli bo'lgan havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so'raladi👇

👉Beton aralashtiruvchi yuk avtomobili haydovchisi
👉Qurilish og'ir texnikasi operatori (gidravlik ekskavator)
👉 Asfalt yotqizish ishchisi

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 71 202 33 55 (ichki raqam 171, 172 ish kunlarida 9.00 dan -18.00 gacha)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
325🤨95👍59😴28😢25👀12🤓87🤩6😇4🫡4
"THE KASB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan "THE KASB" xususiy bandlik agentligi sizni ITALIYAdagi yuqori maoshli qurilish yo‘nalishlaridagi ish o‘rinlariga taklif qiladi!

Yo'nalish: Logistika, Muhandislik, Qurilish.
Bo‘sh ish o‘rinlari soni:
100 ta
Oylik maosh: 1200$

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Erkak (25-45 yosh)
• Elektrotexnika yoki elektromexanika bo‘yicha bilim va tajriba
• Italyan tilini A2 darajada bilish
Imtiyozlar:
- 6 oy sinov muddatidan so'ng, 2 yillik shartnoma
- Kompaniya tomonidan turar joy ta’minlanadi
- Xizmat mashinasidan foydalanish imkoniyati
- Ovqatlanish uchun har kuni 8€ kompensatsiya

Ro'yxatdan o'tish

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "THE KASB" xususiy bandlik agentligi mas’ul!

Murojaat uchun: 94 993 22 22

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
273👍146🤨45🤔31😢15🤩10🕊6🤓6👀6😇5👨‍💻4
🚫Ijtimoiy tarmoqlarda xorijga ishga yuborishni reklama qiluvchilar ko‘p, ammo ular orasidan litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklarini ajratib olish muhim.

🇺🇿Shu sababli, sizlar uchun maxsus litsenziya asosida qonuniy faoliyat yurituvchi Xususiy bandlik agentliklarining telegram ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifalarini bitta ro‘yxatda jamladik.

👉 Ro‘yxatni ko‘rish va a’zo bo‘lish

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍167129🤔20😢11🤩1110😍10😴9🤝8🔥5🥰2
❗️Germaniya, Koreya yoki Yaponiya davlatlarida ishlamoqchimisiz? Lekin xorijiy tilni bilmaslik to'sqinlik qilyaptimi?

Endi sizda nemis, koreys va yapon tillarini BEPUL o‘rganish imkoniyati mavjud!

Migratsiya agentligi xorijda ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun hududlarda bepul xorijiy til kurslariga navbatdagi qabul boshlanganligini e'lon qiladi. Ariza shaklini to'ldirib hoziroq ro'yxatdan o'ting!


Ro‘yxatdan o‘tish uchun HAVOLA ustiga bosing

❗️ Xorijiy til kurslariga fuqarolarni tanlab olish jarayonida ushbu ariza to'liq, sifatli va to'g'ri to'ldirilganligi inobatga olinadi.
❗️ Ro'yxatdan o'tishda o'zingizga qulay bo'lgan manzilni tanlang!

Migratsiya agentligi: 71 202-33-55 (ichki raqam: 505)

Agentlikning e’lonlar kanali

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25718512🎉9💯5🤗5🫡5🔥4🤔4🕊3🤓2
Muhandismisiz? Tajribangizni Mongoliyada qadrlashadi — barcha sharoitlar bilan, 1000$ gacha maosh!

Migratsiya agentligi va Mongoliyaning KOO "PЭС" korxonasi avtomobil yo'l qurilish yo'nalishi uchun bo’sh ish o’rinlarini taklif etmoqda.

Ish turi: Мuhandis va texnik xodim

Oylik: 800-1000$ (USD)

Ish o'rni: 36 ta

Nomzodlarga qanday talablar bor?

▪️25-45 yosh oralig'idagi erkaklar;
▪️rus tilini muloqot darajasida
bilish;
▪️oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot;
▪️kamida 5 yillik ish tajribaga ega bo'lish;
▪️sudlanmagan;
▪️O'zbekistondan chiqishga ta'qiqi bo'lmaslik;
▪️sinov muddati 6 oy (ish haqi saqlangan holda).

Imtiyozlar:

▪️aviachipta;
▪️viza xarajatlari;
▪️ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma;
▪️yotoqxona;
▪️ovqatlanish (3 mahal).

Fuqaro hisobidan:

▪️Agentlik to'lovi 10 BHM;


👉 Ro‘yxatdan o‘tib anketa to‘ldirish

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi 71 202 33 55 (ichki raqam 171)

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
265🤔49👍42😴39🤨20😢1364🤩3🏆3👌2
Yaponiyada bo'lib turgan yurtdoshlarimiz uchun MUHIM OGОHLANTIRISH!

Yaponiya — qonunlarga qat'iy amal qilinadigan, tartibli mamlakat. Ammo ba’zida ayrim odamlar sizni noqonuniy ish yoki xavfli takliflarga undashi mumkin. Shuning uchun quyidagi holatlarga duch kelsangiz aldanmang va rad eting:

▪️"Maoshingni soliqdan ozod qilamiz" — bu noqonuniy;
▪️"Yashirincha qo‘shimcha ishlaylik" — ish vizangiz buzilishi mumkin;
▪️"Kel, qimor o‘ynaymiz" — bunday o‘yinlar ko‘p hollarda noqonuniy va jazolanadi;
▪️"Boshqa tashkilotda ishlayver, men rezident kartani yasatib beraman" — yasama ID kartalardan foydalanmang;
▪️Boshqa odamning bank kartalarini ishlatmang va o’z bank kartangizni sotmang”— Bank kartalari savdosi, katta jinoyatlarga qo'shilib qolishingizga sabab bo'lishi mumkin!


❗️Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda.
❗️Har qanday ishni boshlashdan oldin rasmiy hujjatlaringiz va vizangiz shartlarini tekshiring.
❗️Gumonli takliflar haqida mahalliy idoralarga yoki elchixonaga murojaat qiling.

🌐 Bu haqda ko‘proq ma’lumotni Yaponiyaning Immigratsiya Xizmatlari Agentligi (ISA) saytida olishingiz mumkin.

👮‍♂️Doim ehtiyot bo‘ling va qonunga muvofiq harakat qiling!

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
172👍28🤩5🤔4😢4🤗4🤝31🥰1🎉1
🇰🇷✈️ Janubiy Koreya Respublikasidan yangi shartnomalar keldi!

Koreya ish beruvchilari tomonidan navbatdagi tanlovda tanlangan hamyurtlarimizga mehnat shartnomalari kelganini ma’lum qilamiz.

📩 Shaxsiy kabinetingizni tekshiring – shartnoma bormi? Endi hujjatlarni Migratsiya agentligiga topshirishga shoshiling! (hujjatlarini taqdim qilganlar bundan mustasno)


EPS-Topik testi hamda malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, shartnoma berilgan fuqarolar ro‘yxati 👉bu yerda

📞 Savollar uchun: +998 71 202-33-55 (ichki raqamlar - 241, 243, 244)
📍 Manzil: xaritaga o'tish

📲 Yangiliklarni birinchi bo‘lib bilish uchun bizga obuna bo‘ling⬇️

🌐Migratsiya agentligi e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
249👍75😴17🔥15😐13🤩119🤨6😍5🤓4💯3
XORIJDA ISH pinned a photo
📣📣📣📣📣

🇰🇷 Ulsan kemasozlik korxonalari uchun tayyorlgan 104 nafar yurtdoshimiz Koreya ish beruvchilari tomonidan tanlandi — navbatdagi imkoniyat SIZ uchun!


“HD Hyundai Heavy Industries” bilan hamkorlikda kemasozlik sohasiga malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan 3 oylik o‘quv kurslarining yangi bosqichiga tanlov e’lon qilinadi.

Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin?

▪️20 - 35 yoshdagi, EPS-TOPIK (kemasozlik / ishlab chiqarish sohalarida) imtihonlarida 80+ ball olganlar;
▪️to'plagan ballari 80 dan kam bo‘lgan taqdirda TOPIK yoki "Qirol Sejong" sertifikatiga ega bo‘lganlar;
▪️SPAS - Elektron bazasida 3 - bosqich o‘quv davri (2025 - yil, 18 - avgust — 7 - noyabr) yakunlanadigandan so‘ng, kamida 6 oy qo‘shimcha amal qilish muddatiga ega bo‘lganlar.


❗️E’tibor qiling

Loyihaning 1 - bosqichiga jalb etilgan 104 nafar yurtdoshimizning o‘quv muddati 10-iyunda yakunlandi va tanlovlarda ularning barchasi Koreya ish beruvchilari tomonidan tanlandi!

Loyihaning 2 - bosqichiga jalb etilgan 97 nafar hamyurtimiz iyul oyida o‘quv jarayonini yakunlaydilar va avgust oyida bo‘lib o‘tadigan ish beruvchilar tanlovlarida tanlanish imkoniyatlari yuqori.

💷 Minimal oylik maosh 2 million 96 ming von (ish hajmiga ko‘ra oylik maosh oshib boradi).

📌Loyihaning saralash bosqichida ishtirok etish istagida bo'lganlar joriy yil 17 - iyundan 27 - iyungacha Migratsiya agentligining hududiy filiallariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so'raladi:

1. Anketa
2. Tilxat
3. Pasport nusxasi (rangli)
4. 2 dona foto (3.5 × 4.5)
5. Til sertifikati (TOPIK yoki Qirol Sejong)

👉 Hududiy filiallar manzillari

📞 Murojaat uchun: 71 202 33 55 (ich. 241, 243, 244)
71) 291 95 45 [email protected]

🌐XORIJDA ISH
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
242👍32🤔9🔥8😐6😢4🤩3🤝3🍾2😴2🫡1
⚡️"WORKMALL” XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI E’LONI

Qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan "WORKMALL" xususiy bandlik agentligi mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan ish o‘rinlari uchun tanlov e'lon qiladi.

🇩🇪Germaniya🇩🇪
Qassoblar

🇰🇷Janubiy Koreya🇰🇷
Oliy ma'lumotli elektriklar

🇭🇷Xorvatiya🇭🇷
Tokarlar

🇧🇬Bolgariya🇧🇬
Fura haydovchilari

Murojaat uchun: 71-200-86-00
Filiallar:
Andijon(50-008-86-17),
Buxoro(91-825-74-44),
Farg'ona(99-400-00-97),
Jizzax(94-828-05-25),
Namangan(To'raqo'rg'on tumani)(90-273-93-93),
Namangan 2(Namangan shahri)(50-377-55-99),
Qashqadaryo(95-370-86-00),
Samarqand(95-300-55-55),
Samarqand 2(94-535-99-93),
Surxondaryo(50-508-03-96)


👉ANKETANI TO'LDIRISH

*Ushbu e’londagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga "WORKMALL" mas’ul!


🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
162👍66🤔12🤨11😴9🔥4🙏32🥰1🎉1🫡1
2025/07/09 02:11:31
Back to Top
HTML Embed Code: