Telegram Web Link
🇮🇹 Hamshiralik faoliyatingizni Italiyada davom ettiring!

Italiya hukumati bilan erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekistonlik hamshiralar uchun Milan shahri klinikalarida ishlash imkoniyati yaratildi!

Nomzodlarga quyidagilar taklif qilinmoqda:
• 3 oylik stajirovka (keyin to‘liq muddatli mehnat shartnomasi imzolash taklifi);
• 1200 – 1500 yevro oylik maosh
• Bepul turar joy, tushlik va italyan tili kurslari;
• Yengil ish grafigi va qulay shartlar.

* Stajirovka yakunida hamshiralar bilan 1800–2200 yevro maoshli shartnoma tuzish yoki avvalgi ish o‘rniga qaytarish bo‘yicha taklif beriladi

🧑🏻‍⚕️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• “Oliy hamshiralik ishi” bo‘yicha oliy ma’lumotli;
• 3 yil ish tajribasi;
• 20–45 yosh;
• Sog‘lom va xorijga chiqishga cheklovi yo‘qligi

📄 Kerakli hujjatlar:
• Pasport nusxasi;
• Diplom;
• Ob’ektivka ma’lumotnoma (ingliz tilida, namuna bo‘yicha);
• 3,5 x 4,5 shakldagi fotosurat (so‘ngi uch oyda olingan, rangli).


🌟 Bugunoq ariza topshirib, birinchi bosqichda tanlab olinadigan 10 ta nomzodlarning biriga aylaning!

🔗 Ariza topshirish

📅 Arizalar qabul qilish muddati – 2025-yil 15-avgust.

☎️ Ma’lumot uchun: +99871 2023355 (525)

@uzmigration
314👍86🤨12🤗10🔥9🤔8😍8🍾7🙏5😴5🥰2
XORIJDA ISH pinned a photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿✈️ Xorijda ishlashni rejalashtiryapsizmi?

Xorijiy tilni bilmasligingiz endi to‘siq emas!

Migratsiya agentligi bepul, sifatli va xalqaro sertifikatga tayyorlovchi kurslarga qabulni boshladi!


❗️ Qabul bosqichlari juda oson:

▪️Hududingizdagi Migratsiya agentligi filialiga uchrashing;

▪️ Sizni xorijiy til o‘qituvchisiga yo‘naltirishadi;

▪️ Til darajangiz va o‘rganish potensialingizni aniqlashadi;

▪️ O'zingizga mos guruh tanlanadi.

🎓 Orzuingiz sari ilk qadamni bugun tashlang!

Migratsiya agentligining hududiy filiallariga murojaat qiling⬇️

📍Manzillar

@migratsiyaagentligi
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍150121🤔119🤝9🫡8🤨6💯5🔥4🎉1😴1
🗓 Dayjest: 29 - iyul — 13 - аvgust

📌 Eng muhim e'lonlar:

1️⃣ Germaniyada tibbiyotchilar uchun ish Batafsil

2️⃣ Litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari ro‘yxati Batafsil

3️⃣ 60 мln so‘m GRANT yutib oling! Batafsil

4️⃣ Isroil davlatida yuqori maoshli ish bor Batafsil

5️⃣ "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi Batafsil

6️⃣ “Xorijda ish mehnat yarmarkasiga ” ga marhamat Batafsil

7️⃣ Bepul ingliz tili kurslarida qatnashing Batafsil

8️⃣ Hamshiralik faoliyatingizni Italiyada davom ettiring Batafsil

9️⃣ Migratsiya agentligi ogohlantiradi! Batafsil

@migratsiyaagentligi
171👍34🤨128🔥6🤔6🙏6🥰4😢4🎉3💯3
📣 Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!

❗️Qurolli mojarolarda ishtirok etish – jinoiy javobgarlikka olib keladi

⚠️ Qator davlatlarda mehnat migrantlarini qurolli harakatlarda ishtirok etishga yollash holatlari ko‘paymoqda. Bu sizning hayotingizga, erkinligingizga va kelajagingizga xavf soladi.

🚫 Qat’iy ravishda taqiqlanadi:


▪️qurolli mojaro va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarga yaqinlashish;
▪️harbiy operatsiyalarda ishtirok etish;
▪️xorijiy davlatlarning qurolli kuchlari, xavfsizlik xizmatlari, harbiy adliyasi yoki boshqa kuch tuzilmalari safiga qo‘shilish;
▪️shubhali shaxslar, guruhlar yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan yollash yoki jalb qilish (verbovka) takliflariga rozilik berish.

📌 Muhim ma’lumot:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga muvofiq, xorijiy davlatlarda yollanma asosda harbiy xizmat o‘tash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

🛡 Xavf tug‘ilganda nima qilish kerak?

Shubhali taklif yoki vaziyatlar yuzaga kelganda, darhol O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va коnsullik muassasalari yoki Migratsiya agentlikning vakolatxonalariga murojaat qiling.

Hayotingiz va erkinligingizni asrang.  Faqat qonun doirasida harakat qiling!

@uzmigration
171👍55🫡21👌8😴7🤨6😢5🥰4🕊3🔥21
📣 Внимание гражданам Узбекистана за рубежом!

❗️Участие в вооружённых конфликтах — уголовно наказуемо

⚠️ В ряде стран участились случаи вербовки мигрантов для участия в боевых действиях. Это угрожает вашей жизни, свободе и будущему.

🚫 Категорически запрещается:

▪️приближаться к зонам вооружённых конфликтов и боевых действий.
▪️участвовать в военных операциях.
▪️вступать в вооружённые силы, службы безопасности, военную юстицию или иные силовые структуры иностранных государств.
▪️поддаваться на вербовку со стороны подозрительных лиц, групп или организаций.


📌 Важно знать:
Согласно статье 154¹ Уголовного кодекса Республики Узбекистан, наём на военную службу иностранных государств наказывается лишением свободы на срок от 3 до 5 лет.


🛡 Что делать при угрозе:

При любых подозрительных предложениях или сомнительных ситуациях незамедлительно обратитесь в: представительство Агентства по миграции;
дипломатические представительства и консульства Республики Узбекистан.

Берегите свою жизнь и свободу. Действуйте только в рамках закона!

@uzmigration
157👍44🫡35😴12🔥9🤨86💯32🍾2🎉1
🇮🇱 Isroilda ishlash istagida bo'lganlar Samarqand shahrida o'tkaziladigan amaliy imtihonlarga taklif etiladi!

Bo'sh ish o'rinlari uchun tanlov e'lon qilayotgan Xususiy bandlik аgentligi:
Horizon Work
Lisenziya raqami: 297974 berilgan sana: 12.06.2024

👷‍♂️ Ish beruvchilar va mutaxassisliklar:

“Erez Hakodesh” firmasi:
▪️ 150 ta qolibchi
▪️ 150 ta kafelchi
▪️ 150 ta fasad qoplovchi

“Amerika” firmasi:
▪️ 60 ta opalubkachi
▪️ 60 ta armaturchi
▪️ 30 ta kafelchi
▪️ 30 ta suvoqchi

📄 Mehnat shartlari:
• Mehnat shartnomasi muddati: 5 yil
• Ish vaqti: 09:00 – 20:00
• Maosh: 1800 – 2000 yevro (2200-2500 $)
• Yashash joyi: bepul
• Ovqatlanish: nomzod hisobidan (oyiga tahminan 350 $)

Nomzodlarga talablar:
✔️ 25–45 yosh oralig'idagi erkakalar
✔️ Ta’lim: o‘rta maxsus
✔️ Tajriba: kamida 3 yil
✔️ Til bilimi: rus tili — muloqot darajasi
✔️ Hujjatlar: xorijiy pasport va ID pasportni olib kelish shart

Agentlik bepul asosda quyidagi xizmalarni ko'rsatadi:
🔸Maslahat va hujjatlar tayyorlash;
🔸Ish beruvchi bilan rasmiy mehnat
shartnomasi tuzishda yordam;
🔸Safarni tashkil etish;
🔸Ishlash ruxsatnomasi
🔹Aviachipta nomzod hisobidan


📍Imtihon manzili: Samarqand shahar, Kimyogalar 5-uy
📍Ofis manzili: Toshkent shahri, Buyuk ipak yo‘li dahasi, 32-uy, 3-xonadon.

📱 Batafsil ma’lumot uchun “Horizon Work” mutaxassislariga murojaat qiling!
📞 (77) 310 21 33, (93) 399 87 87


📢 Eslatma:
Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda “Horizon Work” kompaniyasi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

❗️ Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga “Horizon Work” Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar hisoblanadi.
🤨1.17K😢527270🤔82👍74😴44😐43👀38🔥21🍾16👨‍💻6
🇸🇰 Slovakiyadagi ishlab chiqarish korxonalarida 1000 yevro maosh!

Ish o‘rnini taklif qilayotgan Xususiy bandlik аgentligi:
Dhaef Global Recruitment
Lisenziya raqami: № 070166 berilgan sana: 23.03.2023

Ish beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

👷‍♂️ Ish beruvchi: ZF Slovakia/ Garrett Advancing Motion
📍 Ish joyi manzili: Zeppelina 1, 934 01 Levice, Slovensko / 082 53 Zaborske, Slovakia
📄 Mehnat shartnomasi davomiyligi: 1 yil
💼 Ish vaqti: 8 soat
💰 Maosh: 800-1000 Yevro
🏠 Yotoqxona: bepul
🍽Ovqatlanish: bepul

Nomzodga talablar:

✔️ 22-48 yoshdagi erkaklar;
✔️ Ta’lim: o‘rta maxsus;
✔️ Tajriba: Ishlab chiqarish yoki metalni qayta ishlash korxonalarida kamida 1 yillik tajriba;
✔️ Til bilimi: Rus tili B1 darajasi.

Agentlik bepul asosda quyidagi xizmalarni ko‘rsatadi:

🔸 Maslahat va hujjatlar tayyorlash;
🔸 Ish beruvchi bilan rasmiy mehnat shartnomasi tuzishda yordam;
🔸 Safarni tashkil etish;

Rezyumeni to‘ldiring @Dhaef_jbot

Aloqalar:
📞 Tel: +998 77-2750550/ +99877-2700550 ( Vaxobov Anvar )
📩 Email: [email protected]
📍 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Mo‘minova 4a
🌐 Veb-sayt www.dhaef.com
________________________________
📢 Eslatma: Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda «Dhaef Global Recruitment» kompaniyasi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

❗️ Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga «Dhaef Global Recruitment» Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar xisoblanadi.

@migratsiyaagentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
267👍97🤨23🤝19🤔11😴7🔥4🥰2😢2👨‍💻21
Workmall xususiy bandlik agentligi Samarqand filiali ochilishi munosabati bilan o'tkaziladigan "Mehnat yarmarkasi"ga taklif qiladi!

Tadbirda quyidagi davlatlar va ish yo'nalishlari bo'yicha to'liq ma'lumot olishingiz mumkin bo'ladi:

🇰🇷Janubiy Koreya - Elektriklik;
🇩🇪Germaniya - Qassobchilik;
🇸🇰Slovakiya - Qurilish, tokarlik, dazmolchilik;
🇭🇷Xorvatiya - Qurilish;
🇮🇱Isroil - Qurilish;
🇧🇬Bolgariya - Qurilish, haydovchilik, elektriklik;


Sana va manzil:
24-Avgust,
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, A. Marufov 2-tor koʻchasi (
LOKATSIYA)

📎Shuningdek, ochilish marosimida maxsus chegirma va pulli vaucherlardan birining egasi bo'lishingiz mumkin!

"Workmall xususiy bandlik agentligi" MCHJ (215300 sonli Litsenziya, berilgan sanasi: 31.01.2024) hozirgacha 1500 nafardan ortiq yurtdoshlarimizni qonuniy tarzda Janubiy Koreya, Isroil, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya davlatlaridagi yuqori daromadli ishlarga joylashtirgan.

❗️Eslatma: Mehnat shartnomasi to'g'ridan-to'g'ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda "Workmall xususiy bandlik agentligi" mehnat shartnomasi bo'yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.

@migratsiyaagentligi
224👍102🤔20😴116😢6🤓65🔥5🤨4😇4
📣📣📣📣📣

📣Xorijda ishlash orzusidamisiz?

📢Yuqori daromadli, kafolatlangan ish izlayapsizmi?

Unda siz uchun ajoyib imkoniyat!


🔰 Surxondaryo viloyati hokimligi, Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida tashkil etiladigan “XORIJDA ISH MEHNAT YARMARKASI” ga marhamat!

Qatnashuvchilar:

JOB BRIDGE | WORKMALL | HORIZON WORK | NAIMIX | GETWORK | YOUTH GLOBE | INTERNATION MIGRATION LINE | MIGO | MIRSHODJON POWER | THE BEST-SHTAFF | REIWA xususiy bandlik agentliklari va Xorijiy ish beruvchilar.

Dastur quyidagilarni qamrab oladi:

▪️Bolgariya, Germaniya, Janubiy Koreya, Mongolia, Slovakiya, Turkiya, Xorvatiya, BAA davlatlariga qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirish tartibi;
▪️Har bir mamlakatdagi ish haqi va shartlar;
▪️Talab etiladigan hujjatlar va ularni tayyorlash jarayoni;
▪️Xususiy bandlik agentliklari tomonidan taqdim etiladigan servis va yordam;
▪️Mehnat shartnomalari va huquqiy kafolatlar;
▪️Xorijda ishlayotgan vatandoshlar tajribasi;
▪️ Ishonchli va xavfsiz agentliklarni tanlash.


Tadbir jadvali:

2025 yil 26-avgust |Termiz shahri
Manzil: Termiz San’at saroyi
🕰Vaqti: 10:00 da

2025 yil 27-avgust |Denov shahri
Manzil: Eko bog' (Dendro park)
🕰Vaqti: 10:00 da

📲 Ro‘yxatdan o‘tish:
XORIJDA ISH 2025

👉O‘zingiz bilan do‘stlaringizni ham olib keling!


Migratsiya agentligi “Xorijda ish” e’lonlar kanali.
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
166👍63🤔13🤨109😴3💯1
Forwarded from Migratsiya agentligi
📣 МИГРАЦИЯ АГЕНТЛИГИ ОГОҲЛАНТИРАДИ!

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2025 йил 22 апрелдаги 252-сонли қарорига мувофиқ, фуқароларини хорижда ташкиллаштирилган тартибда ишга жойлаштириш фаолияти билан Миграция агентлиги шуғулланади.

Шунингдек, “Хусусий бандлик агентликлари тўғрисида”ги Қонунга мувофиқ, фақат Миграция агентлиги томонидан лицензия берилган хусусий бандлик агентликлари ушбу фаолият билан шуғулланишга ҳақли.

⚠️ Миграция агентлиги томонидан ўтказилган назорат тадбирларда "баъзи бир ишбилармонлар"нинг ижтимоий тармоқлардаги эълонлар орқали консалтинг ёки ахборот хизмати ниқоби остида фуқаролардан пул йиғиб хизмат кўрсатмаганликлари ҳамда лицензиясиз хорижга ишга жўнатиш билан шуғулланаётганлари аниқланган. Ушбу жамиятларга нисбатан қуйидаги таъсир чоралари қўлланилган:

🔴 “WORLDVISA” MCHJда 09.04.2025 йилда текширув ўтказилган 11.04.2025 йилда 112.500.000 сўм жарима қўлланилган ва Тошкент туманлараро иқтисодий судга даъво аризаси киритилган;

🔴 “Everyone Consult” MCHJда 09.04.2025 йилда текширув ўтказилган, 11.04.2025 йилда 112.500.000 сўм жарима қўлланилган, Тошкент туманлараро иқтисодий судга даъво аризаси киритилган;

🔴 “Adworld Group” MCHJда 24.04.2025 йилда текширув ўтказилган, 28.04.2025 йилда 112.500.000 сўм жарима қўлланилган, Урганч туманлараро иқтисодий судга даъво аризаси киритилган;

🔴 "RICH RESULT" MCHJда 15.05.2025 йилда текширув ўтказилган, 21.05.2025 йилда 112.500.000 сўм жарима қўлланилган, Тошкент туманлараро иқтисодий судга даъво аризаси киритилган;

🔴 "RAVON CONSULT GROUP" MCHJ XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGIда 15.05.2025 йилда текширув ўтказилган, 26.05.2025 йилда 112.500.000 сўм жарима қўлланилган, Бекобод туманлараро иқтисодий судга даъво ариза киритилган.


🆘 Лицензиясиз ташкилотлар орқали хорижда ишга жойлашишга уриниш молиявий ва ҳуқуқий хавф-хатарга дучор бўлишига олиб келади.

🔒 Хавфсизлигингиз ўз қўлингизда:
▪️ Расмий рўйхатдаги агентликлар билан ҳамкорлик қилинг.
▪️ Ҳар қандай шартномани имзолашдан олдин уни синчиклаб ўқиб чиқинг.
▪️Шубҳали тўловларни амалга оширманг.

Постни улашинг — яқинларингиз алданиб қолмасин!

@uzmigration
134👍130🔥11😴7🤩6🙏1💯1🫡1
XORIJDA ISH
📣📣📣📣📣 📣Xorijda ishlash orzusidamisiz? 📢Yuqori daromadli, kafolatlangan ish izlayapsizmi? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! 🔰 Surxondaryo viloyati hokimligi, Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida tashkil etiladigan…
Eslatma!

📣Xorijda ishlash orzusidamisiz?

📢Yuqori daromadli, kafolatlangan ish izlayapsizmi?

🔰 Surxondaryo viloyati hokimligi, Migratsiya agentligi va Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida “XORIJDA ISH MEHNAT YARMARKASI” tashkil qilinishini e'lon qilgan edi. Tadbirni otkazib yobormang va xorijda ishlash uchun ajoyib imkoniyatlarga ega bo'ling!

Qatnashuvchilar:

JOB BRIDGE | WORKMALL | HORIZON WORK | NAIMIX | GETWORK | YOUTH GLOBE | INTERNATION MIGRATION LINE | MIGO | MIRSHODJON POWER | THE BEST-SHTAFF | REIWA xususiy bandlik agentliklari va Xorijiy ish beruvchilar.

Dastur quyidagilarni qamrab oladi:

▪️Bolgariya, Germaniya, Janubiy Koreya, Mongolia, Slovakiya, Turkiya, Xorvatiya, BAA davlatlariga qonuniy mehnat migratsiyasini amalga oshirish tartibi;
▪️Har bir mamlakatdagi ish haqi va shartlar;
▪️Talab etiladigan hujjatlar va ularni tayyorlash jarayoni;
▪️Xususiy bandlik agentliklari tomonidan taqdim etiladigan servis va yordam;
▪️Mehnat shartnomalari va huquqiy kafolatlar;
▪️Xorijda ishlayotgan vatandoshlar tajribasi;
▪️ Ishonchli va xavfsiz agentliklarni tanlash.


Tadbir jadvali:

2025 yil 26-avgust |Termiz shahri
Manzil: Termiz San’at saroyi
🕰Vaqti: 10:00 da

2025 yil 27-avgust |Denov shahri
Manzil: Eko bog' (Dendro park)
🕰Vaqti: 10:00 da

📲 Ro‘yxatdan o‘tish:
XORIJDA ISH 2025

👉O‘zingiz bilan do‘stlaringizni ham olib keling!


Migratsiya agentligi “Xorijda ish” e’lonlar kanali.
@uzmigration
165👍16🤨8😴4🤓4🔥3
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқларда Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг айрим ходимлари пул эвазига Корея Республикасига ишга юбориш билан шуғуллангани ҳамда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Мазкур ҳолат бўйича қуйидагиларни маълум қиламиз:

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 17 октябрдаги ПФ–162-сонли Фармони билан Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги қайта ташкил этилгандан сўнг, бугунги кунгача Кореяга E–9 визаси учун ҳеч қандай танловлар ўтказилмаган.

Айрим ходимлар томонидан йўл қўйилган қоидабузарликлардан кейин, Миграция агентлиги фаолиятида Жанубий Кореяга юбориш билан боғлиқ кадрлар, шу жумладан, Сеул шаҳридаги ваколатхонасида фаолият юритган барча ходимлар тўлиқ ўзгартирилди.

Агентлик ходимлари орасида ўз касбига хиёнат қилган, фуқароларнинг ишончи ва ҳақ-ҳуқуқларини суиистеъмол қилган шахсларнинг ҳаракатлари кескин қораланади.

Миграция агентлиги фуқароларни яна бир бор огоҳлантиради:

Агар фаолиятимиз билан боғлиқ шубҳали ҳолатлар ёки қоидабузарликларга гувоҳ бўлсангиз, Миграция агентлигининг Комплаенс хизматига дарҳол, 71–202–44–11 телефон орқали ёки 12-82 қисқа рақам орқали мурожаат қилишингизни сўраймиз.

@uzmigration
👍150128🤨18😐17😴97🎉6🤓5🤔4👀4🔥3
XORIJDA ISH pinned «РАСМИЙ МУНОСАБАТ Ижтимоий тармоқларда Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг айрим ходимлари пул эвазига Корея Республикасига ишга юбориш билан шуғуллангани ҳамда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Мазкур ҳолат…»
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Хорижда иш” ярмаркаси: 12 000 та иш ўрни фуқароларга тақдим этилди

🔰 Бугун Сурхондарё вилоятининг Термиз шаҳридаги Санъат саройида Миграция агентлиги ва Хусусий бандлик агентликлари уюшмаси ҳамкорлигида “Хорижда иш” меҳнат ярмаркаси ташкил этилди. Унда Болгария, Германия, Жанубий Корея, Мўғулистон, Словакия, Туркия ва БАА каби давлатлардаги 12 000 га яқин бўш иш ўринлари хусусий бандлик агентликлари орқали тақдим этилди.

📌Ярмаркада иштирок этган фуқаролар мавжуд иш таклифлари билан танишиб, касби ва қизиқишига мос давлатларни танлаш имкониятига эга бўлдилар. Тадбир хорижда ишлаш истагида бўлган юртдошлар учун амалий кўмак бўлди.

@uzmigration
👍116104🤔55😴22😢12🤨8🍾65🎉4💯2🔥1
Xorijiy davlatlardagi yuqori daromadli ish o'rinlariga marhamat!

💼 Ish o‘rnini taklif qilayotgan Xususiy bandlik аgentligi:
"Naimix" Lisenziya raqami: № 0079

Ish beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot:

🇸🇦Saudiya Arabistoni:

E
lektrik, haydovchi, umumiy ishchilar.
Batafsil ma'lumot

🇧🇬 Bolgariya:

Turli xil sohalarda bo'sh ish o'rinlari:
Batafsil ma'lumot

🇸🇰 Slovakiya:

C va CE toifali haydovchilik yo’nalishida ish o’rinlari
Batafsil ma'lumot

Rus tilini muloqot darajisda bilganlar uchun ishlab chiqarish sohalarida ish o’rinlari
Batafsil ma'lumot

🇩🇪Germaniya:

nemis tilidan
A2 sertifikati borlar uchun - omborxona va ishlab chiqarish yonalishda ish o’rinlari
Batafsil ma'lumot

👉ANKETA TO'LDIRING👈

☎️Murojaat uchun: 71-205-05-00

Manzil:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Istiqbol ko'chasi, 36-uy

📢 Eslatma: Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda «NAIMIX» xususiy bandlik agentligi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

❗️ Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga «NAIMIX» Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar hisoblanadi.

Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
379🔥62🤔46😢3516🙏12🤩11🏆9🎉6😍6🥰5
🇸🇮Quruvchilar diqqatiga! Serbiyada yuqori maoshli ish o‘rinlari ochildi!
Migratsiya agentligi sizga Serbiya bo‘ylab turli sohalarda ish imkoniyatlarini taqdim etadi.

▪️ Formwork Carpenter — Qolipchi
▪️Bar Fixer — Armatura o‘rnatuvchi
▪️Construction Worker Assistant — Qurilish yordamchisi
▪️ Engineering Technician — Injener-texnik
▪️ Civil Engineer — Fuqarolik qurilishi injeneri


➡️ 5 ta vakansiya bo'yicha to‘liq ma’lumot bu yerda ⬅️

📌 Ishga joylashtirish bo‘yicha AGENTLIK hech qanday to‘lov olmaydi!

Agentlik xizmatlari:
✔️ Maslahat va hujjatlar tayyorlash
✔️ Ish beruvchi bilan rasmiy mehnat shartnomasi tuzishda yordam
✔️ Safarni tashkil etishda ko‘mak

❗️ Ish o‘rinlari erkaklar uchun mo‘ljallangan.
📆 Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha, 07:00–17:00
💰 Oylik maosh: 904 $ AQSH dollaridan 1854 $ AQSH dollarigacha
🎁 Yotoqxona, ovqatlanish, ishchi vizasi, tibbiy sug'urta — ish beruvchi hisobidan.

Bonus:
🧑‍🔧 Tayyor brigadalar mavjud bo‘lsa — ularga ustuvorlik beriladi.
👉 Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlardan o‘z ish faoliyati (masalan: qolip o‘rnatish, beton quyish, armatura o‘rnatish) bo‘yicha foto yoki video materiallar taqdim etilishi talab qilinadi.
📤 Bu materiallar ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng va faqat tanlab olingan nomzodlar uchun majburiy bo‘ladi.

📞 Murojaat uchun:
Migratsiya agentligi – 71 202-33-55 (ichki raqam 172)

@migratsiyaagentligi
338👍80😴69😢281411😐6💯5🍾4🎉3🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇺Yevropada qonuniy ishlash imkoniyati!

"Getwork" xususiy bandlik agentligi (790188 sonli litsenziyaga ega) 🇱🇹 Litva davlatida yuqori maoshli ish o‘rinlari uchun bevosita ish beruvchilari bilan bo'lib o'tadigan suhbat va ochiq tanlovga taklif qiladi!

✔️Joriy yil, 17-sentyabr kuni Toshkent shahrida Litvadagi yirik kompaniya vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat bo'lib o'tadi.

Bu suhbat orqali siz:

🔹 Ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilasiz
🔹 Qonuniy mehnat migratsiyasi asosida shartnoma tuzishingiz mumkin
🔹 Malaka talab qiladigan va qilmaydigan ishlar bo‘yicha ma'lumot olasiz
🔹 Litvada barqaror va kafolatlangan ish topasiz.

⚡️Imkoniyatlar soni cheklangan!
Yevropada qonuniy ishlashni istasangiz, bugunoq bog'laning va suhbatda qatnashing.

📍Suhbat joyi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kichik halqa yo‘li, 34/36 Getwork agentligi bosh ofisi.

📞 +998 (78) 555-11-66

Ro'yhatdan o'tish

⚠️ Ushbu e’londagi ma’lumotlarga "Getwork" xususiy bandlik agentligi mas’ul !

Migratsiya agentligi “Xorijda ish” e’lonlar kanali.
@uzmigration
218👍92🤔14🤨9😴5🔥32🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌏 Biz sizga yanada yaqinroqmiz!

👨‍🎓 Migratsiya agentligi tomonidan Respublikamizning olis tumanlarida ham bepul xorijiy til kurslari tashkil qilinmoqda.

📍 Endilikda, Samarqand viloyatining – Kattaqo'rg'on, Narpay, Nurobod, Ishtixon, Paxtachi tumanlarida istiqomat qiluvchi va xorijda ishlash istagidagi hamyurtlarimiz uchun Kattaqo'rg'on shahri kasbiy ko'nikmalar markazida bepul nemis, koreys va yapon tili kurslari , shuningdek, Urgut tumanida nemis tili kursiga qabul ochildi.

📍 Surxondaryo viloyatida – Muzrobod, Qumqo'rg'on, Qiziriq tumanlaridagi kasbiy ta'lim muassasalarida bepul koreys tili kurslari tashkil etilmoqda.


Ro'yxatdan o'ting va orzularingiz sari birinchi qadamni tashlang👉🏻 RO'YXATDAN O'TISH 👈🏻

“Xorijda ish” e’lonlar kanali
@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10797🤨15🤔7🔥63😴3👌2
Migratsiya agentligi va O‘rta Chirchiq tuman hokimligi hamkorligida tashkil qilingan “Payvandlash malaka oshirish markazi”da  zamonaviy uskunalar yordamida haqiqiy ishlab chiqarish muhitida amaliy tajriba va xalqaro e’tirof etilgan hujjat (ISO 9606) ga ega bo‘ling!

Birinchi bosqichda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan 40 nafar bitiruvchi-payvandchiga xorijiy ish beruvchilardan 2000 yevro va undan yuqori maosh takliflari tayyor! 

Moliyaviy yordam zarur bo‘lsa, Migratsiya agentligi tomonidan 10 mln so‘mgacha kam foizlarda mikroqarz rasmiylashtirishida koʻmaklashiladi.

ISO 9606 sertifikati - Yevropa Ittifoqi davlatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlarda yuqori malakali payvandchi-mutaxassis sifatida ishlash va yaxshi daromad qilish imkonini beradi!

O‘qish muddati: 1 oy (144 soat);
📚O‘quv dasturi: 70% amaliy va 30% nazariy
📗 Qo‘shimcha: Ingliz tili.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun HAVOLA: https://forms.gle/zjxy9otYbVnLf5Ez5

📲 Murojaat uchun: (90) 8077585, (33) 5515168, (97)8638527, (97) 8688527

📍O‘qitish manzili: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani, Yangi Hayot MFY, 2-son politexnikumi.

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali

@uzmigration
244👍108🔥12🤨11😴76🎉3💯3
2025/10/19 21:48:42
Back to Top
HTML Embed Code: